P. Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralardagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarning kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir -birga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faol


Download 21 Kb.
Sana09.05.2020
Hajmi21 Kb.
#104501
Bog'liq
P.Pavlov ko’p y



P.Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralardagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarning kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir –birga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan edi .

1. Kuchli, qo’zg’aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu tipda qo’zgalish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo’zg’alishi tormozlanishdan ustun turadi.Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi, u o’rta o’zlashtiriladi biror ishga tez kirishi, tez soviydi. Emotional reaksiyalari kuchli, bilar - bilmas javob berib o’z fikrini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi. Maktab hayotiga kichiklik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, xarakterli o’zgaruvchan , o’z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agresiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tiziomli ish faoliyatiga ega bo’ladi.

2. Kuchli, qo’zg’aluvchan , muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip nerv prosesslarning kuchliligi, qo’zg’alish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Maktab hayotiga tez ko’nikadi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, ular namunali hulqqa ega bo’ladi, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradi, uyga berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishiga harakat qiladi, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ishoralar bilanb o’z fikrini boshqalarga ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.

3. kuchli, qo’zg’aluvchan, muvozanatlashmagan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zg’alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning o’rin almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish , yozish va gapirishni tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’zga boy bo’ladilar.

4. Nimjon yoki sust tip . Bu tipda nerv prosesslari sustligi , kam kuzatuvchanligi va muvozanatlashmaganligi , yani tormozlanish jarayonning yuqoriligi bilan harakatlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobilyati past , nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo’rqadi , charchaydi , o’qish , yozishni sekin o’rganadi , maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi , o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi , o’zlashtirishi past , xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan xaraktertlanadi.

I.P.Pavlovning fikricha oily nerv faoliyatining 4 tipi odamlardagi Gipokrat tomonidan aniqlangan 4 temperament turlariga mos keladi. Gipokrat odamlarda to’rtta temperament:

Xolerik.

Sangvinik.

Flegmatik.

Melanxonlik.

aniqlagan.

Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash

Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlashning juda ham ko’p usullari mavjud. Eng keng tarqalgan qulay usullardan biri test ko’rinishida bo’ladi. Bunda o’quvchilarga barcha tiplarning xususiyatlarini asosiy va yashirin belgilarini o’z ichiga olgan belgilari eshittiriladi. Bu belgi qaysi tipga mansubligi aytilmaydi. O’quvchilar o’zlariga yaqin bo’lgan belgi ostidagi raqamni belgilab olishadi. Test nihoyasiga yetgach uni baholash jarayoniga o’tiladi. O’qituvchihar bir son ostidagi belgi uchun ajratilgan ballni o’qib eshiitiradi. O’quvchilar jami yig’ilgan ballarni hisoblaydi. Va yakunida o’qituvchi ma’lum bir ballar qaysi tipni namoyon qilishini aytadi. Bundan har bir o’quvchi o’zining oliy nerv faoliyati qaysi tipga mansubligini tez va qisqa usulda bilib oladi.

Masalan quyidagi namuna : Test.

1. Siz bosiq va sovuqqonsiz. (f)

2. Siz ehtiyotkor va o‘ylanuvchan.(f)

3. Siz uyatchan va soddasiz.(m)

4. Qaysarsiz. (x)

5. Sizni maqtashlari sizga yoqmaydi (m)

6. Baland va tez gapirasiz. (s)

7. Boshlagan ishni oxiriga yetkazasiz.(f)

8. Jaxlingizni oson tutib turasiz.(f)

9. Chidamsiz va jaxldorsiz.(x)

10.Siz quvnoq va xushchaqchaqsiz.(s)

Xotira hajmini aniqlang.

O’quvchiga son va so’zlardan tashkil topgan ketma ketlik eshittiriladi. Ular xotirasida olib qolgan axborotni daftariga yozadi. Bunda raqami va soni birga yodda olib qolish kerak bo’ladi.



Masalan:


Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling