Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish
Portlovchi materiallarni avtomobil, tirkama va aravalarda saqlash
Download 0.71 Mb.
|
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot
Portlovchi materiallarni avtomobil, tirkama va aravalarda saqlash
4.28. Ko‘chma holda bajariladigan ishlarda (seysmorazvedka, o‘rmon yo‘llari uchun trassani tozalash va shu kabilarda) PAni avtomobil, tirkama, arava va chanalarda (ko‘chma omborlarda) saqlashga ruxsat etiladi. Bunday holatlarda transport vositalariga PAni avtomobil va ot-ulov transporti tashish uchun belgilangan talablar qo‘yiladi. 4.29. Ko‘chma omborlar avtomobil, tirkama, arava va chanalarga o‘rnatilgan va mahkam qotirilgan mustahkam furgondan iborat bo‘ladi. Furgon dyuralyumin yoki tashqi tomonidan metall list bilan qoplangan va hamma tomonidan olovdan himoyalaydigan tarkib surtilgan bo‘lishi kerak. Bunday PA ombori o‘ziyurar va o‘ziyurmas bo‘lishi mumkin. Kuzovning oldingi qismida (pastki o‘ng burchagida) tezlatishi vositalarini uchun quti (bo‘lma) joylashtirilgan va uni yuklash uchun kuzovni tashqi tomonidan eshigi bo‘lishi kerak. Bunday quti ichki tomonidan yumshoq material (kigiz, rezina, porolon va boshqasi) bilan qoplanishi zarur. Kutini (bo‘lmani) tuzilishi, kutilmaganda tezlatishi vositalarini katta bo‘lmagan miqdori portlagan hollarda, detonatsiya portlovchi moddalarga uzatilishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak. SHuningdek furgonda portlovchi materiallar ombori mudiri (tarqatuvchisi) uchun ishchi joy jihozlanishi kerak. Portlovchi moddalarni yuklash (tushirish) ham, furgonni o‘ng tomonida joylashgan eshik orqali bajarilishi zarur. Transport vosita kabinasiga o‘tkazilgan va eshik ochilganda ishlab ketadigan signalizatsiyani o‘rnatish sharti bilan, furgonni orqa devoriga eshik o‘rnatishga ruxsat etiladi. PM, TV va NPA bo‘lmalari eshiklari o‘yma qulflar va qulf ilgagi chiqib ketgan hollarda eshik ochilishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Furgon tashqaridan o‘tkazilgan himoya qobig‘i bo‘lgan elektrsimli plafonli kuzovning old qismi tepasiga o‘rnatilgan chiroq bilan yoritilishi kerak. Kuzovni ichkidan elektr simlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘chma ombor kuzovida metall panjarali derazalar bilan ta’minlanishi kerak. Furgonning oldingi derazalari transport vositasi kabinasining orqa derazalari sathida bo‘lishi kerak. Ko‘chma o‘ziyurmas ombor bikr tirkama bilan shataklovchi transport vositasiga ulaydigan moslama va ehtiyot trosga ega bo‘lishi kerak. Ko‘chma PA omborining texnik holati, jihozlari va butligi, uni harakatlantirishni tashkil etish va avariya holatlarini bartaraf etishga tayyorlanganligi “O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha portlovchi moddalarni avtomobil transportida tashish qoidalari” talablariga javob berishi kerak. O‘ziyurmas PA omborini tashishda shatakka olinadigan tirkamaning massasi shatakka oladigan trasport vositasi massasining yarimidan yoki shataklagich tortish kuchining to‘rtdan uch qismidan ortmasligi kerak. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling