Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


Avtotranport, ot-arava va egarda PA tashish


Download 0.71 Mb.
bet14/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

2. Avtotranport, ot-arava va egarda PA tashish
2.1. Avtomobil, ot-arava transportlari bilan va egarda PA tashish, mazkur Qoidalar talablariga muvofiq ravishda qo‘riqlab, maxsus tayinlangan mas’ul shaxs kuzatuvida yo‘l harakati qoidalarini so‘zsiz bajargan holda bajarish zarur. PAni avtomobilda tashish, qo‘riqlash va kuzatishni ta’minlash “O‘zbekiston Respublikasi ћududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidlari”ga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Tashish bo‘yicha mas’ul shaxs ichki ishlar mahalliy organlarida tegishli rasmiylashtirish bilan qo‘riqlash shaxsini vazifasini ham birga olib borishi mumkin.

    1. Detonatorlar va tutunli poroxlarni tirkamalarda tashish man etiladi.

2.3. PAni tashishga mo‘ljallangan transport vositalarini boshqarish uchun faqat tegishli yo‘riqdan o‘tgan haydovchilarga ruxsat beriladi.
Haydovchi (shofyor) va aravakash tomonidan PA ortilgan transport vositasini tashish bo‘yicha mas’ul shaxsning ruxsatisiz qoldirib ketish man etiladi.
PA ortilgan transport vositasida, ularni tashishga aloqador bo‘lmagan shaxslar bo‘lmasligi kerak.
2.4. PA ortilgan bir necha transport vositalari harakatlanganda portlovchi materiallarni tashish bo‘yicha mas’ul shaxs ularning birinchisida va quriqlash shaxsi esa oxirgichida bo‘lishi kerak.
2.5. PAni tashish paytida dam olish uchun yo‘lda to‘xtashga, faqat aholi punktlar tashqarisida, yo‘ldan kamida 100 m va turar-joy binosidan kamida 200 m uzoqda; transport vositalari motori o‘chirilgan, hayvonlar aravadan ajratilgan yoki egarsizlangan bo‘lsa ruxsat etiladi.
PA ortilgan transportni yo‘ldan chetga chiqarishning iloji bo‘lmaganda, uni yo‘lning chetiga, ammo aholi punktlaridan kamida 200 m uzoqda to‘xtash zarur.
Transport vositalari to‘xtab turgan joyning ikki tomoniga ham ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilishi kerak.
PA ortilgan transport vositalarining garaj, otxona va shu kabilarda to‘xtab turishi man etiladi.
2.6. PA tashiydigan bir ulovli aravallarning hammasiga oldi va orqa tomonidan qizil bayroqchalar, qorong‘i paytlarda esa nur qaytrauvchi belgilar qo‘yilishi kerak.
Bu talablarni bajarishning iloji bo‘lmaganda PAni tashish bo‘yicha mas’ul shaxs, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xavfsizlikning zaruriy choralarini qabul qilishga xaqli.
2.8. PA ortilgan transportlarini daryo va ko‘llardan parom bilan olib o‘tilganda birinchi navbatda PA ortilgan transport vositalari o‘tkazilishi kerak. Bunda paromda boshqa narsalarning bo‘lishi man etiladi.
2.9. Arava yoki egarli xayvonlarda PA bilan birgalikda boshqa birorta yukni tashish man etiladi, faqat portlatish ishlariga oid jihozni PAga urilmaydigan qilib qo‘yilgan holda qo‘shib tashish bundan mustasno.
2.10. Moslik guruhi V bo‘lgan PAni ot-aravada tashishda ressorli aravadan foydalanish zarur; chanada tashishda esa bunday PA yumshoq materialdan bo‘lgan to‘ma o‘stiga qo‘yilishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan PAni egarlarda tashish ichi kigiz bilan qoplangan idishlarda bajarilishi kerak.
2.11. Ot-arava transporti bilan tashiladigan PAni massasi:
- mazkur Yo‘riqnomani 2.10 bandida ko‘rsatilganlar, shuningdek tutunli poroxlar uchun bir otli aravada 300 kg va juft otli aravada 500 kg dan;
- boshqa PA va olovo‘tar shnurlar uchun bir otli aravada 500 kg va juft otli aravada 800 kg dan ortiq bo‘lmasligi kerak.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling