P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-§. Jahon transporti geografiyasi
№
Mintaqalar Chorvachilikning ixtisoslashgan tarmoqlari 1 Yevropa 2 Osiyo 3 Afrika 4 Shimoliy Amerika 5 Janubiy Amerika 6 Avstraliya va Okeaniya 3. Quyidagi davlatlar orasidan qo‘ychilik rivojlangan davlatlarni ajratib ko‘rsating: a) Hindiston; b) AQSH; c) Avstraliya; d) Xitoy; e) Braziliya; f) Rossiya. 21-§. Jahon transporti geografiyasi Transport, quruqlik transporti, avtomobil transporti, quvur transporti, temiryo‘l transporti, havo transporti, dengiz transporti, daryo transporti. Ma’lumki, transport iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, ishlab chi- qarish va aholining yuklarga ehtiyojlarini o‘z vaqtida muttasil ta’minlab turadi. Shu bilan birga u davlatlararo mahsulot va xizmatlar almashinuvini ta’minlab, xalqaro iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Transport tizimini haqli ravishda jahon iqtisodiyotining «qon tomiri» deb ham nomlashadi. FTI transportning yanada rivojlanishiga, uning yangi turlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Transport tarmoqlari rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, may- doni, hududining o‘zlashtirilganligi kabi omillar bilan bog‘liq. Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o‘ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil etadi. Ular quruqlik (temiryo‘l, avtomobil va qu- vur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo‘linadi. Avtomobil transporti keng tarqalgan transport turi hisoblanib, u XX asr- da keng rivojlandi. Mazkur transport turida «eshikdan-eshikkacha» olib borib qo‘yish imkoniyatining mavjudligi uning eng ommabop transport turiga aylanishiga sababchi bo‘ldi. Avtomobil yo‘llarning jahon bo‘yicha umumiy uzunligi 28 mln. km dan ortiq bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichga ko‘ra AQSH, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Rossiya kabi davlatlar yetak chi - lik qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon davlatlaridagi avtomobillarning http://eduportal.uz http://eduportal.uz 62 umumiy soni 1 mlrd.dan ortiq bo‘lib, ularning katta qismi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Temir yo‘l transporti sanoat inqilobi davrida paydo bo‘lgan, FTI yutuqlari natijasida zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan quruqlik trans- port tarmog‘iga aylandi. Katta miqdordagi sanoat va qishloq xo‘jaligi yuklarini uzoq masofalarga yetkazib berish xususiyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Temir yo‘llar umumiy uzunligi jahonda, taxminan, 1,2 mln. km bo‘lib, AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Kanada davlatlari bu borada peshqadam hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlat (Hindiston) Rivojlangan davlat (Yaponiya) 19-rasm . Jahon davlatlari temir yo‘l transportidagi tafovutlar. Quvur transporti suyuq, gazsimon ko‘rinishdagi yuklarni uzoq masofa- ga yetkazib berishga mo‘ljallangan transport tarmog‘i hisoblanadi. Unda, asosan, tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlarini tashish jarayoni amalga oshiriladi. U tannarxning pastligi, yuklarni bir maromda kerakli man- zilga yetkazib bera olish imkonining borligi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirning pastligi bilan ajralib turadi. Gaz va neft quvurlarining umumiy uzunligi 2 mln. km ga yaqin bo‘lib, ularning asosiy qismi neft-gaz qazib oluvchi davlatlar hududiga to‘g‘ri keladi. Neft quvurlari uzunligi bo‘yicha AQSH, Rossiya, Kanada, Xitoy, Saudiya Arabistoni, gaz quvurlari uzunligi bo‘yicha esa AQSH, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar yetakchilik qiladi. Suv transporti – transportning tabiiy (daryolar, ko‘llar, dengizlar, oke- anlar) va sun’iy suv yo‘llari (kanallar, suv omborlari) orqali yuklar va http://eduportal.uz http://eduportal.uz 63 yo‘lovchilar tashiydigan turi hisoblanadi. U dengiz va daryo transporti turlarini o‘z tarkibiga birlashtiradi. Dengiz transporti xalqaro savdoning deyarli 80 % ini amalga oshiradi. Dengiz yo‘llari orqali, asosan, katta miqdordagi suyuq, quruq, sochma ko‘rinishdagi yuklar tashiladi. Dengiz transportida yuk tashuv ishlari den- giz savdo floti tomonidan amalga oshiriladi. Yuk tashish hajmiga ko‘ra Panama, Liberiya, Marshall orollari, Gretsiya kabi davlatlarning flotlari yetakchilik qiladi. Asosiy dengiz yo‘llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ular- ni iste’mol qiluvchi davlatlar o‘rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo‘jalik xomashyolari Yevropa, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xo‘jalik uchun turli iste’mol mah- sulotlari dunyoning barcha hududlariga yetkazib beriladi. Dengiz trans- portida umumiy yuk tashish hajmining 60 % i Atlantika okeani hissasiga to‘g‘ri keladi. Dengiz transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi 2 mingdan ortiq portlar mavjud bo‘lib, Shanxay, Singapur, Rotterdam portlari ular orasida yuk qabul qilish hajmiga ko‘ra yetakchilik qiladi. Dengiz transporti rivojiga xalqaro kanallar va dengiz bo‘g‘izlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro kanallar orasida Suvaysh va Panama kanallari- ning ahamiyati juda katta. Ular qit’alar orasidagi masofalarning qisqari- shiga imkoniyat beradi. Dengiz bo‘g‘izlari orasida eng ko‘p kemalarni o‘tkazadiganlari La-Mansh, Eresunn (Zond), Gibraltar, Xormuz, Malakka, Bosfor bo‘g‘izlaridir. Ichki suv transporti daryo, ko‘llar hamda kanallar yordamida davlatlar- ning ichki hududlariga yuk va yo‘lovchi tashishni amalga oshiradi. Daryo va ko‘l transporti yo‘llarining uzunligiga ko‘ra jahonda Rossiya, Xitoy, AQSH, Braziliya, Kanada yetakchilik qiladi. Ichki suv transportidan foy- dalanishda yirik daryo, ko‘l hamda kanallarning ahamiyati katta. Bunday daryolar qatoriga Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, Kongo va boshqalar kiradi. Ular bilan bir qatorda kemalar qatnovida Qirg‘oqbo‘yi (AQSH), Buyuk (Xitoy), Volga-Boltiq (Rossiya), Reyn-Mayn-Dunay (Ger- maniya) kanallaridan foydalaniladi. Havo transporti yo‘lovchilar, pochta va boshqa turli yuklarni tez- lik bilan tashiydigan jahondagi eng tez va qimmat transport tarmog‘i http://eduportal.uz http://eduportal.uz 64 hisoblanadi. Jahon bo‘yicha havo transportida yo‘lovchi tashish miqdo- ri yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda jahon yo‘lovchi tashish miqdorining 20% ga yaqini ushbu transport tarmog‘iga to‘g‘ri kelmoq- da. Xalqaro aloqalar so‘nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan Shimo- liy Amerika davlatlari o‘rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Atlantika okeani ustida bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki tomonga qarab harakatda bo‘ladi. Mazkur transport tarmog‘ining rivojlanishida aeroportlarning o‘rni juda katta. Yo‘lovchilarni qabul qilish miqdoriga ko‘ra Atlanta (AQSH), Pekin (Xitoy), Dubay (BAA) aeroport- lari peshqadam hisoblanadi. 1. Qaysi transport tarmog‘i jahon xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi? 2. Fan-texnika inqilobi transport rivojlanishida qanday ahamiyatga ega? 3. Dengiz transportining tez sur’atlarda rivojlanishiga nimalar sabab bo‘ldi? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling