Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


Download 0.71 Mb.
bet5/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

Aloqa va signalizatsiya
2.25. Barcha omborlar, shu jumladan ombordagi soqchilik xonalarida korxona, o‘t o‘chirish xizmati va ichki ishlar organlari bilan telefon aloqasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Telefon aloqasini o‘rnatishning iloji bo‘lmaganda ichki ishlar mahalliy organlari bilan korxona rahbariyatining kelishuvi bo‘yicha omborga abonentlari sanaqli bo‘lgan radioaloqa o‘rnatilishi mumkin. Soqchilik postlari va soqchilik binosi o‘rtasida ikki tomonlama telefon aloqasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Aloqa vositalarini portlash-yonish xavfi bo‘lmagan binolarga o‘rnatish zarur.
Omborlar va imoratlar quriqlash va yong‘in signalizatsiyasi vositalari bilan faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaga binoan jihozlanishi mumkin.
Yоng‘inga qarshi himoya
2.26. Barcha omborlar o‘t uchirish vositalari bilan ta’minlanishi, ularni nomlari, soni va joylashishi davyong‘innazorat organi bilan kelishiladigan loyiha bilan aniqlanishi zarur.
2.27. O‘rmon va dala yong‘inlaridan saqlash uchun, har bir bino atrofi bo‘ylab kamida 5 m masofa ajriqlardan tozalanishi; ombor hududi atrofini to‘siqdan 10 m uzoqlikda tepasining enini kamida 1,5 m va chuqurligi kamida 0,5 m bo‘lgan ariq bilan aylantirish yoki o‘simliklarni yo‘q qilish uchun eni 5 m bo‘lgan polosani muntazam ag‘darib turish zarur. Toshli va shag‘alli tuproqlarda ariq qazish yoki ag‘darilgan polasa shart emas.
2.28 Har bir omborda o‘t uchirish vositalari tarkibi va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma osib ko‘yilgan bo‘lishi kerak. Ombor xodimlarini yo‘riqnomalar bilan imzolab tanishtirish zarur.
2.29. Pechka bilan isitiladigan ob’ektlarni qurishda, ularni murilariga uchquntutgich to‘ri qo‘yilishi kerak.
Ichki yonuv dvigateli bilan ta’minlangan va portlatish materiallari bilan transport va yuklash-tushirish amallarini bajarishda ishlatildaigan barcha mexanizmlar, shuningdek o‘t o‘chirish avtomobillari “O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha portlovchi moddalarni avtomobil transportida tashish qoidalari” talablariga javob berishi kerak.
Yashinhimoya
2.30. PA omborlarida tuzilishi va tarkibi “PA omborlarining yashinhimoyasini loyihalash, qurish va ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma” talablari (mazkur Qoidalarning 9-Ilovasi) bilan belgilanadigan yashinhimoya bo‘lishi kerak.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling