P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Download 3.89 Kb.

bet2/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

ekologik  muammolar 
yuz  bermoqda. 
Bunday muammolar ta’sir doirasining ko'lamiga qarab, shartli 
ravishda  umumsayyoraviy yoki  umumbashariy,  mintaqaviy  va 
mahalliy ekologik muammolarga  bo'lish mumkin.
Umumsayyoraviy  ekologik  muammolar 
sifatida  aholining 
shiddatli tarzda tartibsiz ko'payib borishi  (1-jadval), xomashyo

va  energetik  resurslaming  kamayib  borayotganligi,  havo,  suv, 
tuproqlarning  ifloslanishi  bilan  bog'liq  bo'lgan  muammolami 
aytib o'tish mumkin.
1-jadval
Dunyo aholisining har  109  kishiga oshib borishi uchun  ketgan  vaqt 
(Manba:  F.Ramadu,  1998).
Aholi sonining o'zgarishi
Yillar
Davomiyligi,
yil"
125000 dan  Imlrd.gacha
-106 dan  1850 aacha
10 000 000
1  dan 2  mlrd.gacha
1850 dan  1925  aacha
75
2 dan  3  mlrd.gacha
1925  dan  1960 aacha
35
3  dan 4  mlrd.gacha
1960 dan  1975  aacha
15
4  dan  5  mlrd.gacha
1975  dan  1987 aacha
12
5  dan  6 mlrd.gacha
1987 dan 2000 gacha
12
6 dan  7 mlrd.gacha
2000 dan 2010 gacha
10
7  dan  8 mlrd.gacha
2010 dan 2020 aacha
10
Shuningdek,  Ozon  tuynugi,  havo  tarkibida SO  miqdorining 
oshib  borishi,  yerda  o'rtacha  haroratning  ortib  borishi  kabi 
hollarini  ham  umumbashariy  ekologik  muammolar  guruhiga 
kiritish mumkin (3-rasm).
Mintaqaviy  ekologik  muammolar 
ta'sir  ko'lamiga  k o'ra 
sayyoramizning alohida hududlari yoki davlatlariga xos bo'lgan 
muammolardir. Masalan, Markaziy Osiyodagi Orol muammosi, 
Afrikaning  b a’zi  hududlaridagi  qurg'oqchilik  va  qahatchilik, 
G'arbiy  Yevropa  va  Amerikadagi  b a’zi  kuchli  industrlashgan 
h u d u d la rg a  
xos 
m u am m o lar 
m in taq av iy  
ekologik 
muammolardir.
3-rasm.  1860  va  2040-yillar oralig'ida  yer yuzida  o ‘rtacha  haroratning 
o ‘zgarishi (Manba:  F.Ramadu,  1998).

Mahalliy ekologik muammolar ta'sir ko‘lamiga ko'ra nisbatan 
kichikroq hududlarda namoyon bo'ladilar.  Bular alohida torroq 
hududlarga, masalan, shahar, tuman yoki ayrim ishlab chiqarish 
mintaqasiga xos muammolardir.
Ekologik muammolar xususida fikr yuritilganda shuni doimo 
yodda  tutish zarurki,  ularni  guruhlarga  ajratish  bu juda  shartli 
bo'lib, ular m a’lum sharoitlarda tezda bir guruhdan ikkinchisiga 
o'tishi mumkin, ya’ni aslini olganda, ekologik muammolaming 
katta-kichigi  bo'lmaydi,  ularning  hammasini  ham  vaqtida  oldi 
olinmasa  tabiat  va  insonga  tuzatib  bo'lmas  darajada  zarar 
yetkazadi.
Inson va jamiyatning tabiatga ta’sirining qisqacha tahlili shuni 
ko'rsatib turibdiki, tabiatni buzuvchi asosiy omil bu insonlarning 
o'z  ehtiyojlarini  qondirish  jarayo n id a  tabiatga  n o to 'g 'ri, 
nooqilona,  uquvsizlarcha  m u n o sabatd a  bo'lishlari  ekan. 
Tabiatga  inson  salbiy  ta ’sirining  oldini  olishning  asosiy  yo'li 
tabiat  va jamiyat  qonuniyatlarini  to'g'ri  tushunish  va  ulardan 
inson manfaatlari yo'lida oqilona foydalanishdir. Inson tabiatni 
maqsadga  muvofiq  ravishda  o'zlashtirish  bilan  birga  tabiat  va 
jamiyat  o'rtasidagi  munosabatlami  ham  eng maqbul  darajada 
saqlab  turishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  uchun  esa 
insonda m a’lum ekologik bilimlar tizimi yetarlicha shakllangan 
bo'lishi  zarur.  Shuning  uchun  jamiyatning  har  bir  kishisi  u 
kimligi,  qanday  vazifani  bajarishidan  q a t’i  nazar  ekologik 
bilim larga  ega  b o 'lish i  hozirgi  dav rn in g   eng  d o lz a rb  
masalalaridan biridir. Yuqoridagi fikrlarni qisqacha quyidagicha 
izohlash mumkin:
•  insonlar  o 'zla rin in g   turli  ehtiyojlarini  qondirish 
jarayonida  tabiatga  ta ’sir o'tkazadilar;
•  insonning tabiatga ta ’siri boshqa tirik mavjudotlamikidan 
farqli o'laroq  uning ongi  tufayli  boshqariladi;
•  insonning  tabiatga  ongli  ta ’siri  kuchayib  borishi  bilan 
tabiatda modda va energiya almashinuvining yangi, antropogen 
turi qaror topadi va u tabiatda kechadigan jarayonlarda sezilarli 
rol o'ynay boshlaydi;
•  tabiatga  inson  ta ’sirining  kuchayishi  va  bu  jarayonda 
tabiat va jamiyat qonuniyatlariga yetarli e ’tibor bermaslik  yoki

ularning  buzilishi  oqiba tid a   tab ia t-ja m iya t  tizim id a   salbiy 
o 'z g a ris h la r  sodir  b o 'la d i.  Bunday  o 'z g a ris h la r  inson  va 
jamiyatning hayotiy sharoitlarini og'irlashtiradi va tu rli ekologik 
muammolami  keltirib chiqaradi.
•  insoniyat  taraqqiyotining hozirgi  bosqichida  atrof-m uhit 
h o la tin i  borgan  sari  yom onlashib  borayotganligi  tabiat  va 
jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlarning kuchayib borayotganligi bilan 
izohlanadi;
•  tabiat  va jamiyatdagi  salbiy  o'zgarishlarning  oldini  olish 
va  b a rta ra f  etish  k o 'p   jih a td a n   har  b ir  shaxs  va  ja m iy a t 
a’zolarining  ekologik  bilim   darajasiga  bog'liq.  Shuning  uchun 
ekologik  ta ’lim ni chuqurlashtirish hozirgi davrning eng dolzarb 
muammolaridan  biridir.
Tekshiruv  savollari
1.  Tabiat  nima?
2.  T a b ia t-in s o n -ja m iy a t  tiz im id a g i  o 'za ro   b o g 'liq lik n i 
tushuntiring?
3.  Tabiatga  antropogen  ta ’sirni qanday tushunasiz?
4.  Antropogen modda almashinuvi qanday jarayon va uning 
tabiiy modda almashinuvidan farqi nimada?
5.  T a b iiy   m uvozanat  nim a  va  uning  qanday  e k o lo g ik  
ahamiyati  bor?
6.  N im a uchun tabiatni muhofaza qilish zarur?
7. Yer sayyorasidagi hozirgi ekologik holatni izohlab bering?
8.  E kolog ik  m uam m olar  deganda  qanday  m uam m olam i 
tushunasiz?
9.  N im a sababdan  ekologik  bilim  zarur ekan?
1.2. Ekologik ta’limot va uning shakllanishi
Ekologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.  Ekologiya
atamasining dastlabki ta ’ rifi tahiqli nemis biologi Ernest Gekkel 
tom onidan  uning  «Organizmlarning  umumiy  m orfologiyasi» 
(1866-y.)  va  «Olam  vujudga  kelishining tabiiy  tarixi»  (1868-y.) 
kabi ilm iy  asarlarida keltirilgan.  Unga ko'ra ekologiya lug'aviy 
jihatdan yunoncha; 
oykos 
(oikos) -  yashash makoni, o 'rn i, jo y i

hamda 
logos 
(logos)  -   fan,  m antiq  so‘zlari  birikm alaridan 
tuzilgan  atam adir.  M a ’ nosiga  k o ‘ ra  t ir ik   organizm larning 
yashash  sharoiti  yoki  tashqi  m uhit  bilan  o‘zaro  munosabatini 
anglatadi.
Ekologiya biologik yo‘ nalishdagi fanlardan b iri sifatida X IX  
asrning 
0
‘rtalarida  shakllandi.  Dastlabki  davrlarda  u  alohida 
olingan  tirik   organizmlarni  o‘ rab  turuvchi  o‘ lik   tabiat  bilan 
munosabatini  o ‘ rgangan.
Ekologiya mustaqil fan sifatida X IX   asrning oxirlarida keng 
tan  olingan  boMsa-da,  uning 
ekologiya 
deb  atalib,  um um iy 
lu g ‘ atga  k ir is h i  X X   asrning  so‘ nggi  (1 9 60 -2 0 00 -y.)  o ‘ n 
yilliklariga to ‘g ‘ ri keladi.
K o ‘ rinib  tu rib d iki,  ekologiya  nisbatan  yosh  fan  hisoblanib, 
hozirda ham uning shakllanishi davom etmoqda. Shuning uchun 
fanning predmeti, maqsadi va vazifalarini ta’riflashda ko‘pchilik 
m u a llifla r  b ir-b irig a   yaqin  fik rla rn i  bildirsalar-da,  hozircha 
yagona  u m u m iy   t o ‘ xtam ga  k e lin g a n   deyishga  asos 
yo ‘q.Ekologiya fanining rivojlanishida uning o‘rganish obyekti 
va  unga  ilm iy  yondashish jihatlariga  k o ‘ ra  bir necha  davrlarni 
farqlash   m u m k in .  Bu  d a v rla r  b a ’ zi  m anbalarda  fa n n in g  
boMimlari sifatida  ham ta ’ riflanadi.
Birinchi  davr 
-   ta b ia tn i  k u z a tis h   va  ta v s ifla s h ,  t i r ik  
organizmlarning m uhit bilan o ‘zaro munosabatlarini o‘rganish 
davri.
Ikkinchi davr 
-  tirik  organizmlar va ular yashaydigan m uhitni 
yaxlit funksional tizim lam i, ya’ni ekotizim larni o ‘ rganish davri.
Uchinchi  davr 
-   e k o tiz im la r n i  b irg a lik d a   o ‘ za ro  
munosabatlarini  o ‘ rganish davri.
To‘rtinchi davr 
-  Yerdagi barcha tirik  organizmlar va ularning 
yashash  m uhitini  birgalikda,  ya’ ni 
biosfera 
sifatida  o‘ rganish 
davri.
Beshinchi  davr 
-   biosferada  inson  ongini  yetakchi  o ‘ rin  
egallashi  bilan  bogMiq  ravishda  shakllanadigan  noosferani 
o ‘ rganish davri.
Populyatsiyalar,  tu rla r.  biosenozlar,  biogeotsenozlar  va 
b iosfera  ka b i  tu s h u n c h a la r  e k o lo g iy a   fa n in in g   m a n ba i 
hisoblanadi.  Shuning uchun  ham  k o ‘ pincha  umumiy ekologiya

4  bo‘ lim ga  boMib  o ‘ rganiladi:  autekologiya,  populyatsiyalar 
ekologiyasi,  sinekologiya  va  biosfera.
a) autekologiya: «autos» yunoncha so‘ z boMib, «tashqarida» 
degan  m a’ noni  bildiradi.  A yrim   turlarni  boshqa  organizmlar 
qamrovidan  alohida  olib  ularning  yashab  turgan  m uhit  bilan 
o ‘zaro  m unosabatlarini,  qanday  m uhitga  k o ‘ proq  va  uzviy 
moslashganligini  o‘ rganadi.
b)  populyatsiyalar  ekologiyasi:  «populyatsion»  fransuzcha 
so‘z  bo‘ lib,  «aholi»  degan  m a’ noni  bildiradi.  Populyatsiyalar 
tuzilmasi  va  dinamikasi,  m a’ lum  sharoitda  tu rli  organizmlar 
sonining o‘zgarishi, biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.
c)  sinekologiya:  «sin»  yunoncha  so‘ z  boMib,  «birgalikda» 
degan  m a ’noni  b ild irib ,  biosenozning  tuzilishi  va  hossalarini, 
ayrim  o ‘ sim lik va  hayvonot  turlarining  o‘zaro  hamda  ularning 
tashqi m uhit bilan munosabatini  o ‘ rganadi.
d)  e k o tiz im la rn i  tad q iq   q ilis h n in g   riv o jla n is h i  biosfera 
(yunoncha,  «bios» -   hayot,  «sfera»  -  shar)  haqidagi  ta ’ lim otni 
vujudga keltirdi. Biosfera to ‘g‘risidagi toMiq ma’lumotga keyingi 
mavzularda alohida  to ‘ xtalish  ko ‘zda  tutilgan.
Ba’zi bir chet el adabiyotlarida ekologiya sof biologik fanlar 
genetika,  zoologiya,  botanika  va  m ikrobiologiya  kabi  fanlar 
asosida o ‘ rganiladi va 4 guruhga  boMinadi:  a) global ekologiya, 
b) sinekologiya,  c) demoekologiya va d)  avtoekologiya.
G lobal  ekologiya  -   ekosfera  va  biosferani,  sinekologiya  -  
e k o tiz im   va  ijtim o iy   e ko lo g iya n i,  dem oekologiya  -   a ho li 
ekologiyasini  va  avtoekologiya 
organizm lar  fiziologiyasi, 
t o ‘ q im a la r  b io lo g iy a s i  va  m o le k u ly a r  b io lo g iy a   k a b i 
biologiyaning maxsus boMimlarini  o ‘ rganadi  (4-rasm).
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan 
chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy 
fan  va  texnika  ta ra q q iy o tin in g   ta ’ siri  natijasida  ekologiya 
tushunchasi  o‘ ta  kengayib  ketdi.  Fanga  «Inson  ekologiyasi» 
degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati 
boshqa  t ir ik   o rg a n iz m la rd a n   tubdan  farq  q ila d i.  Inson 
ekologiyasi  yangi  fan  sifatida  1921-yilda  am erikalik  o lim la r 
Borjes va Park tomonidan  k iritild i.  Dastlabki inson ekologiyasi 
tibbiy soha  boMimi  sifatida  qaralib,  keyinchalik  uning ijtim o iy.

texnik, m a’muriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o‘ rganildi. 
Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, muhitning 
insonga  ta ’ s irin i  o ‘ rganadi.  Inson  ekologiyasini  o ‘ rganish 
natijasida ijtim oiy ekologiya vujudga keldi.  Unga birinchi boMib 
Raderik Mak Kenzil «Ijtim oiy ekologiya ijtim o iy fanlardan biri 
boMib, uning vazifasi inson bilan atrof-m uhit 
0
‘ rtasidagi xususiy 
bog‘ lanishlarini  o‘ rganishdan iborat», deb ta’r if  bergan  edi.
4-rasm.  Ekologiyaga doir  fanlaming  quyidan  yuqoriga  murakkablashib 
borish  tartibida joylashlirilishi  (Manba:  F.Ramadu,  1998).
E kolog iya   faniga  xos  xususiyatlardan  b iri  bu  e kolog ik 
m asalalarni  hal  etishga  fa n la ra ro   yondashishdir.  Y oh u d, 
ekologiya  tabiat  va jam iyatni  bilishning  ilm iy,  axloqiy,  estetik, 
siyo siy,  h u q u q iy   va  boshqa  b ir   q a to r  jih a t la r in i  o ‘ zida 
m ujassam lashtirgan.  Bu  hoi  b ir  q a to r  ta b iiy   (b io lo g iy a , 
geografiya,  geologiya,  kimyo,  fizika,  matematika)  va  ijtim oiy  
(falsafa,  iqtisod,  huquq,  sotsiologiya,  pedagogika) fanlarga oid 
b ilim la rn i  qamrab  olgan  o4ziga  xos  yangi  yo ‘ nalishni,  ya’ ni 
ekologik yo‘ nalishni sintez qilishni taqozo etadi. Haqiqatan ham 
ekolog iya ning   h ozirgi  ta ra q q iy o ti  aynan  shu  y o ‘ nalishda 
takom illashib bormoqda.  Hozirgi  zamon  ekologiyasini alohida 
olingan  tabiiy  fan  sifatidagina  emas,  balki  tabiiy  va  ijtim o iy  
fanlarning xulosalariga  tayanadigan  fan  sifatida olib qarash  va 
talqin etish  maqsadga muvofiq  boMadi.

H o z ird a   ekologiya  faqat  t ir ik   o rg a n izm la r  o ‘ rtasidagi 
munosabatlami yoki organizmlardan yuqori turuvchi tizimlarga 
xos qonuniyatlarni o ‘ rganish bilan chegaralanib qolmay,  tabiat 
bilan  ja m iy a t  o ‘ rta sid ag i  m u n o sa b a tla m in g   eng  o p tim a l 
yechimlarini asoslab berishi zarur.  Bu degan so‘z ekologiyaning 
ijtim oiy  mavqei  oshib  borayotganligini  k o ‘ rsatadi.  Yuqoridagi 
fikrlardan  kelib  chiqib,  hozirgi  zamon 
ekologiyasi -  tabiat va 
jamiyatda  kechadigan  jarayonlarni  inson  omilini  hisobga  olgan 
holda  o‘rganadigan  fandir, 
deb  ta ’ riflash  mumkin.  Bu  o ‘rinda 
shuni ham unutmaslik kerakki, inson om ili deyilganda insonning 
biologik  m avjudot  sifatidagi  faoliyatigina  emas,  balki  uning 
jamiyatdagi tu rli ishlab chiqarish faoliyati ham nazarda tutiladi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ekologiya fanining bugungi 
kundagi  asosiy vazifalarini quyidagicha  ta ’riflash mumkin:
•  hayotning  tashkil  topish  qonuniyatlarini  o ‘ rganish,  shu 
jumladan, tabiiy  tizimlarga va  umuman  biosferaga  antropogen 
ta’sirlam i  tabiat qonunlari  asosida tadqiq etish;
•  ta b iiy   resurslardan  yo ki  ta b iiy  b oyliklardan  oqilona 
foydalanishning  ilm iy   asoslarini  yaratish,  insonning  x o ‘ja lik  
fao liyati  ta’siri  ostida  tabiatda  ro ‘ y  beradigan  o ‘zgarishlarni 
oldindan bilish,  biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish 
va inson  yashaydigan m uhitni saqlab qolish;
•  populyatsiyalar sonini  tartibga solish;
•  agrosanoat  ko m p le k s la rid a   k im y o v iy   v o s ita la rd a n  
foydalanishning  minimumiga  erishish  chora-tadbirlarini  ishlab 
chiqish;
•  u yoki bu landshaft elementlari xususiyatlarini aniqlashda 
e k o lo g ik   in d e ksa tsiya lash ,  shu  ju m la d a n ,  ta b iiy   m u h it 
bulg‘ anishini indeksatsiyalash;
•  b u z ilg a n   ta b iiy   tiz im la m i  tik la s h ,  shu  ju m la d a n , 
foydalanishdan  c h iq arib   tashlangan  qishloq  x o ‘ja lik   ekin 
maydonlarini  tiklash  (rekultivatsiya),  yaylovlarni,  kam  hosilli 
tuproqlarni, suv havzalari va boshqa ekotizimlar mahsuldorligini 
oshirish;
•  b io s fe ra n in g  
e ta lo n  
m a y d o n la rin i 
saqlash 
(konservatsiyalash);

•  m uhit  sifatini  saqlash va  yaxshilash  bo‘ yicha  texnikaviy, 
h uquqiy,  tash kiliy  boshqaruvga  d o ir  uzoqqa  moMjallangan 
tadbirlar majmuini  takomillashtirish;
•  yangi  o ‘ zlashtirilgan  m intaqalarda,  sanoatlashgan  va 
aholisi  k o ‘ p boMgan hududlarda yashovchi  aholining sharoitga 
moslashuvini tezlashtiruvchi vositalami yaratish va tabiatda yuz 
berishi m um kin boMgan o‘zgarishlami oldindan xolis baholash;
•  xavfli  tabiiy  hodisalar,  texnogen  fojialarning oldini  olish 
va  u larning  inson  va  tabiatga  salbiy  ta ’ sirini  kam aytirish 
choralarini ko‘ rish;
•  ekologik  ong,  madaniyat,  ta ’lim   va  tarbiya  tizim larini 
mukammallashtirish va bu sohaga ommaviy axborot vositalarini 
keng ja lb  etish.
Ekologik ta’limotning xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilishi.
0 ‘simlik va hayvonotlaming hayot tarzi, ularning tashqi muhitga 
bog M iq ligi  va  tu r li  jo y la rd a   ta rq a lish   sabablari  haqidagi 
m a ’ lu m o tla r  insonlar  tom onidan  ju d a   qadim -qadim danoq 
o g ‘ zaki  va  yozma  shakllarda  to ‘ p la nib   kelingan.  Bunday 
m a ’ lu m o tla rn i  ja m la b   d a s tla b k i  ilm iy   xu lo sala r  q ilish g a  
urinishlarni antik faylasuf Aristotel (Eramizdan aw algi 384-322- 
y.)  asarlarida  uchratish  m um kin.  U  500  dan  o rtiq   hayvon 
turlarining  yashash  tarzi  to ‘g‘ risida  yozib,  unda  ekologiyaga 
oid  k o ‘ plab  fik rla rn i  o lg ‘ a  suradi.  A ris to te ln in g   shogirdi, 
«Botanikaning  otasi»  Teofrast  Erezeyskiy  (Eramizdan  a w a lg i 
371-280-y.)  esa  o‘sim likla rn in g   tu rli  sharoitlarda  o ‘zgarishi, 
u la rn in g   qiyo fa si  va  xu su siya tia ri  tu p ro q   hamda  iq lim g a  
bogMiqligi to ‘g‘ risidagi ma’lum otlarni  yozib qoldirgan.
X V I 1 - X V I I I   a s rla rd a g i  e k o lo g ik   m a ’ lu m o tla r  t ir ik  
organizm larni  ayrim   guruhlarini  o ‘ rganishga  qaratilgan  edi. 
J.Byuffonning  ishlarida( 1707—1778)  hayvonlaming  tuzilishiga 
tashqi muhitning ta’siri masalasi ko‘ tarilgan. J.B.Lamark (1774— 
1892) dastlabki evolutsion ta ’lim otni o‘rtaga tashladi va o‘sim lik 
hamda hayvonlaming evolutsion o ‘zgarishlarida eng muhim omil 
bu tashqi tabiiy m uhit ta ’siri deb hisobladi.
X IX  asrdagi ekologik ma’lum otlar (A. Gumbold) o ‘sim liklar 
geografiyasida yangi ekologik yo‘ nalishni keltirib chiqardi.  1859- 
yilda  Ch.  Darvin  «Tabiiy  tanlash  yoMi  bilan  turlarning  kelib

chiqishi» asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya'ni tur bilan 
m uhit  o 'r ta s id a g i  har  q an d ay   q a ra m a -q a rs h ilik la rn in g  
ko‘rinishlari  tabiiy  tanlanishga  olib  keladi  va  evolutsiyaning 
harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
A.N.Beketov  (1825-1902)  o ‘simliklarning  ichki  va  tashqi 
tuzilishidagi  xususiyatiari  ularning  geografik  tarqalishi  bilan 
bog‘liqligini  hamda  fiziologik  usullarning  ekologiya  uchun 
ah am iy ati  k a tta   ekanligini  k o ‘rsatdi.  1877-yilda  nemis 
gidrobiologi  K.Myobius  biosenozlar  haqidagi  tasavvurlarim 
asoslab  berdi.  0 ‘sim liklar  jam oasi  haqidagi  t a ’lim otga 
G.F.Morozov  va  V.N.Sukachev  asos  soldilar.  Rus  olimlari 
V.N.Sukachev,  B.A.Keller,  V.V.Olexin,  V.G.Ramenskiy, 
A.Shinnikov va chet ellik olimlardan F.Kelementes, K.Raunkier, 
T.Dyu  Rie,  I.Braun-Blanke  va  boshqalaming  fitotsenologik 
ishlari  umumiy  biotsenologiyaning  rivojlanishiga  katta  hissa 
qo‘shdi.
Umumiy  ekologiyaning  rivojlanishida  R.N.Kashkarovning 
«Muhit  va jamoa»  deb  nomlangan  0 ‘rta  Osiyo  universitetida 
o ‘qigan  m a ’ruzalari  keyinchalik  «Hayvonlar  ekologiyasi 
asoslari» nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo‘lib qoldi.
0 ‘rta  asming  30-yillaridan  boshlab ekologiyada  yangi  davr 
«Populyatsiyalar ekologiya»sini  tadqiq qilish  boshlandi.  Uning 
asoschisi  ingliz  olimi  Ch.Elton  hisoblanadi.  Hayvonlaming 
m orfologik  va  evolutsion  ekologiyasini  rivojlantirishga 
M .S .G ily aro v   va  S.S.Shvars  k a tta   hissa  q o ‘shdilar. 
I.S.Serebryakov tomonidan gulli o‘simliklarning hayot shakllari 
tasnifoti ishlab chiqildi.
1940-yillarning  boshlarida  tabiiy  tizim lami  o ‘rganish 
jarayonida  yangi  yo‘nalish  kelib chiqdi.  1935-yilda  ingliz  olimi 
A .Tensli  ek otizim lar,  1942-yilda  esa  V .N .S ukachev 
biogeotsenozlar haqidagi  ta ’limotni  ilgari surdilar.
1950-yilning  boshlarida  G.Odum,  Yu.Odum,  R.  Uitekker, 
R.Margalef va  boshqalar  biologik  mahsuldorlikning  nazariy 
asoslarini yaratish  borasida ish olib bordilar.
Ekologik  t a ’Iimotning  0 ‘rta  Osiyo  va  O ‘zbekistondagi 
taraqqiyoti.  0 ‘rta  asrlarda  0 ‘rta  Osiyoda  yashab  ijod  etgan 
olimlardan  M uhamm ad  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Nasr

Forobiy,  Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali  ibn Sino va boshqalar 
tabiat fanlarining  rivojlanishiga  katta  hissa qo ‘shganlar,  ular 
hali  ekologiya fan sifatida alohida shakllanmagan davrlardayoq 
tabiat  va  undagi  muvozanat,  o ‘simlik  va  hayvonot  dunyosi, 
tabiatni  e’zozlashga  oid  qimmatli ekologik  fikrlami  aytganlar.
Buyuk  alloma  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy  (782-847) 
847-yilda  «Kitob surat  al-arz» nomli asarini  yozdi. Unda dunyo 
okeanlari,  qita’lar,  qutblar,  ekvatorlar,  cho‘llar,  tog‘lar,  daryo 
va dengizlar, k o ‘llar, o ‘rmonlar va undagi o‘simlik va hayvonot 
dunyosi,  shuningdek,  boshqa  tabiiy  resurslar  -   yerning  asosiy 
boyliklari ekanligi haqida maMumotlar keltirgan.
0 ‘rta  Osiyo  xalqlari  ijtimoiy-falsafiy  fikrining  eng  yirik  va 
mashhur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (870-910) ilmiy- 
falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlarida  tabiatshunoslik 
ilmi,  ilmiy-amaliy  faoliyat  va  hunarmandchilik  masalalari 
yoritilgan.  Forobiy  «Insoniyatning  boshlanishi  haqida  kitob», 
«Hayvon  a ’zolari  to‘g ‘risidagi  kitob»,  shuningdek,  «Odam 
a ’zolarining  tuzilishi»  kabi  asarlarida  odam  va  hayvonlaming 
ayrim a ’zolarining tuzilishi, xususiyatiari va vazifalari, ulaming 
o ‘xshashligi va farqlari haqidagi m a’lumotlar keltirilgan. Forobiy 
ta b ia td a   m avju d   n a r s a la m i  tabiiy  va  inson  qoMi  bilan 
yaratiladigan sun’iy narsalarga ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat 
tomonidan  yaratilgan  degan  xulosaga  keladi.  Inson  omilining 
ta ’siri  katta ekanligini,  tabiiy va sun’iy tanlash  hamda tabiatga 
ko‘rsatiladigan  boshqa  ta’sirlarni  atroflicha baholagan.
Abu  Rayhon  Beruniy  (973-1048)  koinotda  ro‘y  beradigan 
hodisalarni  taraqqiyot  qonunlari  bilan  bogMab  tushuntirishga 
urinadi.  Olim yerdagi  ba’zi  hodisalarni quyoshning ta ’siri bilan 
izohlaydi.  Uning fikricha,  inson tabiat qoidalariga rioya qilgan 
holda borliqni ilmiy ravishda to ‘g‘ri o ‘rgana oladi. U yer yuzida 
o ‘simlik  va  hayvonlaming  yashashi  uchun  zarur  imkoniyatlar 
cheklangan,  lekin  o‘simlik  va  hayvonlar  cheksiz  ko‘payishga 
intiladilar  va  shu  maqsadda  kurashadilar,  «Ekin  ekish  va  nasi 
qoldirish  bilan  dunyo  toMib  boraveradi»,  deb  bashorat  qiladi. 
Garchi dunyo cheklangan boMsa-da, kunlar o ‘tishi bilan bu ikki 
o ‘sish  natijasida  ko‘payish cheklanmaydi.  Agar o ‘simliklardan 
yoki  jonivorlardan  biror  xilining  o ‘sishiga  sharoit  boMmay,

o ‘sishdan to‘xtasa ham boshqalarida bu holat kuzatilmaydi. Ular 
birdaniga  paydo  boMib,  birdaniga  yo‘qolib  ketmaydilar,  balki 
ularning  biri  yo‘qolsa  ham,  u  o‘z  o ‘xshashini  qoldirib  ketadi. 
Вегип^;  asarlarid a  o'simlik  va  h ay v o n la m in g   biologik 
xususiyatiari,  ularning  tarqalishi  va  xo‘jalikdagi  ahamiyati 
haqida m a’lumotlar beriladi. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan 
«Saydana»,  «Mineralogiya»,  «Qadimgi  avlodlardan  qolgan 
yodgorliklar»  kabi  asarlarida  o ‘z  aksini  topgan.  «Qadimgi 
a v lo d la rd a n   qolgan  yodgorliklar»  asarida  o ‘simlik  va 
hayvonotlarning  tashqi  muhit  bilan  aloqasi,  ularning  xulq- 
atvorini  yil  fasllarining  o ‘zgarishi  bilan  bogMiq  ravishda 
o ‘zgarishi misollar bilan tushuntirilgan. Beruniy yer qiyofasining 
o ‘zgarishi o ‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga,  tirik 
organizmlarning  turli  hayoti  yer  sayyorasi  tarixi  bilan  bogMiq 
boMishi  kerak  deb  hisoblaydi.  Qumni  kovlab,  uning  orasidan 
chig‘anoqni topish mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki, 
bu  qumlar  qachonlardir  okean  tubi  boMgan  deb  xulosa  qiladi. 
Beruniyning «Saydana» nomli  asarida  1116 xil  dori-darmonlar 
tavsiflangan.  Ularning  750  tasi  turli  o ‘simliklardan,  101  tasi 
hayvonlardan,  107 tasi esa minerallardan olinishini bayon etgan. 
Beruniy  o ‘zining  tabiiy-ilmiy  kuzatishlari  asosida  tabiatdagi 
hodisalar  maMum  tabiiy  qonuniyatlar  asosida  boshqariladi, 
ularni  tashqaridan  ta’sir etuvchi  har  qanday  kuch  o'zgartirish 
qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga yuksak hissa 
qo'shgan  olimlardan  biridir.  Uning  450  dan  ortiq  asarlari 
m a’lum. Bizgacha ulardan 240 tasi  yetib kelgan. Ibn Sino asarlari 
orasida  «Tib  qonunlari»  nomli  shox  asari  tibbiyot  ilmining 
qomusi  boMib,  u  o'rta  asr  tibbiyot  ilmi  taraqqiyotining  oliy 
cho'qqisi  hisoblanadi.  Kishi  organizmiga  tashqi  muhit  ta ’siri 
muhimligini bilgan alloma, ayrim kasalliklar suv va havo orqali 
tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya’ni, u kasallikning yuqishi 
masalasini  hal  etishga  yaqinlashgan  edi.  Abu  Ali  ibn  Sinoning 
falsafiy  va  tabiiy-ilmiy qarashlari  uning jahonga  mashhur asari 
-  «Kitob  ash-shifo»,  ya’ni «Davolash  kitobi»da  bayon  etilgan. 
Bu  asarda  materiya.  fazo,  vaqt,  shakl,  harakat,  borliq  kabi 
falsafiy tushunchalar, shuningdek. matematika, kimyo, botanika,

zoologiya,  geologiya,  astronomiya,  psixologiya  kabi  fanlar 
haqida  fikrlar bayon etilgan.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling