P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Respublikam izning  har  bir  kishisiga  o ‘rtacha  0,17  gektar


Download 3.89 Kb.
Pdf просмотр
bet15/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24

Respublikam izning  har  bir  kishisiga  o ‘rtacha  0,17  gektar 
sug‘oriladigan  yer  maydoni  to‘g ‘ri  keladi.  Bu  o ‘rtacha  dunyo 
k o‘rsatkichidan  salkam  ikki marta kamdir.  Qiyoslash  uchun  bu 
boradagi ba’zi raqamlami keltiramiz.  Bu k o‘rsatkich K anadada- 
1,84;  A m e r ik a d a -0 ,7 9 ;  F r a n s iy a d a -0 ,3 2 ;  X ito y d a -0 ,0 9 ; 
Y aponiyada-0,04  gektarni  tashkil  etadi.
0 ‘zbekiston hududining iqlimi, relyefi, litologik va gidrologik 
sharoitlari  o ‘sim lik  va  hayvonotlarning  turli-tumanligi  turli 
xildagi  (tip)  tuproqlam ing  hosil  boMishiga  olib  keladi.  ChoM- 
sahro mintaqalardagi tuproqlaming k o ‘p qismi sur-qo‘ngMr tusli 
va  qumli  tuproqlardan  hamda  qumli-choM,  sh o‘rxok  va  taqir 
tuproqlardan  tashkil  topgan.  T o g 1  oldi  tekisliklari  va  adirlik 
m in ta q a la r d a   a so sa n   b o ‘z  tu p ro q la r  ta r q a lg a n .  TogMi 
m intaqalarda  esa  jigarrang,  q o ‘n g‘ir  va  o ‘rmon  tuproqlari 
uchraydi.  Bundan tashqari, daryo vodiylarida va boshqa sernam 
hududlarida  gid rom orf  tipdagi  o 4tlo q i,  allyuvial  tuproqlar 
tarqalgan.
R e sp u b lik a m izn in g   yer  resurslariga  oid  yu qorid agi 
m a’lumotlardan  k o ‘rinib  turibdiki,  bizning  sharoitda  yerlarni 
muhofazalash va  ulardan  oqilona  foydalanish favqulodda sotsial- 
iqtisodiy va ekologik ahamiyatga molik muhim masalalardan biridir.
Tuproqlarga  antropogen  ta’sir  va  uning  ekologik  oqibatlari. 
Tuproq m a’lum darajada barqaror o ‘ziga xos tizim hisoblanadi, 
amm o  u  surunkali  va  kuchli  antropogen  ta ’sirga  juda  sezgir 
boMadi.  Inson tuproqqa undan foydalanish, ya’ni haydash, ekin 
ekish, sug‘orish,  hayvonlarni boqish, texnik vositalam i qoMlash, 
mineral  o ‘g ‘itlar  va  pestitsidlarni  qoMlash jarayonlarida  tazyiq 
oMkazadi.
H ozirgi  p aytd agi  yer  resurslari  bilan  bogMiq  ek o log ik  
m uam m olam ing  negizida  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  qishloq 
x o ‘jaligi  xom ashyolari  miqdorini  aholi  jon  boshiga  nisbatan 
k am ayib   k eta y o tg a n lig i  va  tu p ro q la m in g   ek o lo gik   holati 
y o m o n la s h ib  
b o r a y o tg a n lig i  y o ta d i. 
B unday  sa lb iy  
jarayonlam ing  bosh  sababchisi  tuproqlar  degradatsiyasining 
kuchayishi va dehqonchilik yerlari maydonini qisqarib borishidir.
Tuproqlar  degradatsiyasi 
deyilganda  tuproqlarni  eroziya 
h am da  d e fly a ts iy a g a   u ch rash i,  ik k ila m ch i  s h o ‘ rlan ish i,

ifloslanishi,  qashshoqlashuvi,  botqoqlanishi,  zaharlanishi  kabi 
sa lb iy   a n tr o p o g e n   t a ’sirlar  n a tija sid a   x u s u siy a tla r in i 
yomonlashuvi va  uning oqibatida unumdorligini keskin pasayib 
ketishi  va  iqtisodiy jihatdan xavfli  boMgan  kompleks jarayonlar 
tushuniladi.  Demak, degradatsiya ekologik va iqtisodiy jihatdan 
xavfli  boMgan  kompleks jarayondir.
H ozirgi  davrda  dunyo  bo'yicha  degradatsiya  va  boshqa 
sa b a b la r   o q ib a tid a   y ilig a   7  m ln .g e k ta r   h a y d a lm a   yer 
yo'qotilm oqda.  Bundan tashqari yiliga millionlab gektar yaroqli 
unum dor  yerlar  sanoat  korxonalari,  suv  om borlari,  konlar, 
yoM lar,  q uvu rlar  o 'tk a z ish ,  elek tr  va  a lo q a   ta rm o q la ri, 
aerodrom lar,  aholi  punktlari  qurilishi  kabi  nodehqonchilik 
maqsadlarga ajratilmoqda.  BMT m a’lumotlariga k o‘ra dunyoda 
faqat  shahar  va  yoMlar  qurilishi  uchun  yiliga  300  ming  gektar 
haydalma  yerdan  foydalaniladi.
Tuproqlar  eroziyasi 
deb  tu p ro q n in g   yu za  u n u m d o r 
qatlamlarini  suv,  shamol va  boshqa  antropogen  ta ’sirlar  ostida 
yuvilib, uchirib ketilishi va yemirilishiga aytiladi.  Eroziya jarayoni 
tuproqqa juda  kuchli  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.  Uning  natijasida 
tuproqning  ko'p  xususiyatlarini  belgilovchi  gumus  va  mayda 
k o llo id   za rra ch a la r  m iqdori  k a m a y ib   k e ta d i,  o q ib a td a  
tuproqning g'ovakligi.  suv  ushlash va o'tkazish,  termik, zichlik, 
ozuqa moddalari, biologik faolligi, o'z-o'zini tozalash va tiklash 
kabi  bir  qator  agroekologik  k o'rsatk ichlari  yom on lash ib , 
unumdorligi  sezilarli pasayib  ketadi.
Eroziyada  tuproq  gumusining  kamayishi  tufayli  tuproqning 
energetik  zaxirasi  kamayib  ketadi.  Bir  gektar  yerning  bir 
santimetr gumusli  qatlami  yuvilib  yoki  uchirib ketilishi  167472 
106  jou l  energiya  yo'qolishiga  teng  boMadi.  Yuqorida  qayd 
etilgan omillar tuproqlaming biosferadagi rolini pasaytirib, tabiiy 
barqarorlikning  buzilishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o'z  navbatida 
atrof-muhitda chuqur va ko'p hollarda tiklab boMmas darajadagi 
ogMr ekologik  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.
Eroziyadan nafaqat agrar soha, balki suv havzalari va sug'orish 
tarmoqlarini  loyqa bosishi,  ifloslanishi.  suvlar sifatining buzilishi 
natijasida  suv  xo'jaligi.  suv  transporti.  baliqchilik  va  energetika 
kabi  xalq  xo'jaligi  tarmoqlari  ham  sezilarli  zarar  ko'radilar.

Yuz berish tezligiga ko'ra  geologic (m e’yorida) va antropogen 
(tezlashgan)  eroziyalar  farqlanadi.  Geologik  eroziya  nisbatan 
sekin  k ech ad igan   tabiiy  jarayon   b o 'lib ,  tuproq  o 'z -o 'z in i 
tiklashga  ulguradi,  ya’ni  bu  turdagi  eroziyaning  salbiy  ta ’siri 
birmuncha kamroq deyish mumkin.  Antropogen yoki tezlashgan 
eroziya  insonning  dehqonchilik  va  boshqa  ishlab  chiqarish 
faoliyatlarini noto'g'ri amalga oshirish natijasida yuz beradi.  Bu 
turdagi eroziya ko'pincha tezroq kechadi. Shu tufayli tuproq o'z- 
o'zini  tiklab  ulgurmaydi,  oqibatda  degradatsiya  jarayoni  avj 
olib,  unumdorlik  pasayib  ketadi.
Eroziya  jarayonini  keltirib  chiqaruvchi  om illam ing  turiga 
qarab,  suv  eroziyasi  va  sham ol  eroziyasi  (deflyatsiya)  kabi 
turlarga  b o'lin adi.  Yerlarni  eroziyalanish   darajasiga,  y a ’ni 
eroziya  ta ’sirida  gumusli  qatlamni  qanchalik  qisqarganligiga 
qarab,  k uchsiz, 
0
‘rtacha  va  k uchli  eroziyalangan   xillarga 
ajratiladi.
E roziya  va  deflyatsiya  jaray on lari  ro ‘y  berishiga  k o'ra 
quyidagi tabiiy va antropogen omillar sababchi bo'ladilar: 
Tabiiy 
omillar 
-  yer yuzasi relyefming notekisligi, ya’ni past-baland, qiya 
va nishabliklarning mavjudligi, kuchli shamollam ing tez-tez esib 
tu rish i,  tu p roq n i  o 'z   x u su siy a tla r ig a   k o'ra  ero ziy a   y o k i 
deflyatsiyaga  moyilligi,  tuproq  yuzasida  o'simlik  qoplam ining 
yetarli  em asligi,  yog'in -soch in   m iqdori  va  ularning  y o g 'ish  
xarakteri  kabilar.
Antropogen omillar 
-  nishabli yerlarda eroziyaga qarshi yetarli 
choralar  ko'rmasdan  foydalanish,  sug'orish  va  yog'in-sochin 
suvlarini  talab  darajasida  boshqara  bilmaslik,  yerlarni  qiyalik 
bo'ylab haydash, ishlov berish va m e’yoridan ortiqcha sug'orish, 
nishabli  yerlarga  ko'p  ishlov  beriladigan sersuv  ekinlarni  ekish, 
tuproqdagi gumus va boshqa ko'plab ozuqa moddalar miqdorini 
kamaytirib  yuborish,  o'sim lik  qoplam ini  m e’yoridan  ortiqcha 
yo'qotish,  deflyatsiyaga  moyil  yerlarga  noto'g'ri  ishlov  berish 
va ularni ochiq qoldirish, chorva mollarini noto'g'ri boqish, turli 
xalq xo'jalik bino va  inshootlarini qurishda ekologik  talablarga 
q at’iy  rioya  etmaslik  va  boshqalar.
Suv  eroziyasining  gorizontal  va  bo'ylam a  yo'nalishda  yuz 
beruvchi  xillari  bor.  Eroziya  jarayoni  nishablik  0 ,5 -1 ,0   dan

yuqori  b o ‘lganda  ro‘y  bera  boshlaydi.  Gorizontal  yuza  b o ‘ylab 
yuz  beruvchi  eroziya  deb  tuproqni  nishabli  yuzalardan  suv 
ta’sirida  nisbatan  bir xil tezlikda yuvilishiga  aytiladi.  Bu  xildagi 
eroziyada  tu p roq nin g  yu vilish i  u zluksiz  yuz  berib  turishi 
oqibatida yer yuzidan katta miqdordagi tuproq massasi suv bilan 
ch etg a   o q ib   ch iq ib   k eta d i.  N a tija d a   tu p ro q   se k in -a s ta  
unumdorligini  y o ‘qotadi.
Bo‘ylama eroziya 
deb  nishablik  yerlarda  yogMn-sochin  yoki 
sug‘orish  suvlarining  torroq  maydonda  kuchli  oqim  vujudga 
kelishi  tufayli  tuproqni  bo‘ylama(tik)  y o ‘nalishda  yemirilishiga 
aytiladi.  Bunda  k o ‘pincha jarliklar hosil  boMadi,  shuning uchun 
bu xil eroziyani 
jarlanish 
deb ham yuritiladi.  Jarlanish oqibatida 
yirik yaxlit yer maydonlari bir necha mayda boMaklarga boMinib 
ketadi^Natijada  texnikadan  foydalanish  va  boshqa  agrotexnik 
tadbirlami  amalga  oshirish  qiyinlashadi.  Jarliklar  tuproq-iqlim 
va  antropogen  sharoitlarga  qarab  yiliga  1-3  m.  dan  8-25  m. 
gacha,  b a ’zan  esa  undan  ham  tezroq  o ‘sishi  mumkin.  Ilmiy 
manbalarga  qaraganda,  bir  gektar  maydondagi  jarlik  atrofida 
kamida  2 -3   gektar yerning  agroekologik  holati  yomonlashadi.
Ba’zi m a’lumotlarga ko‘ra, s o ‘nggi  100 yil mobaynida dunyo 
bo‘yicha 2 mlrd.gektar yer eroziya tufayli ishdan chiqqan.  AQSH 
da  mavjud  haydalma  yerlam ing  110  mln.gektari  eroziya  va 
deflyatsiyaga chalingan boMib, bu umumiy maydonning 48% ini 
tashkil  etadi.  Madagaskar  orolidagi  yerlaming  80%i,  Chilining 
72%  yerlari  eroziyaga  uchragan.  R espublikam izda  barcha 
toifadagi  yerlarni  hisobga olganda  to g ‘  oldi  hududlarining 50% 
ida eroziya sodir boMmoqda, 22 mln.gektardan ortiqroq boMgan 
choM-sahro  oMloqlarining  qariyb  hammasi  deflyatsiya  ta ’siriga 
duchor  boMgan.
Eroziyaning  irrigatsion  eroziya,  yaylov  eroziyasi,  mexanik 
eroziya,  abraziya,  sanoat eroziyasi  kabi  xillari  ham mavjud.
Irrigatsion eroziya 
nishablik  maydonlarda  yerlarni  n o to‘g ‘ri 
su g ‘orish  tufayli  yuz  beradi.  R espublikam izdagi  su g ‘orma 
yerlaming 700 ming gektarida irrigatsion eroziya keng tarqalgan. 
Bunday yerlarda paxta, g‘alla va boshqa ekinlarning hosildorligi 
10% dan 60% gacha pasayib ketishi kuzatiladi. Irrigatsion eroziya 
togMik,  t o g ‘oldi  adirliklari  va  to g ‘  etaklaridagi  n ishablik  
tekisliklarda, ya’ni bo‘z tuproqli sug‘orma mintaqalarda ko'proq

uchraydi.  B unday  eroziyaga  du cho r  boMgan  m aydonlar 
F a rg 'o n a   vodiysi  v ilo y a tla ri,  T o sh k en t,  S am arq an d , 
Q a sh q ad ary o   va  S u rx o n d ary o   v ilo y a tlarin in g   to g ‘oldi 
hududlarida  keng  tarqalgan  boMib,  mamlakatimiz  iqtisodiyoti 
va ekologiyasiga katta zarar yetkazilmoqda.
Yaylov  va  o ‘tloq  yerlarda  chorva  hayvonlarini  me’yoridan 
ortiqcha boqish va o'simlik qoplamini qayta tiklanishiga yetarli 
sharoitlar yaratilmasligi natijasida 
yaylov eroziyasi 
ro'y beradi. 
Bunda  yaylovlarning  mahsuldorligi  keskin  tushib  ketadi  va 
bunday hududlarga xos ekotizimlaming funksiyasi izdan chiqadi.
Dengiz, daryo, ko'l va suv omborlari kabi suv havzalarining 
qirg'oqlarini suv to'lqinlari ta ’sirida yemirilishi 
abraziya 
deyiladi. 
Bu jarayonda  ham  suv  havzalariga  tutash  yer maydonlarining 
qisqarishi, unumdorligining pasayib ketishi, turli ishlab chiqarish 
inshootlarining buzilishi kabi salbiy holatlar yuzaga keladi.
Yo'llar, quvur yo'llari, elektr va aloqa tarmoqlari va boshqa 
sanoat  obyektlarini  barpo  etish  jarayonida  tuproq  qatlami 
yemirilib,  buzilishi 
sanoat eroziyasi 
deb  yuritiladi.  Bu jarayon 
kuchli  sanoatlashgan  hududlarda  qurilish  tartib-qoidalariga 
yetarli darajada amal qilinmasligi oqibatida yuz beradi.
Deflyatsiya 
yoki  sham ol  eroziyasi  jaray o n id a  ham  suv 
eroziyasi kabi hodisa yuz beradi, ya’ni tuproqning eng unumdor 
qatlamlari yemiriladi, ammo bu o'rinda yemiruvchi asosiy kuch 
suv emas, shamol oqimi hisoblanadi. Deflyatsiya tez-tez shamol 
esib  turuvchi,  yengil  quruq  tuproqli,  o'simlik  qoplami  yaxshi 
rivojlanmagan  hududlarda  tez  avj  oladi.  Uning  nisbatan  bir 
m a’romda  uzluksiz  ro'y  beradigan 
kundalik deflyatsiya 
hamda 
qisqa  vaqt  ichida  tez  va  kuchli  yuz  beradigan  chang-to'zonli 
bo'ron kabi ikkita xiii farqlanadi.
Kundalik  deflyatsiya  tezligi  birmuncha  sekin(nisbatan ko'p esadigan shamollar ta’sirida vujudga keladi. Bunda 
ko'pincha  tuproqning  o'ta  mayin  zarrachalari  doimiy  uchirib 
ketib  turiladi.  O qibatda  tuproq  sekin-asta  yemirilib,  undagi 
gumus  va  boshqa  ozuqa  moddalarning  miqdori  kamayadi,  bir 
qator agroekologik xususiyatlar yomonlashadi.
Chang-to'zonli  bo'ronlar  esish  vaqti  qisqa,  ammo  tezligi 
yuqori  (>  20-25  mg's)  bo'lgan  shamollar  ta ’sirida  yuz  beradi. 
Bu  xildagi  deflyatsiyada  qisqa  vaqt  ichida  yer  yuzasidan  katta 
miqdordagi turli o'lchamli tuproq zarrachalari, hatto o'simliklar

uzoq masofalarga uchirib ketiladi. Buning oqibatida tuproqlarga 
katta ziyon yetkaziladi.
Deflyatsiya  jarayoni  dunyoning  issiq  quruq(arid)  iqlimli 
hududlari:  Afrika,  Avstraliya  va  Osiyo  q it’asidagi  sahrolarda, 
Amerikaning cho‘l-dasht  mintaqalarida  keng  tarqalgan  bo‘lib, 
shu  hududlam ing  ekologik  holatini  og‘irlashtiruvchi  asosiy 
omillardan biri hisoblanadi.
Respublikamizdagi  Qizilqum,  Ustyurt,  Qarshi  va  Markaziy 
F arg‘onaning  dasht-cho‘llarida  joylashgan  26,5  m ln.gektar 
yaylovli  yerlar  va  600  ming  gektar  su g ‘oriladigan  yerlar 
deflyatsiyaga  duchor  bo‘lgan.  Bu  jarayon  ko ‘chma  qumli 
cho‘llarda,  ayniqsa,  Orol  bo‘yi  mintaqasida  ekologik  holatni 
og‘irlashtiruvchi asosiy xavfli omilga aylanib qoldi.  Bu yerlarda 
deflyatsiya tufayli har gektar yerga to ‘g‘ri keladigan tuzli chang- 
to ‘zonning  o ‘rtacha  yillik  miqdori  520  kg  ni  tashkil  etmoqda, 
b a’zi joylarda  (Chimboy  atrofida)  esa  bu  ko‘rsatkichning  500 
to n n ag ach a  yetishi  ham  kuzatilm oqda.  O rolning  qurishi 
natijasida  ochilib  qolgan  4  m ln.gektar  tuzli  sahro  kuchli 
deflyatsiya o ‘chog‘iga aylanib qoldi.  U yerdan shamol ta ’sirida 
yiliga 72 mln.tonnagacha tuzli chang atmosferaga ko‘tarilib, 500 
km radiusida tevarak-atrofidagi yerlarga tarqalib og‘ir ekologik 
muammolami  tug‘dirmoqda.
T u p ro q la m in g   ekologik  h o la tin i  o g ‘irlash tiru v ch i 
ja ra y o n la rd a n   yana  biri  sh o ‘rlanishdir. 
Sho‘rIanish 
deb 
tu proqning  o ‘sim liklar  o ‘sadigan  yuqori  qatlam larid a  (2 
metrgacha) ekinlar va boshqa organizmlarga zararli bo‘Igan oson 
eruvchan  tuzlarni  me’yoridan  ortiqcha  to ‘planishiga  aytiladi. 
Tuproq sho‘rlanishining asosiy tabiiy sabablari issiq, quruq iqlim, 
y o g ‘in -sochin 
m iqdorining 
b u g ‘la n ish d an  
kam ligi, 
minerallashgan (sho‘r) sizot (grunt) suvlarni yer yuzasiga yaqin(< 
3m) joylashganligi va oqib chiqib ketishi qiyinligi kabilardir.  Ba’zi 
hollarda shamol orqali tuzlarning uchirib kelinishi va tuproq hosil 
qiluvchi jinslar tarkibini oson eruvchan tuzlarga boyligi kabilar 
ham sabab bo‘lishi mumkin.
Tuproqni  sho‘rlantiruvchi  tuzlar tarkibini ko‘pincha natriy, 
kalsiy, magniy elementlarining sulfatli, xlorli, karbonatli tuzlari 
tashkil  etadi.  K o ‘pchilik  ekinlarga  natriy  xlorid,  n atriy  
bikarbonat, natriy karbonat, magniy xlorid, kalsiy xlorid tuzlari 
kuchli  zaharli  ta ’sir  ko‘rsatadilar.  Sho‘rlantiruvchi  tuzlarning

tarkibi  va  miqdoriga  qarab  tuproq  sho'rlanishining  turi  va 
darajasi  belgilanadi.  Sho'rlanish  tufayli  tuproqning  bir  qator 
xususiyatiari  yomonlashadi, jumladan,  ekinlarning  hosildorligi 
keskin  tushib  ketadi.  M asalan,  hatto  kuchsiz  sho'rlangan 
tuproqlarda  makkajo'xori  hosili  40-50%,  bug'doy-50-60%  ga 
kamayib, sifati yomonlashadi. Tuproqning bino va inshootlarga 
z a ra rli  t a ’siri  kuchayadi.  Ichim lik  suv lari,  o ziq -o v q at 
mahsulotlari  va  havo  tarkibida  tuzlar miqdori  ko'payib,  inson 
va  boshqa  organizmlarga  salbiy  ta ’sir  ko'rsatadi.  Bularning 
hammasi  oxir-oqibatda  hududning  umumiy  ekologik  holati 
og'irlashuviga  olib  keladi.
D unyoning  k o 'p lab   m am lakatlarida,  ayniqsa  Osiyo  va 
Afrikaning arid iqlimli mintaqalarida tuproq sho'rlanishi asosiy 
agroekologik  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Sayyoramizda 
sho'rlanish  tufayli  yiliga  200-300  ming  gektar  sug'orma  yerlar 
ishdan  chiqib,  atrof-m uhitni  ifloslovchi  m anbaga  aylanib 
qolmoqda.
Respublikamizning  keskin-kontinental  issiq,  quruq  iqlimi, 
tuproq  yuzasidan  namlik  bug'lanishining yuqoriligi,  o'ziga  xos 
gidrogeologik va geomorfologik sharoitlari bir qator hududlarda 
sho'rlanish jarayoni  uchun  qulay  sharoit  tug'diradi.  Masalan, 
tekslik  va  qisman  tog'oldi  mintaqalarda  sho'r  sizot  suvlari  yer 
sathiga yaqin joylashgan, yer yuzasidan namlikning bug'lanishi 
esa  yillik  yog'in-sochinlarga  nisbatan  nisbatan  o'rtacha  3-8 
marta yuqori. Bu hoi tuproqning yuza(<2 m.) qatlamlarida sekin- 
asta zararli  tuzlarning me’yoridan ortiqcha  to'planib qolishiga, 
y a’ni  sho'rlanishiga  olib  keladi.  Ushbu  jarayonga  insonning 
noto'g'ri aralashuvi, ya’ni me’yoridan ortiqcha sug'orish, sho'r 
suvlardan  foydalanish  sizot  suvlarni  hududdan  oqib  chiqib 
ketishini  yetarlicha  ta ’minlamaslik,  oqibatda  uning  yanada 
kuchayishi  kuzatiladi.  Bunday holatning vaqtida  oldi  olinmasa 
yerlaming qaytadan  yoki  ikkilamchi  sho'rlanishi sodir bo'ladi. 
Respublikamizning  Sirdaryo,  Jizzax,  Buxoro,  Qashqadaryo 
viloyatlarida,  O rolbo'yi  va  M arkaziy  F arg 'on ada  bu  kabi 
sho'rlashgan  maydonlar  katta  hududlarni  egallagan.  Hozirgi 
kunda  Respublikam izdagi  dehqonchilik  yerlarining  50%  i 
sho'rlangan, jumladan,  sug'orma  yerlaming  1300 ming gektari 
ushbu  ofatga  du cho r  bo 'lg an.  S hundan  18  ming  gektari

nooqilona  foydalanish  oqibatida  vujudga  kelgan  ikkilamchi 
sho'rlangan  yerlardir.
Agrar  hududlam ing  ekologik  holatini  ogMrlashtiruvchi 
omillardan  yana  biri  tuproqlam ing  ifloslanishidir.  Ekologik 
m a’noda 
tuproqlaming  ifloslanishini 
tuproqqa  antropogen 
fao liy atlar  tufayli  turli  yot  m odda  va  jin slarn i,  patogen 
organizmlar  va  oqava  suvlarning  qo‘shilis!ii  oqibatida  uning 
xu su siy atlarin in g   yom onlashuvi,  sifatin in g   buzilishi  va 
unumdorligining pasayib ketishi kabi kompleks salbiy jarayonlar 
tushuniladi.  Bu  jaray o n lam in g   ekologik  jih a ti  shundaki, 
ifloslanish  o q ib a tid a   tu p ro q la m in g   biosferadagi  asosiy 
funksiyalari izdan chiqadi va bunday tuproqlar o‘zi atrof-muhitni 
ifloslovchi manbaga aylanib qoladilar.
Ilm-fanning turli jabhalarida tuproqlar ifloslanishi, ifloslovchi 
moddalar  turiga  (ogMr  metallar,  pestitsidlar,  gelmintlar  bilan) 
k o 4ra,  ifloslovchi  tarm oq  xususiyatiga  (sanoatda,  qishloq 
xo'jaligida,  maishiy  sohada)  k o ‘ra,  ifloslovchi  birikmalarining 
xossalariga (kimyoviy, radioaktiv) ko‘ra, ifloslanishning hududiy 
koMamiga  ko‘ra  (global,  regional,  lokal)  turlarga  boMinadi. 
Tuproqlar  odatda  sanoat,  energetika,  agrar,  qurilish,  maishiy 
va boshqa sohalaming turli chiqindilari hamda mineral o ‘g‘itlar 
va  pestitsidlarning qoldiqlari bilan  ko‘proq ifloslanadilar.
S an oat  chiqindilari  bilan  kuchli  ifloslangan  «S anoat 
dashtlari»  o‘rnida  ko'pincha  ekinlar  yaxshi  o ‘smaydi,  chunki 
tuproqlarda mis, oltingugurt, molibden, rux, kadmiy, titan, bor, 
ftor  kabi  ko‘plab  elementlam ing  miqdori  tabiiy  holdagiga 
nisbatan  bir  necha  m arta  ko‘p  bo‘ladi,  y a’ni  moddalarning 
tuproqdagi  tarkibiy  va  miqdoriy  mutanosibligi  (muvozanati) 
buzilgan  boMadi.  T uproqlam ing  ishdan  chiqishida  metall, 
plastmassa,  turli  kimyoviy  qoldiqlar,  kul.  shlak,  shisha,  sopol 
holidagi  q a ttiq   noorgan ik   ch iq in d ilar  ham   sezilarli  rol 
oWnaydilar.
Zararli moddalarning tuproqqa havo orqali kelib tushishi ham 
asosiy ifloslovchi omillardan biri hisoblanadi. Turli manbalardan 
havoga chiqarilgan tashlama (chiqindi)lar ma’lum paytdan keyin 
asta-sekin  tuproq  yuzasiga  qaytib  tushadilar,  bunda  shamol 
muhim rol o‘ynaydi. Havo orqali ifloslanish tabiiy va antropogen

omillar tufayli yuz beradi. Deflyatsiya, vulqonlar otilishi va turli 
kosmik jarayonlar  bilan  bog'liq  ifloslanishni  tabiiy  ifloslanish, 
insonning  turli  ishlab  chiqarish  faoliyatlari  bilan  bogMiq 
ifloslanishni  esa antropogen  ifloslanish deyiladi.
Hozirgi paytda  havoga  antropogen  yo‘1 bilan  yiliga  o‘rtacha 
10|: tonna tashlamalar chiqariladi, ular tarkibida Pb,  Cd, Se, As, 
Ni, Hg, Cu, F  kabi zaharli moddalar va zararli changlar tuproqqa 
tushib, uning xususiyatlarini yomonlashuviga olib keladi. Bunday 
ifloslangan  tuproqlar  o'simlik  va  chorva  mahsulotlarini  hamda 
suvlarni ifloslovchi, oxir-oqibatda esa insonlar salomatligiga kuchli 
ziyon yetkazuvchi manbaga aylanib qoladilar.
Tuproqni havo orqali ifloslanish yo'llaridan yana biri kislotali 
yom g'irlardir.  Kislotaliligi  5,6  dan  past  bo'lgan  (rN  <5,6) 
y o im g 'irlarg a  k islotali  y o m g 'irla r  deyiladi.  A n tro po g en  
manbaalardan  chiqayotgan  oltingugurt,  azot,  uglerod  va  ftor 
birikm alari  havodagi  suv  bug'lari  bilan  birikib  kislotalarni 
(sulfat, nitrat va boshqa) hosil qiladi, bu kislotalar eritma holida 
yog'in-sochinlar  bilan  tuproqqa  tushadi.  N atijada  tuproqlar 
nordonlashib,  undagi  ozuqa  m oddalarning  yuvilib  ketishi 
osonlashadi  va  boshqa  xususiyatiari  yomonlashadi.  Sanoati 
k u chli  ta ra q q iy   etgan  Y evropa  va  Shim oliy  A m erik a 
m am lakatlarida  kislotali  yom g'irlardan  5-10  mln.  km 3  yer 
maydoni  doimiy  zarar  ko'rm oqda.  Undan,  nafaqat  tuproqlar, 
balki  o'sim lik  va  hayvonotlar,  xalq  xo'jaligining  bino  va 
inshootlari, tarixiy obidalar ham katta ziyon ko'radilar.
i  « i t > .   —  *


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling