P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologik muammo tabiatdan nooqilona foydalanish natijasida tabiiy
muhit sifatining yomonlashishidir. Ekologik muammolar hududiy ko‘lami jihatidan 3 pog‘onaga bo‘linadi: – global (sayyoraviy); – regional (mintaqaviy); – lokal (mahalliy). Global ekologik muammolar butun geografik qobiqning holatiga ta’sir ko‘rsatadi va ularni yechish borasida jahondagi barcha davlatlarning hara- katlarini birlashtirish lozim. Regional ekologik muammolarning oqibatlari bitta yoki bir nechta qo‘shni davlatlar hududida seziladi. Lokal ekologik muammolar esa kichik ko‘lamdagi hududlar doirasida ro‘y beradi. Quyida hozirgi davrning eng dolzarb global ekologik muammolaridan ba’zilari haqida ma’lumotlar keltirilgan. «Issiqxona samarasi» muammosi. Atmosfera elektr energetika, metallur- giya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kos- mik kemalarni uchirish hamda yong‘inlar tufayli kuchli ifloslanmoqda. Har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosfe- raga chiqarib yuborilmoqda. Atmosfera tarkibida, ayniqsa, is gazi (CO), karbonat angidrid (CO 2 ) oltingugurt oksidlari (SO 2 , SO 3 ), azot dioksidi (NO) salmog‘ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Atmosferadagi bu gazlar miqdorining ortishi natijasida Qu- yoshning isitish rejimi buzila boshladi. Yuqorida sanab o‘tilgan gazsimon moddalarning atmosferadagi zarrachalari yer sirtiga kelayotgan nurlanish- ni o‘tkaza turib, undan qaytayotgan issiqlik radiatsiyasini atmosferaning pastki qatlamlaridan yuqoriga yaxshi o‘tkazmaydi. Bu jarayon atmosfera pastki qatlamining o‘rtacha yillik harorati asta-sekin ko‘tarilishiga, ya’ni global iqlim sharoitining o‘zgarishiga olib kelmoqda. O‘z navbatida bu holat, say yoramiz qutblari va baland tog‘laridagi ko‘p yillik muzliklar maydonining qisqarishiga olib kelmoqda. Bu muammoni bartaraf qilish uchun jahondagi barcha davlatlar «is- siqxona» gazlarining atmosferaga chiqarilishini kamaytirishlari lozim. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 22 Yaponiyaning Kioto shahrida 1997-yilda bir nechta rivojlangan hamda o‘tish iqtisodiyo- tidagi davlatlar maxsus shartnoma («Kioto protokoli»)ni imzolab, bu borada aniq maj- buriyatlarni o‘z zimmalariga olgan. Ozon qatlamining yemirilishi muammosi. Atmosferaning ifloslanishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo‘ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikma- lar (freonlar)ning ko‘p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisob- langan ozon qatlamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. «Ozon tuynugi» deb nomlangan ana shu holat, dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so‘nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi (5-rasm). Kanadaning Monreal shahrida 1987-yilda bir nechta davlatlar fre- on gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimni imzolagan. Bugungi kunga kelib, bu bitimga jahondagi aksariyat mamlakatlar qo‘shilgan. Mutaxassislarning fikricha, agar Monreal bitimi qat’iy ravishda bajariladigan bo‘lsa, ozon qatlamining me’yordagi qalinligi 2050-yilga kelib qayta tiklanadi. Cho‘llashish muammosi. Cho‘llashish deb, cho‘llik xususiyatlari xos bo‘lgan hududlar maydonining kengayib borish jarayoniga aytiladi. Uning asosiy sabablari daraxt va butalarning kesilishi, chorva-mollarining tar- tibsiz boqilishi, suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi hisoblanadi. Cho‘llashish o‘nlab davlatlardagi eng unumdor yerlarni o‘z domiga tort- moqda. Cho‘llashish, ayniqsa, Afrika, Janubi-g‘arbiy, Markaziy va Janu- biy Osiyo davlatlariga katta xavf-xatar tug‘dirmoqda. Quruqlik umumiy maydonining 40 % qismida cho‘llashish belgilari kuzatilmoqda. Yer yu- zasining tegishli qismida 2 milliard kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. 1994-yilda BMT cho‘llashishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi. 1995-yildan boshlab har yili 17-iyunda Butun- jahon cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni nishonlanadi. 2010–2020-yillar oralig‘i BMT tomonidan «Cho‘llar va cho‘llashishga qarshi kurashishga bag‘ishlangan o‘n yillik» deb e’lon qilingan. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling