P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Download 3.89 Kb.

bet6/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

Tekshiruv  savollari
1.  Tabiiy  resurslar deb qanday  resurslarga aytiladi?
2.  Real va  potensial  resurslar mazmunini  tushuntiring?
3. Tugaydigan resurslardan oqilona foydalanishning ekologik 
ahamiyati  qanday?
4. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslaming 
mohiyatini  tushuntiring.
5.  Nisbatan  qayta  tiklanadigan  tabiiy  resurslarga  qanday 
resurslar kiradi?
6
. Tugamaydigan tabiiy resurs turiari va ularning tugamaslik 
sabablari  nimada?
7.  Insonning  tabiatga  va  tabiiy  resurslarga  t a ’sir  ko'rsatish 
shakllarini  ayting?

A T M O S F E R A  M U H O F A Z A S I
2.1. Atmosferaning tuzilishi  va tarkibi
Yer kurrasini o ‘rab olgan havo qatlami 
«atm osfera» 
deyiladi. 
Atmosfera  o'zining  hajmi  bo'yicha  yer  sayyorasining  qolgan 
qismlaridan  bir  necha  marta  katta  bo'lishiga  qaramay,  uning 
massasi yer massasidan 
0 ,0 0 0 0 0 1
  ga yaqin qismini tashkil etadi
xolos.  Atmosferaning  yuqori  chegarasi  deb  shartli  ravishda 
yerning  tortish  kuchi  bilan  uning  aylanishi  evaziga  markazdan 
intilish  kuchi  muvofiqlashgan  joyi  qabul  qilingan.  Bu  sathda 
atmosfera  bilan  yerning  o'zaro  bog'lanishi  yo'qoladi.  Hisob- 
kitoblarga ko'ra, bu sath ellepsoidal yuzagacha bo'lib, ekvatorda 
42,  qutblarda  48  ming  km.  balandlikda  joylashgan.  Shunga 
qaramasdan,  atmosferaning  deyarli  barcha  massasi  (99  %  dan 
ortig'i) uning quyi qatlamiga -  troposfera va stratosferaga to'g'ri 
keladi.  Atmosfera  balandligi  ortishi  bilan  uning  tarkibiy  qismi, 
zichligi,  harorati va  havoning harakat tezligi  o'zgarib boradi.
km
Ij# 
Shimol&hiliig'i
< V
k
>
8-rasm.  Atm osferaning  vertikal  tuzilishi 
va  haroratning yuqoriga  q arab  
0
‘zgarib  borish  sxemasi.

Atmosferaning  eng  pastki  qismi  troposfera  deb  atalib,  havo 
massasining 0,8 dan  ortiq qismini o'z ichiga  oladi.  Bu qatlamda 
balandlikni  har  1  km.ga  ortishi  bilan  harorat  o'rtacha  -
6
°C  ga 
pasaya  boradi.  Troposferaning  qalinligi  qutb  kengliklarida 
8
-  
10 km.  bo'lib, ekvatorda  16-18  km.ni tashkil etadi.  Zichligi esa, 
yerdan baland ko'tarilgan sari kamayib boradi. Troposferaning 
yuqorida,  stratosferaga  o'tish  qismida  harorat,  aksincha,  sovib 
-50°C  dan  -80°C  gacha  yetadi.  Stratosferada  yerdan  25  km. 
balandlikkacha  harorat  o'zgarmay  qoladi.  Stratosfera  bo'ylab 
quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida ozon(
0
3) hosil bo'ladi. 
U n in g   eng  k o 'p   ko n se n tra tsiy asi  yer  yuzidan  22 -25  km. 
balandlikda kuzatiladi.  Ozon yer sathining yuqori kengliklarida 
ko'p, o 'rta va quyi kengliklarida kam kuzatiladi.  Uning miqdori 
faslga qarab ham o'zgarib turadi: bahorda ko'payadi, kuzda esa 
kamayadi. Yerdan 55 km. balandlikkacha harorat ortib, -3-0°C 
ga  yetadi.  Stratosferadan  so'ng 
mezosfera 
qatlami  joylashgan 
bo'lib, uning yerdan balandligi 85 km.gacha boradi.  Bu qavatda 
harorat  asta-sekin  pasayib,  85-95  km.  balandlikda  -100°C dan 
130°C ga yetadi. Bu qavatdan yuqorida 
ionosfera 
yoki 
termosfera 
qavati joylashgan.  Uning  balandligi  yerdan  200-300  km.gacha 
boradi.  Bu  yerda  harorat  yana  ortib  1000°C  atrofida  bo'ladi. 
Ionosfera  qavatidan  keyin 
egzosfera 
qavati  keladi.  Uning  eng 
yuqori chegarasi yer sathidan 
2 0 0 0
 km.balandlikda joylashgan. 
Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi neytral 
vodoroddan,  proton  va  elektronlardan  tashkil  topgan.
Eng  toza  havo  okean  suvlari  ustidadir.  Qishloqlar  ustida 
havodagi chang zarralari  miqdori  okean  yuzasidagiga  nisbatan 
10  barobar,  shaharlar  ustida  35  barobar,  sanoat  korxonalari 
ustida  150  barobargacha  ortiq  bo'ladi.  Havoning  chang  bilan 
ifloslanishi,  asosan,  yer  sathidan  1,5-2  km.  balandlikkacha 
kuzatiladi  va  quyosh  nurlarini  yozda  20  %  ini,  qishda  50  % ini 
tutib  qoladi.  Yerda  hayotning  davom  etishi,  asosan,  havoning 
tozaligiga  bog'liq.  Masalan,  inson  ovqatsiz  va  suvsiz  bir  necha 
kun  yashay  olishi  mumkin,  ammo  havosiz  faqat  5  minutgina 
yashaydi.  Bir kishi  kuniga  1  kg ovqat va 2  litr suv iste’mol qilib, 
25  kg havoni  nafas  olish  uchun sarflaydi.

Toza  havo  faqat  inson  uchungina  emas,  balki  hayvonot  va 
o'sim lik  dunyosi  uchun,  shuningdek,  antibio tiklar,  yarim 
o'tkazgichlar,  yuqori  aniqlikka  ega  bo'lgan  o'lchov  asboblari 
ishlab  chiqaradigan  sanoat  tarmoqlari  uchun  ham  zarurdir. 
4

jadvalda atmosfera havosining gaz tarkibi, hajmi va massasining 
1995  yilga  q a d a r   b o 'lg a n   holati  t o 'g 'r i s i d a   m a ’l u m o tla r  
keltirilgan.
4-jadval
Atmosfera havosining tarkibi (1965—1995-yillar davomida havo 
tarkibiga antropogen ta ’sirlar ham hisobga  olingan.
Manba:  G row -H illed)
G a z la r  nomi
H ajm i  bo'yicha,  %
M assasi  b o 'y ich a,  %
Azot
78.01
75.53
Kislorod
20.95
23.14
Argon
0.93
1.28
Karbonat angidrid
0.036
0.051
Neon
1.8*1 O'3
1.25* I O'3
Geliy
5.24* 10"*
7.24* I O'5
Metan
1.7*1 O'4
9.41 *10*5
Kripton
1.14’ Ю*4
3.3* I0-*
Azot oksidlari
5*10 '5
7.6* 10'5
Ko'rinib  turibdiki,  ushbu  gazlardan  ikkitasi  hajmi  bo'yicha 
asosiy  tarkibni  hosil  qiladi.  Bulardan  azot  78%  ni,  kislorod  esa 
21% ni  tashkil  qiladi.  Bu gazlarni makrogazlar deb atash qabul 
qilingan.  B ulard an  tashqari  havo  ta rk ib id a   1  %  a tro fid a  
mikrogazlar deb  ataluvchi  gazlar  ham  mavjud.  Mikrogazlarga 
uglerod  qo'sh  oksidi(S02),  uglerod  oksidi,  ozon,  suv  bug'lari, 
metan,  ammiak,  azot oksidlari va boshqalar kiradi.
2.2. Atmosferaning  ifloslanishi
Atm osferaning ifloslanishi 
deb,  bir so'z bilan aytganda,  havo 
tarkibiga  begona  moddalar  va  qo'shimchalarning  me’yoridan 
ortiq  to'planishiga  aytiladi.  Havoning  ifloslanishi  tabiiy  yoki 
sun’iy(antropogen)  bo'lishi mumkin.

T a b iiy   ifloslan ish . 
Atmosferada  doim o  m a ’lum  miqdorda 
changlar b o'ladi.  U tabiatda sodir b o 'ladigan tabiiy hodisalar 
natijasida  hosil  bo'ladi.  Bunday  changlarni  3  turga:  y a ’ni, 
mineral  (noorganik),  organik  va  k o inot  changlariga  ajratish 
m u m k i n .   T o g '   j i n s l a r i n i n g   y e m i r il is h i   va  n u r a s h i ,  
v u lq o n la rn in g   otilishi,  to 'q a y   va  o 'r m o n l a r g a   o 't   ketishi, 
dengiz  suvlarining  parlanib  havoda  tuzga  aylanishi  mineral 
changlarning hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Organik changlar 
havoda  yashovchi  aeroplankton  organizm lar,  bakteriyalar, 
sporalar, o'simlik urug'lari, o'simlik va hayvonlaming chirindi 
va  c h iq in d ila ri  hisobiga  hosil  b o 'l a d i .   K o in o t  c h a n g la ri 
m e t e o r i t l a r n i n g   a t m o s f e r a d a n   o ' t i s h   v a q t i d a   y o n g a n  
qoldiqlaridir.
A n tr o p o g e n   iflo sla n ish  
a so sa n   t r a n s p o r t   v o s ita la rid a , 
s a n o a t   k o r x o n a l a r i d a   va  e n e r g i y a   i s h l a b   c h i q a r u v c h i  
t a rm o q la rd a   organik  yonilg'ilardan  foydalanish  natijasida 
hosil bo 'lad igan  chiqindilar va ajratm alarning havo havzasiga 
tu sh ish i  o q i b a t i d a   so d ir  b o 'l a d i .   A tm o s f e ra   h a v o s in in g  
i f l o s l a n i s h i   m u a m m o s i   b u t u n   i n s o n i y a t n i   t a s h v i s h g a  
s o l m o q d a .  Bu  m u a m m o ,  a y n iq s a ,  s a n o a t i   r i v o j la n g a n  
m a m la k a t la r d a   eng  o 't k ir   m u a m m o la rd a n   b o 'lib   turibdi. 
Atmosfera  havosi  ifloslanishidan  insonlarga  yetkazilayotgan 
zarar  sanoat  va  maishiy  chiqindilami  ochiq  suv  havzalariga 
tashlashdan  yetkaziladigan  zarardan  kam   emas.
A t m o s f e r a  
h a v o s i 
b i t m a s - t u g a n m a s  
r e s u r s l a r  
kategoriyasiga  kiradi.  Ammo  insonlarning  xo'jalik  faoliyati 
atmosferaga  t a ’sir  ko 'rsatadi  va  uning  tarkibini  o'zgartirib 
yuboradi.  Bunday  o'zgarishlar  k o 'p in ch a   shunday  katta  va 
t u r g 'u n   a h a m iy a tg a   egaki,  uni  h im o y a   qilish  c h o ra larin i 
ko'rishga  t o 'g 'r i   keladi.
Transport vositalari va sanoat korxonalari sonining yildan- 
yilga  k o 'p a y i b   borishi,  turli  y o n i lg 'i la r d a n   foydala n ish, 
shuningdek, o 'rm o n larnin g  kamayishi,  okean suvlarining neft 
m a h s u l o t l a r i   b i la n   i f l o s l a n i s h i ,   y a d r o   q u r o l l a r i n i n g  
portlatilishi  natijasida atmosferadagi  kislorod miqdori  keskin 
kamayib,  k a rb o n a t  angidridi  va  azot  oksidlari  miqdorining 
oshishi  kuzatilmoqda.

9-rasm.  Turli  xil  qazilma  yonilg‘ilardan  (k o ‘m ir,  neft,  tabiiy  gaz) 
foydalanish  natijasida  atm osfera  havosi  tarkibida  karbonat 
angidridining  oshib  borishi 
(M anba:  Keeling,  W horf,  W ohlon  va  W an  der  Plich,  1995).
Agar  havo  tarkibida  k a rb o n a t  angidridi  m iqdori  oshib 
boraversa,  uning ifloslanishining oldi  olinmasa,  yana  50  yildan 
so‘ng yer yuzasi harorati 
0
‘rtacha  1,5-3,0°C ga oshishi mumkin. 
N a t i j a d a   m u z l ik l a r n i n g   erish i,  o k e a n   s u v la ri  s a th in in g  
k o ‘tarilishi,  quruqlikning  bir  qismini  suv  bosishi,  geografik 
muhitning o ‘zgarishi sodir b o ‘ladi.
A k a d e m ik   A .P. V in o g r a d o v   va  F r a n s u a   R a m a d a  
m a ’l u m o t l a r i g a   k o ‘ra,  h o z irg a   kelib  a tm o s f e r a d a g i  
uglerod(II)oksidi yildan-yilga ortib bormoqda.  Bu holat yonish 
hisobiga yo ‘qolgan kislorod miqdoriga mos tushadi. Yer yuzida 
inson  paydo  b o ‘lib  olov  hosil  qilishni  bilgandan  boshlab,  toki 
shu  kunga  qad ar  yondirilgan  yonilg‘ilar  uchun  sarf  boMgan 
kislorod  273  milliard  tonnani  tashkil  qilgan.  Shundan  246 
milliard tonnasi  yoki 90 foizi keyingi  100 yillikka to ‘g ‘ri keladi.
Uglerod aylanma  harakatining buzilishi va atmosferada SO, 
ning  yig'ilishi  Yerdagi  kimyoviy  m uv ozanatga  katta  t a ’sir 
k o ‘rsatadi.  Atmosfera  havosi  asosan  yonilg‘i  resurslaridan 
foydalanish  k o ‘lamining  o ‘sishi  hisobiga  ifloslanadi.  Hozirgi 
kunga  kelib yonilg
4
 i resurslaridan foydalanish 
22
 milliard tonna 
shartli yonilg‘i birligiga yetdi. Buning yarmidan ko ‘pi rivojlangan 
davlatlar  hissasiga  t o ‘g ‘ri  keladi.  Yonilg'ilar  yondirilganda

10-rasm.  A tm osferada  zararli  gazlar m iqdorining  oshib  borishi  bilan 
o 'rta c h a   haroratning  o'zgarishi o 'rtasidagi  bog'liqlik.
atm osferaga  asosan  uchuvchan  qurum ,  oltingugurt  va  azot 
oksidlari chiqadi.  Ba’zan gazlar vanadiy, ftor birikmalari, chala 
y o n g a n   m a h s u l o t l a m i   o ‘zida  s a q la g a n   boMadi.  S a n o a t  
k o r x o n a la ri  va  tra n s p o rt  v o sita la rin in g   j a d a l   s u r ’a tla rd a  
rivojlanishi  va  k a tta   m iq d ord a  y onilg‘ilarning  yondirilishi 
natijasida atmosferadagi erkin kislorod zaxiralari tez sur’at bilan 
s a r f   boM moqda  va  u g lero d (II)o k s id in in g   m iq d o ri  keskin 
oshmoqda.  Oqibatda  tabiatda  uglerodning  aylanma  harakati 
buzilmoqda.
A tm o sfe r a   h a v o sin i  iflo s la n tir u v c h i  m a n b a la r. 
R a sm iy  
m a ’lumotlarga  qarag and a,  atmosferaga  dunyo  b o ‘yicha  50 
m illion  to n n a   har  xil  u g le v o d o ro d la r,  260  m illion  to n n a  
oltingugurt  oksidlari,  50-60  million  tonna  azot  oksidlari,  2 
m illion  t o n n a d a n   o r tiq ro q   ch an g   va  kulsim on  m o d d a la r  
tashlanmoqda.  Atmosfera  havosining  kundan-kunga,  yildan- 
yilga bunchalik ifloslanib borishida avtotransportlarning «aybi» 
borligi  yaqqol  ko ‘rinib  turibdi.  Hozirgi  kunda  dunyo  b o ‘yicha 
500 milliondan  ortiqroq  avtomobil  mavjud  boMib,  ular  yiliga  3 
milliard  tonnadan  ortiq  uglevodorod  yoqilgMsini  sarflamoqda, 
uning yonishi natijasida atmosferaga juda katta miqdorda zararli 
gazlar ajralib chiqmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yer yuzasidagi 
barcha avtomobillar bir sutka davomida atmosferaga 0,5 million 
tonna uglerod oksidi, 
1000
 tonna uglevodorodlar, 26 ming tonna 
azot oksidlari va benzin bugMari chiqaradi.  100 km. yurgan bitta 
avtomobil  bir  kishi  bir  yil  davomida  nafas  olishi  uchun  sarf 
boMadigan  kislorodni  yoqib yuboradi. 
1
  ta  yengil  avtomobil  bir

yilda atmosferaga 297 kgzaharli is gazi, 39 kg uglevodorodlardan 
iborat  konserogen  moddalar, 
10
  kg zaharli  azot  oksidlari, 
2
  kg 
chang,  1  kg  oltingugurt  oksidi  va  nihoyat  0,5  kg  o ‘ta  zaharli 
q o ‘r g ‘o s h in   b i r i k m a l a r i n i   t a s h l a m o q d a .  K a r b y u r a t o r l i  
dvigatellar bilan  ishlovchi  avtomobillarning  so‘ndirgichlaridan 
chiqadigan  asosiy  zararli  gazlar  uglerod  va  azot  oksidlari, 
u g le v o d o r o d l a r   h is o b la n s a ,  dizel  y o n i lg ‘isiga  ish lo v c h i 
dvigatellarda  azot  va  oltingugurt  oksidlari  hamda  qurumdir. 
Shuni  ham   t a ’kidlash  joizki,  a v to m o b illard a n   chiqadig an 
q o ‘rg‘oshin zarrachalarining 40 foizi diametri 5 mkm. dan kichik 
b o ‘lgan  zarrachalardir.  Ular  uzoq  muddat  davomida  muallaq 
holatda turish va havo orqali hayvonlar va insonlar organizmiga 
kirish xususiyatiga ega.  M a ’lumotlar shuni k o ‘rsatadiki, AQSH 
va  Yaponiyada  atmosferani  ifloslantiruvchi  manbalar  ichida 
a v t o t r a n s p o r t   v o s ita la r i  old in gi  o ‘rin d a   t u ra d i.  X o rijiy  
mamlakatlar atmosferasini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi
uglevodorodlar va  azot  oksidlari  barcha  tajovuzkor gazlarning 
60-70  %  ini  tashkil  qilsa,  respublikamizda  bu  k o ‘rsatkich  35 
foizni,  ayrim   s h a h a rla rd a   (Andijon,  Buxoro,  S a m a rq a n d , 
T oshkent)  esa  80  foizni  tashkil  qiladi.  M ustaqil  D a v la tlar 
H am d o‘stligi  hududlarida  avtotransport  vositalari  tomonidan
1988-yilning o ‘zida 35,8 million tonna zararli tashlamalar havoga 
chiqarib  tashlangan.  M oskva,  Sankt-Peterburg,  T oshkent, 
Yerevan  va  boshqa  shaharlar  havosida  is  gazi  ruxsat  etilgan 
m e ’yordan  3-10  marta  ziyod  ekanligi  qayd  etilgan.  Bu  borada 
kundan-kunga  k o ‘payib  borayotgan  havo  laynerlari  ham  o ‘z 
hissasini q o ‘shmoqdalar.  Jumladan,  «Boing-707»  tipidagi  bitta 
havo  layneri  6850  ta  avtomobildan  chiqadigan zaharli  gazlarni 
atm osferaga  tashlaydi.  Bunday  va  bunga  o ‘xshagan  havo 
laynerlaridan  necha  minglab  uchib  yurganligi  hisobga  olinsa, 
ularni havo muhitiga yetkazayotgan zararini tasavvur qilish qiyin 
emas.  Hozirgi vaqtda  biosfera  turli  tashqi  kuchlar  t a ’siri ostida 
yildan-yilga o ‘zgarib bormoqda.
Dizel dvigateli bilan ishlaydigan traktor va kombaynlar ham 
atmosferani  ifloslaydi.  Bu mashinalar katta maydonlar  bo'ylab 
tarqoq  holda  ishlasa-da,  ulardan  chiqqan  zararli  gazlar  tezlik 
bilan havoga tarqaladi. Shuning uchun ulardan foydalanilganda

y o n i l g 4i  t a ’m in o ti  va  y o n ish   tiz im la rin i  so z la b ,  t o ‘g ‘ri 
ekspluatatsiya qilish lozim.  K o ‘plab benzin va  kerosinlar ularni 
saqlash,  avtomashinalardan  traktor  va  kombaynlarga  quyish 
vaqtida  bugManadi.
Atmosferani ifloslantirishda transport vositalarining «hissasi» 
respublikamiz  hududida  yuqoriligicha  qolmoqda.  Respublika 
b o ‘yicha  bu k o ‘rsatkich  35  foizni,  ayrim shaharlarda  (Andijon, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent) esa 80 % ni tashkil etadi. Keyingi 
yillarda olib borilgan kuzatishlar shuni ko ‘rsatadiki, rak kasalligi 
kelib chiqishida avtomobilda yonilg‘ining chala yonishi natijasida 
ajralib  chiqadigan  aromatik  uglevodorodlar  ham  rol  o ‘ynashi 
m a ’lum  boMdi.  Sanoatlashgan  va  transport  harakati  kuchli 
rivojlangan  hu dudlarda  bu  kasaldan  nobud  boMish,  boshqa 
regionlarga  nisbatan  15-30 %  ortiqligi  aniqlangan.
11-rasm.  Energetika  korxonalari  tashlam alari.
Sanoat  tashlamalarining  kimyoviy  tarkibi  yonilgM  turiga 
(qattiq,  suyuq,  gazsimon)  va  uni  yondirish  usullariga  k o ‘ra 
turlicha  boMadi.  K o ‘mir,  neft,  gaz  yonilgMlari  yonganda  turli 
sab ab la rg a   k o ‘ra  toMa  yonm aydi.  Shuning  uchun  s a n o a t 
korxonalaridan  atm osferaga  katta  m iqdorda  chala  yongan 
zarrachalar (qurum,  kul, chang) va zararli gazlar (uglerod q o ‘sh 
oksidi), uglevodorodlar, oltingugurt birikmalari, oltingugurt (II) 
oksidi,  azot  oksidlari  chiqadi.  Quyidagi  rasmlarda  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  h u d u d id a   joylash g an  s an oat  k o r x o n ala rid a n  
a tm o s fe r a g a   t a s h l a n a d i g a n   c h iq i n d i l a r n i n g   s o lis h tir m a  
miqdorlari  keltirilgan.

200
  '  Т 
150 
100 
SO
О
qstiiq 
S O
2
 
СО 
N O , 
С ^Н ,
12-rasm.  O 'zbekiston  bo'yicha  neft  va  gaz sanoati  korxonalaridan 
havoga  chiqadigan  tashlam alar m iqdori  (ming  tonna  hisobida).
qittiq  S02 
CO 
NO,  C,H,
13-rasm.  O 'zbekiston  bo'yicha  m etallurgiya  sanoati  korxonalaridan 
havoga  chiqadigan  tashlam alar.
10 
8 
6 
4
2 
0
qattiq 
S02 
CO 
NO,
14-rasm.  O 'zbekiston  bo'yicha  yengil  sanoat  korxonalaridan  havoga 
chiqadigan  tashlam alarning  miqdori.

qat liq 
SO;  
CO 
NOx  uchuvchan  oreanik
birikm akr
15-rasm.  0 ‘zbekiston  bo'yicha  oziq-ovqat  sanoati  korxonalaridan 
havoga  chiqadigan  tashlam alarning  m iqdori.
16-rasm.  O 'zbekiston  bo'yicha  kimyo  san o ati  korxonalaridan  havoga 
chiqadigan  tashlam alarning  m iqdori.
C a H m
17-rasm.  O 'zbekiston  bo'yicha  kom m unal  xo'jaligidan  havoga 
chiqadigan  tashlam alarning  m iqdori.

Sanoat  ko rxon alari  tashlam alarini  ikki  guruhga  boMish 
mumkin. Birinchi guruhga 
«tashkil_etilmagan_tashlam_a»lar'>«tashkil etilmagan tashlam a»lar 
kiradi. 
U la r   k o r x o n a l a m i n g   t o z a l a s h   q u r i l m a l a r i   b ila n   toMa 
t a ’m in la n m a g a n lig i,  m a te r ia lla m i  tash ish   t o ‘g ‘ri  tash k il 
etilmaganligi,  xomashyolami  saqlash  qoidalariga  yetarli  amal 
qilinmasligi  natijasida  hosil  boMadi.  Ikkinchi  guruhga 
«tashkil 
etilgan tashlam a»lar 
mansub. Bunday tashlamalar maxsus tutun 
m o ‘rilari,  dudburonlar,  ventilyatsiya  tizimlari  kabilarni  tashkil 
etish orqali kamaytiriladi.  Ayniqsa,  kimyo, metallurgiya,  neftni 
qayta  ishlash  sanoati  va  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish 
korxonalarining tashlamalari juda xavfli. Toksik moddalar inson 
organizmiga  havo  orqali  kirib,  shu  ondayoq  qonga  so‘riladi. 
U la rn in g   xavflilik  d a ra ja s i  o s h q o z o n -ic h a k   tra k ti  o rq ali 
boMadigan  t a ’sirdan bir necha marta  kuchli  boMadi.
Qora  va  rangli  metallurgiya  korxonalari  chang,  oltingugurt 
gazi,  uglerod  va  azot  oksidlarini  havoga  chiqaradi.  Alyuminiy 
sanoati esa atmosfera havosini ftor bilan ifloslantiruvchi manba 
hisoblanadi.
Amerika  olimlari maMumotlariga k o ‘ra, sement zavodlarida 
bir  to n n a   sement  m ahsulotini  ishlab  chiqarish  m o b ayn ida 
taxminan  100  kg  sement  changi  havoga  chiqariladi.  Sement 
zavodlari joylashgan  hududlar havosining ifloslanishi  korxona 
atrofidagi  1000  m etrgacha  boMgan  m intaqanin g  tu p ro q   va 
o ‘simliklar qoplamining kuchli  darajada  ishdan  chiqishiga  olib 
keladi.  Sement changlari  tuproq  ustida  yigMlib,  uning ichigacha 
kirib  boradi  va  tuproq  yuzasida  o ‘ziga  xos  texnogen  qatlam 
shakllanadi.
Issiqlik elektr stansiyalaridan olinadigan elektr quvvati asosan 
k o ‘mir,  mazut,  gaz  kabi  yonilgMlar  yonishining  hosilasidir. 
Masalan,  bir kvt/soat elektr quvvati olish uchun 290-350 gramm 
k o ‘mir kerak boMadi. Tabiiyki, toshko‘mirning yonishi natijasida 
uchuvchan  chang,  qurum,  kul  paydo  boMadi.  Bu  m urakkab 
aralashm alar  zaharli  gazlar  bilan  birga  atmosfera  havosiga 
tarqaladi. Toshko‘mir tarkibidagi oltingugurt yonish jarayonida 
sulfid  angidridiga  aylanadi,  u esa o ‘z navbatida  havo  havzasiga 
tushib,  uni  ifloslantiradi.  Moddalar  yonishidan  hosil  boMgan

yuqori  darajali  harorat  alanga  atrofida  havodagi  azot  bilan 
birikib  tajovuzkor azot  oksidiga  aylanadi.  Atmosfera  havosiga 
uchib  chiqadigan  is  gazi  va  uglevodorodlar  salmog'i  yonilg
41 
(ko‘mir) yondirilayotgan jarayonga bog'liq boMadi. Toshko'm ir 
qanchalik to‘la-to‘kis yonsa, chiqindi moddalar shunchalik kam 
bo'ladi.  M a ’lumotlarga  qaraganda,  1000  mVt  quvvatga  ega 
bo'lgan issiqlik elektrostansiyalari yil davomida 3800 tonna turli 
tarkibli  zararli  chiqindilami  atmosferaga  chiqarib  tashlaydi. 
Shuningdek,  bir  tonna  toshko'mir  yonganda  havoga  83,4  kg 
oltingugurt  oksidi,  44,1  kg  azot oksidi,  374 kg chang,  1,1  kg  is 
gazi, 0,4 kg uglevodorodlar va 0,01  kg aldegidlar ajralib chiqadi.
O'zbekiston  Respublikasi  hududida  joylashgan  2600  dan 
o r tiq   k o r x o n a l a r d a n   yiliga  164  m in g   to n n a   150  tu rd a g i 
ifloslantiruvchi  m o d d a la r   havoga  c hiqarib  yu borilm oqda. 
U l a r d a n   87%i  r e s p u b l ik a n i n g   a s o siy   s a n o a t   p o te n s ia li 
hisoblangan Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Farg'ona, Navoiy 
viloyatlarida joylashgan korxonalar hissasiga to'g'ri keladi.  1987- 
yilda  sanoat  korxonalari  tomonidan  atmosferaga  tashlangan 
chiqindilar miqdori respublikada aholi jo n  boshiga  150-211  kgni 
ta s h k il  q ilg a n   b o 'l s a ,   1996-yilda  O 'z b e k i s t o n   b o 'y i c h a  
atm osferaga  t u r g 'u n   va  h arak a tla n u v c h i  m a n b a lard a n  

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling