P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
-§. Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
14-§. Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya
jarayonlari Jahon iqtisodiyoti markazlari, ko‘p markazlilik, globallashuv, xalqaro iqtisodiy integratsiya, transmilliy kompaniyalar. Jahon xo‘jaligi rivojlanishi undagi muhim iqtisodiy markazlarning fa- oliyati bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish, fan-texnika va moliyaviy resurs- lari katta bo‘lgan, jahon xo‘jaligi va siyosatida alohida o‘rin egallagan davlatlar jahon iqtisodiyotining asosiy markazlari sifatida tilga olinadi. Shunday markazlar jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. XXI asrdagi jahon iqtisodiyoti o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir, u to‘liq ravishda bozor iqtisodiyoti tamoyillari, ishlab chiqarishning baynalminal- lashuviga asoslanadi. Bu holat esa jahon iqtisodiyotida polisentrik – ko‘p markazlilik holatining shakllanishiga olib keldi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika bilan bir qatorda MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari, Fors ko‘rfazi dav- latlari, Hindiston, Braziliya, Meksika kabi iqtisodiy markazlar ham jahon iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. 2017-yil holatiga ko‘ra, Xalqa- http://eduportal.uz http://eduportal.uz 43 ro va lyuta fondi ma’lumotlari jahon yalpi milliy mahsulot (YMM)ning 28 %i Shimoliy Amerika (25,8 %i AQSHga tegishli), deyarli 15 %i G‘arbiy Yevropa, 16 %i Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelganini ko‘rsatdi (14-rasm). 14-rasm. Jahon yalpi milliy mahsulot (YMM) tarkibidagi yirik iqtisodiy markazlarning salmog‘i (2017-y.,%). Jahon davlatlari iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar orqali o‘zaro yaqinlashishi, yagona axborot muhitida rivojlanishini anglatadigan global- lashuv jarayoni barcha mintaqalar hamda davlatlar xo‘jaligi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishiga olib kelgan. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling