P. S. Sultonov e k o L o g I y a V a a t r o f m u h I t n I m u h o f a z a q I l I s h a s o s L a r I


Download 3.89 Kb.

bet8/24
Sana11.02.2018
Hajmi3.89 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24

10
 marta  yuqori.
Atmosfera  havosining  ifloslanishi  hayvonlarni,  qush  va 
hasharotlarni nobud bo'lishiga sababchi bo'ladi. Ishlab chiqarish 
k o rx onalaridan  tashlanadigan  ftoridlar  t a ’sirida  bir  q a to r 
mamlakatlarda  asalarilar, qo'ylar,  yirik shoxli  hayvonlar va  uy 
parrandalarining  yoppasiga  qirilib  ketganligi  hisobga  olingan.

Havo  tarkibida  ftor  konsentratsiyasining  yuqoriligi  inson  va 
hayvonlar tishlarining tez to'kilib ketishiga sabab boMib, ularning 
o v q a t  h azm   qilish  o r g a n la ri  va  u m u r t q a   s u y a k la r in in g  
kasallanishiga  olib  keladi.  Shuningdek,  o'lgan  hayvonlami 
so 'y ib   ichki  a ’zolari  o 'rg a n ilg a n d a .  ko'p inch a  nafas  olish 
yo'llarining  shikastlanishi  kuzatilgan.  Chorva  hayvonlarining 
nasi  berish  va  mahsuldorligini  pasayib  ketishiga,  hasharotlar, 
jumladan,  asalarilar kamayishiga,  suv  havzalarida  baliqlarning 
nobud boiishiga ham havoning ftor birikmalari bilan ifloslanishi 
s a b a b   boMishi  m u m kin.  V e te rin a r iy a   xizmati  xod im lari 
m a ’lumotlariga  ko'ra, qo'y va yirik shoxli hayvonlar alyuminiy 
zavodlaridan chiqadigan ftoritdan zaharlanadi.  Ular havo orqali 
tuproq  va  o'tloqlarga  tushadi.  Bunday  yaylovlarda  boqilgan 
hayvonlar ftorli  kaxeksiya  bilan  kasallanadi.
1980-yillarning  boshlarida  qo'shni  Tojikistonda  alyuminiy 
zavodi  ishga  tushirilishi  bilan  O'zbekistonning  Surxondaryo 
viloyatiga qarashli ko'pgina tumanlarida ekologik jihatdan tang 
ahvol  vujudga  keldi.  Zavod  atmosferaga  ko'p  miqdorda  ftorli 
vodorod,  uglerod  oksidi,  oltingugurt  gazi,  azot  oksidlarini 
chiqarib  tashlagan.  Vodiyning  yuqori  qismida  Tojikistonning 
O'zbekiston bilan chegarasida joylashgan zavodning chiqindilari 
t o g 'd a n   v o d iy  t o m o n g a   e s a d ig a n   sh a m o l  bilan  birga 
Respublikaning chegaradosh boMgan Surxondaryo viloyatining 
Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari hududiga tarqalgan. 
Ftorli  vodorodning  chorva  mollari  va  poliz  ekinlariga  salbiy 
t a ’siri  o sh ib   b o rg a n .  Z ik r   e tilg a n   h u d u d l a m i n g   b a ’zi 
xo'jaliklarida pomidor.  karam,  bodring  va  uzum  kabi sabzavot 
va  m e v a la r  h o sild o rlig i  k a m a y is h i.  ipak  q u r t i d a n   pilla 
yetishtirishning pasayishi kuzatilgan.  Anor va xurmolar sifatiga 
jiddiy  t a ’sir  k o 'rsa tg a n ,  aholi  salom atligi  yom onlashgan. 
Shveytsariyada  ham  ana  shunday  zavod  atrofida  boqilgan 
mahalliy  aholi  chorva  mollarining  to 'rtd a n   uch  qismi  9  yil 
mobaynida  nobud  bo'lganligi  maMum.  Fransiya  va  Italiyaning 
bir qator tumanlarida atmosferaning doimiy dimiqishi natijasida 
tut  bargi  tarkibida  ftor miqdorining  m e’yordan 
20
  marta  ortib 
ketganligi  aniqlangan.  Bunday  barglar  bilan  boqilgan  ipak 
qurtlarini  esa  ipak  hosil  qiladigan  yelimsimon  moddalar  ishlab

chiqaradigan  a ’zolarining  ishdan  chiqishi  kuzatilgan.  Sanoat 
chiqindilari tarkibida ftoritlar va arsenitlar bo'lishi asalarilarning 
k o'p qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Yirik shoxli qora mollarning 
mishyak  bilan  zaharlanishi  oqibatida  ular  badanida  yaralar 
k o'payadi.  Dunyoning  aksariyat  m am lakatlarida  atmosfera 
havosini oltingugurt gazlari, mishyak va simob bilan zararlanishi 
natijasida  yovvoyi  hayvonlar,  jumladan,  jayronlar,  kiyiklar, 
q u y o nlar,  fazan  va  boshqa  p a rra n d a la r  nobud  bo'lganligi 
to'g'risida  ko'plab m a ’lumotlar mavjud.
O'simliklar  uchun  havoni  ifloslantiruvchi  oltingugurt,  ftor 
b irik m a la ri,  uglerod  oksidi,  xlor  va  u g lev o d o ro d lar  o ' t a  
zararlidir.  Ular  qishloq  xo'jaligi  va  o'rmonlarga,  bog'lar  va 
parklarga  katta  zarar  yetkazadi.  Fotosintez jarayonini  buzadi, 
o'simliklarning  o'sishi  va  rivojlanishini  sekinlashtiradi  va  oxir- 
oqibatda ular quriydi. Juda oz miqdordagi oltingugurt angidridi 
h a m   o 's im l ik l a r g a   t a ’sir  k o 'r s a t i s h i   a n iq la n g a n .  D o n li 
o'simliklardan arpa va suli,  poliz ekinlaridan karam,  ko'katlar, 
rediska  bunday  gazlarga  eng  sezgir  hisoblanadilar.  Atmosfera 
ifloslanishi oqibatida kartoshka, qand lavlagisi, pomidor, no'xat, 
ta m a k i,  yery o n g 'o q ,  soya,  lyutserna,  uzum,  apelsin  kabi 
ekinlarning hosildorligi kamayadi. Ko'p lab meva navlari havoni 
ortiqcha  gazlanganligidan  barglari  kichrayadi,  erta  k unda 
barglarini tashlab yuboradi.  Moddalar almashinuvining buzilishi 
hisobiga  keyingi  yillarda  ularning  o'sishi  va  hosil  qilishi 
sekinlashadi, sifati buziladi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi 
m oddalarning  tirik  organizmlarga  va  o'simliklarga  t a ’sirini 
o 'r g a n g a n   ilmiy  tadqiqot  m uassasalarin ing   m a ’lum otlari 
shundan  guvohlik  beradiki,  rangli  metallurgiya  korxonalari 
j o y la sh g a n   h u d u d la r  atrofida  yetishtirilgan  b u g 'd o y n in g  
h o sild orlig i  4 0-45  %ga,  ta rk ib id a g i  oqsil  esa  25 -3 5 % g a  
kamayadi,  kraxmal,  esa,  aksincha  oshadi.  Bunday  korxonalar 
joylashgan  hududning  25-50  km  radiusdagi  yer  maydonlarida 
yetishtirilgan  poliz  ekinlari  va  kartoshka  tarkibida  С  vitamini 
miqdori keskin kamayadi. Havoga oltingugurt, ftor va mishyakli 
tashlamalar chiqaradigan sanoat korxonalari atrofida joylashgan 
o 'r m o n la r   sezilarli  darajada  shikastlanadi,  m anbaga  yaqin 
joylardagi  daraxtlar quriydi.

Barglari  chang va qurumlardan  suvda  yuvilgan  daraxtlarda 
kechadigan  fotosintez jarayoni  ancha  yuqori(4,155-4,372 g/m3) 
boMadi.  Barglari yuvilmagan daraxtlarda kechadigan fotosin tez 
3,022-3,245  g /m
3
  ni  tashkil  qiladi  yoki  taxm inan  25%  ga 
kamayadi.  Ifloslantiruvchi  m anbadan  350  metr  uzoqlikda 
joylashgan  daraxtlaming  har  bir  kvadrat  metr  barglari  yuzasi 
95-129  milligrammgacha  chang  va  qurumlarni  tutib  qoladi  va 
vaqt  o'tishi  bilan  yomg'ir  natijasida  yuviladi.  Barglarga  chang 
yig'ilishi  o'sim liklarning  turiga  bog'liq  va  rivojlanish  davri 
davomida  o'zgarib  turadi.  Qayin  daraxti  eng  k o'p chang  tutib 
qolish xususiyatiga ega.  Uning barglari yuzasi bir sutka davomida 
0,85-0,99  g/m
3
  changni(oq  akatsiya  esa  0,57-0,6  g/m3)  tutib 
qoladi.
H ar  yili  O'z bekiston  hududida  joylashgan  manbalardan 
havoga 4 million tonnaga yaqin zararli moddalar qo'shilmoqda. 
Ularning yarmi  uglerod oksidiga,  15  foizi  uglevodorodlarga,  14 
foizi  oltingugurt  qo'sh  oksidiga,  9  foizi  azot  oksidiga, 
8
  foizi 
qattiq  moddalarga  va  4  foizga  yaqini  o'ziga  xos  o'tkir  zaharli 
moddalarga  to'g'ri  keladi.  Arid  iqlimli  mintaqada joylashgan 
O 'z b e k i s t o n   R e s p u b l ik a s id a   tez-tez  c h a n g   b o 'r o n la r in i  
qo'zg'atib  turuvchi,  atmosferani  chang-to'zonga  bulg'atuvchi 
Q oraqum   va  Qizilqum  sahrolaridek  yirik  tabiiy  m anbalar 
mavjud.  So'nggi  30-40  yil  mobaynida  Orol  dengizining  qurib 
borishi tufayli  uning qurigan tubidan chang va tuz ko'chadigan 
yana  bir manba  paydo  bo'ldi.
O 'z b e k i s t o n   R e s p u b lik a s in in g   O lm aliq,  O h a n g a ro n , 
Andijon,  Buxoro,  Q o'qon,  Navoiy,  Samarqand,  Farg'ona  va 
Chirchiq kabi sanoatlashgan shaharlarida ftoridlar, qo'rg'oshin, 
benz(a)pirin, oltingugurt qo'sh oksidi, uglerod va azot oksidlari, 
xlor  va  ftorli  vodorodlar,  azot  qo'sh  oksidi,  ammiak  va  chang 
m iqdori  ru x sat  etilgan  chegaraviy  m iq d o r  (R EC H M )dan 
yuqoriligicha  qolmoqda.  O'simliklar  uchun  bunday  gazlar, 
ayniqsa,  SO,  va  chang  yanada  zararlidir.  Havodagi  SO,  ni 
o'sim liklar  uchun  toksiklik  darajasi  insonlar  uchun  ko'zda 
tutilgan  m e’yordan(0,5  mg/m3)  25  marta  yuqori.
Havo  gaz  tarkibining  o'zgarishi  gigiyenik  nuqtai-nazardan 
xavfli  hisoblanadi.  Havoda  qandaydir  noxush  hid  sezilsa  va  u

nafas  yo'llari  orqali  organizmga  ko'proq  kirib  qolsa,  albatta 
kasallik  sodir  bo'ladi.  Shunday  gazlar  ham  borki,  ular  o 't a  
zaharli  bo'lishiga  qaramay,  sira  hidi  bo'lmaydi.  Jumladan,  is 
gazini  inson  seza  olmaydi.  Ko'pincha  shahar  havosiga  sanoat 
k orxo n ala ri  ju d a   k o 'p   turli  xususiyatli  hidsiz  va  hidli  gaz 
ara las h m a la r  chiqarib  tashlashi  mumkin.  K a tta   industrial 
shaharlarga  kirib  kelinganda  havo  tarkibi,  uning  musaffoligi 
buzilganligini  sezish  mumkin.  M asalan,  Olmaliq,  Chirchiq, 
Navoiy va boshqa shaharlar  havosining tarkibida o 'n  va undan 
ziyod gazlar mavjud. Ular sanoat korxonalaridan, avtotransport 
v o s ita la r id a n   a jra lib   c h iq a d ig an   z a ra rli  g a z la rd ir.  H a v o  
tarkibidagi zararli gazlar to'g'ridan-to'g'ri nafas yo'llariga kirib, 
o'pkaning alveolalariga va qonga o'tadi, yoxud shilliq qavatidagi 
namliklar bilan birikib,  uni yallig'lashi mumkin.  O'zbekistonda 
olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari shuni tasdiqlaydiki, 
zaharli  gazlar  ko'pincha  yoshi  o'tgan  kishilarga,  shuningdek, 
yosh bolalarga ancha keskin t a ’sir etadi, ularda  kasalliklar xiyla 
og'ir kechadi. M a ’lumotlar shahar aholisi o'rtasida nafas yo'llari 
kasalliklarining tarqalishi bilan atmosfera havosining ifloslanishi 
o rasid a   uzviy  b o g 'liq lik   m avjudligini  k o 'r s a t a d i.  S a n o a t 
k o r x o n a l a r i   jo y la s h g a n   s h a h a r l a r   aholisi  o 'r t a s i d a   tu rli 
kasalliklar ko'plab  uchraydi.  Shuni ham  aytish  kerakki, shahar 
havosi tarkibida zaharli moddalar kam bo'lsa-da, lekin surunkali 
ravishda mavjudligi turli xastaliklar kelib chiqishiga olib keladi.
Xullas, atmosfera havosining zararli gazlar, qurum, tumanlar 
bilan  ifloslanishi  o'z  navbatida  mazkur  hududda  yashovchi 
kishilar  organizmiga  asoratli  t a ’sir  ko'rsatmasdan  qolmaydi. 
O'zbekiston  Respublikasi  gidrometeorologiya  markazi  bergan 
m a ’lumotlarga  qaraganda,  Olmaliq  va  Farg'ona,  shuningdek, 
Navoiy va Qo'qon shaharlari havosining zararli moddalar bilan 
ifloslanishi  bo'yicha eng  iflos  havoli  shaharlar guruhiga  kiradi. 
O'zbekistonda  turg'u n  m anbalardan  havoga  tashlanadigan 
chiqindilar  1.3  mln.  tonnaga  yetdi.  Jumladan,  sulfat  angidridi 
535.8 ming, uglevodorod 427 ming, azot oksidi 94.1  ming, qattiq 
zarrachalar  317.4  ming  tonnani  tashkil  etadi.  Ana  shu  zararli 
m o d d a l a r   a s o ra tid a n   O 'z b e k is to n   s h a h a r l a r id a   um u m iy  
kasalliklar  1.5  barobarga,  bronxial  astma  esa  20  foizga  ortgan.

Bolalar  organizmining  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashish 
imkoniyati  25-37  foiz  pasayib  ketganligi  kuzatiladi.  Chirchiq 
shahrida qon kasalliklari bilan og‘riganlar 4.7 barobar, endokrin 
bezlar kasalligi  1.9 barobar, qon bosimining oshishi 4.5 barobar, 
yurak ishimiya kasalligi 2.2 barobar ortganligi m a ’lum. Farg‘ona 
shahrida  1982—
 1988-yillar mobaynida nafas yoMi kasalliklari juda 
oshganligi aniqlangan. Surxondaryo viloyatiningSariosiyo darasi 
h u d u d id a g i  T o j ik is to n n in g   M irz o   T u r s u n z o d a   s h a h r id a  
joylashgan  alyuminiy zavodi chiqindilarining asorati  tufayli  bu 
yerda  chaqaloqlar tugMlgach,  bir yoshga  yetmay  nobud  boMish 
holatlari  1.5 marta, tug‘ma kasalliklar esa  1
.8
 marta ko ‘paygan.
2.5.  Havo  muhitini  muhofaza  qilish  tadbirlari
Sanoat  korxonalari  va  kommunal  xo‘jaliklari  chiqindilari 
hisobiga  shaharlar  atrofida  turli  chiqindi  omborlarining  paydo 
boMishi,  a x l a t x o n a l a r n i n g   k o ‘p a y is h i  a tm o s fe r a   havosi 
ifloslanishidan  muhofaza qilishni taqozo etadi.  Mazkur masala 
gigiyena  fanining masalasi  boMibgina qolmay,  balki ijtimoiy  va 
iqtisodiy  masala  hamdir.  Biroq  bu  masala  kompleks  ravishda 
hal  etilmasa,  yechilishi  m u rak k ab   boMgan  m uam m o  boMib 
qoladi.  Hozirgi  vaqtda  atmosfera  havosini  m uhofaza  qilish 
maqsadida uch xil tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Bular 
m antiqiy,  texnik  va  loyihalashga  asoslangan  tad b irla rd ir. 
Mazkur tadbirlami amalga oshirish bilan aholi turarjoylaridagi 
atmosfera  havosi  bulg‘anishlarini  ruxsat  etiladigan  miqdorini 
t a ’minlash  mumkin,  qolaversa  aholining  sanitariya-turmush 
sharoitini  ham  yaxshilasa  boMadi.
A tm o s f e ra n in g   iflo sla n ish ig a   q a rs h i  k u r a s h   b o ‘yicha 
o'tkaziladigan  mantiqiy  tadbirlar  majmuasiga  -   atmosferani 
ifloslantiruvchi  asosiy  manbalardan  biri  boMgan  avtomobillar 
uchun yangi  tiirdagi dvigatellar yaratish,  ulami  texnologik toza 
yonilgM  turiga  o'tkazish,  atmosfera  havosini  ifloslantiruvchi 
barcha  korxonalarni  shahardan  tashqariga joylashtirish,  ishlab 
chiqarish korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirishni q a t’iyan 
man  etish va  boshqa  shu kabi  tadbirlar kiradi.  Chunki  ulardan 
chiqqan  tashlamalar  fotokimyoviy  reaksiyaga  kirishib,  yanada 
xavfli boMgan moddalar hosil boMishiga olib keladi. Atmosferani

a v to tran sp o rtla r  t a ’sirida  ifloslanishini  kamaytirish  uchun 
k o 'chalar  tekisligini  t a ’minlash  va  avtomobillar  harakatini 
«yashil  to 'lq in la r »   prinsipi  b o 'y ic h a   tashkil  etish  m uhim  
ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  hoi  o'z  navbatida  shahar  magistral 
y o 'lla ri  b o 'y l a b   m a s h in a la r   oqimi  h a ra k a ti  xavfsizligini 
ta ’minlaydi.
Butun  d u ny o da  a v to k o rx o n a la r  sonining  oshib  borishi 
olim lar  va  k o n s tru k to rla rn i  a vto m ob illar  uchun  shu nd ay 
motorlar yaratishni taqozo qiladiki, ular ishlagan vaqtida havoga 
chiqadigan zararli komponentlar chiqmasin yoki chiqsa ham juda 
kam  miqdorda  chiqsin.  Bu  borada  siqilgan  gazdan  foydalanish 
muhim  aham iyatga  ega.  Chunki  avtomobilda  yonilg'ining 
maksimal  yonishiga  erishish  atmosferaga  tashlanadigan  zararli 
moddalarni  benzinda  ishlovchi  avtomobillardagiga  nisbatan 
sezilarli  darajada  kam  chiqaradi.  Quyoshli  o'lkalarda  quyosh 
batareyalarida ishlovchi elektromobillarni yaratish imkoniyatlari 
ham   m av ju d.  Hozircha,  m a s h in a la rn i  s o 'n d ir g ic h la rid a n  
c h iq a d ig an   gazlarni  k a m a y tirish   m uam m osini  a v to m o b il 
dvigatellarini va yonilg'i ta’minot tizimini sozlash orqali hal etish 
lozim.  Dunyoning  ko'pgina  mamlakatlarida  neftni  to'g'ridan- 
to'g'ri  haydash  yo'li  bilan tetraetil qo'rg'oshinsiz benzin  ishlab 
c h iq a r il m o q d a .  Bunday  benzin   bilan  h a r a k a t l a n g a n  
a v to m o b illa r d a n   havoga  c h iq a d ig a n   z ah arli  q o 'r g 'o s h i n  
birikmalari konsentratsiyasi  sezilarli  darajada  kam  bo'ladi.
O'zbekiston  Respublikasida ham mustaqillik yillarida  yangi 
mahsulot  turiari -   benzin, aviakerosin,  neft moylarining har xil 
tu ria ri,  s u y u ltirilg a n   gaz  va  b o s h q a la r   ishlab  c h iq a r is h  
o'zlashtirildi.  Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 
Bu zavodning o'ziga xos xususiyati shundaki, neftni qayta ishlash 
jarayonida  neft  tarkibida  k o 'p   bo'lgan  oltingugurtdan  ham 
tozalanadi.  N atijad a  benzin  tarkibi  eng  xavfli  oltingugurt 
gazlaridan  xoli  bo'ladi.  Atmosferaning  ifloslanishiga  qarshi 
kurashda  elektrlashtirish,  gazlashtirish  va  issiqlik  t a ’minotini 
y a ra tis h   ham   m uhim   o 'rin   tu ta d i.  Shuningdek ,  o 's im lik  
zararkunandalariga  qarshi  ishlatiladigan  biologik,  kimyoviy 
vositalar va biopreparatlaming ahamiyati katta.  Ba’zan shamol 
h a rakatining  vaqtinchalik  to'xtashi  havoni  ifloslantiruvchi

/'
/
moddalar  konsentratsiyalarini  oshib  ketishiga  sabab  boMadi. 
B u n d a y   h o l la r d a   qisq a   m u d d a t g a   k o r x o n a n i   t o ‘x t a t ib . 
atmosferaga tashlanadigan  tashlamalarni qisqartirish  mumkin. 
Iflo s la n g a n   h a v o n i  to z a la s n n in g   eng  m a 'q u l   usuli  bu  -  
k o
4
kalamzorlashtirishdir.  Aynan  yashil  o'simliklar  fotosintez 
natijasida havoning tozaligini ta’minlaydi. gazlanganlik va zararli 
tashlam alar  bilan  ifloslanishini  kam aytiradi,  mikroiqlimni 
yaxshilaydi. Zararli moddalarning maksimal miqdori qish faslida 
kuzatiladi.  Shuning  uchun  yil  d a v o m id a   o'sa d ig a n   yashil 
o ‘simliklar egallagan maydonlarni ko‘paytirish lozim. Transport 
vositalari tashlamalari bilan o'simliklarni ifloslanishi asosan yoM 
chetidan  50  metrgacha  boMgan  masofada  kuzatiladi.  Eng  k o ‘p 
ifloslanish 7-25 metr masofada sodir boMadi. Shuning uchun yoM 
c h e tla r id a   y e ti s h tir ilg a n   m e v a la r,  k o ‘k a tl a r   va  d o r iv o r  
o 4simliklarni iste’mol qilish taqiqlanadi. YoM yoqasidan 50 metr 
masofada joylashgan bogMarda yetishtirilgan mevalar tarkibida 
q o ‘rg4oshin  m iqdori  R E C H M d a n   3  m arta  yuqori  boMishi 
aniqlangan.  Daraxt  barglariga  suv  sepib  ularni  qurum,  chang 
va  boshqa  iflosliklardan  yuvish  o ‘simlikni  tiklanish  faolligini 
oshiradi.
T exnologik  tadbirlar. 
Atmosfera havosini muhofaza qilishda 
texnologik tadbirlaming ahamiyati kattadir. K o‘riladigan tadbir 
aso sid a   ta s h q i  m u h it  o b y e k tl a r i g a ,  j u m l a d a n ,  h a v o g a  
tashlanadigan  chiqindilar  miqdorini  qisqartirish  yoki  mutlaq 
t o 'x t a t i s h   z a ru r.  Buning  u chun  s a n o a t   k o r x o n a la rid a g i 
texnologik jarayonlarni takomillashtirish. hatto chiqindisiz yoki 
kam  chiqindili  texnologiyalarni  joriy  etish  mumkin.  Bunday 
texnologiyalar mutlaq  berk jarayonlar boMib.  unda chiqindilar 
butunlay  boMmaydi.  chiqindi  moddalar  boshqa  mahsulotlar 
ishlab chiqarish uchun xomashyo vazifasini o'taydi. Chiqindisiz 
yoki kam chiqindili ishlab chiqarish  jarayonlarini tashkil etishda 
xomashyo tayyorlash. mavjud materiallardan toMa foydalanish, 
ularni  chiqindi  sifatida  tashqi  muhitga  tashlamaslik  chora- 
tadbirlari koMiladi. Albatta. chiqindisiz texnologiya jarayonlarini 
ishlab chiqish  nazariy jihatdan  oson  boMsa-da. amalda  uni  joriy 
etish  juda  m u ra k k a b d ir.  Shuni  ham  aytib  o ktish  kerakki. 
chiqindisiz  ishlaydigan  sanoat  korxonalari  faoliyatlari  asosini

barcha xomashyolami  tayyor mahsulotlarga  aylantirish  tashkil 
qiladi.  Masalan.  o'tgan  asrning  boshlarida  rangli  metallurgiya 
korxonalarida  rudalar  tarkibidan  jami  15  ta  element  ajratib 
olingan  bo'lsa.  hozirda  misli  xomashyolarning  o'zidangina  25 
ta element, jumladan. mis, rux. qo'rg'oshin. nikel. oltin. kumush. 
molibden.  kobalt.  kadmiy.  selen.  tellur,  germaniy.  reniy  va 
ularning boshqa birikmalari -  oltingugurt. vismut. surma, bariy. 
temir va  hokazolar ajratib olinmoqda.
Neft  ishlab  chiqarishda  qoldiq  modda  mazut  bo
4
lib.  u  o 4z 
tarkibida  70-90%  oltingugurt  saqlaydi.  bundan  tashqari  neft 
tarkibida  vanadiy.  nikel.  magniy  va  kremniy  kabi  elementlar 
mavjud.  Hozir mazutdan  oltingugurtli  moddalarni  ajratib  olish 
te x n o l o g iy a l a r i   ish la b   c h iq ilg a n . 
U m u m a n   c h iq in d i 
ajratmaydigan  ishlab  chiqarish  korxonalarining  soni  hali  juda 
kam.  Ba’zan ko'p mahsulotlar sifatsiz bo lib , Davlat standartiga 
to'g'ri  kelmasligi  tufayli  chiqindi  holida  chiqarib  tashlanadi  va 
ular  tashqi  muhitni  ifloslantiruvchi  manbaga  aylanib  qolishi 
mumkin.
Keyingi  vaqtlarda  azotli  mineral  o'g'itlar  ishlab  chiqarish 
korxonalarida  ham  xomashyolar tla-tkis,  chiqindisiz  ishlab 
chiqarilmoqda. Atmosferani ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar 
yana  q a y ta d a n   texn olog ik   ja r a y o n la r g a   q a y ta r il m o q d a . 
atmosfera  havosi  esa  ifloslanishdan  xoli  bo'lmoqda.  Sintetik 
kauchuk  ishlab chiqarish zavodlarida texnologiya jarayonlarida 
paydo  bo'ladigan  chiqindilardan  hozir sulfat  kislotasi,  spirt  va 
stirol  olish  yo'lga  qo'y ilg a n .  K o rx o n a la r  zich  joyla sh g a n  
h u d u d lard a   chiqindisiz  ishlash  katta  aham iyat  kasb  etadi, 
a lb a tta .  Olmaliq  va  Bekobod  singari  sanoati  rivojlangan 
shaharlarda  bu,  ayniqsa.  dolzarb  muammodir.  Fan  va  texnika 
yutuqlari  asosida  chiqindisiz  ishlab  chiqarish  korxonalarini 
tashkil  qilish,  o'z  navbatida  aholi  turarjoylari  havosining  toza 
bo'lishini  t a ’minlashga  yordamlashadi.
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  tomonidan  kam  chiqindili 
hamda chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to
4
g4risida 
maxsus  deklaratsiya  qabul  qilingan.  Bu  hujjat  asosida  BMT 
Yevropa  iqtisodiy  hay'atining  chiqindisiz  va  kam  chiqindili 
k o r x o n a l a r   tashkil  qilish  fao liy a tid a   k o 'p   m a m l a k a t l a r

q a tn a s h m o q d a .  Amaliyot  bu  s o h ad a  dunyo  m am la k a tla ri 
birgalikda  faoliyat ko'rsatishi muhimligini ko'rsatadi.  Masalan. 
hozir  juda  k o 'p   sanoat  korxonalarida  chiqindisiz  yoki  kam 
chiqindili  texnologik jarayonlar amalda  joriy etilgan.
Diqqatga sazovor texnologik jarayonlardan yana  biri.  ishlab 
chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan zaharli moddalarni zaharli 
b o 'l m a g a n   m o d d a la rg a   a lm a s h tiris h d ir.  M asalan .  isitish 
tarm oqlarida  ko 'm ir  yoki  mazutdan  foydalanmasdan.  balki 
tabiiy  gazdan  foydalanish  atmosferaga  chiqarib  tashlanadigan 
zararli  moddalar hajmini 70-90% kamaytiradi.  Boshqacha qilib 
aytganda.  avtomobillarda  benzin  yonilg'isi  o'rniga.  gazdan 
foydalansa  a tr o f   -  m uhitning  ifloslanishi  m a'lum   darajad a 
kamayadi.
X o m a s h y o l a m i   z a ra rli  m o d d a l a r d a n   to z a la s h   k a tta  
ahamiyatga egadir.  Masalan. yoqiladigan gazdan oltingugurtni. 
toshko'mirdan  oltingugurt  kolchedanini  seperatsiya  yo'li  bilan 
ajratib  olish  kabi  tadbirlar  atmosfera  havosining  ifloslanishini 
ancha  kamaytiradi.  Bu  borada  ayrim  sanoat  korxonalarida 
mahsulot  ishlab chiqarish vaqtida  havoga  ko'p miqdorda chang 
chiqishini  kamaytirish  uchun  chang  tarqatuvchi  manbani  nam 
materiallar  bilan  chegaralab  qo'yish  ham  changlanishni  ancha 
k a m a y tir is h i  m u m k in .  M a s a l a n .  q u r u q   sem ent  ish la b  
chiqarishning  namli  sement  ishlab  chiqarishga  o'tkazilishi 
havoga  uchadigan  chang  zarralarining  kamayishiga  yordam 
beradi.
Texnologik  jarayonlarda  tabiiy  yonilg'i  yondirishdan  elektr 
toki  bilan  qizdirishga  o'tish  chiqindilarning  kamayishiga  olib 
keladi.  Texnologik  j a r a y o n l a m i n g   berkligini  t a 'm in la s h . 
mahsulotlami  bir  joydan  ikkinchi  joyga  transportvor  lentalari 
vositasida  jo'natish  yaxshi  samara  beradi.
Texnologik  jarayonlam ing  uzluksizligini  ta'minlash  lozim, 
aks xolda chiqindilar to'planib qolib, texnik  vositalar va tozalash 
qurilmalarini ishdan chiqaradi.  Demak. texnologik  jarayonlarni 
uzluksiz texnologivaga o'tkazish davrning dolzarb masalalaridan 
biridir.  Sluini  qayd  qilib  o'tish  lozimki.  yuqorida  tavsillangan 
texnologik  jara y o n la rn i  tadbiq  etish  atm o sfe ra   havosini 
illoslanishdan  lamoman  xoli  qilmasa-da.  sanilariya  vrachlari.
S.'

k o r x o n a l a m i n g   m u h a n d is   va  te x n o lo g la r i  h a m k o r l ik d a  
atmosfera  havosini  chiqindilardan  m uhofaza  qilish  b o ‘yicha 
doimo  harakat qilishlarini taqozo qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling