P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Download 3.89 Kb.

bet7/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24

1,8 
million tonna zararli moddalar tashlangan. Bu ko'rsatkich  1991- 
yildagidan 2 million tonna,  1995-yildagidan esa  165 ming tonna 
kam  demakdir.  Tabiatni  muhofaza  qilish  tadbirlarini  amalga 
oshirish  natijasida  jam i  32,7  ming  to nn a  chiqindi  tashlanib, 
shundan  ishlab  chiqarish  sexlari,  uchastkalari  va  obyektlarini 
t o 'x t a t i b   q o 'y i s h   h iso b ig a   3,58  m in g   to n n a   ta s h l a m a la r  
qisqargan.  (Keltirilgan  m a ’lumotlarda  atmosferaga  aviatsiya, 
temiryo'l,  daryo  transportlari,  hayvon  saqlash  majmualari, 
shaxsiy isitish pechlari, chiqindixonalarning yondirilishi, karyer 
changlari va boshqa ifloslantiruvchi manbalardan chiqariladigan 
tashlamalar hisobga olinmagan).
Umumiy  ifloslantiruvchi  tashlamalarning  53%  ni  uglerod 
oksidi,  15% ini oltingugurt angidridi va  15% ini yuqori toksiklik 
hossasiga ega bo'lgan moddalar, 
8
 % ini uglevodorodlar,  5% ini 
qattiq moddalar va 4% ini  azot oksidlari  tashkil qiladi.

Turg‘un  m anbalardan  atmosferaga  150  dan  ziyod  zararli 
m o d d a l a r   c h iq a r ib   y u b o r il m o q d a .   S h u l a r d a n   84%  ini 
Toshkent(300  ming  tonna),  Qashqadaryo  (214  ming  tonna), 
Buxoro(99 ming tonna), F arg ‘ona(57 ming tonna) va Navoiy(47 
ming tonna) viloyatlarida joylashgan korxonalar hissasiga to ‘g‘ri 
keladi.
2.3.  Atmosferada  kechadigan  fizik-kimyoviy jarayonlar
«Issiqxona  effekti»  hodisasi. 
Bir  qator  mikrogazlar  yerning 
issiqlik muvozanatining o ‘zgarishida muhim rol o ‘ynaydi va yer 
yuzida  asta-sekin  h a ro ra tn i  oshib  borishini  xarakterlovchi 
«issiqxona  effekti»  deb  ataluvchi  hodisani  sodir  qiladi.  Bu 
hodisaning  sodir  b o ‘lishida  asosiy  o ‘rinni  egallovchi  gazlar 
yorugMik  nurlarini  o ‘zidan  o 4tkazib  yuborsa-da,  infraqizil 
nurlarni tutib qoladi. Quyosh nuri atmosfera orqali o ‘tib, yerning 
yuza  qatlamini  isitadi  va  yer  o ‘zidan  issiqlik  hamda  infraqizil 
nurlarni  qaytaradi.  Atmosferadagi  «issiqxona  effekti»ni  hosil 
qiluvchi  gazlar  miqdorining  o ‘zgarmasligi  natijasida  yerning 
issiqlik  balansi  doimiydir.  Agar  ularning konsentratsiyasi  havo 
tarkibida oshib borsa,  shunga monand ravishda harorat balansi 
ham  o ‘zgarib,  yer  yuzasining  isishi  sodir  boMadi.  «Issiqxona 
effekti»ni  hosil  qiluvchi  gazlardan  3  tasi,  ya’ni  uglerod  q o ‘sh 
^ksidi,  metan  va  suv  bugMari  eng  k o ‘p  ahamiyat  kasb  etadi. 
C h u n k i ,  a y n a n   u l a r n i n g   k o n s e n t r a t s i y a l a r i   b io s f e ra g a  
a n tro p o g e n   t a ’sirlar  n a tija s id a   tez  oshib  b o rad i.  Issiqlik 
nurlarining  «soya  solish»  xususiyati  metan  va  ayniqsa,  azot 
gemoksidi  molekulalarida  yuqori,  ammo  uglerod  q o ‘sh 
oksidi 
molekulasida  bu  xususiyat  nisbatan  past.  Uglerod  q o ‘sh  oksidi 
atmosferaga  organik  yonilgMlarni  -   neft,  gaz,  k o ‘mir,  o ‘tin 
boshqa  yonilgMlarning  yonishi  hamda  organizmlarning  nafas 
olishi  hisobiga  chiqariladi.  Bunday  mikrogazlar  oqimi  boMib 
dunyo  okeanlari  ham  xizmat  qiladi.  Dunyo  okeanlari  suvining 
tubida yotqiziqlar k o‘rinishida to‘planadigan karbonatlar shular 
jumlasidandir.  Uglerod  qo'sh  oksidining  katta  qismi  fotosintez 
j a r a y o n id a   hosil  boMadi  va  yangi  hosil  boMgan  o rg a n ik  
birikmalar tarkibiga  kirib birikadi.

Ozon  qavatining  yemirilishi.  Ozon  qavatining  yemirilishi 
haqida olimlar 50-yillarning boshida ogohlantirishgan edi. Uning 
yemirilishi  yuqori  tovushli  sa m o ly o tla r  tashlaydigan  azot 
oksidlari bilan bogMiq degan fikrni ilgari surganlar. Ammo  1974- 
yilga  kelib  ozon  e k ra n id ag i  « tesh ik la r»   s u n ’iy  kim yoviy 
birik m a lar  -   ftor-xlor  u glerodlar(F X U )ning  t a ’siri  natijasi 
ekanligi  aniqlandi.  Bu  gazlar  parfyumer  sanoatida,  sovutkich 
qurilmalari,  kondensionerlar  va  o 4   o ‘chirish  vositalari  ishlab 
chiqarishda keng ishlatiladi. Yer sharining har qanday regionidan 
atm osferaga  tashlanadigan  F X U   bu tun  atm osfera  b o ‘ylab 
t a r q a l a d i   va  A n t a r k t i d a   u s tid a   o ‘ziga  xos  m a ’lum   bir 
chegaralangan  qutb girdobiga  tushadi.  Bu  holat  yopiq qozonni 
eslatib, butun qish va bahor fasllari davomida havo massasining 
almashinuvi sodir boMmaydi va ozonning yemirilishiga ham hech 
narsa  t o ‘sqinlik  qilmaydi.  Hozirgi  kunda  Antarktidadagi  ozon 
teshigining  yuzasi  AQSH  h u du d ig a  teng  boMgan  m ay d o n  
oMchamiga yaqinlashgan. Olimlarning xulosalariga k o ‘ra,  1978- 
yildan  1984-yilga  q a d a r  ozon  m iq d ori  3  %  ga  kam aygan. 
Antarktida  ustidagi  ozon qatlami  tezlik  bilan  yemirilmoqda  va 
hozirgi vaqtda uning qalinligi  1960-yillardagiga nisbatan 
2
 marta 
kamaygan. Yuz minglab zavodlar m o ‘risidan chiqayotgan gazlar 
ozon  qatlami  qalqonining  teshilishiga  sabab  boMmoqda.  Agar 
butun  dunyodagi  mamlakatlar  havoga  tashlanayotgan  bunday 
zarar keltiruvchi moddalar chiqishini  to ‘xtatib q o ‘yganda  ham, 
ular atmosferada bir necha yil saqlanadi (18-rasm). Erkin holdagi 
xlor miqdori atmosfera qatlamlaridagi ozon teshigi mintaqasidan 
100-400 marta  katta.
Ozon qavatining yemirilish muammosini hal etish maqsadida 
1965-yilda  «Ozon  qavatini  muhofaza  qilish  to‘g ‘risida»gi  Vena 
konvensiyasi  imzolangan.  1987-yilda  Monreal  konferensiyasi 
boMib, unda 56davlatdan vakillar qatnashdilar.  Konferensiyada 
ozon qavatini yemirilishga olib keluvchi zararli frionlarni ishlab 
chiqarishni  50  %  ga  kamaytirish,  ularni  xlorsiz  moddalar  bilan 
almashtirish,  ftor  va  aerozollarni  qoMlashni  taqiqlash,  uning 
o ‘rniga  boshqa  ekologik  jihatdan  toza  gazlardan  foydalanish 
kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi va bayonnomalar imzolandi.

и-------
1
 


I —  Г-  v— Г'Ч 
I  'I'  «4  'I1
 

I
90 
80  70 
60 
50  40  30 
20  10 
0  10 
20  30  40 
50  (50 
70  20  90
Shmol 
Kenglik(duaja) 
Jinub
18-rasm.  A tm osferada  ozon,  aerozol  va  suv  b u g ‘larining  tarqalishi, 
h ara k ati  va  saqlanib  turish  vaqti  (M anba:  F.R om adi,  1998).
1 9 89 -yild a n   b u y o n   0 ‘r ta   O siy o   g i d r o m e te o r o l o g i y a  
boshqarmasi  tomonidan  doimiy  ravishda  Markaziy  Osiyoning 
to g ‘lari  va  tog
4
  oldi  hududlarida  ozonning  umumiy  miqdori 
(OUM )  o ‘rganib  kelinmoqda.  U chta  respublika  hududida 
joylashgan 
10
  ta  stansiyadan  iborat  ozonometriya  ta rm o g ‘i 
tashkil  etilgan.  Ulardan  5  tasi  0 ‘zbekiston  hududida  kuzatuv 
ishlari olib boradi. Kuzatuv postlari M-124 rusumli ozonometrlar 
bilan jihozlangan.  MS  «Toshkent» deb nomlangan  stansiyadan 
tashqari barcha stansiyalarda kuniga 3 martadan tushlikka yaqin 
O U M   kuzatiladi.  MS  «Toshkent»  stansiyasida  1993-yilning 
n o y a b r  oy id an   boshlab  kuzatish  olib  boriladi  va  olingan 
m a ’l u m o t l a r   h a r   kuni  S a n k t - P e t e r b u r g d a g i   m a r k a z i y  
observatoriyaga  j o ‘natiladi.  Bundan  k o ‘zda  tutilgan  maqsad. 
x a l q a r o   tiz im d a   m a ’l u m o t la r   a lm a s h in u v id ir .  Q o lg a n  
stansiyalardan  olingan  m a ’lumotlar  yig‘iladi  va  0 ‘rta  Osiyo 
gidrometeorologiya  ilmiy  tekshirish  institutida  tahlil  qilinadi. 
Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, Toshkent ustida  OUM  1989- 
yilda  10-12% ga kamaygan. OUM fasllargaqarabo‘rganilganda 
uning  kam ayishi  kuz  faslida  sodir  b o ‘lishligi  a n iq langan. 
Markaziy Osiyo tog‘larida ozon qatlamining yemirilayotganligini

M eteor-3  rusumli  s u n ’iy  yoMdoshga  o ‘rnatilgan  «TOMS» 
apparati  m a ’lumotlari  ham  tasdiqlaydi.  Ozonning  minimumi 
P o m ir d a ,  e h tim o l,  H in d iq u sh   va  H im o la y   togMarigacha 
ch o ‘zilgan boMishi mumkin.  Respublikaning 
8
 ta sanoatlashgan 
shaharlarida  kimyoning  «nam»  usulida  yer  yuzasidagi  toksik 
ozonni kuzatish ishlari olib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra ozon 
miqdori  0,006 dan 0,056 gacha o ‘zgarib turadi.  Shu bilan  birga 
ozon  konsentratsiyasining  har  yili  1-4  %  ga  oshayotganligi 
kuzatilmoqda.
«Fotokimyoviytsmog». «Smog» so‘zi birinchi marta  1905-yilda 
ishlatilgan  b o ‘lib,  uni  ingliz  tilidan  tarjimasi  tutun  m a ’nosini 
beradi.  Sanoat  korxonalari  va  transport  vositalaridan  ajralib 
chiqayotgan gazlar tufayli havoning ogMrlashib, sarg‘ayib tuman 
hosil  boMishi  kuzatiladi.  Smog  hosil  b o ‘lganda  havoda  juda 
yomon qoMansa hid paydo boMadi.  Uning miqdori qancha k o ‘p 
boMsa,  odamlar  o ‘zini  shuncha  yomon  his  qiladilar.  Bunday 
hodisa  birinchi  m arta   L o n d o n d a   kuzatilganligi  sababli,  u 
«London  smogi»  deb  atalgan.  Kuzatishlar  shuni  ko‘rsatadiki, 
London smogining hosil boMishida S 0 2gazi asosiy rol o ‘ynaydi. 
Smog  vaqtida  uning  atmosferadagi  konsentratsiyasi  5-10  mg/ 
m
3
  va  undan  ortiq  boMgan.  Demak,  bundan  ko‘rinib  turibdiki, 
qayerda oltingugurtga boy yoqilg‘ilar ishlatilsa, o ‘sha joyda smog 
hosil  boMishi  ortadi.  Smog  hosil  bo ‘lish  sabablarini  o ‘rganish 
natijasida shu narsa m a ’lum boMdiki,  yilning issiq kunlarida va 
kuzning  dastlabki  oylarida  London  smogidan  farq  qiladigan 
boshqa  xil  smoglar  hosil  boMishini  kuzatish  mumkin.  Bunday 
smog  birinchi  marta  AQSH  ning  Los-Anjelos  shahri  tepasida 
kuzatilganligi  sababli,  uni  «Los-Anjelos»  smogi  deb  ataladi. 
Bunday  smog  quyosh  nuri  t a ’sirida  yuz  berganligi  m a ’lum 
boMgandan  keyin  unga  «fotokimyoviy  smog»  deb  nom  berildi. 
Keyingi  yillarda  sano at  k o rx o n ala rin i  va  k a tta   tra n sp o rt 
yoMlarini shaharlar tashqarisiga chiqarilganligi sababli  London 
smogining  hosil  boMishi  ancha  kamaydi.  Ammo  hozirgi  bir 
vaqtda  dunyoning  deyarli  hamma  katta  shaharlari  osmonida 
fotokimyoviy  smogning  hosil  boMishi  ortmoqda.  M a ’lumki, 
London  smogi  hosil  boMishida  asosiy  rolni  S 0 2va  sanoat 
korxonalaridan  chiqayotgan  har  xil  chiqindilar  o ‘ynasa,  bu

smogning  hosil  boMishida  asosiy  rolni  har  xil  fotooksidantlar, 
ya’ni oksidlovchilar o ‘ynaganligi sababli,  uning hosil b o ‘lishida 
uni  hosil  qiluvchilar  orasida  ikkilamchi  jarayonlar  ketib,  bu 
jarayonlar  natijasida  hosil  boMgan  m oddalarning  zaharliligi 
dastlabki  moddalarga  nisbatan  bir  necha  m arta  ortib  ketadi. 
Yana  shunisi  ham   xarakterliki,  fotokimyoviy  smogni  hosil 
qilishda  ishtirok  etad ig an  gazlar  konsentratsiyasi  L ond on 
smogini  hosil  qiladigan  gazlar  konsentratsiyasidan  ancha  kam 
boMishi  ham  mumkin.  Fotokimyoviy  smog  davrida  havoning 
rangi  k o ‘k-sariq  rangga  kiradi.  Havoning  hidi  qoMansa  boMib 
qoladi  va  k o ‘rinishi  keskin  yomonlashadi.  Fotokimyoviy  smog 
sharoitida kishilaming hid sezish va ko‘rish a ’zolaridan suyuqlik 
ajralib chiqishi  tezlashadi.  Yuqori nafas organlarining faoliyati 
buziladi.  Agar odamda  doimiy davom etadigan bronxial  astma 
va bronxit kasalligi boMsa, ular bunga juda sezgir boMib, deyarli 
doimo  fotokimyoviy smog davrida  takrorlanadi.  K o ‘pincha  uy 
hayvonlari,  it  va  m ushuklarning  oMimiga  sababchi  boMadi. 
0
‘simliklar zararlanib, dastlab barglarida suv to ‘planishi tufayli 
sh ish a d i,  s o ‘n g ra   q o v jir a b   quriydi.  F o to k im y o v iy   smog 
imoratlarga  ham  salbiy  t a ’sir  ko ‘rsatadi.  Ulaming  temir-beton 
konstruksiyasi  qismlarini  yemiradi.  B o‘yalgan  jo ylaridagi 
b o‘yoqlar yoriladi.  Rezina va sintetik materiallar ishdan chiqadi. 
T ransport  qatnovi  qiyinlashadi.  Bunda  o
4
z-o‘zidan  shunday 
savol  tugMladi,  xo‘sh,  fotokimyoviy  smogning  hosil  bo'lishida 
asosiy  rolni  nima  o ‘ynashi  mumkin? Kimyogarlar,  mediklar va 
boshqa mutaxassislar kutilmaganda fotokimyoviy smogni  kelib 
chiqishida asosiy rolni ilgaridan o ‘zining davolash hossalari bilan 
m a s h h u r   boMgan,  sogMiqni  saqlash  va  b o s h q a   d a v o la s h  
m u a s s a s a l a r i d a   f o y d a la n ib   kelingan  ozon  boMib  chiqdi. 
Ozonning zararli hossaga ega boMib qolishining sababi shundaki, 
uning konsentratsiyasi  fotokimyoviy  smogning  hosil  boMishida 
odatdagidan  bir necha  marta  ortishidir.
Kislotali  yomgMrlar.  Atmosferaning  oltingugurt  va  azot 
gazlari  bilan  ifloslanishi  bilan  bogMiq  holda  yogMnlarning 
kislotaga  aylanishi  namoyon  boMadi.  Bunday  hodisa,  odatda, 
atmosferaga oltingugurt va azot gazlari chiqaradigan yirik sanoat 
korxonalari  osmonida  sodir  boMadi  va  bulutlar  yordam ida

h a r a k a t l a n i b ,  boshqa  h u d u d la rg a   ham   y o g ‘ishi  m um kin. 
M a s a l a n ,  G e r m a n i y a   va  B u y uk   B r ita n iy a   h u d u d l a r i d a  
joylashgan korxonalardan tarqalgan azot va oltingugurt gazlari 
h a v o ga   chiqib,  undagi  suv  b u g ‘lari  bilan  birikib,  kislotali 
yomg‘irni  hosil  qiladi  va  bu  hudud  uchun  asosiy  hisoblangan 
g ‘arbiy  shamol  yo‘nalishiga  tushib,  Skandinaviya,  Baltika  va 
Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismining katta hududlariga  borib 
yog‘adi.  Kislotali yomg‘irlar ayniqsa nordon tarkibli  tuproqlar 
uchun  j u d a   xavfli.  Chunki  b u nday  y o m g ‘irlar  tu p ro q d a g i 
m oddalar  almashinuvini  buzadi,  ular  tuproq  tarkibidagi  og‘ir 
m etallarni  yuvadi.  N atijada  tuproqning  toksiklik  hossalari 
o s h a d i,  kalsiy  m iqdori  k a m a y a d i  va  o ‘simlikning  o ‘sishi 
to ‘xtaydi. K anada va Shvetsiyaning k o ‘pchilik koMlari ekologik 
jihatdan   o ‘lik  hisoblanadi.  Tahlillar  shuni  k o ‘rsatmoqdaki, 
Skandinaviya  davlatlaridagi  qator  k o ‘llar  suvining  kislotalilik 
darajasi pomidor sharbati va sut zardobi kislotaligiga,  bu yerda 
yog‘adigan  y o g‘inlarning  kislotaliligi  esa  oshxona  uksusi  va 
nordon  uzum vinosi kislotaligiga teng.  Bu  borada  Norvegiyada 
ham holat og‘ir.  Bu davlatda atmosferaga oltingugurt birikmalari 
c h iq a r il m a y d i , 
c h u n k i 
e le k tr 
energiyasi 
a s o s a n  
gidroelektrostansiyalarda  ishlab  chiqariladi.  Ammo,  atrofdagi 
t o g ‘la r  o ‘ziga  xos  o r o g ra f ik   q o p q o n   vazifasini  b a ja r ib , 
kislotalangan iflos yog‘inlarning hosil b o ‘lishiga yordam beradi. 
Natijada  suvning  kimyoviy  tarkibi  o ‘zgaradi.  Hozirgi  kunda 
Norvegiyadagi  koMlarning  deyarli  yarmida  hayot  alomatlari 
tugagan.  Oltingugurt  angidridi  havodagi  suv  va  bug‘lar  bilan 
o ‘zaro  t a ’sirlashib  sulfat  kislotasi  k o ‘rinishida  binolar  ustiga 
yog‘ishi  natijasida  binolar  tez  eskiradi  va  buziladi.  Kislota 
saqlovchi  yomg‘irlar  va  bug‘lar  tomlardagi  temir  tunukalarni 
korroziyaga uchratib, tez ishdan chiqishiga sabab boMadi. Kimyo 
korxonalari joylashgan mintaqalarda havodagi zararli moddalar 
konsentratsiyasi  qishloq joylaridagiga  nisbatan  yuqori  boMgan 
sharoitlarda  temir va uning qotishmalarini korroziyaga uchrash 
tezligi 
2 0
  marta,  alyuminiyli  qotishmalarniki  esa 
100
  marta  tez 
kechishi  aniqlangan.  Atmosferaning  ifloslanish  darajasining  2 
marta  ortishi,  sanoat  uskunalarining  xizmat  qilish  muddatini 
birinchi  kapital  t a ’mirgacha  1,5  marta  qisqarishiga olib  keladi.

Kislotali  yomgMrlardan  himoyalanish  usullaridan  biri  turli 
xil yonilgMlar tarkibidagi  oltingugurt miqdorini  kamaytirish  va 
freonlar  ishlab  chiqarishni  taqiqlashdan  iborat.  Azot  oksidlari 
m iq d o r in i   y o n i l g ‘i  y o nish   h a r o r a t i n i   p a s a y t i r i s h ,  y a ’ni 
texnologiyani  o ‘zgartirish  yoMi  bilan  qisqartirish  m um kin. 
Baland  m o ‘rilar qurib,  azot  va  oltingugurt  tashlamalarini  ular 
chiqayotgan manba atrofida kamaytirish vaqtinchalik va oxiriga 
yetkazilmagan  tadbirdir.  KoM  va  tuproqlarning  ifloslanishini 
kamaytirish  uchun  ularga  ohak bilan  ishlov  beriladi yoki  suvga 
va  tu p ro q q a   ishqoriy  m o d dalar(m asalan,  kalsiy  k a rb o n a t) 
qo'shiladi.
2.4.  Havo  muhitining ifloslanish oqibatlari
N oqulay  m eteorologik  sharoitlar  natijasida  atm osferada 
chiqindi  gazlar  konsentratsiyasi  oshib  borib,  qalin  toksik 
t u m a n l a r   ho sil  b o 'l i s h i g a   s a b a b   boM m o q d a .  T o k s i k  
moddalarning  to ‘planishi  hisobiga  og ‘ir  xastaliklardan  nobud 
boMish hollari kuzatilmoqda. Havoni ifloslantiruvchilar umumiy 
toliqishni,  ish  faoliyatini  kamaytirishni,  yo'tal,  bosh  aylanishi, 
ovoz  b o ‘g ‘ilishi,  o ‘pk a   va  k o 'z n i n g   tu rli  k a s a llik la r in i, 
organizmning  umumiy  zaharlanishini,  organizm  kasalliklarga 
qarshi  kurashish  qobiliyatining  susayishini  keltirib  chiqaradi. 
Yirik shaharlar havosida sanoat tashlamalari,  avtomobillardan 
chiqadigan gazlar: qurum, kul, tutun, changlar o ‘ziga xos quyosh 
spektrining ultrabinafsha qismi atmosferaning quyi qatlamlariga 
yetib  kelishini  qiyinlashtiradi.  Masalan,  Parij  shahridan  uncha 
u z o q d a   j o y l a s h m a g a n   s a n o a t   k o r x o n a l a r i   h u d u d l a r i d a  
ultrabinafsha  nurlar  0,3  %  ni,  uzoqda  joylashgan  zavod  va 
fabrikalar hududlarida esa 3,0 % ni tashkil qiladi.  Ultrabinafsha 
n u rla rn in g   yetishmovchiligi  b o lalarda  raxit  va  avitam inoz 
k a s a l l ik l a r i   riv o jla n is h ig a   s a b a b   boM m oqda.  K im y o v iy  
moddalarning inson organizmiga mutagen, konserogen, allergen, 
aterosklerotik, embriotoksik  va hatto jinsiy mutatsiya  t a ’sirlari 
aniqlangan.  Pestitsidlar  muntazam  m e’yordan  3-4  va  9  marta 
k o ‘p qoMlanilgan hududlarda yurak-tomir tizimining kasallanish 
darajasi 
1,2
  va 
2 ,2
  m arta  oshganligi  m a ’lum. 
0
‘simliklarni 
himoya qilishda  qoMlaniladigan  kimyoviy vositalar bilan jigar

va  siydik  y o ila ri  kasalliklarini  kelib  chiqishi  o'rtasida  uzviy 
bogMiqlik  mavjud.  Kelajakda  pestitsidlarni  ishlatish  natijasida 
bolalaming  nobud  boMishi,  aholi  o'rtasida  bronxit,  bronxial 
astma,  avitaminoz  va  boshqa  kasalliklarni  keskin  ortib  borishi 
bashorat  qilinmoqda.  Bronxit,  bronxial  astma,  o'pka,  yurak- 
to m ir  kasalliklarinin g   kelib  chiqish  sababi  k o 'p   hollarda 
atmosfera  havosining  ifloslanishidandir.
Atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi XX asrdan 
e ’tiboran  tez  s u r’atlar  bilan  borganligi  qayd  etilgan.  Katta 
shaharlarda atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorining har 
xil boMishi shaharlar ozodaligiga, ko'kalamzorlashtirilganligiga, 
sanoat  korxonalarining katta-kichikligiga  hamda  ularni shahar 
hududida  joylashganligiga  bogMiq.  H avoning  changli  yoki 
tumanli boMishi va ularning quyosh radiatsiyasiga t a ’siri shahar 
muhitini  o'zgartirib  yuboradi,  havo  harakatini  sekinlashtiradi, 
uning  nisbiy  namligini  kamaytirishi  ham  mumkin.  Shaharni 
quyuq  tuman  bosishi  ham  xavflidir,  chunki  tuman  tomchilari 
tarkibidagi  zaharli moddalar inson organizmiga  kirgach,  salbiy 
t a ’sir ko'rsatadi. Jumladan, nafas yoMlarining shilliq qavatlarini 
yallig'lantirib,  turli  kasalliklarni  keltirib  chiqaradi.  Shunday 
tumanli  kunlarda  bemorlaming  ahvoli  keskin  yomonlashadi. 
Masalan,  surunkali  bronxit,  emfizema,  tumov  kasalliklariga 
d u c h o r   boMgan  b e m o r la r   o 'z la r in i   y om on  his  q ila d ila r. 
Atmosfera  havosidagi  chang  zarrachalari  inson  organizimiga 
noxush  t a ’sir  qiladi.  ,  Changlarning  asorati  ular  tarkibidagi 
kimyoviy  m o ddalarning  biologik  faolligiga,  tabiatiga,  fizik 
jihatiga  bogMiq  boMadi.  Masalan,  havodagi  chang  tarkibida 
q o 'r g ‘oshin,  margimush,  marganets,  kadmiy.  ftor  aerozollari 
organizm ga  tush ib ,  surunkali  k asalliklarni  paydo  qiladi. 
Jum ladan,  kam qonlik,  flyuoroz,  poliartrit,  polinevrit  kabi 
kasalliklar kelib chiqadi. Ayniqsa, radioaktivlik xususiyatiga ega 
boMgan changlar o 'ta  xavfliligi  bilan  ajralib turadi.  Radioaktiv 
c h a n g la r  n a q a d a r   xavfli  ekanligini  C hernobil  fojiasi  va 
Semipalatinsk  poligoni  asoratlari  misolida  ko'rish  mumkin.
Zaharli boMmagan yirik diametrli chang zarrachalari k o fcz va 
b u ru n n in g   shilliq  qa v a tlarig a   tushib,  ularni  ja ro h a tla y d i, 
yallig'lanish jarayoni  burunda,  tomoqda,  kekirdakda  va  bronx

naylarida  kuzatiladi.  Bunday  hollar  o'tkir  va  surunkali  rinit, 
laringit, faringit, traxeit, bronxit yoki traxeobronxit, laringotraxit 
kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Nafas yo'llari orqali o'pkaga 
kvars  ch a n g la ri  tush sa  pnev m o ko n ioz  kasalligini,  elektr 
stansiyalardan  chiqadigan  qurum lar  tarkibida  14,9-19,7% 
atrofida  kremniy  qo'sh  oksidi  moddasining  bo'lishi  esa  slikoz 
kasalligini keltirib chiqaradi.
A tm o s f e ra d a g i  z a ra r li  q o 's h i m c h a l a r   q u y o s h n in g  
u l t r a b in a f s h a   n u r la r in i  tu tib   q oladi.  Y irik  s h a h a r l a r d a  
quyoshning  t o 'g 'r i   nurlanishini  sekinlashtiradi.  Atmosfera 
havosini  ifloslanishi  uning  elektrik  hossalarini,  ion  tarkibi 
o'zgarishiga  olib  keladi.  Amerika  Qo'shma  Shtatlarining  bir 
q a t o r   s h t a t l a r i d a   o 't k a z i l g a n   k u z a tish   n a ti ja l a r i   shuni 
ko'rsatadiki, barcha tadqiqot o'tkazilgan shaharlarda yashovchi 
b o la la r  o 'r ta s id a   havosi  ancha  toza  b o 'lg a n   tu m a n la r d a  
yashovchi bolalardagiga nisbatan o'pka kasalligi ko'p kuzatiladi. 
Bu hoi inson organizmiga oltingugurt gazi va sulfatlarning zararli 
t a ’siri bilan izohlanadi.  Barcha mamlakatlarda o'pka emfizemasi 
bilan  og 'riganlar  soni  oshib  bormoqda,  allergik  kasalliklar 
o'smoqda.  Buning asosiy sababi sanoat korxonalaridan chiqqan 
tashlamalardir.  Dunyo bo'yicha insonlarning  10 foizi allergenlar 
t a ’siriga  uchragan.  Rak  -   o'tgan  asrning  kasalligidir.  Bu  ham 
atmosfera  havosida  katta  miqdorda  konserogen,  mutagen  va 
terotogen  m oddalarning  mavjudligi  bilan  bog'liq.  Polisiklik 
arom atik  uglevodorodlar(PAU)  ham  katta  xavf  tug'diradi. 
Atmosfera havosini konserogen uglevodorodlar bilan ifloslanishi 
va  sanoat  korxonalari,  transport,  shaharsozlikni  rivojlanishi 
o'rtasida uzviy bog'liqlik mavjud. Havosi toza qishloq joylarida 
rak kasalligi bilan  kasallanish shaharlardagidan, ayniqsa,  katta 
shaharlaridagidan  ancha  past.  O 'p ka  raki  bilan  kasallanish 
ehtimoli,  ayniqsa,  chekuvchi  shaharliklarda  chekmaydigan 
qishloq  aholisiga qaraganda 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling