Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish
Uyumlarni (g‘ovlarni) tuzilishi
Download 0.71 Mb.
|
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrqurilmalari
Uyumlarni (g‘ovlarni) tuzilishi
2.13. PAni saqlash yoki qayta ishlash joyidan binolar va inshootlargacha yoxud ular orasidagi masofa, agar mazkur Qoidalarni 1-bo‘limini 5-kichik bo‘limi bilan nazarda tutilgan miqdorlardan kichik bo‘lsa, g‘ovlarni qurish zarur. Bunda xavfsiz masofa chuqurlashtirilgan zaryadlar holatiga hisoblangandek aniqlanadi. 2.14. G‘ovlarni faqat yumshoq yoki sochiladigan tuproqlarni to‘kish bilan qilinadi. G‘ov qilish uchun tosh, shag‘al va yonuvchi materiallardan (mayda ko‘mir va shu kabilardan) man etiladi. 2.15. G‘ovlar PAli shtabelni (stellajni) yuqori sathidan 1,5 m baland bo‘lishi kerak. G‘ovlar tepasini eni kamida 1 m bo‘lishi kerak. G‘ovlar tagini eni, uni tayyorlashda ishlatilgan tuproqning tabiiy qiyalik burchagi bilan aniqlanadi. 2.16. Imoratni g‘ov bilan to‘liq aylantirilganda chiqish joylarini qurish uchun g‘ovlarni uzilgan joylari bo‘lishi va ularni oldi tomonidan himoya g‘ovini o‘rnatish zarur. Himoya g‘ovining uzunligi shunday hisob bilan olinishi lozimki, bunda bosh g‘ovni chuqqisini eng yaqin oxirgi nuqtasi orqali binoning eng yaqin burchagidan o‘tuvchi planda chizilgan va yana davom ettirilgan to‘g‘ri chiziq himoya g‘ovini chuqqisidan o‘tsin. Elektrqurilmalari 2.17. PA omborlarining elektrqurilmalari «Elektrќurilmalari tuzilishi ќoidalari» (ETQ), «Iste’molchilar elektrќurilmalaridan texnik foydalanish ќoidalari» va «Iste’molchilar elektrќurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi ќoidalari»ning mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan talablariga javob berishi kerak. 2.18. Elektrќurilmalarga (taќsimlash ќurilmalari, nimstansiyalari, avariyaviy ta’minot manbasiga), elektropriyomniklar toifalanishiga, ishonchlilik ta’minlanishi va boshqalariga qo‘yilgan talablar me’yoriy hujjatlarni hisobga olgan holda loyiha bilan belgilanishi kerak. 2.19. PA omborlarining elektrqurilmalari, shu jumldan quvvat va yoritish tarmoqlari, tok qochishi va odamlarni elektr toki bilan shikastlashdan himoyalash bilan jihozlanishi kerak. PA omborlarining elektrqurilmalarini zaminlash ETQga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 2.20. PA omborlari, ularni ostanalari va PA imoratlari yoritilgan bo‘lishi zarur. To‘siq perimetri bo‘ylab yoritishni bajarishga ruxsat etiladi. 2.21. PA omborlarining ishchi yoritilishi kuchlanishi 220 V gacha bo‘lgan lampalar (yoritgichlar) bilan amalga oshirilishi zarur. Avariyaviy yoritish turi loyihada belgilanishi kerak. Ombor imoratlari uchun avariyaviy yoritish sifatida konchilik akkumulyatorli yoritgichlar yoki quriq batareyali (metall korpusli, rezina g‘ilofli) fonarlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Elektr tarmog‘idan ta’minlanadigan dastaki ko‘chma lampalardan foydalanish barcha omborlarda man etiladi. Agar PAni berish faqat sutkaning yorug‘ paytlarida amalga oshirilsa, unda imoratni elektryoritish shart emas. 2.22. O‘chirgich, saqlagich, taqsimlash shchiti, shtepsel va shu kabilarni binoni tashqari tomonidan o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan yopiq qutilar yoki izolyasiyalangan xonaga o‘rnatish zarur. 2.23. Yоritish tarmoqlari uchun imorat ichida qobig‘i yong‘in chiqarmaydigan kabellardan foydalanish zarur. 2.24. Xonaning devorlari va shiplariga kabellarni mahkamlash, ular gorizontal o‘tkazilganda kamida har 0,8 m da va vertikal – 2 m da bajarilishi kerak. Kabellarni ulash va qo‘shib ulash uchun maxsus muftalardan foydalanish zarur. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling