Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish
PA saqlandigan ustki va yarimchuqur doimiy omborlar
Download 0.71 Mb.
|
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot
2. PA saqlandigan ustki va yarimchuqur doimiy omborlar
Hudud Ustki doimiy omborlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: oqova suv arig‘iga (ko‘p yillik muzli jinslardan iborat sharoitlarda ariqlarni zarurligi loyiha bilan belgilanadi) ega bo‘lishi; yo‘llar va o‘tish shoxoblarini toza va soz holatda tutish zarur; imoratlarni joylashtirishda, qiyinchiliksiz ularga borish va har biriga o‘tishni ta’minlash kerak; alohida imoratlar orasidagi, shuningdek imoratlar bilan ombor hududi va undan tashqaridagi boshqa binolar va inshootlar orasidagi masofalar mazkur Qoidalarni 8-Ilovasi talablariga muvofiq bo‘lishi va o‘rnatilgan yong‘inga qarshi masofalardan kam bo‘lmasligi kerak. omborlar to‘silgan bo‘lishi va eni to‘siqdan kamida 50 m bo‘lgan taqiqlangan zonaga ega bo‘lishi kerak. Taqiqlangan zona chegaralari va undan foydalanish tartibi korxona ma’muriyati tomonidan ichki ishlar organlari ishtirokida aniqlanadi. Taqiqlangan zona chegaralariga ogohlantiruvchi belgilar qo‘yiladi. 2.2. Ombor hududida faqat quyidagi bino va inshootlar joylashishiga ruxsat etiladi: PM, TV va NPA saqlanadigan imoratlar, konteynerlardagi PM, TV va NPA uchun maydonchalar; PA berish uchun bino (xona); yordamchi binolar (imoratlar, maydonchalar); PA tayyorlanadigan bino; qabul qilish rampalari va PAni qabul qilish, saqlash va yuklab jo‘natish bilan bog‘liq boshqa ob’ektlar; donador va tarkibida suv bo‘lgan oddiy PM tayyorlanadigan punktlari, shuningdek zavodda ishlab chiqarilgan PMlarni mexanizatsiyalangan zaryadlashga tayyorlash punktlari; laboratoriya; soqchilar minorasi, quriqchi itlar uchun budka; fonarlar, projektorlar va shu kabilar o‘rnatiladigan minoralar (machtalar, stolbalar); yong‘inga qarshi vositalaruchun saroy; yong‘inga qarshi sardobalar; o‘tkazish budkalari. 2.3. Mazkur Qoidalarni 6-Ilovasi bilan aniqlanadigan xavfli zona chegarasidagi taqiqlangan zonadan keyin, PAni sinash va yo‘qotish, idishlarni yoqish uchun poligon, soqchilar xonasi, omborga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun ma’muriy-maishiy xona; mexanizatsiya vositalariga xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish punktlari; qozonxona, yoqilg‘i omborlari (neft mahsulotlari uchun sig‘imlar); suvquvulari va kanalizatsiyaning nasos stansiyalari; transformatorli nimstansiyalar; xojatxona. Idishlar saqlanadigan saroy yoki ayvonni ombor to‘sig‘idan kamida 25 m uzoqlik bilan taqiqlangan zona chegaralarida joylashtirishga ruxsat etiladi. Soqchilik xizmati binolari va inshootlarini ichki ishlar organlari talablariga muvofiq ko‘zda tutish va joylashtirish zarur. 2.4. To‘siqdan eng yaqin imoratgacha bo‘lgan masofa kamida 40 m bo‘lishi kerak. Tog‘li joylarda bu masofa ichki ishlar organlari bilan kelishuvga ko‘ra kamaytirilishi mumkin. To‘siqni tikonli sim, daraxt, g‘isht, tosh, metalldan qilish zarur. To‘siqni balandligi kamida 2 m bo‘lishi kerak. Daraxt, g‘isht, tosh, metalldan qilingan to‘siqlarni tepasiga balandligi kamida 0,5 m bo‘lgan metall sterjnlarga to‘rt qator (tola) qilib tikonli sim tortilishi kerak. To‘siqqa qulf bilan bekitiladigan eshik va darvoza o‘rnatilishi zarur. 2.5. Ombor hududi va taqiqlangan zona, uni atrofidagi daraxtlarva butazorlar kesilgan, quriq o‘simliklar, o‘tlar, shox-shabbalar va boshqa oson alangalanuvchi narsalar yig‘ib olgan bo‘lishi kerak. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling