P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Download 3.89 Kb.
Pdf просмотр
bet23/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

12
  milli  chegara  va  200  milli  ekologik  m intaqa  chegaralari 
b e lgilanib,  u n d a n   t a s h q a r id a g i  d engiz  resursla ri  b a rc h a  
insoniyatga  tegishli ekanligi  ko'rsatib o ‘tilgan.
1982-yilda BMT «Umumjahon tabiat Hartiya»sini tasdiqladi. 
Uni  insonning  tabiatga  munosabatini  belgilovchi  o ‘ziga  xos 
kodeksi  deyish  mumkin.
1985-yilda  Venada  (Avstriya)  BM T  rahnam oligida  ozon 
qatlamini  muhofazalash  bo'yicha  konvensiya  qabul  qilindi. 
U shbu  k o n v e n s iy a d a n   kelib  c h iq ib   d u n y o n in g   bir  q a t o r  
m am lakatlari  ozon  qatlam ini  yemiruvchi  m o d d a la r  ishlab 
chiqarishni  to'liq  to'xtatish  yoki  qisqartirish  bo'yicha  ixtiyoriy

majburiyatlar  oldilar.  Konvensiyada  b undan  tashqari  ozon 
qatlamini  muhofazalashning  turli  jihatlariga  qaratilgan  ilmiy 
tadqiqotlarni  rivojlantrish  va  amalga  oshirish  k o ‘zda  tutilgan.
1986-yilda  BMT  yadro  va  radiatsion  falokatlar  holatlarida 
Xalqaro  yordam berish  yuzasidan  konvensiya  qabul qildi.
1989-yilda  Moskvada  BMTning  ekologik  vaziyatlar  haqida 
axborotlar  ayirboshlash  masalalari  b o ‘yicha  konferensiyasi 
o'tkazildi.  Hozirgi paytda Y U N EP ning axborot xizmati o ‘zida 
d u n y o n i  99%  a h o lis in i  q a m r a b   o lg a n   135  m a m la k a t n i  
birlashtirgan.
1989-yilda  G a a g a d a   atm osferan i  h im o yaiash  b o ‘yicha 
Xalqaro  konferensiya  bo ‘lib  o'tdi,  unda  24  davlat  boshliqlari 
iqlimning  umumsayyoraviy  isishi  va  ozon  qatlamini  yemirilishi 
ekologik  holatga  eng  k o ‘p  xavf solayotgan jarayon  ekanligini 
va  uning  oldini  olish  uchun  BM T  rahn am oligida  X alqaro 
tashkilot  tashkil  etish  zarurligini  t a ’kidladilar.  Konferensiya 
yuqoridagi  jarayonlam ing  oldini  olishga  chaqiruvchi  Gaaga 
deklaratsiyasini  qabul  qildi.  Bundan  tashqari,  deklaratsiyada 
davlatlar  va  tashkilotlar  tomonidan  ekologik  majburiyatlarni 
buzganligi  uchun  X a lq a ro   BM T  Sudi  h a q id a   ham  fikrlar 
bildirildi.
1989-yilda Nayrobida atrof-muhit holatini nazorat qilib turish 
maqsadida kosmik laboratoriya barpo etish bo‘yicha qaror qabul 
qilindi.
Y uqoridagilardan  k o ‘rinib  turibdiki,  XX  asrning  70-80- 
yillarida  BMTning  barcha  muassasa,  h ay 'a t  va  tashkilotlari 
atrof-muhit  muhofazasiga  yo‘naltirilgan  faoliyatlarini  qayta 
ko4rib chiqdilar va  sezilarli  kuchaytirdilar.
0
‘zbekistonning  mustaqillikka  erishishi,  yangi  demokratik 
jamiyatni  qurila  boshlagani  bir  qator muhim, jumladan,  atrof- 
muhit  muhofazasi  sohasidagi  Xalqaro  hamkorlik  masalalarini 
hal  etilishiga  yangicha yondashishni  taqozo etadi.
0 ‘zbekistonning 1992-yil 2-martda BMTga teng huquqli a ’zo 
bo4lib  kirishi  tabiat  muhofazasi  sohasidagi  Xalqaro  hamkorlik 
uchun  ham  keng  yo4l  ochib  berdi.  1992-yili  Rio-de-Janeyroda 
0
‘tk aziIgan  B M T n in g   2-jah o n   ta b i a tn i   m u h o fa z a   qilish 
kongrcssida Respublikamiz birinchi bor mustaqil davlat sifatida

qatnashdi.  Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda BMTning atrof-muhit 
m uam m o lari  bilan  sh u g‘ullanuvchi  7  ta  missiyasi  faoliyat 
k o ‘rsa tm o q d a ,  ayniqsa,  Orol  va  Orol  b o ‘yidagi  ekologik 
muammolar Xalqaro  tashkilotlaming diqqat markazida  bo'lib. 
ushbu  yo‘nalishda  turli  tadbirlar o ‘tkazilmoqda.
X a lq a ro   h a m j a m i y a tn i n g   ta r k ib iy   qismi  h is o b la n g a n  
Markaziy Osiyo mintaqasini barqaror rivojlanishini t a ’minlovchi 
i jtim o iy - iq tis o d iy   va  e k o lo g ik   m u a m m o l a m i   yechishda 
0 ‘zbek iston  XEX  m a s a la la rig a   k a tt a   e ’t ib o r   b e rm o q d a . 
Respublikada  tabiatni  muhofaza  qilish  ishlari  boshqa davlatlar 
va  Xalqaro  tashkilotlar  bilan  har  tomonlama  hamkorlik  qilish 
orqali  amalga  oshirilmoqda.  Mustaqillik  yillarida  atrof-muhit 
muhofazasi va  tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning turli 
jihatlarini  tartibga  soluvchi  k o ‘plab  Xalqaro  shartnomalar  va 
bitimlar  tuzildi.  Respublikamiz  XEXning  turli  y o ‘nalishlai i 
b o ‘yicha amalga oshirilayotgan Xalqaro tadbirlarda faol ishtirok 
eta boshladi.  0 ‘zbekiston Respublikasi  1985-yilda b o ‘lib o ‘tgan 
ozon  qatlamini  himoya  qilish  (Vena)  konvensiyasi,  1987-yilgi 
ozon  qatlam ini  yem iruvchi  b irik m a la r  b o ‘yicha  P ro to k o l 
(Monreal),  1989-yilgi  (Bazel) xavfli chiqindilami  chegaralararo 
tashishni nazorat qilish konvensiyasi,  1992-yilgi (Rio-de-Janeyro) 
biologik rang-baranglikni saqlash konvensiyasi,  1992-yilgi (Nyu- 
York)  iqlim  o ‘zgarishi  to ‘g‘risidagi  konvensiyalarga  q o ‘shildi. 
Ushbu  yo‘nalishlarda  faol  h arak atlar  amalga  oshirilmoqda. 
Ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  qilish  sohasidagi  har  qanday 
davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, regional va 
umumbashariy  darajada  yaxshilashning asosidir.
0 ‘zbekiston  1992-yilda  imzolangan  M D H   D a v la tlara ro  
Ekologiya  K e ngashining  teng  h u quqli  a ’zosi  h isoblanadi. 
R e s p u b lik a n in g   X E H   b o ras id a g i  faoliyati,  a y n iq sa   Orol 
m u am m o sig a   q a r a t il g a n   m a s a l a l a r d a   y a n a d a   y a q q o lr o q  
namoyon  bo ‘lmoqda.  0 ‘zbekistonning  faol  ishtiroki  va  sa ’y- 
h a r a k a t l a r i   tu fa y li  O ro l  dengizi  m u a m m o l a r i   b o ‘yicha 
Davlatlararo  Kengash  va  uning  ishchi  organi  Ijroi  q o ‘mitasi, 
O rolni  q u tq arish   X a lq a ro   fondi  tashkil  etildi  va  faoliyat 
k o ‘rsatmoqda.

Insoniyatni  uchinchi  ming  yillikda  nim a la r  k u tm o q d a , 
insoniyat  ekologik  tanglik xavfi.  inson  salomatligini  saqlash va 
mustahkamlash  kabi  murakkab muammolami  hal eta  oladimi? 
Y u q o r i d a g i   va  bo sh q a   u m u m b a s h a r i y   va  m in t a q a v i y  
xarakterdagi muammolar Respublikada  1992-yili tashkil etilgan 
ekologiya  va  salomatlik  Xalqaro  ja m g ‘armasi 
«E kosan»nin g 
diqqat markazida turibdi.  Hozirgi kunda bu jam g‘armaning chet 
ella rd a   bir  nechta  v a k o la t x o n a   va  boM inm alari  fa o liy a t 
ko‘rsatmoqda.  U  BMT.  OBSE,  YUN1SEF,  VOZ,  YU N ESK O  
va boshqa yetakchi Xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlikda 
ish  olib  bormoqda.  O lzbekistonning  tashabbusi  bilan  1995-yili 
T o s h k e n td a   M a rk a z iy   O s iy o d a g i  m in t a q a v i y   xavfsizlik 
muammolariga bagMshlangan Xalqaro seminar o ‘tkazildi.  Unda 
20  ta  Xalqaro  tashkilot  va  30  dan  ortiq  m am lakat  vakillari 
ishtirok etdilar.
1995-yilda  N uk u sd a  M ark a z iy   Osiyo  m a m la k a tla ri  va 
X alqaro  ta sh k ilo tla m in g   Orol  dengizi  havzasini  b a rq a r o r  
rivojlantirish  masalalari  b o ‘yicha  Deklaratsiya qabul qilindi.
I n s o n iy a t  bosh ig a   koM an k a  solib  t u r g a n   e k o lo g ik  
falokatlarning oldini olish b o‘yicha Xalqaro hamkorlik m a ’lum 
darajada  shakllangan  va  muhim  tadbirlar  amalga  oshirilgan 
boMsa-da,  hali  bu  boradagi  ishlarni  yanada  izchil  faollashtirish 
zarur. Chunki hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatga 
yetarli.  qulay  yashash  sh a ro itla rin i  yaratish  m asa lala rin i 
boshqarib  turuvchi  tom  m a ’nodagi  keng  k o ‘lamli,  t a ’sirchan, 
xolis,  yagona  Xalqaro  tizim  vujudga  kelgani  yo ‘q.  K o ‘rinib 
turibdiki,  XEH  takomillashib borishi insoniyat taraqqiyotining 
bundan keyingi bosqichlarida ham muhim hayotiy zaruratlardan 
biri  boMib qolaveradi.
Tekshiruv  savollari
1.  XEH  nima  uchun zarur?
2.  XEH  qanday  tamoyillarga asoslanishi lozim?
3.  XEH  deganda nimani  tushunasiz?
4.  XEHning qanday shakllarini  bilasiz?
5.  XEHning  1950-yillargacha  boMgan  davrini  ta ’riflang?
6
.  XEH  1950—
 1970-yilIarda  qanday  rivojlangan?

7.  XEHning  1970-yildan  keyingi davrini  t a ’riflang?
8
.  BMTning ekologik faoliyati  haqida  nimalarni  bilasiz?
9.  0 ‘zbekistonning XEHdagi ishtirokini  tushuntiring.
10. MAB  (inson  va  biosfera) dasturi  haqida  nimalar bilasiz?
6.7.  Ekologik tarbiya va  ta’lim
Tabiatni muhofaza qilish b o ‘yicha t a ’lim berish -  bu tabiatni 
m uhofaza  qilish  masalalarining  nazariy  va  amaliy  jih a td a n  
o ‘zlashtirishga  yo'naltirilgan  o ‘qitish  tizimidir.  Umumiy  va 
maxsus ekologiya asoslarini bilish har bir zamonaviy kishi uchun 
zarur boMgan madaniyat elementi hisoblanadi.  Ekologik t a ’lim 
berishdan  maqsad,  har  bir  kishiga  kelajakda  u  qaysi  sohada 
i s h l a s h id a n   q a t ’i  n a z a r ,  t a b i a t   v a   j a m iy a t n in g   o ‘z a ro  
m u n o sa b a tla ri  t o ‘g ‘risidagi  bilim larni  berishdir.  Ekologik 
t a ’limni  s h a k lla n tirish d a   ta b ia tn i  m u h o fa z a   qilish,  uning 
resurslaridan  samarali  foydalanish  prinsiplarini  o ‘zlashtirish 
birinchi  darajali  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  tabia tda n 
foydalanishda  keng  om m alashgan  « T abiatdan  in ’om-ehson 
kutib  o ‘tirmaymiz,  balki  u nd an   u n dirib   olamiz»  qabilidagi 
eskicha  fik rla shd a n ,  b o sh q a ch a   q ilib  a y tg a n d a ,  «Bizning 
m am la ka tim iz   bitm as-tuganm as  tabiiy  boyliklarga  ega  va 
ulardan samarali foydalanishga hojat y o ‘q» degan fikrdan uzoq 
boMish kerak.
Ek olo gik  sa v o d x o n lik k a   erish ish   yoMida  in so n la rn in g  
ekologik bilim darajasini oshirish ham da mamlakat va regionlar 
b o ‘yicha  atrof-muhitni  ifloslantiruvchi  m anbalar  to ‘g ‘risida 
m a ’lumotlar  berish  muhim  aham iyatga  ega.  Chunki  bunday 
m a ’lumotlarga ega boMish, umumiy ekologik holatni ko'z oldiga 
keltirish,  ta b ia tg a   va  in so n la r  sa lo m a tlig ig a   salbiy  t a ’sir 
k o ‘rsatuvchi  omillarni  cheklash  va  yo‘qotish  bo‘yicha  amaliy 
faoliyatda  ishtirok etish  uchun  zarur.
Ekologik  taMimda  dunyoqarashni  ekologiyalashtirish  ham 
muhim  y o ‘nalishlardandir.  Bunga  erishishning  muhim  vositasi 
insonlarning  o ‘z  ustida  ishlashlari,  tabiat  sirlarini  o ‘rganishga 
va  eko log ik  bilim larin i  d o im o   o s h ir ib   borishga  boMgan 
intilishlaridir.  Dunyoqarashni  ekologiyalashtirish,  ekologiyaga 
doir  fanlarni  toMa  o'zlashtirish  bilan  birga,  iqtisodiy.  siyosiy.

te x n ik a v iy ,  h u q u q iy   va  b o s h q a   s o h a l a r n i n g   ekologik  
munosabatlarini  bilish  orqali  amalga  oshiriladi.
Ekologik  t a ’lim  berishda  ekologik  falokatlar  sabablarini 
to‘g‘ri baholash ham muhim ahamiyatga ega. Aholining ekologik 
savodsizligi  yoki savodining kamligi,  tashviqot-targ‘ibot ishlari 
samarasining  pastligi  va  bu  ishlarni  mutaxassis  b o ‘lmagan 
kishilar tomonidan olib borilishi, shuningdek, insonning ekologik 
faoliyati  asosiy  diqqat  markaziga  q o ‘yilmasligi  turli  chalkash 
fikrlarning paydo  bo‘lshiga  sabab  bo ‘ladi.
Ekologik  tarbiya 
va  ta ’lim jarayonlarini  bir-biridan  ajratib 
b o ‘lmaydi.  Ular  doim  o ‘zaro  aloqada  rivojlanadi.  Shaxsning 
tabiatga  b o ‘lgan  insoniy  munosabatlari  oilada  va maktablarda 
b e rilad ig a n   e kolo g ik   ta rb iy a   o rq ali  s h a k lla n a d i.  O ilad a  
beriladigan  ekologik  tarbiya  asosan  ota-onalarning  oiladagi 
o ‘zaro munosabatlariga  bog‘liq.  Oilalar va  uning har  bir a ’zosi 
tabiiy muhitni saqlash masalasiga o ‘zicha yondashadilar. Oilaviy 
hayot,  o ta - o n a la r n in g   ish  jo y la ri,  u larn in g   o ‘z  fuq aro lik 
burchlarini  t o ‘g ‘ri  his  etishlari,  oilada  o ‘zlarini  tutishlari 
bolalaming  tabiatga  va  insonlarga  b o ‘lgan  munosabatlarining 
shak llanishid a  ilk  debocha  h isob lan ad i.  Bolalarni  oilada 
tarbiyalashda  ota-onalar  tarbiyachi  rolini  o ‘ynaydilar.  Ota- 
onalarning oilada o ‘zlarini tutishlari va ulaming bolalarga t a ’siri 
«Eng hal qiluvchi omildir». A.S.Makarenko  «Tarbiya to‘g‘risida 
m a ’ruzalar»  nomli  kitobida  shunday  yozadi:  «Siz  bola  bilan 
g a p la s h a y o tg a n i n g iz d a  
yoki 
u n g a 
b iro r  
n a rs a n i 
ko‘rsatayotganingizda unga tarbiya berayapman deb o ‘ylamang. 
Siz  un ga  o ‘z  h a y o tin g iz n i  h a r   d a q i q a s i d a ,  h a tt o   u y d a  
y o ‘q lig in g iz d a   ham   t a ’lim  berasiz.  B o la la r n i  h a q iq iy  
muallifligingiz ostida tarbiyalaysiz».
Bolalarga ekologik tarbiya berishda ularning ko‘z oldida sodir 
boMayotgan  jonli,  chiroyli  misollarni  keltirish  lozim.  Oilada 
aytilayotgan  har  bir  so‘z.  har  bir  ohang,  har  bir  qilinayotgan 
ishni  bola  to ‘g‘ri  qabul  qiladi  va  shu  muhit  bola  uchun  ideal 
holat  hisoblanadi.  Bu  borada  xalqimiz  o ‘rtasida  «qush  uyasida 
ko‘rganini  qiladi» degan  ibora  bejiz aytilmagan.

Ekologik tarbiya muammosini 0 ‘zbekiston Respublikasining 
maktabgacha ta ’lim muassasalarida hal etish uchun quyidagi ikki 
yo‘nalishda  ish  olib borish  maqsadga  muvofiq:
•  Bolalarda  ekologik  tarbiya  madaniyatini  shakllantirish, 
ularda tabiatga b o ‘lgan ijobiy munosabatni uyg‘otish, dastlabki 
amaliy k o ‘nikmalarni  ishlab chiqish.
•  M aktab  yoshigacha  b o ‘lgan  bolalarga  tarbiya  beruvchi 
mutaxassislarni  ekologik  ongi  va madaniyatini  rivojlantirish.
M a k t a b g a c h a   t a ’lim  m u a s s a s a l a r i d a   e k o lo g ik   t a ’lim 
m uam m olarini  hal  etish  y o ‘llari  turlicha.  Masalan,  uslubiy 
d a s t u r l a r   ish la b   chiq ish ,  z a m o n a v iy   o ‘q u v - k o ‘rg az m ali 
q u r o l l a r d a n   f o y d a la n is h ,  tu rli  o ‘y in la r ,  d ia f ilm la r , 
kinofragmentlar va  boshqa  tasviriy va  ovozli  o ‘quv vositalarini 
q o ‘llash  shular jumlasidandir.
M aktab  va  oila  bolalarda  tabiatga  nisbatan  noyob  moddiy 
va  ru h iy   b o y l ik l a r   m a n b a i   s if a tid a   q a r a s h   t u y g ‘usini 
shakllantiruvchi  asosiy vositadir.  Hozirgi  kunda  respublikamiz 
b o ‘yicha  m ak ta b   dasturlari  va  o ‘quv  rejalarida  tarbiya  va 
t a ’limning  ekologik  aspektlari  ancha  kuchaytirilmoqda.  Bu 
borada  m aktabdan  tashqari  olib  borilayotgan  ishlar  samarasi 
ham  ortmoqda.
K o ‘pchilik  rivojlangan  m am la k a tla rd a,  bolalar  turli  xil 
ekologik  harakatlarda  faol qatnashmoqdalar.  Masalan,  AQSH 
ning  N yu-York  shtatida  «Bolalar  ifloslanishga  qarshi»  deb 
n o m lan g an  tashkilot  m avjud.  T ashk ilo t  a ’zolari  bir  q a to r  
ekologik  tadbirlami  o ‘zlari  amalga  oshiradilar.  Masalan,  ular 
o ‘zla ri  o ‘q i y o tg a n   m a k t a b   o s h x o n a s i d a   p o l is t ir o ld a n  
tayyorlangan bir marta ishlatiladigan stakanlarni q o ‘llashni joriy 
etdilar.  Bu  stakanlar  yengil  va  qo g ‘ozdan  afzal  hamda  ularni 
qayta  ishlab,  qurilish  materiallari  tayyorlashda  foydalanish 
m u m k in .  B o la la r   shu  y o ‘1  b ila n   c h i q i n d i l a r   c h iq is h in i 
kam aytirishga  o ‘z  hissalarini  q o ‘shadilar.  Y ana  bir  misol, 
V ashingtondan  uncha  uzoq  b o ‘lmagan  Virdjiniya  shtatida 
joylashgan  xususiy  maktablarning  birida  haqiqiy  ferma  tashkil 
qilingan.  U nda  ot,  sigir,  q o ‘y-echkilar,  o ‘rdak  va  g ‘ozlar 
o ‘quvchilar tomonidan bo‘sh vaqtlarida boqiladi. Sayyohlarning 
«Bu ferma nimaga  kerak» deb bergan savollariga ular «saxiy va

mehnatsevar bo'lib o'sishi  uchun» deb javob beradilar.  Bunday 
misollarni  ko'plab keltirish  mumkin.
M aktab o'qituvchilari  va  bog'cha  tarbiyachilari  tomonidan 
sevimli uy hayvonlari haqida zavq-shavq bila« gapirishganlarini 
kim  eshitmagan  deysiz.  Ayniqsa.  itiar  haqidagi  suhbatlarda. 
ularni  insonning  do'sti  ekanligi,  ular  uyni  begona  kishilardan 
q o 'r iq l a s h d a ,  q o 'y   va  echkilarni  b o q is h d a ,  ovda,  d a v la t 
ch egaralarni  d u s h m a n la rd a n   q o 'r iq l a s h d a .  c h o 'k a y o tg a n  
kishilami  qutqarishda  insonlarning  vafodor  hamrohi  ekanligi 
haqidagi suhbatlar ham bolalarda hayvonot dunyosiga nisbatan 
qiziqish  uy g'otadi  va  ularda  tabiatdagi  bu  kabi  jonzotlarni 
himoya qilish  lozimligi  to'g'risida  ilk  tushinchalar shakllanadi. 
Maktab o'quvchilariga ekologik tarbiya berishda yoki ekologiya 
fanini  o'qitishda  o'qituvchilar  tabiat  m o'jizalari,  tabiatning 
ajoyib go'shalari,  hayvonot  dunyosi va  hasharotlar hayotining 
o'ziga  xos jihatlarini jonli  va  qiziqarli  qilib  yozilgan jahon  va 
milliy  adabiyotimiz  namoyondalari  asarlaridan  foydalanishga 
ko 'p roq   e ’tibor  berishlari  lozim.  Shuningdek,  m aktablarda 
o'qitiladigan  kimyo,  astronomiya,  biologiya,  zoologiya,  odam 
an atom iyasi  ka b i  fan  o 'q itu v c h ila ri  o 'q u v c h ila rg a   ushbu 
fanlardan bilim berishda o'z fanlarini ekologik nuqtai nazardan 
talqin  qilib,  fanlar  bo'yicha  umumiy  xulosalar  chiqarishda 
tab iatd a  kechadigan  voqea  va  h odisalar  m ohiyatini  ochib 
berishlari  m uh im dir.  Bu  hoi  o 'q u v c h ila rn i  ekologiya  fani 
vazifalarini yanada yaxshi tushunib olishda yordam beradi. Zero, 
yosh  a v lo d n i  t a b i a t g a   n is b a ta n   m e h r - m u h a b b a t   r u h id a  
tarbiyalash oila va maktabning eng muhim vazifalaridan biridir. 
Chunki  insoniy  xarakter  aynan  shu  muhitda  shakllanadi.  Bu 
maqsadlarga erishish uchun kutubxonalarda tabiat va umuman 
tirik  jo n z o tla r   t o 'g 'r i s id a   chop  etilgan  a d a b iy o tla r  sonini 
ko'paytirish,  shoir va yozuvchilar tomonidan m aktab yoshdagi 
bolalar uchun ko'plab asarlar yaratish  muhim ahamiyatga  ega.
Ekologik ta ’lim bizning respublikamizda ikki yo'nalishda olib 
boriladi.  Birinchi  yo 'n a lish   -   har  bir  o 'q u v   m uassasasida 
ekologiya  kursini  o 'q itish   orqali  um umiy  ekologik  t a ’lim 
be rish d ir.  B u n d a n   t a s h q a r i,  e k o lo g iy a   y o 'n a l i s h i d a g i  
gimnaziyalar,  m aktabdan  tashqari  ta ’lim  muassasalarida  ham

ekologik to ‘garaklar ishlab turibdi. Shunga qaramasdan hozirgi 
kunda ekologiyani o ‘qitishni mantiqiy,  t a ’limning uzluksizligini 
t a ’m inlovchi  bir  tizimga  solish,  yangi  n a ’m unaviy  o ‘quv 
dasturlari  va  o ‘quv  rejalari  ishlab  chiqish  hamda  adabiyotlar 
yaratish  m uhim   ahamiyat  kasb  etadi.  Ikkinchi  y o 4nalish  -  
mutaxassis  ekologlar  tayyorlash.  Hozirgi  kunda  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  b o ‘yicha  bir  necha  oliy  o ‘quv  yurtlarida  «Atrof- 
muhitni  muhofaza  qilish»  yo‘nalishi  b o ‘yicha  bakalavrlar  va 
magistrlar  tayyorlashga  kirishilgan.  Bundan  k o ‘zda  tutilgan 
maqsad  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  b o ‘yicha  yetuk  kadrlar 
tayyorlash va bu sohadagi mutaxassis kadrlar yetishmovchiligiga 
barham  berishdir.
Xullas, ekologik tarbiya va ta ’limni takomillashtirish bo‘yicha 
quyidagi mulohazalarni aytish mumkin:  butun dunyo bo ‘yicha, 
jum ladan,  m am lakatim iz  hududida  ekologik  holatni  ijobiy 
tomonga o ‘zgartirish uchun birinchi navbatda aholining ekologik 
bilimini  oshirish  lozim.  Buning  uchun  nafaqat  u m u m ta ’lim 
m aktablarida,  o ‘rta  maxsus  va  oliy  o ‘quv  yurtlarining  o ‘quv 
d a stu rla rig a   ekologiya  fanini  kiritish,  balki  barcha  ishlab 
chiqarish korxonalari, muassasa va tashkilot rahbarlarining ham 
bu  sohadagi  malakalarini  oshirish  zarur.  Hamma  joyda  ham 
ekologik jihatdan yetuk kishilar yetishmaydi. Hozircha joylarda 
«Ekologiya uchun kurashishni» xohlovchilar ham juda kam.  Bu 
ishlarni  tashkil  qilish  uchun  sanoat  va  qishloq  xo'jaligi  ishlab 
chiqarish korxonalarining o ‘zaro munosabatlarini tartibga solish, 
texnika  va  qurilmalarini  yaratish,  qisqasi,  ekologik  xizmatni 
yo‘lga  q o ‘yish  lozim.  Bir so‘z  bilan  aytganda, juda  sertashvish 
va  savobli  ish  bilan  shug‘ullanish  lozim.  Bilimni  bir  tizimli, 
uzluksiz ekologik tarbiya va t a ’lim asosida qurish kerak. Bu holat 
avval  o ilada,  s o ‘ngra  m a k ta b d a   d a v o m   etadi.  Shuni  ham  
t a ’k id la s h   j o iz k i,  o ‘quv  m u a s s a s a l a r i d a   « A t r o f - m u h i t n i  
muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish» 
maxsus kursini  asosiy  fan sifatida o ‘qitish  lozim.  Chunki  o ‘quv 
muassasalarida o ‘qitiladigan boshqa fanlarni o ‘qitishda yer, suv, 
o ‘rmon  va  boshqa  tabiiy  resurslaming  ayanchli  holati  t o ‘la 
y o r itib   b e rilm a y d i.  Bu  b o r a d a   o ‘r ta   va  oliy  o ‘quv 
muassasalarining tabiiy va  ijtimoiy fan o ‘qituvchilari ham yerlar

hosildorligining  pasayib,  o ‘sim lik  va  hayvonot  dunyosining 
y o ‘q o lib   k e ta y o tg a n lig ig a , 
ic h im lik  
su vla ri  s ifa tin i 
yom onlashayotganligiga  va  o ‘zim iz  nafas  olayotgan  havoni 
ifloslanayotganligiga  biz  aybdor  emasmiz,  degan  fikrdan  uzoq 
b o‘lishlari  kerak.  Kishilik jamiyati  nafaqat  moddiy  boyliklam i 
k o‘paytirish  orqali  rivojlanadi,  balki  tobora  ortib  borayotgan 
in son la r  eh tiy o jin i  aq l-id rok   b ilan   q o n d irish ,  bir  q a to r 
mamlakatlarda kuzatilayotgan ocharchilik, chuchuk suv va oziq- 
ovqat yetishmovchiligidari,  bolalar o ‘limining ortib borishidan, 
havo  va  boshqa  muhitlarni  ifloslanishidan  bartaraf  etish  kabi 
ijtimoiy  muammolam i  hal  etish orqali  rivojlanadi.
Tekshiruv  savollari
1.  Ekologik  ta’lim-tarbiya  deganda  nimani  tushunasiz?
2.  O ila d a   va  m a k ta b g a ch a   ta r b iy a   m u a ssa sa la r id a  
beriladigan  ekologik  tarbiyaning  ahamiyatini  tushuntiring?
3.  0 ‘zb ek isto n d a   ek o lo g ik   tarb iya   m u am m olarin i  hal 
etishning  asosiy  yo ‘nalishlari mazmunini  gapiring.
4.  M aktabgacha  ta ’lim  m uassasalarida  ekologik  tarbiya 
samarasini  oshirish  y o ‘llari  qanday?
5.  M a k ta b   o ‘q u v c h ila rig a   e k o lo g ik   tarbiya  b erish d a 
nimalarga  e ’tibor berish  maqsadga  muvofiq?
6.  Jamiyat a ’zolarini ekologik onglik darajasi qanday y o ‘llar 
bilan oshiriladi.
7.  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta’lim  muassasalarida  ekologiyani 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling