Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


PORTLATISH ASHYOLARINI SAQLASHDAVA PORTLATISH ISHLARIDA XAVFSIZ MASOFALARNI ANIQLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA


Download 0.71 Mb.
bet15/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

PORTLATISH ASHYOLARINI SAQLASHDAVA PORTLATISH ISHLARIDA XAVFSIZ MASOFALARNI ANIQLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA



1. Jinsni (tuproqni) ayrim bo‘laklarini uchishi (uchib ketishi) bo‘yicha xavfli zonalarni aniqlash


1.1. YUmshatish uchun quduq zaryadlarini portlatishda jinsni (tuproqni) ayrim bo‘laklari uchishi (uchib ketishi) bo‘yicha xavfsiz masofa.
1.1.1. Quduq zaryadlarini portlatishda jinsni ayrim bo‘laklari uchishi bo‘yicha odamlar uchun xavfsiz masofa (m), yumshatish (bo‘laklash) ta’siriga hisoblanib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (1)
bu erda - portlovchi moddalar bilan quduqni to‘ldirish koeffitsienti; - tiqinlab quduqni to‘ldirish koeffitsienti; f - prof. M.M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha jins qattiqligi koeffitsienti; d- portlatiladigan quduqning diametri, m; a – bir qatordagi quduqlar yoki qatorlar orasidagi masofa, m.
Portlovchi moddalar bilan quduqni to‘ldirish koeffitsienti quduqdagi zaryadni uzunligi (m) va burg‘ilangan quduq chuqurligi L (m) nisbatiga teng:
.
Tiqinlab quduqni to‘ldirish koeffitsienti tiqin uzunligi (m) va quduqni zaryadsiz yuqori bo‘sh qismi uzunligi (m) nisbatiga teng:
.
Quduqni zaryadsiz yuqori bo‘sh qismini tiqinlab to‘liq = 1, tiqinlamasdan portlatilganda = 0 bo‘ladi.
Jins qattiqligi koeffitsienti
,
bu erda - to‘g‘ri shaklli namunalarni standart sinashda bir o‘qli siqilish uchun jinslarning mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2 (1 kgs/sm2 = 98066,5 Pa).
1.1.2. Bir xil diametrdagi quduq zaryadlari seriyasini portlatishda a, , parametrlari o‘zgaruvchan bo‘lsa, xavfsiz masofani formula (1) bo‘yicha hisoblash, ushbu seriyada mavjud bo‘lganlardan eng kichik qiymatlardagi a, va eng katta qiymatdagi bilan bajarilishi kerak.
Agar massivning portlatiladigan uchastkasi har xil qattiqlikdagi jinslardan iborat bo‘lsa, unda masofani hisoblashda.jins qattiqligi koeffitsienti f ning maksimal qiymatini qabul qilish zarur. Parallel holda yaqin bo‘lgan quduq zaryadlarini portlatishda diametr d deb ularni ekvivalent diametrlari qabul qilinadi

bu erda - to‘dagi parallel holda yaqin bo‘lgan quduqlarini soni. .
1.1.3. Xavfli masofani aniqlash paytida a, , bo‘yicha qabul qilingan loyihaviy qiymatlardan quduq zaryadlarini portlatishning ayrim parametrlari burg‘ilash-portlatish ishlarni bajarish jarayonida chetlanishi mumkinligini ko‘zda tutish zarur. SHuning uchun formula (1) bo‘yicha masofani ma’lum zaxira bilan hisoblash zarur, buni uchun portlatish ishlarni bajarish jarayonida eng kichik mumkin bo‘lgan qiymatlardagi a, va eng katta mumkin bo‘lgan qiymatdagi qabul qilinadi..
1.1.4. Qiyaliklarda, shuningdek portlatiladigan uchastkani yuqori nuqtasi xavfli zona chegara uchastkalari ustidan kamida 30 m baland bo‘lgan sharoitlarda, nishablik bo‘ylab pastga yo‘nalishda xavfli zonaning o‘lchamlari ko‘paytirilishi va jinsni ayrim bo‘laklari uchishi bo‘yicha xavfsiz masofa quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin::
, (2)
bu erda -qiyalik nishabiga yoki portlatiladigan uchastkani yuqori nuqtasiga nisbatan 30 m pastlikdagi joyga qarab jinsni ayrim bo‘laklari uchishi bo‘yicha xavfli masofa; - joy relefini hisobga oluvchi koeffitsient.
Qiyaliklardagi portlatishlarda
, (3)
bu erda - gorizontga nisbatan qiya nishabligi burchagi, gradus.
Agar burchakni o‘rniga xavfli zona chegaralaridan portlatish joyining balandligi bo‘lsa,
, (4)
bu erdaH - portlatiladigan uchastkani yuqori nuqtasining xavfli zona chegara uchastkalari ustidan balandligi, m.
Agarxavfli zonaning formula (1) ili (2) bo‘yicha hisoblangan birorta chegarasi nishablikdan o‘tsa, unda jinsni ayrim bo‘laklari dumalashi mumkinligini hisobga olishi va xavfsiz masofani shu yo‘nalishda ko‘paytirish zarur. SHuningdek jins bo‘laklari uchishi masofasi ortishiga shamol kuchi ta’sirini ham hisobga olish kerak.
1.1.5. Hisoblangan xavfli masofani qiymati katta tomonga karraligi 50 m bo‘lgan miqdorgacha yaxlitlanadi. Bunda uzil-kesil qabul qilinadigan xavfsiz masofa mazukr Qoidalarni § 70 4 – jadvalida ko‘rsatilgan minimal qiymatlardan kichik bo‘lmasligi kerak.
1.1.6. Portlatish joyidan mexanizmlar, binolar, qurilishlargacha bo‘lgan xavfsiz masofa aniq sharoitlarni hisobga olgan holda, portlatish loyihasida aniqlanadi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling