P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Download 3.89 Kb.

bet22/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

8
.  Iste’mol  uchun  ishlatiladigan  suv  havzalaridagi  zararli 
moddalar va ularning RECHM  ko'rsatkichlari haqida nimalarni 
bilasiz?
9.  E kologiya  ekspertizasi  obyektlari  va  uning  vazifasi 
nimadan  iborat?
10. Ekologiya  ekspertizasida  xalq  xo‘jaligiga  yetkaziladigan 
zararlar qanday  hisoblanadi?
11
.Tabiiy  muhitga  yetkaziladigan  iqtisodiy  va  ekologik 
zararlar deganda  nimani  tushunasiz?

12. Ekologiya monitoringi  nima?
13. Ekologiya monitoringi  maqsadini  tushuntiring?
14.Rivojlangan  davlatlarda  «Monitoring»  qanday  tashkil 
etilgan?
6.5. Atrof-muhit muhofazasining huquqiy  asoslari
Tabiatni  muhofaza  qilishning  huquqiy  asoslari  0 ‘zbekiston 
R e s p u b l ik a s in i n g   K o n s t i t u t s i y a s i d a   o ‘z  aksini  to p g a n . 
Konstitutsiyaning  50,54,55  va  100-moddalarida  fuqarolaming 
u sh bu   s o h a d ag i  h u q u q   va  m a jb u r iy a tl a r i ,  a tr o f - m u h it g a  
m u n o s a b a t   va  b o s h q a ru v   tizimi  b o ‘g ‘in larining  faoliy ati 
belgilangan.  Jumladan,  50-moddada  «Fuqarolar  a tro f  tabiiy 
muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  b o ‘lishga  majburdir»lar 
deyiladi.  100-moddada  atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy 
hokimlik organlari vazifasiga  kirishi  t a ’kidlangan.
Respublikamiz o ‘z mustaqilligini q o ‘lga kiritgandan keyingi 
eng yirik voqealardan biri tabiatni muhofaza qilish faoliyatining 
huquqiy t a ’milanganligi b o ‘ldi.  1992-yil 9-dekabrda 0 ‘zbekiston 
Respublikasining  « T abiatni  m u h o fa z a   qilish  t o ‘g ‘risida»gi 
qonuni qabul qilindi.  Bu qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlab 
qolishni,  inson  va  tabiat  o ‘rtasidagi  munosabatlaming bir tekis 
rivojlanishini, ekologik tizimlaming tabiiy majmualarini va ayrim 
obyektlam i  muhofaza  qilish  m aq sadida  tabiiy  resurslardan 
oqliona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 
belgilab beradi  va insonlarning yashash  sharoitlarini yaxshilash 
huquqini ta ’minlaydi. Hozirgi vaqtida 0 ‘zbekistonning ekologik 
m unosabatlarini  tartibga  solishda  konstitutsiya  va  tabiatni 
muhofaza  qilish  to ‘g‘risidagi  qonunidan  tashqari,  0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Alohida himoya qilinadigan  tabiiy hududlar 
t o ‘g ‘risida»gi  qonuni  m avjud.  (7-may  1993-yil).  Bu  qonun 
Respublika  hududidagi  umummilliy  boylik  hisoblangan  tabiiy 
m ajm ualar,  s o g ‘lom lashtirish  m askanlari,  m adaniy,  ilmiy, 
iqtisodiy  ekologik  nuqtai  nazard an   takrorlanm as  va  noyob 
hududlarni  himoya  qilishning  huquqiy,  ekologik,  iqtisodiy  va 
tashkiliy  asoslarini  t a ’minlaydi.  Sh un in gd ek,  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  «Sanitar  n azoratlar  t o ‘g ‘risida»gi  qonuni 
(1992-yil  3-iyul),  1989-yil  20-iyun  oyida  esa  0 ‘z bekiston

Respublikasining  «Yer  t o ‘g ‘risida»gi  qonuni  qabul  qilingan. 
0 ‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisining  1991-yil 20-noyabr va 
1993-yil  7-may hamda  1994-yil 23-sentabr oylarida bu qonunga 
o ‘zgartirishlar  va  q o ‘shimchalar  kiritilib,  takomillashtirilgan 
variantlarida  yerlardan  foydalanishni  tartibga  solish,  yerdan 
o q ilo n a   fo y d a la n is h   va  u larn i  h im o y a   qilish,  t u p r o q l a r  
unumdorligini oshirish, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilash kabi 
vazifalami amalga oshirish huquqini t a ’minlash k o ‘zda tutilgan.
1993-yil  6-mayda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Suv  va 
suvlardan  foydalanish  to ‘g‘risida»gi  qonuni  qabul qilingan.  Bu 
qonunning vazifasi suvga bo‘lgan munosabatlami tartibga solish, 
aholi  va  xalq  xo‘jalik  obyektlarida  suv  resurslaridan  oqilona 
foydalanish,  suvlarni  ifloslanishdan,  sifatini  buzilishidan  va 
k a m a y ib   b o ris h id a n   h im o y a   qilish,  u larga  z a ra rli  t a ’sir 
k o ‘rsatuvchi omillardan ogohlantirish va bunga yo‘1 q o ‘ymaslik, 
suv  m anbalari  holatini  yaxshilash  borasida  k o rx on alam in g 
huquq va  majburiyatlari  belgilab  berilgan.
1994-yil 23-sentabrda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Yer osti 
boyliklari  to‘g‘risida»gi  qonuni  qabul  qilingan.  Qonun  10  ta 
b o ‘lim va  51  ta  moddadan  iborat.  Ushbu  qonunning  vazifalari 
mineral  xomashyolarga,  shuningdek,  yer osti suvlariga  b o ‘lgan 
ehtiyojlami  qondirish  uchun  yer  osti  boyliklaridan  oqilona, 
kompleks foydalanishni, ulardan foydalanish vaqtida atrof tabiiy 
muhitni  muhofaza  qilish  va  bu  boradagi  ishlami  bexatar  olib 
borishni,  davlat  va  fu q aro lar  m anfaatlarini  himoya  qilish 
m aq s a d id a   yer  osti  boylik larig a  egalik  qilishda,  u la r d a n  
foydalanishda  va  ularni  tasa rru f  etishda  yuzaga  keladigan 
m u n o s a b a t la m i   ta rtib g a   solish d an ,  s huningde k,  yer  osti 
b o yliklaridan  foydalanuvchining  h aq -h u q u q la rin i  him oya 
qilishdan iborat.
1996-yil  2 7 - d e k a b r d a   0 ‘z b e k is to n   R e s p u b l ik a s in i n g  
«Atmosfera havosini muhofaza qilish to ‘g‘risida»gi qonuni qabul 
qilingan.  Qonun  30  ta  m o dd ad an   iborat  b o ‘lib,  atm osfera 
havosini  m u h o fa z a   qilish  t o ‘g ‘risidagi  q o n u n   h u jja tla ri, 
fuqarolaming huquq va majburiyatlari. standartlar va me’yoriy 
hujjatlar,  havo  muhitiga  zarar  yetkazganlik  uchun javobgarlik 
kabi moddalar mavjud.

1999-yil  14-aprelda  0 ‘zbekiston  Respublikasining  « 0 ‘mnon 
t o ‘g ‘risid a» g i  q o n u n i  q a b u l  q ilin g a n .  U n d a   resp u b lik a  
hududidagi  o ‘rmonlarni  himoya  qilish,  ulardan  foydalanishni 
t a r t i b g a   s o lis h n in g   h u q u q iy   a s o s l a r i   ish la b   c h iq ilg a n . 
Shuningdek,  «Hayvonot va o ‘simliklar dunyosini himoya qilish 
to'g'risidagi»  qonunning  to‘ldirilgan  varianti  qabul  qilingan. 
U nda  respublikada  noyob  yo ‘qolib  borayotgan  o ‘simlik  va 
hayvonlarni  himoya  qilishni  va  ulardan  foydalanishni  tartibga 
solishning huquqiy asoslari  belgilab  berilgan.
20 0 0 -y ild a   0 ‘z b e k is to n   R e s p u b l ik a s in i n g   « E k o lo g ik  
ekspertiza to ‘g ‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonunda 
O'zbekiston  Respublikasi  hududida  joylashgan  tashkilot  va 
muassasalarni qayta qurish va kengaytirish loyihalarini ekologik 
nuqtai  n azard a n   baholash  tartibi,  m u d d atla ri,  uni  amalga 
oshirishda  tomonlarning huquq va  burchlari  belgilab  berilgan.
2001-yil  6 - d e k a b r d a   0 ‘z b e k is t o n   R e s p u b l ik a s in i n g  
«C hiqindilar»  t o ‘g ‘risidagi  q o n u n i  q a b u l  qilingan.  U shbu 
qonunda respublika hududida chiqindilardan foydalanish, ulami 
qayta  ishlash,  eksport  qilish  tartibi,  bu  borada  korxona  va 
tashkilotlaming  huquq  va  majburiyatlari  o ‘z  ifodasini  topgan. 
Shuningdek,  0 ‘zbekiston Respublikasining ikkinchi chaqiriq 7- 
sessiyasida  0 ‘zbekiston  hududida  «Biologik  rang-baranglikni 
saqlash»  konvensiyasi  ham  qabul  qilingan.
0
‘zbekiston  h udu d id a  ov  qilish  va  baliq  ovlash  tartibi 
0 ‘zbekiston  R espu b lik asi  Oliy  K e n g a s h in in g   1993-yil  3- 
sentabrdagi № 937-XIII sonli va Vazirlar Mahkamasining  1993- 
yil  15-dek ab rd agi  № 600-sonli  q a r o r l a r i g a   k o ‘ra  a m a lg a  
oshiriladi.  Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasida  ov  va 
baliqchilik  xo‘jaliklari  to ‘g ‘risidagi  qaroriga  asosan  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  1991-yil  10-aprelda  tasdiqlangan  №95- 
sonli  k o ‘rsatmasiga  k o ‘ra  hamda  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
tabiatni  muhofaza  qilish  Davlat  q o ‘mitasining  1992-yil  8-iyun 
va  1993- yil  5-yanvardagi  buyrug‘iga  binoan  amalga  oshiriladi.
H u q u q iy   d a l o l a t n o m a l a r   b ila n   b irg a   0 ‘z b e k is to n  
Respublikasida  tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan 
oqilona  foydalanish  sohasini  tartibga  solishga  y o ‘naltirilgan 
q a to r   huquqiy  asoslangan  m e ’yoriy  d a lo la tn o m a la r  qabul

qilinganki, ularning barchasi bu sohadagi ishlami tartibga solish 
uchun  xizmat  qiladi.  Bularga  quyidagilar  misol  boMa  oladi: 
xususiy  mulk  t o ‘g ‘risidagi,  kooperatsiya  to'g'risidagi,  ijara 
to 'g 'ris id a g i,  k o rx o n a la r  to 'g 'ris id a g i,  olinadigan  soliqlar 
t o 'g 'r i s id a g i ,   b irla s h m a la r ,  ta s h k ilo tla r ,  j o y l a r d a   d a v la t 
h o kim iyati  o rgan lari  t o ‘g ‘risidagi,  f u q a r o la m i  o 'z in i-o 'z i 
boshqarish organlari to'g'risidagi, standartlashtirish to'g'risidagi 
huquqiy-me’yoriy  hujjatlar shular jumlasidandir.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  tabiatni  m uhofaza  qilish  va 
maxsus  m uhofaza  qilinadigan  tabiiy  hu du dlar  t o ‘g ‘risidagi 
qonunlarning  qabul  qilinishi  munosabati  bilan  ishlab  turgan 
huquqiy  asosga  ega  boMgan  dalolatnomalarga  o ‘zgartirish  va 
qo'shimchalar  kiritilgan.  Bundan  maqsad,  ularni  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasida  k o ‘rsatib  o ‘tilgan  q o nunlar 
talablariga muvofiqlashtirishdan  iborat.
Tabiatni  muhofaza  qilish  to'g'risidagi  qonunlarni  hayotga 
tatbiq etish  birinchi  navbatda  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 
organlari,  maxsus  m as ’ul  organlar,  yuridik  va  fizik  shaxslar 
t o m o n id a n   k o m p in te n s iy a   va  q o id a la rg a   a so sa n   a m a lg a  
oshiriladi.
Tabiatni muhofaza qilish  to ‘g ‘risidagi qonunlarni buzganlik 
u c h u n   j a v o b g a r l i k k a   to r t is h   m a s a l a l a r i   0 ‘z b e k is to n  
Respublikasining m a ’muriy javobgarlik to ‘g‘risidagi kodeksida' 
tabiiy  m uh itni  m u h o fa z a   qilish  va  ta b ia td a n   foyd ala n ish  
s o h a sid a g i  h u q u q b u z a r l i k   u ch u n   m a ’m uriy  j a v o b g a r l i k  
m e’yorlarida  belgilangan.  M a ’muriy  kodeksda  jinoyat  turiga 
qarab  turli  miqdorda  jarimalar  toMash  va  m a ’lum  huquqdan 
m ahrum  qilish jazolari  k o ‘rsatilgan.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
jinoyat kodeksining 4-bo‘limi «Ekologiya sohasidagi jinoyatlar» 
deb  yuritiladi.  Jinoyat  kodeksida  ekologiya  sohasidagi  turli 
jinoyatlar  uchun  jarima  toMash,  muayyan  huquqdan  mahrum 
qilish, mol-mulkni musodara qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq 
va ozodlikdan mahrum qilish choralari belgilangan.  1994-yil 22- 
s e n ta b r d a   q a b u l  q ilin g an   yangi  « M a ’m uriy  j a v o b g a r li k  
to ‘g ‘risida»gi jinoiy va jinoiy protsessual kodekslar respublikada 
tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ishlarida 
muhim  rol  o ‘ynaydi.

Respublikada tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar 
xalqaro  huquqiy  me’yorlami  hisobga  olib  tuzilgan  va  xalqaro 
tash k ilo t  ekspertlari  to m o n id an   baholangan.  Bu  q o n u n lar 
respublikada ekologik barqarorlikni t a ’minlash talablariga javob 
bera  oladi.
Tekshiruv  savollari
1.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasidagi  «Atrof- 
muhitni  muhofaza  qilish  to ‘g'risida»gi  moddalar  mazmunini 
tushuntiring.
2.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  «Tabiatni  m uhofaza  qilish 
to 4g‘risida»gi qonunining maqsad va  vazifalarini  tushuntiring.
3.  0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 
tabiatni  muhofaza  qilish borasida qabul  qilingan qonunlaming 
mazmun va  mohiyatini  tushuntiring.
4.  T a b i a t n i   m u h o fa z a   qilish   t o 'g 'r i s i d a g i   q o n u n l a r n i  
buzganlik  uchun  qanday  m a ’muriy  va  jinoiy  javobgarliklar 
belgilanadi?
6.6.  Xalqaro ekologik  hamkorlik
Yer  sayyorasi  va  uning  o 'zig a  xos  tabiati  insoniyatning 
umumiy  yashash  makoni,  yagona  uyi  hamda  yashash  vositasi 
hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni 
b a rta ra f   etish  yer  yuzidagi  barcha  xalqlar  va  davlatlarning 
um uminsoniy  vazifasidir.  Sayyoram izda  Xalqaro  ekologik 
hamkorlikning zarurligi quyidagi  hollar bilan  belgilanadi:
•  Yer sayyorasi va uning o ‘ziga xos tabiatini insonga m a ’lum 
bo'lgan  olamda  yagona ekanligi.
•  Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo'lib, 
inson  va jamiyat  uning tarkibiy qismi  ekanligi.
•  Insoniyatning  b a rc h a   ishlab  chiqarish  faoliyatining 
moddiy  negizi  tabiat ekanligi.
•  T a b i a t d a g i   sa lb iy   o 'z g a r i s h l a r   va  a t r o f - m u h i t g a  
antropogen  t a ’sir  ko'lam i  jihatidan  butun  sayyoraga  tazyiq 
ko'rsatuvchi jarayonlar ekanligi.

• 
Hozirda  yuzaga kelayotgan ekologik muam m olam i  hal 
etishga  k o ' p   h o l la r d a   bir  yoki  bir  ne c h ta   d a v l a t l a r n i n g  
imkoniyatlari yetarli emasligi.
•  B a rc h a  
i n s o n i y a tn i n g  
b i r g a l ik d a g i  
h a r a k a t i  
sayyoramizdagi  ekologik  vaziyatni  yaxshilashning  eng maqbul 
yo'li ekanligi.
Xalqaro ekologik ham korlik (X E H ) 
deyilganda -  yer yuzidagi 
barcha mamlakat (xalq)lar tomonidan tabiat muhofazasiga doir 
xalqaro  kelishuv-shartnom a,  konvensiyalar  tuzish,  xalqaro 
ekologik  m e ’yorlarni  ishlab  chiqish  va  ularga  rioya  etilishini 
h a m k o rlik d a   n a z o ra t  qilish,  um um sayyoraviy  va  hududiy 
ekologik  m uam m olam i  birgalikda  hal  etish,  ilmiy  tadqiqotlar 
va turli xalqaro anjumanlar o'tkazish kabi keng k o iam li tadbir- 
choralar  kompleksi  tushuniladi.  XEH  quyidagi  tamoyillarga 
asoslangan bo'lishi  lozim:
•  s a y y o r a m iz d a g i   h a r   bir  in so n   s o g 'lo m   e k o lo g ik  
sharoitlarda  yashash  huquqiga  ega ekanligi;
•  har  bir  mamlakat  atrof-muhit  va  tabiiy  resurslardan  o'z 
fuqarolari manfaatlari yo'lida foydalanish huquqiga ega ekanligi;
•  bir  davlatning  ekologik  muvaffaqiyati  boshqa  davlatlar 
hisobiga  bo'lmasligi yoki  ularning manfaatlariga zid  bo'lishiga 
yo'l  qo'ymaslik;
•  har  bir  davlat  hududidagi  ishlab  chiqarish  faoliyati  shu 
d a v la t d a g i   va  u n d a n   ta s h q a r id a g i  tabiiy   m u h itg a   z a r a r  
yetkazmasligini  t a ’minlash;
•  ekologik  oqibatlarni  bashorat  qilib  bo'lm aydigan  har 
q a n d a y   x o 'j a l i k   va  b o s h q a   tu rd a g i  f a o liy a tla rn i  a m a lg a  
oshirilishiga yo'l qo'ymaslik;
•  tan olingan xalqaro m e’yorlar va andozalar asosida atrof- 
muhit,  tabiiy  resurslar va  ulardagi  o'zgarishlar  ustidan  nazorat 
o'rnatish;
•  atrof-muhit  muhofazasi  bo'yicha  erkin,  keng  qo'lam li 
xalqaro ilmiy-texnik axborotlar almashish va tabiatni  asraydigan 
ilg'or texnologiyalarni joriy etish;
•  sayyoramizning  biror-bir  hududida  favqulodda  ekologik 
holat  ro'y   b erganda  d avlatlar  bir-birlariga  o 'z a ro   yordam  
ko'rsatishi:

•  
a t r o f - m u h i t   m u a m m o l a r i   b i la n   b o g ‘liq  b a r c h a  
kelishmovchiiiklarni tinchlik yo'li bilan hal etish.
Hozirgi  p a y td a   X E H   asosan  ikki  xil  shaklda  n am o yo n 
bo'lmoqda:  1.  Atrof-muhit  muhofazasi  va  tabiiy  resurslardan 
oqilona  foydalanishga  qaratilgan  ikki  yoki  k o 'p   tomonlama 
davlatlararo  bitim, shartnoma va  konvensiyalar tuzish. 2.  Turli 
xalqaro  tabiatni  muhofaza  qiluvchi  uyushma,  komissiya  va 
tashkilotlar faoliyatida  ishtirok etish.
XEH  umumbashariy  qadriyatlarning muhim  tarkibiy  qismi 
sifatida  so'nggi  yuz  yildan  k o 'p ro q   vaqtdan  beri  shakllanib, 
takomillashib bormoqda.  Uning dastlabki ko'rinishlari XIX asr 
oxirlaridan  boshlab  h ay v on o tlard an   foydalanishni  tartibga 
solishga qaratilgan davlatlararo harakat tarzida namoyon bo'la 
boshladi.
XX asrning birinchi yarmida XEH birmuncha taraqqiy etib, 
mukammallashib  bordi.  1913-yilda  Bern  (Shveysariya)da  18  ta 
davlat ishtirokida «Tabiatni muhofaza qilish» bo'yicha xalqaro 
konferensiya o'tkazildi.  1923-yilda esa Parijda  birinchi xalqaro 
tabiatni  m u ho faza  qilish  kongressi  b o 'lib   o 'tdi.  1928-yilda 
Bryussel  (Belgiya)da «Tabiatni  himoya qilish xalqaro  byurosi» 
ochildi.  O 'tgan  asrning  40-yillari  oxiriga  kelib,  XEH  m a ’lum 
darajada  shakllangan  bo'lsa  ham,  am m o   haqiqiy  t a ’sirchan 
x a lq a ro   e k o lo g ik   h a r a k a tn i   b a r p o   e tilish iga  to 'la lig ic h a  
erishilmadi. Hamkorlik turli davlatlardagi ekologik qonunlar va 
amalga oshirilayotgan tadbirlar haqidagi m a ’lumotlarni yig'ish, 
umumiy axborotnom alar va tavsiyalar tuzish bilan chegaralanib 
qoldi.
1945-yilda  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  (BMT)  tashkil 
etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik 
ushbu  xalqaro  tashkilot  faoliyatining  muhim   tarkibiy  qismi 
sifatida rivojlana  boshladi.  BMT xalqaro ekologik hamkorlikni 
yanada  taraqqiy  ettirish  yo'lida  k o'p  ishlarni  amalga  oshirdi. 
Dastlab  1948-yilda  BMT  tashabbusi  bilan  «Tabiatni  himoya 
qilish  x a lq a ro   b yuro si»   « T a b iatn i  m u h o fa z a la s h   x a lq a ro  
ittifoqi»(TMXI)ga aylantirildi.  Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq 
faoliyatida dunyoning  118 mamlakatidan 636 tadan ziyod davlat 
va  ja m o a tc h ilik   tas h k ilo tla ri  ishtirok  e tm o q d a la r.  T M X I

t a r k i b i d a   6  ta  doim iy   h a y ’at  b o 'l i b ,   u l a r   a t r o f - m u h i t  
m uhofazasining  eng  dolzarb  m asalalari  bilan  s h u g 'u lla n ib  
kelmoqdalar.  Bir qator hayvonotlarni muhofazalash borasidagi 
xalqaro  konvensiya  va  kelishuvlar,  turli  xayrli  tadbirlar,  «Qizil 
kitob» va «Yashil kitob» larning tashkil etilishi kabi ishlar mana 
shu ittifoqning faoliyati  bilan bog'liqdir.
H o z i r d a   B M T n in g   m a v ju d  
14  ta  ix ti s o s l a s h g a n  
tashkilotlaridan  6  tasi  atrof-m uhit  muhofazasiga  a lo q a d o r 
masalalar bilan  shug'ullanadi.  Jumladan,  YUNESKO  -  t a ’lim, 
fan  va  m adaniyat  masalalari  bilan  shug'ullanuvchi  tashkilot 
faoliyatining asosiy yo'nahshlaridan biri atrof-muhit muhofazasi 
sohasida  m a o rif  va  kadrlar  tayyorlash,  tabiiy  resurslardan 
oqilona foydalanish bo'yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, 
ilmiy  tadqiqotlar  o'tkazishga  qaratilgan.  ҒАО  -   oziq-ovqat  va 
qishloq  xo'jaligi  bo'yicha  tashkilot.  U  yer,  suv,  o'simlik  va 
hayvonlardan  kompleks  foydalanish,  ularning  unumdorligini 
oshirish  m uam m olari  bilan  sh u g'ullanadi.  V O Z   -   xalq aro 
sog'liqni saqlash tashkiloti. Atrof-muhit muhofazasining sanitar- 
gigiyenik  m asalalari  bilan  s h u g 'u lla n a d i.  V M O   -   x a lq a ro  
meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o'zgarishlar 
bilan  shug'ullanadi.  IMKO  -   dengizlar  bo'yicha  davlatlararo 
maslahat tashkiloti.  Bu tashkilot dunyo dengiz va  okeanlaridan 
f o y d a l a n is h n i n g   e k o log ik   j i h a t l a r i   bila n   s h u g 'u l l a n a d i .  
Y u q o rid ag ilard a n   tashqari  BM Tning  ijtimoiy  va  iqtisodiy 
masalalar bilan shug'ullanuvchi kengashi -  EKOSOS faoliyatida 
ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e ’tibor  beriladi.
1962-yilda  Y U N E S K O n in g   12-bosh  k o n fe re n s iy a s id a  
«Ekologik  taraqqiyot  va  tabiiy  resurslami,  flora  va  faunani 
muhofazalash» rezolyutsiyasi qabul qilindi.
1968-yilga  kelib,  XEH  faoliyati  sezilarli  darajada  kengayib, 
mustahkamlangan bo'lsa-da, bu borada xalqaro  harakatni aniq 
va  talab  darajasida  tashkil  etish  hamda  muvofiqlashtirishga 
erishilmadi.  Ekologiyaga  doir  turli  amaliy  tadbirlar  o'tkazish 
ko'pincha  bir  yoki  sanoqli  ixtisoslashgan  Xalqaro  tashkilot 
(Y U N E S K O ,  TMX1)  larning  faoliyati  doirasida  cheklanib 
qolindi.  Ekologik masalalarga  ko'proq xususiy muammo sifatida 
qarashlar davom etdi.  Bu  hoi ekologik  muammolami bir davlat

yoki alohida olingan mintaqa miqyosida, alohida biror-bir aniq
tor doiradagi tadbirlar yordamida hal etish mumkin degan yuzaki 
qarashlaming  davom  etishiga  sabab  bo'ldi.  Aslini  olganda.  bu 
davrga  kelib  (1970)  ko'p lab  ekologik  muammolar  allaqachon 
bir davlat yoki millat chegarasi doirasidan chiqib umumbashariy 
xarakter kasb etgan edi.  1970-yildan boshlab insoniyat ekologik 
m uam molar umumbashariy xarakterga ega ekanligini va  ularni 
hal etish uchun XEH ni yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
zarurligini  anglab yeta boshladi.  Natijada shu davrdan boshlab 
X E H   da  yangi  rivojlanish  bosqichi  boshlandi.  T o 'r t   yillik 
tayyorgarlikdan  so'ng  1972-yilda  Stokgolm  (Shvetsiya)da  113 
mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat tashkilotlari ishtirokida 
B M Tning  atrof-m u hit  m uhofazasi  bo'yicha  konferensiyasi 
o'tkazildi.  Uning  natijalari  asosida  «Atrof-muhit  to'g'risida 
d e k l a r a t s i y a »   q a b u l  q ilin d i,  u n i n g   q isq a c h a   m a z m u n i 
quyidagicha edi:
•  Taraqqiy etgan mamlakatlar rivojlanayotgan davlatlarga 
a tro f-m u h it  m uhofazasi  uchun  aniq  sharoit  va  ehtiyojini 
e ’tiborga olib mablag'lar ajratishlari zarur.
•  Tabiiy resurslami hozirgi va kelajak avlodlar uchun saqlab 
q o lis h   z a ru r .  Barcha  m a m l a k a t l a r   X E H   ni  s a m a r a l i  
rivojlantirishda  faol  hamkorlik qilishlari lozim.
•  H ar bir inson  ozod,  teng huquqli  va qulay bo'lgan  atrof- 
muhit  sharoitida yashashga  haqlidir.
•  I n s o n l a r n i   e z is h n in g   a p p a r t e i d ,   irqiy  k a m s itis h , 
mustamlaka qilish va  boshqa shakllari  tugatilishi lozim.
•  Yadro qurollari sinovini  to'xtatish zarur.
Stokg o lm   konferensiyasi  q a ro r la r i  BMTning  32-Bosh 
Assambleyasida  ko'rib chiqildi  va  ular asosida  11  ta  rezolyutsiya 
qabul  qilindi.  Bu  rezolyutsiyalarda  BM Tning  atro f-m u h it 
muhofazasi  sohasidagi  tadbirlarining  tashkiliy,  m a ’muriy  va 
huquqiy asoslari yoritib berildi. BMT tomonidan biosferaning tabiiy 
boyliklaridan  oqilona  foydalanish  va  ularni  saqlab  qolish 
masalalarini ilmiy jihatdan asoslashga katta e'tibor berila boshlandi. 
YUNESKO ning  16 (1970-y.) sessiyasida atrof-muhit muhofazasi 
bo'yicha  yangi  «Inson  va  biosfera»  -   MAB  dasturini  amalga 
oshirishga  qaror  qilindi.  Dasturni  amalga  oshirish  uchun  25  ta

davlat vakillaridan iborat Xalqaro muvofiqlashtiruvchi Kengash 
(X M K )  tuzildi.  MAB  ning  d a stla b k i  faoliyatida  tashkiliy 
masalalarga  kengroq  o ‘rin  berilgan  bo'lsa,  70-yillar  oxiridan 
boshlab atrof-muhit muhofazasining 5 ta yetakchi mavzui, ya’ni 
nam   t r o p i k   o 'r m o n l a r ;   q u r g 'o q c h i l   y e rla r;  b io sfe ra  
qo'riqxonalari: shahar ekotizimlari; kadrlar tayyorlash bo‘yicha 
ilmiy  tadqiqotlarni  kengaytirishga  e ’tibor  qaratila  boshlandi. 
Hozirgi  kunda  MAB  dasturining  973  ta  loyihasini  amalga 
oshirishda  80  dan  ortiq  davlatlarda  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib 
borilm oqda.  A tro f-m u h it  m uh ofazasi  m asa lala riga   d un y o  
jamoatchiligi  e’tiborini  yanada  kuchaytirish  maqsadida  1972- 
yil  BMTning  1-jahon  kongressida  har  yili  5  iyunni  «Xalqaro 
tabiatni muhofazalash kuni» deb e’lon qilindi. Shu yili BMT Bosh 
Assambleyasining  27-sessiyasida  davlatlararo  hamkorlikning 
tashkiliy  va  moliyaviy  tadbirlarini  belgilovchi  «Tashqi  muhit 
bo‘yicha BMTning ish dasturi» (YUNEP) va uni boshqaruvchilari 
Kengashi ta ’sis etildi.  1973-yil (Stokgolm) mazkur kengashning 
1-sessiyasida  « A t r o f- m u h it  s o h a sid a g i  h a r a k a t   d a s tu r i»  
muhokama qilinib, unda XEH ning 7 ta eng asosiy  yo‘nalishlari 
belgilab  berildi.  Bu  dastur  (Y U N E P)ga  binoan  atrof-m uhit 
muhofazasiga  oid  tadqiqotlarni  tashkil  etish,  muvofiqlashtirish 
va biosfera holatini kuzatuvchi (monitoring) stansiyalarini tashkil 
etish ishlari avj oldirildi.
1974-yil  B M T n in g   a tr o f - m u h it   m u h o fa z a s i  va  ta b iiy  
resurslardan oqilona foydalanishga bag'ishlangan maxsus Bosh 
sessiyasi  o4kazildi.  Unda  «Yangi  xalqaro  ekologik  tartiblarni 
o'rnatish  haqida  deklaratsiya»  va  bu  tartiblarni  o ‘rnatishning 
harakat dasturidan iborat 2 ta muhim xalqaro hujjat tasdiqlandi. 
Bu  hujjatlard a  oziq-ovqat  m ahsu lo tlari  ishlab  chiqarishni 
k o 'p a y tirish   m uam mosiga  k a tta   e ’tib or  berildi,  ju m la d a n , 
sahrolashish  va  yerlaming  sho'rlanishining  oldini  olish,  tabiiy 
va  oziq-ovqat  resurslariga  zararli  t a ’sirlarni  kam aytirish, 
ifloslanishga  qarshi  kurash,  resurslami  muhofazalash  va  qayta 
tiklash bo'yicha zudlik  bilan choralar  ko'rishga chaqirildi.
X E H   ning  y a n a d a   riv o jla n is h ig a   B M T n in g   29 -B osh  
Assambleyasida (1974-yil) qabul qilingan davlatlarning iqtisodiy 
huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi hujjat katta ta ’sir ko'rsatdi.

U nd a  yalpi  va  to 'liq   qurolsizlanish,  b o 's h a g a n   resurslam i 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyotga  yo'naltirish;  tinch-tctuv 
yashash  tamoyillarini  tushunib  yetish  va  unga  amal  qilish: 
davlatlarga  chet  el  monopoliyalari  faoliyati  ustidan  nazorat 
o'rnatish va o'z milliy resurslariga mustaqil egalik qilish huquqini 
berish  kabi  muhim  masalalarga  asosiy  e ’tibor  qaratildi.  1974- 
yili  B u x a re std a   B M T n in g   ah oli  n u fu zig a   b a g 'is h l a n g a n  
umumjahon konferensiyasi o'tkazildi.  Unda 36 davlat vakillari 
ishtirok  etdilar.  Konferensiyada  tez  o'sib  borayotgan  dunyo 
aholisi ehtiyojini  tabiiy resurslardan  oqilona  foydalanish  orqali 
qondirish  imkoniyati mavjudligi haqida  maMumotlar  keltirildi 
Konferensiya  ishtirokchilarining  tan  olishlaricha,  agar mavjud 
mineral  va  energetik  resurslardan  oqilona  foydalanilsa.  ular 
hozirda  o'sib  b o rayotgan  aholi  ehtiyojini  to 'la   qondirishga 
yetarlidir. Ekspertlaming baholashicha, sayyoramizning mavjud 
tuproq  qatlami  76  millard  aholi  ehtiyojini  minimal  yoki  38-48 
milliard aholini talab darajasida ozuqa bilan ta ’minlashi mumkin 
ekan. Dunyo aholisini oziq-ovqat bilan t a ’minlash muammosiga 
bag'ishlangan  Um um jahon  oziq-ovqat  konferensiyasi  Rimda 
(1974-y.) bo'lib o'tdi.  Unda  133 davlat  va  turli  tashkilotlaming 
vakillari qishloq xo'jaligini rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan 
t a ’minlash  darajasini  yaxshilash,  ocharchilik  va  qahatchilikka 
barham  berish  kabi  muammoli  masalalarga  e’tibor  qaratdilar. 
Shu  j u m la d a n ,  bu  m u a m m o l a m i   hal  e tish d a   X E H   z a ru r  
omillardan biri ekanligi t a ’kidlandi.
Taraqqiyotning aniq va samarador dasturlarini ishlab chiqish 
BMT  ning  1975-yildagi  maxsus  sessiyasida  davom   ettirildi. 
Sessiyada  x o m a s h y o   re s u r s la r id a n   o q i lo n a   fo y d a la n is h , 
e n e rg iy a n in g   y a n g i  m a n b a l a r i n i   to p is h   va  a tr o f - m u h i t  
ifloslanishining oldini olish zarurligi  ko'rsatib o'tildi.
1976-yili  Vankuverda  (K anada)  BMTning  aholi  yashash 
joylari  muammosiga  bag'ishlangan  konferensiyasida  har  bir 
davlat  o'z  tabiiy  resurslaridan  biosferani  ifloslamagan  holda 
oqilona  fo yd alanish i  zarurligi,  m ilitarizatsiy a  m aq sa d id a  
resurslar  isrofgarchilik  bilan  sarflanayotganligi  e ’tirof  etildi. 
BMTning 31  va 32 (1976-77) sessiyalarida bu masalalar bo'yicha 
Xalqaro  hamkorlikning  asosiy  tamoyillari  va  tashkiliy jihatlari 
o'zaro kelishib  olindi.

Sayyoramizdagi,  ayniqsa  rivojlanmagan  mamlakatlardagi 
millionlab aholining hayoti, sog‘lig‘i suv muammosi bilan bog‘liq 
b o ‘lib  qolmoqda.  BMTning  28  (1973),  29  (1974)  va  6  (1974)- 
maxsus  sessiyalari jahon  bo‘ylab  kuzatilayotgan  suv  tanqisligi 
muam mosi  masalalariga  qaratildi.  1977-yilda  M ardel-Plata 
(A rg e n tin a )  s h a h rid a   ushbu  m u a m m o   b o ‘yicha  X a lq a ro  
konferensiya  o ‘tkazildi.  Unda  116  davlat  va  turli  tashkilotlar 
qatnashdilar.  Bu  sessiya  va  konferensiyalarda  suv  t a ’minotini 
yaxshilash,  suvlardan  oqilona  foydalanish  masalalari  Xalqaro 
darajada tahlil etildi.
Quruqlikning  1/3  qismidan  k o ‘prog‘i  qurg‘oqchil  hududlar 
hisoblanadi,  bunday  y erlam in g  m aydoni  s o ‘nggi  yillarda 
antropogen  tazyiq  ostida  yanada  kengayib  bormoqda.  Hozir 
dunyoning 628 mln.  (14%) aholisi  shu  tufayli zarar k o ‘rmoqda, 
ya’ni yerlarni «cho‘llashuvi» insoniyat oldidigi umumsayyoraviy 
e k o lo g ik   m u a m m o l a r d a n   biri  b o ‘lib  q o l m o q d a .  U s h b u  
muammoga  bag‘ishlangan  konferensiya  1977-yilda  Nayrobida 
(Keniya)  bo‘lib  o ‘tdi.  Unda  95  mamlakatdan  vakillar  ishtirok 
etdilar.  Konferensiyada  yerlaming  «cho‘llanish»  muammosi 
k e s k in la s h ib   b o r a y o tg a n lig i,  b u n in g   asosiy  s a b a b i   yer 
resurslaridan nooqilona foydalanish ekanligidir deb e’tirof etildi. 
K o n f e re n s iy a n in g   asosiy  n a ti ja l a r i   B M T n in g   33  (1977) 
sessiyasida  m a ’qullandi.  Yerlarni  cho‘llashishi  bilan  kurashish 
harakatini amalga oshirish Y U N E P va Atrof-muhit muhofazasi 
bo'yicha  muvofiqlashtiruvchi  kengash  zimmasiga,  keyinchalik 
BMT ning m a ’muriy muvofiqlashtiruvchi kengashiga yuklatildi.
Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  Xelsinki  (Finlandiya) 
kengashida  ham  ekologik  m asalalarga  keng  o ‘rin  berildi. 
K e n g a s h   x u lo sa la rin in g   k a tt a   b ir  b o ‘limi  a t r o f - m u h i t  
m u h o fa z a s ig a   b a g ‘ishlandi.  U n d a   Y ev ro p a   va  Shim oliy  
Amerikaning  siyosiy  arboblari  «Xalqlarning  farovon  yashashi 
va iqtisodiy taraqqiyotida,  hozirgi va  kelajak avlod manfaatlari 
yoMida  atrof-muhit  muhofazasi  va  tabiiy  resurslardan  oqilona 
foydalanish  masalalari  muhim  o ‘rin  tutadi.  Bu  masalalarning 
hal etilishiga esa faqat Xalqaro hamkorlik yo‘li bilangina erishish 
mumkin»  degan  xolisona  fikrga  keldilar.
-n*)

BMTning  35-  (1980)  sessiyasida  Yer  tabiatini  saqlab  qolish 
bo'yicha «Davlatlarning hozirgi va kelajak avlod oldidagi tarixiy 
m as’ulyati  haqida»gi  rezolyutsiya  loyihasi  ko‘rib  chiqildi  va  u 
k o 'p  davlatlar tomonidan  m a ’qullandi.
80-yillarda  ham  BMT  tomonidan  atrof-muhitning  muhim 
masalalariga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 
Jumladan,  1981-yilda  Nayrobida  energiyaning  yangi  va  qayta 
tiklanadigan  manbalari  bo'yicha  125  davlat  va  56  ta  Xalqaro 
tashkilot  vakillari  ishtirokida  konferensiya  o'tkazildi.  Unda 
energetik tanglikning sabablari keng muhokama qilindi va ochib 
b e rild i.  E n e rg iy a   o lis h n in g   yan g i  va  q a y ta   t ik la n u v c h i 
manbalarini kashf etish va ulardan foydalanish bo'yicha Harakat 
dasturi  qabul  qilindi.  BM Tning  atrof-m uhit  m uhofazasiga 
bag'ishlangan  tadbirlari  orasida  qariyb  o 'n  yil  (1973—82-yillar) 
davom etgan dengiz suvlaridan  foydalanish huquqlari  bo'yicha 
o 'tk a z ilg a n   3-  konferensiya  m uhim   a h am iyatg a  ega.  Fan- 
texnikaning  shiddatli  rivoji  okean  va  dengiz  resurslaridan 
fo y d ala n ish   im k o n iy atin i  k e n g a y tird i  va  shu  bilan  birga 
insonning Dunyo okeaniga  tazyiqining kuchayishiga olib keldi. 
1982-yilda Monteo-Bey (Yamayka)da konferensiyaning yakuniy 
hujjati  imzolandi.  Dengiz  h u q u q la ri  b o 'y ic h a   konvensiya 
davlatlar tomonidan imzolash uchun tavsiya etildi.  120 dan ziyod 
davlatlar  bu  muhim  hujjatni  tasdiqladilar.  Ushbu  konvensiya 
dengiz  va  o k e anlard an   foydalanishning  xalqaro  h u q u q   va 
tartiblariga doir 500 dan ortiq moddalar va bo‘limlarini o ‘z ichiga 
olgan.  Jumladan,  unda  birinchi m arta  hududiy  suvliklar uchun 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling