P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
innovatsion texnologiyalarning ta’siri
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
innovatsion texnologiyalarning ta’siri
Fan-texnika inqilobi, fan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish, bosh- qaruv, biotexnologiya, koinotni o‘zlashtirish, nanotexnologiyalar. Jahon xo‘jaligi tarmoqlarining tez sur’atlarda rivojlanishi, ularning tar- kibiy takomillashuviga fan-texnika inqilobi katta ta’sir ko‘rsatgan. Fan- texnika inqilobi (FTI) deb jamiyatda fanning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi natijasida ishlab chiqarishda tub sifatiy o‘zgarishlarga erishish jarayoniga aytiladi. 1950–1960-yillarda jahonning yetakchi dav- latlarida fanga bo‘lgan e’tiborning ortishi hamda ilmiy kashfiyotlarning tez fursatda amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi, yangi sohalari paydo bo‘ldi. Inson tomonidan koinotni o‘zlashtirishga bo‘lgan harakatlar, yadro energiyasini tinch maqsadlarda o‘zlashtirish (AESlar qurilishi), elektron hisoblash mashinalari – EHMlarning paydo bo‘lishi insoniyat taraqqiyoti- dagi muhim yangiliklar bo‘lib, ular fanning ishlab chiqarish bilan cham- barchas aloqaga kirishganligini ko‘rsatib berdi. O‘z xususiyatiga ko‘ra FTI ko‘p qirrali bo‘lib, o‘zining tarkibiy qismlari hisoblangan fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda boshqaruvda katta o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 45 FTI ta’sirida fanda davlat tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari uchun sarfla- nadigan mablag‘lar ko‘paytirildi, ta’lim tizimida sifatiy o‘zgarishlar amal- ga oshirildi. Fan sohalari tarkibida yangi yo‘nalishlar rivojlandi (masalan, bio texnologiya, nanotexnologiya). Ishlab chiqarish bilan fan o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi rivojlangan davlatlar tomonidan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta mablag‘larning yo‘naltirilishiga sababchi bo‘ldi. Butun jahonda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining 4/5 qismi Yaponiya, AQSH, GFR va boshqa 10 ta rivojlangan davlatga to‘g‘ri keladi. Bu davlatlarda YMMning 2–3 % i fanga sarflanadi. Barcha rivoj- lanayotgan davlatlarga esa jahon bo‘yicha fan rivojiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning atigi 4–5 % i to‘g‘ri keladi. Texnika va texnologiyalar sohasida yangi texnologik jarayonlarning joriy etilishi, EHM, robotlardan ishlab chiqarishda keng foydalanilishi, kvant texnikasining rivojlanishi (lazerlar) kabi o‘zgarishlar natijasida ish- lab chiqarish samarasi, mehnat unumdorligi oshdi. Ishlab chiqarishni avto- matlashtirish va robotlashtirish jarayonlari inson mehnatini yengillashtirdi. Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar sohasida yuz bergan yangiliklar ta’sirida mehnat bilan birga boshqa resurslarni ham tejashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga ekologik holatni yaxshilash uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniya va Italiyada po‘latning 2/3 qismi temir-tersakdan, Buyuk Britaniya va Yaponiyada qog‘ozning 1/2 qismi qog‘oz chiqindilaridan olinadi. Ilmiy yangiliklar ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibida yangi sohalar- ning paydo bo‘lishiga olib keldi (masalan, kimyo sanoatining polimer- lar yo‘nalishi). Bundan tashqari, FTI sanoat tarmoqlari orasida butunlay yangi va zamonaviy sanoat tarmoqlarining shakllanishiga zamin yaratdi (masalan, mikrobiologiya sanoati). Tannarxi qimmat bo‘lgan tabiiy xom- ashyo o‘rnini bosuvchi arzon sun’iy mahsulotlar (masalan, sun’iy kau- chuk) egallay boshladi. Iqtisodiyotning samarali rivojlanishi boshqaruv jarayonini qay tarzda shakllantirish va tashkil qilish bilan bog‘liq. FTI hozirgi kunda ish ja- rayonini tashkil etish zaruriy bilimlarga ega bo‘lgan ish boshqaruvchilar (menejerlar) tomonidan amalga oshirilishini ta’minlab berdi. Fan-texnika inqilobining davlatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sirini baholashda fantalab sohalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsu- lotlari hajmi e’tiborga olinadi. Elektrotexnika mashinasozligi, mikroelek- http://eduportal.uz http://eduportal.uz 46 tronika, aviakosmik sanoat kabilar shu turkumdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Fantalab sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Koreya Res- publikasi kabi davlatlar yetakchilik qiladi. Fan-texnika inqilobi hayotning barcha jabhalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Uning ta’sirida moddiy ishlab chiqarish bilan bir qatorda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi nomoddiy soha ham jahon xo‘jaligida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladi. Bu holat, o‘z navbatida, postindustrial davrning boshlanishiga turtki bo‘ldi. 1. Fan-texnika inqilobi mohiyatini tushuntirib bering. 2. Fan-texnika inqilobi jahon xo‘jaligi rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? 3. Jahon iqtisodiyotining fantalab tarmoqlarini aytib bering. 4. Yadro energiyasini tinch maqsadlarda o‘zlashtirish deganda nima tushuniladi? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling