Pahta etishtiriladigan erlarning 0-70 ida zahob sathi m dan yuqori
Download 185.83 Kb.
|
Sizob sathi tartibini o‘rganish bo‘yicha kuzatishlar sizob eng chuqur bo’lganidan yana 1 m chuqurroq kavlangan kuzatuv quduqlari orqali amalga oshiriladi.
Agrotehnik tajribalarda uning markaziga o’rnatilgan 1 ta kuzatuv qudug„i bo’yicha sug„orish davrida har 5; sug„orilmaydigan davrda har 10 kunda zahob sathi o’lchanishi lozim. Sho’r yuvish va amal davri sug„orishlari tartibini o’rganishda zahob sathi kontrast variantlarida o’lchangani ma‟qul. Kuzatishlar sug„orishdan avval, suvdan keyin 10 kun davomida har kuni, suv quyish tugaganda so’ngra har 5 kunda, sug„orilmaydigan davrda har 10 kunda olib boriladi. Namlik uchun tuproq namunalari olinib, berilgan suv me‟yorlari tuproq qatlamining qaysi gorizontigacha namiqtirgani kuzatiladi. Melioratsiya yo’nalishida o’tkazilgan tajribalarda sizob sathidan tuproq kapillyarlaridan namlikning ko’tarilishi balandligi aniqlanishi zarur. Tuproq sho‘rlanganligi va namligi doimiy belgilab qo’yilgan nuqtalar bo’yicha aniqlanadi, nuqtalar joylashishi tarhi (plan) ga tushiriladi. Tuproq namunalari har gal avvalgisidan 1-2 m. uzoqlikda olinishi kerak, burg„ulangan chuqur atrofidagi o’simliklar bir hil rivojlngan bo’lgani ma‟qul. Quduqni bir gal maromida rivojlangan o’simliklar orasida, boshqasida nochor rivojlanganlari orasida joylashtirish nojoiz. Namunalar har variantda 3 ta nuqtadan olinadi. Tuproq sho’rlanishi ziroatlar o’sishi, rivojlanish va hosil bilan bog„lanishi belgilash maqsadida shunday qilinadi. Yangi o’zlashtirilgan, sho’rlanishi turlicha bo’lgan yerlarda namunalar olish takrorlanishi har variantda 5 martadan bo’lishi kerak. Har bir namuna olinadigan nuqtaga qoqilgan qoziqlarga qo’yilib, bu dala tajribasi tizimining shematik rejasi belgilanadi va tajriba ohirigacha saqlanishi zarur. Sho’rlanish hilma-hilligi mavjud bo’lganda o’simliklar rivojlanishi har fon (maromida, kam sho’rlangan, o’rtacha hamda kuchli sho’rlangan maydonchalardagi ta‟sir o’rganiladi) nazoratida alohida quduq bilan belgilanadi. Tuproq namunali g„o’za va chopiqtalab boshqa ziroatlar egati ichidan olinadi. Turli sug„orish usulllari (egatlatib va yomg„irlatib) qiyoslanayotganda sho’rlanish va namlik uchun tuproq namunalari ham pushtadan, ham egatdan olinadi, chunki namlikning turlicha taqsimlanishi sho’rlanish pushtadan va egat orasida har hil bo’lishiga olib keladi. Mehanik tarkibi bir hil bo’lganda yoki chuqurlashgan sari sekin-asta o’zgarib borganda namunalar 10 sm. dan 40 sm. chuqurlikkacha, so’ngra har 20 sm. dan, tuproq keskin qatlamli bo’lganda har 10 sm. dan olinadi. Ikki holatda ham tuproq zahob sathigacha olinadi. Burg„ulanib olingan tuproq staqanda qog„oz ustiga tushirilib, unga tajriba nomi, variant, takrorlanish, nuqta, raqami, qatlami chuqurligi va sana yozilgan yorliq solinadi, namuna qog„ozga o’ralib, ustiga ham yorliqdagi yozuvlar oddiy qora qalam bilan yoziladi. Tuproqning pastki qatlamlaridan olingan namunalar namligi yuqori bo’lganligi uchun quduq yonida biroz nami qochguncha qoldirilib, so’ngra o’rab qo’yiladi. Sho’rlanish darajasi bir hil bo’lgan va sho’rsizlantirilgan fonlarda joylashgan agrotehnik tajribalarda namunalar nihollar ko’ringanda bahorda va kuzda (aprel va oktyabr) olinadi. Sho’rlanish bir tekis bo’lmaganda uning darajasi aniqlanadi va sho’rlanishning o’simliklarga ta‟siri ko’zga tashlanganda, ya‟ni birinchi suvdan oldin ham namunalar olinadi. Tuz tarkibi va namlik: -sho’r yuvish bo’yicha tajribalarda har bir sho’r yuvishdan avval va keyin, nihollar ko’ringanda, birinchi amal suvidan oldin va ohirigi suvdan keyin va kuzda; -turli muddatlarda sho’r yuviladigan tajribalarda barcha variantlarda bir vaqtda; -sug„orishning tuproq, suv va tuzlanish tartibiga ta‟siri o’rganiladigan tajribalarda nihollar ko’ringan, har bir amal suvidan avval so’ngra va amal davri ohirida aniqlanadi. Namunalar bahorda birinchi suvdan avval ohirgi suvdan keyin, kuzda zahob sathigacha, boshqa muddatlarda 100sm. chuqurlikkacha olinadi. Tuproq va zahobning bahor va kuzda olingan namunalarida tuproq eritmasi to’liq tahlil qilinadi. Meliorativ tajribalarda ham to’liq tahlil amalga oshiriladi. Tuproq namunalari uchun burg„ulangan quduqchalardan zahob namunasi olinadi, suv olish qiyin bo’lganda quduqqa quvur tushirilib, namuna olinadi. Zahob sho’rlanganligi sho’r yuvish o’rganiladigan tajribalarda yuvishdan avval va keyin, sug„orishning meliorativ ahamiyati o’rganiladigan tajribada amal suvigacha va undan keyin aniqlanadi. Bunda quruq qoldiq NSO3, SL, SO4, Mg, Sa, va Na, K alangali fotometrda tahlil qilinadi, sho’r yuvishlarda nitratlar va harakatchan fosfor miqdori aniqlanadi. Sug„orishda turli darajada sho’rlangan suv ishlatilganda uning tarkibida quruq qoldiq, NSO3, SL, SO4, Mg, Sa, va Na, K alangali fotometrda, nitratlar, harakatchan fosfor har suvda yoki sho’r yuvishda tahlil etiladi. Sho’r yuvish bo’yicha, shuningdek, o’zlashtiruvchi ziroatlarning melioratsiyalashtiruvchiligi va amal davri suvlari o’rganilayotgan daryo suvining sho’rlanganligi tahlil etiladi. Download 185.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling