Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish
Imoratlar (saqlash joylari) tuzilishi
Download 0.71 Mb.
|
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot
Imoratlar (saqlash joylari) tuzilishi
2.6. Doimiy omborlarning PA saqlanadigan imoratlari yonmas materiallardan qurilgan bo‘lishi kerak. Karkasli-to‘kma devor va to‘sinlarni qurishda to‘kma sifatida puch beton, shlak yoki ohak suti bilan to‘yintirilgan qirindilardan foydalanishga ruxsat etiladi. PA saqlanadigan imoratni karkasli-to‘kma va xodali devori va to‘sinlari ichki va tashqi tomonidan yonmas tarkib bilan qoplanishi yoki suvalgan bo‘lishi kerak. PA saqlanadigan imoratdagi yog‘och shiplar yonmas tarkib bilan qoplanishi yoki suvalgan bo‘lishi kerak. Quriq klimatli joylarda paxsa imorat, shuningdek xom yoki samanli g‘ishtdan imorat ko‘tarishga ruxsat etiladi. Imoratlarning tomlari yonmas materiallardan qurilishi yoki ichki va tashqi tomonidan yonmas tarkib bilan qoplanishi kerak. Imoratlarni barpo etishda, ularni ichidagi havoning harorati 300S dan oshmaydigan qilib qurish kerak. Har bir imorat cherdak xonasiga ega bo‘lishi kerak (temir-betonli qoplamalar bo‘lganda cherdak xonasini qurish majburiy emas). Izoh.
2.7. Imoratlarni pollari yog‘och, beton, asfalt yoki loy suvoqdan bo‘lishi kerak. Tutunli poroxlar saqlanadigan imoratlarning poliga yumshoq bo‘yra to‘shalgan bo‘lishi kerak. 2.8. PAni mayda partiyalab berishga mo‘ljallangan imoratlarda kamida bitta tambur bo‘lishi kerak. Tambur kamida 2x2 m o‘lchamga ega bo‘lishi va yonmas materiallardan qurilgan bo‘lishi kerak. Tambur orqali o‘tish joyi kamida ikkita tashqariga qarab ochiladigan ikki tabaqali eshiklar bilan jihozlanishi: ulardan biri tashqaridan tamburga, ikkinchisi tamburdan imoratga olib borishi kerak. Tashqi eshik po‘lat tunuka bilan qoplanishi kerak. Ikkinchi eshik panjarali (yog‘ochdan yoki metalldan) bo‘lishi kerak. Rampalar va yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash vositalari (elektryuklagich va boshqalari) mavjud bo‘lgan imoratlarda tambur qurish shart emas, ammo ikkita eshikni o‘rnatish zarur. 2.9. PA saqlanadigan imoratga kirish joylarining soni, bitta xonaning eng uzoq nuqtasidan imoratni kirish joyigacha bo‘lgan maksimal masofa yo‘lak bo‘ylab kamida 15 m, yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashda esa kamida 25 m bo‘lishi lozimligini hisobga olib aniqlash zarur. 2.10. Imoratlarning derezalari po‘lat panjaralar bilan jihozlanishi, ular diametri kamida 15 mm bo‘lgan chiviqdan tayyorlanishi, kataklari ko‘pi bilan 150x150 mm va kesishgan joylari payvandlangan bo‘lishi kerak. CHiviqlarning uchlari kamida 80 mm chuqurlik bilan devorga kirgan bo‘lishi kerak. Panjarani och rangli bo‘yoq bilan bo‘yash zarur. Quyosh tomonga qaragan oynalarning shishalari xira yoki oq bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Derazalarni nurli sirtini maydon poliga nisbati 1:25 dan 1:30 gacha bo‘lishi kerak. 2.11. CHerdak xonasida biror-bir narsa yoki materiallarni saqlash man etiladi. CHekrdakka kirish uchun binoning tashqi tomonida pillapoya bo‘lishi nazarga olinishi kerak. 2.12. Imoratga va cherdakka kirish joylari qulf bilan mahkamlanishi va tamg‘alanishi yoki muhirlanishi kerak. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling