P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 93-rasm. Niagara sharsharasi va Yellouston milliy bog‘idagi issiq buloqlardan biri. Turizmi.
- Iqtisodiy rayonlari.
- 58-§. Kanada
Qishloq xo‘jaligi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari – bug‘doy, makka-
jo‘xori, soya, paxta, shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar. Makkajo‘xori, soya, tamaki va paxta eksporti bo‘yicha AQSH jahonda 1-o‘rinda turadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, parrandachilik va cho‘chqachilik. Go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri. AQSHda turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jalik mintaqalari vujudga kelgan. Kordilyera tog‘lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug‘doy mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo‘xori mintaqa- si, Missisipi havzasining janubidagi paxta mintaqasi (92-rasm), Buyuk ko‘llarga tutash shtatlaridagi sut mintaqasi shular jumlasidandir. 93-rasm. Niagara sharsharasi va Yellouston milliy bog‘idagi issiq buloqlardan biri. Turizmi. AQSH tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarning soni bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmasa ham, turizm hisobiga eng katta daro- mad oluvchi davlat hisoblanadi. AQSHga ko‘proq Kanada va Yevropadan sayyohlar keladi. Florida, Kaliforniya va Gavayi shtatlarida dengizbo‘yi turizmi keng rivojlangan. Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va boshqa sha- http://eduportal.uz http://eduportal.uz 161 harlarga har yili o‘nlab million sayyohlar tashrif buyuradilar. Mamlakatda turizm rivojlanishi uchun juda boy tabiiy resurslar ham mavjud (93-rasm). Iqtisodiy rayonlari. AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko‘ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo‘lgan quyidagi 4 ta yirik iqtisodiy rayon (makrorayon) ajratiladi: Atlantika okeani bo‘yida joylashgan maydoni kichik, ammo aholi soni va zichligi katta bo‘lgan, yu- qori darajada sanoatlashgan, eng yirik moliyaviy markazlarga ega bo‘lgan shtatlarni qamrab olgan Shimoli-sharq; Buyuk ko‘llardan janub va g‘arbda joylashgan, ko‘ptarmoqli sanoat, donchilik va sut chorvachiligiga ixtisos- lashgan O‘rta G‘arb; paxtachilik, tamakichilik, bog‘dorchilik, neft-kimyo va to‘qimachilik sanoati, dengizbo‘yi turizmi rivojlanishi bilan ajralib turadigan, qora tanli aholining salmog‘i nisbatan yuqori bo‘lgan Janub; ko‘proq tog‘li relyef va qurg‘oqchil iqlimga ega, rangli metallurgiya, ae- rokosmik, elektronika sanoati, bog‘dorchilik va yaylov chorva chiligiga ixtisoslashgan, ispanzabon aholining nisbatan yuqori salmog‘i bilan ajralib turuvchi G‘arb. 1. AQSHning jahon iqtisodiyotiga ta’siri qanday omillar bilan belgilanadi? 2. AQSHning asosiy sanoat mintaqalarini tavsiflang. 3. AQSHda qanday qishloq xo‘jalik mintaqalari shakllangan? 4. AQSHda qanday yirik iqtisodiy rayonlar ajratiladi? 58-§. Kanada Britaniya Hamdo‘stligi qirolligi, o‘rmon resurslari, tashqi migratsiya, kanadalik inglizlar, kanadalik fransuzlar, Toronto, Monreal. Hududining kattaligi bo‘yicha jahonda 2-o‘rinda turuvchi Kanada davlati Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismi va unga yondosh orollarda joylashgan. Kanada qir- g‘oqlari shimolda Shimoliy Muz okeani, sharq- da Atlantika okeani, janubi-g‘arbda Tinch oke- an suvlari bilan yuviladi. Kanada quruqlikda faqat AQSH bilan chegaradosh. Kanada Britaniya Hamdo‘stligi qirolligi bo‘lib, davlat rahbari rasmiy ravishda Buyuk Britaniya hukmdori hisoblanadi. Amalda siyosiy bosh- 11 – Geografiya, 9-sinf Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling