Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


Portlovchi materiallarni chayla, g‘or va boshqa punktlarda saqlash


Download 0.71 Mb.
bet9/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

Portlovchi materiallarni chayla, g‘or va boshqa punktlarda saqlash
4.30. Portlovchi materiallarni chayla, chodir, g‘or va shu kabilarda saqlashda yog‘in-sochin va quyosh nuri ta’siridan ularni saqlashni ta’minlash kerak.
PAni erdan kamida 20 sm baland bo‘lgan yog‘och katga yotqilib qo‘yish zarur.
Hudud to‘siqlar (xodachalar, sim yoki arqon) bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.


Portlovchi materiallar saqlanadigan maydonchalar
4.31. SHovush (muz oqishi) va suv toshqini zararidan ob’ektlarni muhofaza qilish bo‘yicha portlatish ishlari bajarilganda maxsus maydonchalarda PAni qisqa muddatli (ko‘pi bilan 30 kun) saqlashga ruxsat etiladi. YAlpi portlatish, geofizik va boshqa bir martalik ishlarni bajarish 90 sutkadan ortmasligi kerak. Bunda PAni barcha hollarda erdan kamida 20 sm baland bo‘lgan yog‘och katga joylashtirish va ayvonga yoki brezent yopgich tagiga qo‘yish kerak.
4.32. Meliorativ qurilish ishlarida PAni vaqtinchalik maydonchalarda saqlash muddati va tartibi qurilish tashkiloti rahbarlari tomonidan “Sanoatgeokontexnazorat” DI va ichki ishlar organlari bilan kelishuv bo‘yicha o‘rnatilishi mumkin, lekin barcha hollarda maydonchalarni har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va foydalanishga qabul qilish bilan ikki yildan oshmasligi kerak.
4.33. Maydonchalarda PAni saqlashda tezlatish vositalarini PM detonatsiyasini uzatish bo‘yicha TVni aktiv zaryad deb qabul qilgan shartdan kelib chiqadigan xavfsiz masofadagi alohida maydonchalar yoki chodirlarga joylashtirish zarur.


5. Seyfli binolar va bino-seyflar
Ilmiy va o‘quv tashkilotlarida PA seyfli binolar va bino-seyflarda saqlanishi kerak. Bunday binolar yonmas devor va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. PA saqlanishiga mo‘ljallangan binoning yondosh xonalari, shuningdek ustda va ostidagi xonalarda odamlar doim turadigan ish joylari bo‘lmasligi kerak. Bu xonalarni qo‘shni binolardan kamida 25 sm bo‘lgan yaxlit yonmaydigan beton yoki g‘ishtli asosiy devor bilan bo‘lish kerak. Binoning eshigi olovbardoshlik chegarasi kamida 45 min bo‘lgan materialdan tayyorlanishi kerak.
Tezlatish vositalarini saqlashga mo‘ljallangan seyflar ichidan yumshoq material bilan qoplangan, zaminlangan va PMli seyfdan kamida 2 m uzoqqa joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Binlar o‘t uchirish va qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling