Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


Portlovchi materiallarni noturar-joy bino, erto‘la va boshqa xonalarda saqlash


Download 0.71 Mb.
bet7/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

Portlovchi materiallarni noturar-joy bino, erto‘la va boshqa xonalarda saqlash
4.3. Noturar-joy bino, erto‘la va boshqa xonalarda PAni qisqa muddatli saqlashda, bitta imoratdagi PMning miqdori 3 t dan va detonatorlarni soni detonatsiyalovchi va olovo‘tar shnurlarni ( OSHni yoqish vositalarini) tegishli miqdori bilan 10 ming donadan oshmasligi kerak.
Detonatorlarni ichki tomonidan kigiz, tashqi tomonidan metall list qoplangan yog‘och qutilarga joylashtirishi kerak. Qutilar PMdan 2 m uzoq masofaga qo‘yilishi va qulf bilan bekitilishi kerak.


Portlovchi materiallarni temir yo‘l vagonlarida saqlash
4.4. Ikki o‘qli alohida vagonda ko‘pi bilan 3 t PM yoki 10 ming dona detonator, 10 ming don noelektrik detonator (NSI) va 1000 m detonatsiyalovchi shnurlarni saqlashga ruxsat etiladi.
To‘rt o‘qli alohida vagonda ko‘pi bilan 6 t portlovchi modda yoki 20 ming dona detonator, 20 ming don noelektrik detonator (NSI) va 2000 m detonatsiyalovchi shnurlarni saqlashga ruxsat etiladi.
Aytilgan hollarda birgalikda saqlanadigan olovo‘tar shnur va uni yoqish vositalarining miqdori chegaralanmaydi.
4.5. PA bilan birgalikda ikki o‘qli vagonda ko‘pi bilan 1 t PM yoki 5 ming dona detonator, 5 ming don noelektrik detonator (NSI), 1000 m detonatsiyalovchi shnur va zarur miqdordagi olovo‘tar shnurlarni (OSHni yoqish vositalarini), to‘rt o‘qli vagonda esa ikki barobar ko‘p PAni saqlashga ruxsat etiladi.
4.6. PM, TV va NPAni birgalikda saqlashga mo‘ljallangan vagonlarni yog‘och to‘siqlar bilan uch bo‘linmaga bo‘lish kerak. Vagonning chetgi bo‘linmasi PM, TV va NPAni saqlashga, o‘rtadagisi (tambur) PAni berish uchun xizmat qiladi.
Bo‘linmaga kirish eshiklari butun va kamida 1,8x0,9 m o‘lchamga ega bo‘lishi kerak.
4.7. PAni saqlash uchun jihozlangan vagonlar soz va tormozga, tormozlash maydonchasiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘mir va ozon alangalanadigan materiallarni tashishda foydalanilgan vagonlarga PAni joylashtirishdan oldin, ularni bu mahsulotlardan tozalash va ishqorli suv bilan yuvish zarur.
4.8. Vagonlarning eshiklari zich biriktirilgan va ichki tomonidan yupqa taxta list bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Vagonga kirish uchun, uning bir tomonidan ichkariga ochiladigan kamida 1,8x0,9 m o‘lchamga ega bo‘lgan eshik o‘rnatish zarur. Vagon o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
4.9. PAni berish, shuningdek ularni qoldiqlarini qabul qilish faqat vagon boshi berk va zaxira yo‘llarda bajarilishi zarur va bu yo‘llar bilan sanoat va turar-joy qurilishlari, magistral yo‘li orasidagi stansiya (o‘tish joyi) boshlig‘i bilan kelishuvga ko‘ra aniqlanadigan masofa, lekin kamida 125 m bo‘lishi kerak. Avtomobil trasportining vagonga borishi uchun qulay borish joyi bo‘lishi kerak.
4.10. PA yuklangan vagonlar bilan ixtiyoriy manevrlarni boshlashda oldin, shuningdek bunday vagonlar yo‘lda harakatlanayotganda barcha lyuklar yopiq, vagonlar kulf bilan bekitilgan va plombalangan bo‘lishi kerak. PA joylangan quti, xaltalar mahkamlangan bo‘lishi kerak.
4.11. Tungi paytlarda PA saqlanadigan vagon boshi berk va zaxira yo‘llarda tursa, u ko‘rinadigan signal bilan belgilanishi kerak.
Qolganlarida esa O‘zbekiston Respublikasi ћududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish qoidalari talablariga roiya etilishi zarur.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling