“padarkush” Reja; Mahmudxo`ja Behbudiy hayoti. Mahmudxo`ja Behbudiy ilodi


Download 75.97 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi75.97 Kb.
#1437197
Bog'liq
Презентация1


“PADARKUSH”
Reja;
  • Mahmudxo`ja Behbudiy hayoti.
  • Mahmudxo`ja Behbudiy ilodi.

  • 3. Padarkush drammasi.

Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) alloma, yozuvchi, jamoat arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni yangicha o‘quv metodikasi lideri.
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 20 yanvar kuni Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelgan. Bexbudiy voyaga yetgan atrof-muhit uning dunyo qarashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
Mahmudxo‘janing otasi islom dinining yirik mutaxassisi bo‘lgan va dinga oid qator maqolalar yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois, ushbu atrof-muhim bolakayning dunyoqarashiga ta’sirsiz bo‘lmagan. Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u siyosatni ham o‘rgangan. Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishib borgan. Makka, Misr hamda Stambulga bo‘lgan sayohatlari uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z maqolalarini chop eta bolshladi, ularda maktab va san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi.
Behbudiy “Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon” gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan. Mahmudxo‘ja 200 dan ziyod o‘zbek va tojik tillaridagi nashrlar muallifi. Xususan, "Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy" - "Kiskacha umumiy jug‘rofiya" (1903), "Kitob-ul-atfol" - "Bolalar uchun kitob" (1904) va boshqalar.
Bexbudiyning yozuvchilik poydevori nuqtasi 1911 yil Samarqandda yozilgan “Padarkush” dramasi sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishi kerakligi keltirilgan. Drama ilk bor 1912 yil “Turon” gazetasida bosib chiqarilgan, 1913 yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan. Behbudiyning sahna asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitsion nuqtai nazardan asar odimona ko‘rinsada, g‘oyaviy juda murakkab va drama janrining barcha talablariga javob bera oladi. O‘zbek dramaturgiyasining birinchi qaldirg‘ochi bo‘lib, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Mirmuxsina-Fikriyaning “Farzandsiz Ochildiboy” va Hamzaning bir qator asarlarining yaratilishida turtki bo‘ldi.
Behbudiy 1919 yil Qarshida sayohat davri qo‘lga olindi va Said Olijonning buyrug‘iga binoan qatl etildi. Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi». Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937 yilga kelib qatag‘on qilinadi va 1956 yilda oqlanadi. Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o‘z xalqining istiqloliga xizmat qilmoqda.
1977 yil Behbudiyning “Saylanma”si chop etildi. Ushbu to‘plam o‘z ichiga darslik va o‘quv-qo‘llanmalarni olgan, hozirgi kunda ko‘chalar va maktablarga uning nomi berilgan.
U 1899 yilda hajga borib, u yerdan muftiy unvoniga ega bo‘lib qaytgan. Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan.
Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, «Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jug‘rofiya» 1903), «Kitob-ul-atfol» («Bolalar uchun kitob», 1904), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi», 1904), «Amaliyoti islom» (1905), «Rusiyaning qisqacha jug‘rofiyasi» (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan.
Uning 1901 yildan boshlab «Turkiston viloyati gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘ Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so‘z», «Tarjumon», «Sho‘ro», «Vaqt», «Toza hayot», «Samarqand», «Oyna» kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyiarvar kishilar va, ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan.
U ayni chog‘da yangi usuldagi maktablarning asoschisi va targ‘ibotchisi, yangi darsliklarning ilk muallifi ham bo‘ldi. Xullas, Mahmudxo‘ja Behbudiy buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi.
Behbudiy 1914-yil 29-mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida BayramaliAshxobodKrasnovodskKislovodskPyatigorskJeleznovodskRostovOdessa shaharlarida boʻladi, 8-iyunda Istanbulga keladi. Undan Adarnaga o'tib, yana Istanbulga qaytadi va 20-iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. Soʻng QuddusBayrutYofaHalil ar-Rahmon, PortSaid, Shom shaharlarida boʻladi. Sayohat xotiralari „Oyna“ jurnalida bosilib turadi. Bu „xotiralar“ har jihatdan muhim boʻlib, anʼanaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi oʻziga xos namunasi edi. Muallif unda yoʻl taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng oʻrin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida maʼlumotlar toʻplaydi. Turli-tuman millatlar, ularning urf-udumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, eʼtiqod masalalariga katta ahamiyat beradi.
Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. 
“Jadid” arabcha so‘z bo‘lib, “yangi” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan taraqqiyparvar, ilg‘or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda “jadid” degan nomga musharraf bo‘ldilar. Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi. Bu harakatning paydo bo‘lishi bevosita o‘sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog‘liq bo‘ldi. “ Jadidchilik g‘oylari erta bahorning shiddatli shamollari singari po‘panak bosib, biljirab ketgan o‘rt asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashlanadi.
Xusuan, jadidlarimiz millatning yashamog‘I, taraqqiy topmog‘i uchun, birinchi navbatda , ozod, mustaqil bo‘lmog‘I lozimligini anglab yetdilar va keng xalqni uyg‘otishga alohida e’tibor berdilar”. Jadid adabiyotimiz vakillaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir.
Asosiy qism. Taniqli dramaturt, publicist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy Samarqandda tug‘ilgan. Behbudiy Ahmad Yassaviy avlodidan, qozixonada qozi, mufti darajasigacha ko‘tariilgan. Behbudiy 1911-yilda “Padarkush” dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi edi. Drama tuzilishi 3 parda, 4 manzaradan iborat. Milliy fojiaga asoslangan bu asarni dastlab nashr qilish biroz cheklanadi. Bunga esa o‘sha zamondagi davlat tuzumi sabab bo‘lgan. Asar mazmuni o‘qimagan va johil farzandning o‘z otasini o‘ldirishi haqida edi. Padarkush so‘zining ma’nosi “ota qotili” degan ma’noni beradi. Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlarning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi.
Behbudiy Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo farzand tarbiyasi va ilmiga e’tibor bermagan kimsa sifatida aks ettiradi. Dramadagi boyning eng katta xatosi Ziyoli va Domlaning gapiga quloq solmaganligidadir. Asardagi domla va Ziyolining hayot yo‘llari bir-biriga yaqin. Dramada ikki obraz xususiyatlari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Domla va Ziyoli Boy, Toshmurod, Tangriqul, Toshmurod, Artun obrazlariga qarama-qarshi zidlangan tarzda ifodalanadi. Dramatik asar voqealarini o‘zaro ziddiyat shakllantiradi. Bu vaziyatni ilmlilar va ilmsizlar o‘rtasidagi kurash bilan izohlanadi.
Adabiyotlar va metodologiya. Ushbu asar 1911-yilda yozilgan. Oradan ikki yil o‘tgach, ushbu asar kitob holatda chop etiladi. “Turon truppasi 1914-1916 yillarda bu spektakl bilan butun Farg‘ona vodiysini aylanib chiqdi. “Padarkush” Turkistonni junbushga keltirgan qirg‘inbarot inqilob yillarda ham sahnada tushmadi. Bir tomondan, millatni ma’rifat va taraqqiyot sari undashda buyuk rol o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi yoqdan professional o‘zbek teatri va dramachiligining maydonga kelishi hamda taraqqiyotida muhim xizmat qildi”.
Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo uni ilm yo‘li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o‘y- lamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Dom- laning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga qu- loq tutmaydi; savollariga qo‘pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani – inson qadrini ham, obro‘-e’tiborini ham boylik bilan o‘lchaydi; o‘z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan ya- shaydi. Dramada boyning eng katta xatosi ziyo li kishilarning so‘zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bila- mizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so‘zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo‘lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo‘lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta’kidlab o‘tadiki, «mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilur- man» – bu o‘sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o‘zga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmay- di. Unda ma’naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo‘lishi lozim. Muhtaram o‘quvchi, agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, av- val Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma’rifatga, o‘g‘lini o‘qi tish zarurligiga urg‘u beradi. O‘z zimmasidagi amri ma’ruf va nahyi munkar, ya’ni yaxshilikka chorlab, yo- monlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynimdan soqit qildim» degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo bo‘ladi. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomg‘ir- ga uchraymiz» deb g‘udranadi. Domla aytgan fikr-mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta’kidlaydi. Muallif ishtirokchilar- ga ta’riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o‘rinda «millatchi» so‘zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham, 20 millatparvarlik ham jamlangan.
Behbudiy millatini sevib dinini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko‘rsatmoq- chi bo‘ladi. Ziyoli «olimi diniy» – din bilimdoni va «olimi zamoniy» – zamon bilimdoni bo‘lish uchun qanday ilmlarni egallash zarurligini Boy bilan bo‘lgan suhbatida bir-bir sanab chiqadi.
Dramada Domla bilan Ziyolining turmushdagi yo‘l-yo‘rig‘i bir-biriga yaqin. Ular asardagi Boy, Toshmurod, Tangri qul, Artun kabi obrazlarga qarama-qarshi turadi. Dramatik asar vo- qealarini oradagi shu ziddiyat harakatga keltiradi. Bu qarama- qarshilikka ijtimoiy ma’no berib, ma’rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar o‘rtasidagi kurash tarzida tu shunish o‘rinli bo‘ladi. Toshmurod do‘st kim, dushman kim – farqiga bormaydi. Shu ning oqibatida Tangriqul bilan birga o‘z uyiga o‘g‘rilik- ka borishga rozi bo‘ladi. Otasining sandiqdagi mol-mulkini o‘marish yo‘llarini maishatparast sheriklari bilan rejalashtiradi. Ularni o‘z uyiga boshlab borganida otasi sezib qoladi; Boyni o‘ldirib, pulini olib ketishadi. E’tibor bering, Boyning arzandasi, aynan sizning tengdoshi- ngiz Toshmurod o‘qimagani, ko‘cha changitib yurgani sababli ham o‘zidan yoshi kattaroq o‘g‘ri, muttahamlarga qo‘shilib qoladi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir asrdan ortiqroq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ayni zamonamizda ham o‘qimagani bois turli aldovlarga ishonib, yomon yo‘llarga kirib qolayotgan yosh- lar yo‘q emas. O‘g‘rilar ham Toshmurodning soddaligidan foydala nib, maho rat darslarining muqaddimasini aynan o‘zi- ning uyi da boshlab bermoqchi bo‘lishadi. Ya’ni yi gitchani o‘z uyiga o‘g‘rilikka boshlab, ustiga-ustak: «Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz», – deb tag‘in maqtab ham qo‘yishadi. Toshmu rodning atrofidagi shunday bema’ni, yo- mon odamlar bilan oshno tutinib, maishatga berilishi, buzuq yo‘llarga kirib, oxir-oqibatda ota qotili – padarkushga ayla- nishining asosiy sababi – bu o‘qimaganidir. Onasi Toshmurod- ni: «He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod!» – deb qar g‘ashga
21 majbur bo‘ladi. Toshmurodga otasi ta’lim-tarbiya bermadi; oqibatda ota ham, o‘g‘il ham «qurboni jaho lat» – jaholat qur- boniga aylandi. Drama oxirida Ziyoli muallif g‘oyasini «Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmas... edi. 
Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi» degan tarzda bayon etadi. Mulohaza qilib ko‘ring, muhtaram o‘quvchi! Ilm-fan ham- ma zamonlar uchun zarur va muhim bo‘lgan. Olimlar jamiyat taraqqiyoti uchun ma’naviy tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan «Padarkush» dramasida aytilgan ilmga doir qarashlar, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘lidan yurish zarurligi bugun ham ahamiyatli.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr bosh- larida yozilgan bo‘lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tu- gal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Inson- ni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navni- hol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o‘z ma’naviy dunyosini, ilm-ma’rifatning qadr-qiymatini zo‘r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar bo‘lgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi shariflarning mazmuni berib boriladi.
Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplar- ga boy tarzda beradi. Ilmdan yiroq bo‘lgan obrazlar nutqida esa ancha kambag‘al va ko‘cha-ko‘yda qo‘llanadigan so‘zlar ishlatiladi. Aziz o‘quvchi! Siz bir narsani yodingizdan chiqarmangki, mehnat-mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erisha olmay- siz. Qachonki o‘qib bilim olsangiz, shundagina hayot yo‘li ngiz saodatli, umringiz oxirigacha rohat-farog‘atda o‘tadi. 
Biz bir narsani yodimizdan chiqarmasligimiz kerak, mehnat,mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erisha olmaysiz. Qachonki o‘qib bilim olsak, shundagina hayot yo‘limiz saodatli, umrimiz oxirigacha rohat-farog‘atda o‘tadi. Shuni ham unutmaslik kerakki , farzandlar aynan ota-onasidan o‘rnak oladi. Bu hayotiy hikmatni Mahmudxo‘ja Behbudiy tengdoshimiz Toshmurod misolida bizga buni yetqazmoqchi bo‘lgan, albatta. Xulosa qilib aytganda, «Padarkush» dramasi ana shunday ilm-ma’rifatga targ‘ib va tashviq qilish e’tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 75.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling