P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Download 3.89 Kb.

bet5/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

«ma’naviy» 
bosqichi  hisoblanadi.  Boshqa  bir 
fransuz  katolik  filosofi  P.Teyyar  De  Sharden  esa  noosferani 
biosferaning  ustki 
fikrlovchi 
qatlami deb  tushungan.

Rus  olimi  V .I.V ernadskiy  o ‘zining  biogeokimyoviy 
tadqiqotlariga asoslanib, «Insonning xo'jalik va ishlab chiqarish 
faoliyati tufayli tabiat kuchli o'zgarishga uchraydi, bu jarayonda 
inson  bosh  o'zgartiruvchi  kuchga  aylanadi  va  u  biologik 
evolutsiyaning  yo'nalishini  belgilovchisi  bo'lib  qoladi.  Inson 
bilan  biosfera  o'rtasidagi  o'zaro  munosabat  umumsayyoraviy 
xarakter  kasb  etadi.  Inson  faoliyati  tufayli  tabiatda  modda  va 
energiya  aylanishining  yangi  turi,  y a’ni 
antropogen  modda 
aylanishi 
qaror  topadi.  Buning  natijasida  yerdagi  biogeosenoz 
jarayoni noogeosenozga o'tadi. Oqibatda biosfera o'zining sifat 
jihatidan  yangi  bosqichi  noosferaga  o'tadi»,  degan  ilmiy 
asoslangan xulosalarga keladi. Noosfera haqidagi fikrlar so'nggi 
30-40  yil  ichida  dunyo  bo'ylab  keng  tan  olindi.  Hozirgi  ilmiy- 
texnika  ta ra q q iy o ti  rivojlangan  sharo itda  biosferaning 
noosferaga  aylanishi  umumsayyoraviy  miqyosdan  fazoviy 
miqiyosga  o'tib  bormoqda.  Chunki  insonning  ongli  faoliyati 
ta ’siri  nafaqat  yerda,  balki  unga  yaqin  bo'lgan  koinotni  ham 
qamrab  olmoqda.  Noosfera  tushunchasi  asl  mohiyatiga  ko'ra 
inson  bilan  tabiat  o'rtasida  uyg'unlashgan  mutanosib  o'zaro 
munosabatlaming qaror topishini va oxir-oqibatda jamiyat bilan 
tabiat  orasidagi  mavjud  qarama-qarshiliklarni  mukammal 
darajada  hal  etilishini  bildiradi.  Noosferaning  shakllanishida 
atrof-muhit  ifloslanishining  oldini  olish,  tabiatga  yetkazilgan 
«jarohatlar»ni  davolash,  biologik  tizimlar  evolutsiyasini  ongli 
ravishda  boshqarish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish 
masalalarining to'g'ri  hal etilishi muhim ahamiyatga ega.
Biosfera  ta ra q q iy o ti  faqat  insonlarning  ilmiy-texnik 
imkoniyatlari, salohiyatigagina bog'liq bo'lib qolmasdan, balki 
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy holatiga, ya’ni tinchlik, barqarorlik, 
hamjihatlik  holatiga ham  bog'liq  bo'ladi.
Yuqoridagilardan  m a ’lum  bo'ladiki,  noosfera  t a ’limoti 
ijtimoiy,  tabiiy  va  texnik  fanlarni  hamda  insonning  turli  ishlab 
chiqarish  sohalarining  uzviy  integratsiyasini  taqozo  etadi. 
Noosfera  oqilona  tarzda  tuzilgan  tabiat  va jamiyatdan  iborat 
biosferaning  kelajakdagi  yangi  holatidir,  ya’ni  taraqqiyotning 
noosfera  bosqichida jamiyat  bilan  tabiat  bir butun  yaxlit  tizim 
tarzida  faoliyat  ko'rsata  boshlaydi.

1.  Hayot  va  uni vujudga  kelishi  haqida  nimalarni  bilasiz?
2.  Biosfera  nima?
3.  Biosferani  yer  qobiqlaridan  biri  sifatida 
ajratilishini 
asoslab  bering.
4. Tabiatda yuz beradigan modda va energiya harakatida tirik 
organizmlarning  tutgan  o'rnini  tushuntiring.
5.. 
Inson  va  uning  tirik  organizmlar  orasida  tutgan  o'rnini 
izohlab  bering.
6
.  Ongli  qobiq  «noosfera»  deyilganda  nimani  tushunasiz?
1.5.  Tabiiy  resurslar tasnifi
T a b iiy   resurslar 
deb  t a b ia td a   m avjud  b o 'lg a n ,  insonla r 
tomonidan  yaratilmaydigan, jamiyatning  moddiy  va  m a ’naviy 
ehtiyojlarini qondirish hamda xo'jalik faoliyatlarini rivojlantirish 
uchun  xizmat  qiladigan  tabiiy  obyektlarga,  sharoitlarga  va 
jarayonlarga aytiladi. Tabiiy resurslar foydalanish sohasiga ko'ra 
ishlab  chiqarish,  sog'liqni  saqlash,  madaniy,  ilmiy  va  boshqa 
resurslarga, tabiatning u yoki bu komponentlari tarkibiga ko 'ra  
esa  suv,  o 'r m o n ,  m ineral,  energiya  va  boshqa  resurslarga 
a jra tila d i.  M a m la k a tn in g   tabiiy  resurslarga  boyligi  un ing 
iq tis o d in i  r iv o j la n t ir is h n i n g   m u h im   s h a r t id i r ,  a k s in c h a , 
zaxiralarining  kamligi  yoki  umuman  yo'qligi  ishlab  chiqarish 
kuchlarini  rivojlantirish  imkoniyatini  bermaydi.  Shuni  ham  
t a ’kidlash  joizki,  bu  qonuniyatni  har  doim  ham  t o 'g 'r i   deb 
b o 'l m a y d i .   D u n y o d a   s h u n d a y   m a m l a k a t l a r   b o rk i,  u l a r  
joylashgan hududda mineral resurslar umuman y o'q yoki bo'lsa 
h a m   j u d a   oz  m iq d o r d a ,  sh u n g a   q a r a m a s d a n   riv o jla n g a n  
m a m la k a tla r  qatoriga  kiradi.  M asalan,  Yaponiya,  Janu biy  
Koreya,  Singapur  va  boshqalar.  Bu  mamlakatlarda  ishchilar, 
muhandislar  va  texnik  xodimlaming  yuqori  malakaga  egaligi. 
fan-texnika  taraqqiyoti  uchun  yaratilgan  sharoitlar  sanoatni 
rivojlantirishda  eng  m uhim   omillaridan  hisoblanadi.  Ishlab 
c hiq arish  ku chlarini  rivo jlan tirish  jam iy a t  m u n o s a b a tla ri 
x a r a k t e r i   bilan  b e lg ila n a d i.  K o ' p l a b   s e k in lik   b ila n  
r iv o jla n a y o tg a n   m a m la k a t la r   rivojlangan  m a m la k a t la r n i

x o m a s h y o   va  e n e rg iy a   r e s u rs la ri  bilan  t a ’m inlovchi 
m am lakatlarga  aylanib  qolganlar.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
o ‘zining moddiy boyliklari va m a ’naviy salohiyatining yuqoriligi 
bilan  boshqa  mustaqil  davlatlardan  keskin  farq  qiladi.  Chunki 
bu  hudud,  yuqorida  aytib  o ‘tilganidek,  mamlakat  rivojining 
muhim  sharti  hisoblangan  yer  osti  va  yer  usti  resurslariga  boy. 
Yaponiya,  Koreya,  Singapur  davlatlaridagi  kabi  yoshlami  ilm 
olishga bo‘lgan intilishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 
eng muhimi, uzoq o'tmishdan meros b o ‘lib kelayotgan m a ’naviy 
qadryatlarimiz 
0
‘zbekistonning  tezlik  bilan  rivojlanishi  uchun 
muhim  omil  b o ‘la oladi.
J a m i y a tn i   m a ’lum  riv o jla n ish   d a v ri  d a v o m id a   tabiiy 
resurslardan  foydalanishda  ulami  real  va  potensial  resurslarga 
ajratiladi.
R eal  resu rslar 
deb  jam iyatni  ayni  holatdagi  rivojlanish 
bosqichida  qidirib  topilgan,  zaxiralari  aniqlangan  va  jamiyat 
to m o n id an   faol  ishlatilayotgan  resurslarga  aytiladi.  Ishlab 
chiqarishning rivojlanishi, ilmiy ishlar va ishlanmalami amaliyotga 
tatbiq  etila  borishi  bilan  real  resurslar  ham  o ‘zgarib  boradi. 
Masalan,  insonlarning  u  yoki  bu  sohani  takomillashtirib  borish 
jarayonida  bir  energetik  resurslar  boshqasiga  almashtiriladi. 
M asalan,  s a n o at  korxonalari  paydo  b o ‘layotgan  dastlabki 
davrlarda  yonilg‘i  sifatida  kit  moyidan  foydalanilgan.  Kitlami 
ovlash  san oatn i  rivojlantirish  uchun  muhim  hisoblansa-da, 
kitlarning keskin kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga 
kitlarni  ovlashni  t a ’minlash  masalasi  ham  qiyinlashib  bordi. 
Energiya xomashyosini boshqa turiga almashtirish ehtiyoji tug‘ildi. 
Endi  o ‘rmon  yonilg‘i  resursi  sifatida  ishlatila  boshlandi.  Bu  hoi 
ham  o ‘rmonzorlar  maydonining  keskin  kamayib  ketishiga  olib 
keldi.  Shuningdek,  o'rmonlarni  kesib  ishlatish iqtisodiy jihatdan 
o ‘zini  oqlamay  qoldi.  Shundan  so‘ng  avval  ko‘mir,  so‘ngra  gaz 
konlarini qidirib topish va ishlatish amalga oshirildi. Jamiyatning 
hozirgi  rivojlanish  davrida  energiya  resurslari  manbai  sifatida 
gidroelektrostansiyalar energiyasidan foydalanish yetakchi o ‘rinni 
egalladi.  Shunga  qa ra m asd a n   yer  ostidan  qazib  olinadigan 
energiya  xomashyolariga (ko'mir,  neft  va  gazga)  bo'lgan ehtiyoj 
t o b o ra   osh ib   b o r m o q d a .   C h u n k i  d u n y o   b o 'y ic h a   e le k tr

energiyasining  60%  i  issiqlik  elektr  stansiyalari  (IES)  hisobiga 
olinmoqda.  K atta  miqdorda  energiya  talab  qilinadigan  sanoat 
k o rx o n a la rin i  energiya  bilan  t a ’m in lash  uchun  energetik 
r e s u r s l a m i n g   b o s h q a   t u r l a r i d a n   f o y d a l a n is h g a   e ’tib o r  
qaratilmoqdaki,  bu  hoi  insoniyatni  bitmas-tuganmas  energiya 
bilan ta ’minlashga xizmat qilishi mumkin. Kelajakda termoyadro 
energetikasi,  shamol  generatorlari  va  quyosh  energiyasidan 
foydalanish  imkoniyatlari  shular  jum lasidandir.  Insoniyat 
o'tm ishda  energiya  inqiroziga  bir  necha  m arta  uchraganligi 
m a ’lum,  ammo  inson  bu muammolami  muvaffaqiyatli  hal qila 
olgan.
Potensial  tabiiy  resurslar 
deb jamiyat  taraqqiyotining  hozirgi 
bosqichida  qidirib  topilgan,  qisman  va  miqdoran  aniqlangan 
resurslarga  aytiladi.  Ammo  ulardan  foydalanish  turli  sabablarga 
ko'ra ayni paytda davlat tomonidan maqsadga muvofiq emas deb 
topilgan  bo'lishi  mumkin.  Boshqa  so‘z  bilan  aytganda,  ulardan 
fo y d ala n ish   uchun  texnik  v o sita la r  yetarli  b o 'lm a g a n , 
xomashyolami qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan 
yoki umuman yaratilmagan bo'lishi mumkin. Masalan, tosh davrida 
metall  potensial  resurs  emas  edi.  Chunki  inson  uni  ajratib  olish 
texnologiyasini  bilmas  edi.  Bronza  asriga  kelib  temir  rudalari 
potensial resurslarga aylanib qoldi. Chunki insonlar rudadan temimi 
ajratib olish texnologiyasini o'zlashtirib oldilar.
Y er  s a y y o ra sin in g   potensial  yer  resu rslariga  c h o 'll a r , 
tog'liklar, botqoqliklar, sho'rlangan hududlar, doimiy muzliklar 
ham  kiradi.  Hozirgi  davrga  kelib  insonlarning  yer  resurslariga 
b o 'l g a n   e h tiy o jla rin in g   t o b o r a   o s h ib   b o r a y o t g a n li g ig a  
qaram asdan  mavjud  barcha  yerlarni  qishloq  xo'jaligi  uchun 
o'zlashtirishning  imkoniyati  yo'q .  M asalan,  botqoqliklarni 
o'zlashtirishda drenajlar o'tkazish, sho'rlangan hududlar tuzini 
yuvish va oqavalami chiqarib yuborish uchun drenajlar yotqizish 
ishlariga katta miqdorda sarf-xarajatlar talab etiladi, shuningdek, 
y e r l a m i n g   s h o 'r i n i   yuvish  u ch un   c h u c h u k   suv  bilan 
t a ’minlashning  iloji  yo'q.  Doimiy  muzliklar  bilan  qoplangan 
hududlarda  dehqonchilik  qilishning  iloji  bo'lmasa-da,  sanoat 
korxonalari qurish. qazilma boyliklami qazib olish imkoniyatlari 
mavjud. Potensial resurslarga bir qator kosmik resurslar -  quyosh

energiyasi,  dengiz  suvlarining  k o ‘tarilishi  va  qaytishi,  shamol 
energiyalari  va  boshqalar  ham   kiradi.  Olimlar  tom onidan 
potensial kosmik  resurslardan foydalanish  usullarini yaratishga 
b o ‘lgan  qiziqish  tobora  ortib  borm oqda.  Kelajakda  quyosh 
r a d i a t s i y a s i n i   q u yosh   e n e rg iy a s ig a   t o ‘g ‘r i d a n - t o ‘g ‘ri 
aylantirishning  nisbatan  arzon  usullarini  yaratish  bir  qator 
mamlakatlarni isitish tizimlari uchun sarf etiladigan  energiyaning 
50  foizini  qoplashi  mumkinligi  hisoblab  chiqilgan.  Quyosh 
energiyasidan  foydalanish  sayyoramizni  ekologik  inqirozdan 
qu tq arish da  asosiy  omil  hisoblanadi.  Uning  yerdagi  asosiy 
m a n b a i  esa  yashil  o ‘sim lik la rd ir. 
0
‘z b ek iston da  q uy osh  
energiyasidan  foydalanish,  yangi  texnologiyalar  va  texnik 
vositalami  joriy  etish  bo‘yicha  sohalararo  «
0
‘zgeleotexnika» 
ilmiy-texnik markazida,  «Fizika-quyosh» ilmiy  ishlab chiqarish 
b i r l a s h m a s i d a , 
0 ‘z b e k is to n  
R e s p u b lik a s i 
F a n l a r  
akademiyasining  energetika  va  avtom atika  ilmiy  tadqiqot  va 
loyiha institutlarida  ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Barcha  tabiiy  resurslar,  albatta,  shartli  ravishda  tugaydigan 
va  tugamaydigan  resurslarga  b o ‘linadi  (3-jadval).
3-jadval
Tabiiy  resurslar tasnifi
Tugaydigan  resurslar
Tuganiaydigan  resurslar
Tiklanmaydigan
resurslar
Tiklanadigan
resurslar
Havo.  suv.  iqlim.  koinot 
resurslari.  Quyosh.  vadro, 
geotermal.  shamol.  to'lqin 
energiyalari 
hamda 
yerning 
ichki 
issiqlik 
energiyasi
Yer osti  qazilmalari 
(rudali,  noruda  va 
yonilg*i  qazilma 
boyliklar)
Tuproq. o'simlik 
va hay vonlar. 
qisman  suv 
resurslari
Tugaydigan tabiiy resurslar 
zaxirasiga va ulardan jadallik bilan 
fo yd alan ish  k o ‘lamiga  b o g ‘liq  r a v is h d a   kishilik  ja m iy a ti 
ehtiyojlarini faqat m a ’lum davr  davomida t a ’minlashi mumkin. 
Ular  tabiatda  o ‘z-o‘zidan  tiklanmaydi.  Insonlar  tomonidan 
b u n d a y   r e s u r s l a m i   y a r a t is h   m u m k i n   emas.  C h u n k i 
tiklanmaydigan  resurslar  tabiatda  uzoq  geologik  davrlarda  va 
jarayonlarda kimyoviy elementlaming to ‘planishi natijasida hosil 
b o ‘ladilar.  Ular tabiiy biogeokimyoviy siklda qatnashmasliklari

mumkin  emas.  Biosferada  kimyoviy  elem entlar  m iqdorini 
optimal  darajasi  ana  shunday  boshqarilgan  va  boshqariladi. 
Tugaydigan  resurslar  o ‘z  navbatida  qay ta 
tiklanmaydigan
tiklanadigan va nisbatan tiklanadigan resurslarga bo‘linadi. 
Q ayta 
tiklanm aydigan  resurslar 
-   umuman  tiklanmaydi  yoki  insonlar 
tomonidan  ulardan  foydalanish  davri  davomida juda  sekinlik 
bilan  tiklanadi.  Bunday  resurslarga neft,  toshko‘mir va  boshqa 
qazilma  boyliklar  kiradi.  Bu  resurslardan  foydalanish,  albatta, 
u la r n i n g   tu g a s h i g a   o lib  k e la d i.  S h u n in g d e k ,  q a y ta  
tiklanmaydigan tabiiy resurslami muhofaza qilish, ulardan tejab- 
tergab,  oqilona,  kompleks  ravishda  foydalanishda  namoyon 
b o ‘ladi.  Bundan  maqsad  ularni  qazib  olish  va  qayta  ishlash 
v a q tid a   y o ‘q o tilish in i  k a m a y tir is h g a   erishish  h a m d a   bu 
r e s u r s l a m i   b o s h q a la r ig a   yoki  s u n ’iy  y a r a t i l g a n l a r g a  
almashtirishdan ib o ra t. Tabiiy resurslaming k o ‘plab turiari XXI 
asrda  tugaydi  degan  noto‘g‘ri  bashoratlarga  k o ‘pchilik olimlar 
tanqidiy  m unosabat  bildirmoqdalar.  Bunday  bashoratchilar 
ikkilamchi  xom ashyolami  qayta  ishlash  texnologiyalarining 
takom illashib  borishini,  s u n ’iy  m ateriallard an  foydalanish 
hajmini tobora o ‘sib borayotganligini, energiya ta ’minotini ortib 
borishi  evaziga xomashyolami va yer q a ’rining chuqur qismida 
jo y la sh g a n   neft  saqlovchi  q a tl a m l a r d a n   neft  qazib  olish 
texnologiyalarining yaratilayotganligini hisobga olmaganlar. XX 
asrning  boshlarida  sayyoramizda  neft  zaxiralari  190  million 
tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, 30 yildan so‘ng  1090 million tonna 
deb  baholangan.  1970-yillarda  yer  q a ’ridan  33  milliard  tonna 
neft  va  15  trillion  m
3
  gaz  qazib  olingan.  Hozirgi  kunga  kelib 
faqatgina quruqlikdan topilgan neft zaxiralari 27 milliard tonna, 
potensial zaxiralari bilan hisoblaganda esa 
68
 milliard tonna deb 
baholanmoqda.  Kelajakda okeanning chuqur tubida joylashgan 
neft  saqlovchi  h u dud lard an   neft  qazib  olish  im koniyatlari 
mavjud.  Hisob-kitoblarga ko ‘ra hozirgi kundagi jadal qazib olish 
sharoitida yer yuzi aholisining asosiy metallarga b o ‘Igan resurslar 
zaxiralari  quyidagicha  (million  tonna  hisobida):  alyuminiy  -  
1500;  kumush -  65;  xrom -  20;  kobalt -  220;  mis -  2;  molibden
-  50;  oltin -  3,5;  p l a t i n a - 9 ;   q a l a y - 1 ;   v o lfra m -4 0 0 ;  u r a n -  
100;  vanaddiy -  2500;  rux -  
6
.  Shuning uchun  ehtiyojdan kelib 
chiqib. u yoki bu xomashyo zaxirasidan foydalanishda, geologik

qidiruv  ishlari  samaradorligini yaxshilash imkonini beruvchi va 
qazilma  boyliklari  qazib  olish  usullarini  takomillashtirishni 
ko ‘zda  tutuvchi  ilmiy-texnika  yutuqlarini  hisobga  olish  muhim 
ahamiyatga ega. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida bilimlarimiz 
doirasida hozircha  birinchi guruh tugaydigan resurslarini qayta 
tiklanmaydigan  resurslar deb  hisoblashga  haqlimiz.
Q ayta tiklanadigan tabiiy resurslar 
deb m a ’lum tabiiy sharoitda 
undan foydalanish davomida doimiy ravishda qayta tiklab borish 
imkoniyati  boMgan  resurslarga  aytiladi.  Bunday  resurslarga 
o'simliklar va hayvonot dunyosi, qator mineral resurslar, masalan, 
koM  tubida  yigMluvchi  tuzlar,  torf qatlamlari  hamda  tuproqlar 
kiradi.  A m m o  ularni  tiklash  va  k o ‘plab  ishlab  chiqarishni 
ta ’minlash  uchun  m a’lum  shart-sharoitlar yaratish  lozim.  Qayta 
tiklanadigan resurslami tiklash jarayoni turli xil tezlikda kechadi. 
Tuproqlarda  1  sm.li  gumus  qatlami  hosil  qilish  uchun  300-600 
yil, kesilgan o ‘rmonlarni, ovlanadigan hayvonlarni tiklash uchun 
esa  o ‘nlab  yillar  talab  etiladi.  Tabiiyki,  qayta  tiklanadigan 
resurslardan foydalanish darajasi ularning tiklanish tezligiga mos 
kelishi kerak. Aks holda qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qayta 
tiklanmaydigan  resurslarga  aylanib  qolishi  mumkin.  Masalan, 
tuproq oMik tuproqqa aylanishi, hayvonot va o‘simlik turiari esa 
umuman  yo‘qolib  ketishi  mumkin.  Shuni  ham  nazarda  tutish 
lozimki,  ko‘plab  tabiiy  resurslar juda  sekinlik  bilan  tiklanadilar. 
0
‘rm on ,  t u p r o q ,  h a y v o n la m in g   k o 'p l a b   turia ri  s h u la r 
jumlasidandir.  Bunday  resurslar 
nisbatan  tiklanadigan  tabiiy 
resurslar 
deb ataladi. Ular shunday tabiiy resurslarki, ularni tiklash 
uchun insonning  bir necha  avlodi  umri  talab etiladi.  Bu guruhga 
suv, shamol, o'tloq, irrigatsiya, sanoat va boshqa turdagi tuproqlar 
eroziyasini  ham  kiritish  mumkin.  M a ’lumki,  tuproqlarning 
haydaladigan  yuqori  qisminigina  tabiiy  sharoitda  tiklash  uchun 
bir  necha  ming  yil  talab  etiladi.  K o‘p yillik  daraxtlardan  tashkil 
topgan  o'rmonlarni  ham  nisbatan  tiklanadigan  tabiiy  resurslar 
qatoriga kiritish mumkin. Masalan, sakvoy daraxti 
6
 ming yilgacha 
umr  ko'rishi  va  balandligi 
100
  metrdan  ortiq  boMishi  mumkin. 
San-Fransisko  yaqinida  o'sadigan  bu  ulkan  daraxtlarni  ayovsiz 
kesish hisobiga hozirgi kunga kelib ularning bir necha donasi qoldi, 
xolos.  Hozir u yerda maydoni 424 akrali qo'riqxona tashkil etilgan. 
Bu  yerda  sakvoylarning  bir  oylik  ko'chatlaridan  tortib,  yirik.

ammo  bir  necha  nam unalari  o'stirilm oqda.  Sakvoy  daraxti 
p o 'stlo g 'in in g   qalinligi  30  sm.dan  ortiq  bo'lganligi  sababli 
yong'inga chidamli hisoblanadi. K o'plab sakvoylar Amerikaning 
taniqli insonlari nomi bilan ataladi. Masalan, «General Sherman» 
deb  ataluvchi  sakvoy  daraxtining  balandligi  91  metrni,  diametri 
20  metrni,  og'irligi  esa  2000  tonnani  tashkil  etadi.  Bu  kabi 
daraxtning  bir donasidan  olingan  yog'och materiallarini  tashish 
uchun  bir  butun  temir  yo'l  tarkibi  talab  etiladi.  Bitta  sakvoy 
daraxtidan  olinadigan  yog'ochdan  45  ta  bir  xonali  uy  qurish 
mumkin. Sibir kedri Rossiyada bir necha million gektar may donni 
egallagan  bo'lsa-da,  ularni  ham  nisbatan  tiklanadigan  tabiiy 
resurslar qatoriga  kiritish  lozim.  Uning umr ko'rish  davomiyligi 
300 yilga yetadi.  Boshqacha so'z bilan aytganda,  bir necha inson 
avlodi umriga teng.
Tugamaydigan  resurslar.  Bunday  resurslarga  shartli  ravishda 
ko inot,  iqlim  va  suv  resurslarini  kiritish  m um kin. 
Koinot 
resurslariga quyosh  radiatsiyasi,  dengiz  suvlarining  to'lqinlanish 
energiyasi va shu kabilar kiradi. Ular deyarli tugamaydi va ularni 
muhofaza  qilish(masalan,  quyoshni)  atrof-muhitni  muhofaza 
qilish  uchun  obyekt  bo'la  olmaydi.  Chunki  insoniyat  bunday 
imkoniyatga  ega  emas.  Ammo,  quyosh  energiyasining  yer  yuzi 
b o 'y la b   tarqalishi  atm osfera  holatiga,  uning  ifloslanganlik 
darajasiga bog'liq. Bunday omillarni esa insoniyat boshqara oladi.
Iqlim resurslari.  Atmosfera issiqligi va namligi,  havo, shamol 
energiyasi  deyarli  tugamaydi.  Lekin  atmosfera  turli  mexanik 
qo'shimchalar,  sanoat  korxonalari  va  transport  vositalarining 
turli  gazlari  ham da  radioaktiv  m od d ala r  bilan  ifloslanishi 
natijasida  uning  tarkibi  sezilarli  darajada  o'zgarishi  mumkin. 
Havo  musaffoligi  uchun  kurashish  bu  tabiiy  resursni  himoya 
qilishning muhim vazifalaridan  biridir.
Suv  resurslari  um u m an   biosfera  uchun  tu gam aydigan 
resurslardir.  Biroq,  chuchuk  suvning  zaxiralari  va  miqdori  yer 
yuzining  turli  qismlarida  keskin  o'zgarib  turadi.  Daryo  va  ko'l 
suvlarining kamayishi bilan bog'liq chuchuk suv yetishmovchiligi 
hamda  suvlarning  ifloslanishi  hozirgi  kunda  sezilarli  darajada 
tezlashdi.  Shuning  uchun  chuchuk  suv  sarfi  va  tozaligi  ustidan 
nazoratni  kuchaytirish  lozim.  Amaliy  jihatdan  dunyo  okeani 
suvlari  tugamaydigan resurslar hisoblanadi.  Ammo,  ularga neft

mahsulotlari, radioaktiv va boshqa chiqindilaming to'kilishi xavf 
s o lm o q d a .  Bu  hoi  o ‘z  n a v b a ti d a   o k e a n   suvlarid a  h a y o t 
kechiruvchi  hayvonlar  va  o'simliklarning  yashash  sharoitlarini 
o'zgartirib yubormoqda.
Insonnin g  ta b ia tg a   ya  tab iiy  resurslarga  t a ’sir  k o ‘rsatish  
sh a k lla ri. 
Jam iyatning  tabiatga  t a ’siri  to 'g 'r i d a n - t o 'g 'r i   va 
yashirin  holatda  bo'lishi  m um kin. 
To'g'ridan-to'g'ri  ta'sir 
ko'rsatish  deganda  insonlarni  tabiatga  ochiqdan-ochiq  t a ’siri 
tushuniladi. Yer osti qazilmalarini qazib chiqarish, o'rmonlardan 
foydalanish  kabilar  tabiatga  to'g'ridan-to'g'ri  t a ’sir  ko'rsatish 
oqibatlaridir.  Masalan,  qazilma  boyliklami  qazib olish  nafaqat 
h a r a k a t d a g i   s h a x ta la r ,  r u d n ik l a r ,  k a ry e r la r   h u d u d id a g i 
b io g e o s e n o z la r n in g   b u z ilis h ig a ,  b a lk i  q o 's h n i   ta b iiy  
h ud ud lam in g   gidrogeologik  rejimining  buzilishiga  ham  olib 
keladi.  U joylarda  mahalliy  qurg'oqchilikning  sodir  bo'lishini 
tezlashtiradi,  hayvonot  va  o'sim liklar  dunyosini  o'zgartirib 
yuboradi,  tuproqlarda  kechadigan  suv  t a ’minoti  bilan  bog'liq 
bo'lgan jarayonlaming  buzilishiga olib keladi va  hokazo.  K o 'p  
hollarda  k orxonalar  u  yoki  bu  m ahsulotni  ishlab  chiqarish 
vaqtida  hosil  bo'lgan  oqava  suvlarni  tozalamasdan  ochiq  suv 
havzalariga  oqizishi  natijasida  baliqlar  va  ular  uchun  ovqat 
hisoblangan mayda o'simlik va mikroorganizmlar nobud bo'ladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling