Paleogeografiya (paleo va geografiya)
Download 140.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Paleogeografiya - Vikipediya
Paleogeografiya Paleogeografiya (paleo... va geografiya) — Yer va Yer poʻstining oʻtgan geologik zamonlardagi tabiiy geografik holatini oʻrganadigan fan, tarixiy geologiyaning bir qismi. P.ning asosiy vazifasi qad. davrlardagi quruklik va dengizlarning joylashishi, chuqurligi, suvning shoʻrligi, suv osti relyefi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, yer landshafti, iqlimi, quruqlik va dengizlarda sodir boʻlgan fizikkimyoviy hamda tabiiy-geografik jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. P. togʻ jinslari, ulardagi organik qol-diqlarning tarkibi, strukturasi, teksturasi, joylanishi va boshqalarni batafsil oʻrganishga asoslanadi. U fatsiyalar haqidagi taʼlimot, litologiya, stratigrafiya, tektonika, paleontologiya, paleoekologiya, paleoiqlimshunoslik, geokimyo va geofizika bilan uzviy bogʻliq. Ilk paleontologik maʼlumotlar oʻrta asr Sharq olimlari, xususan, Abu Ray-hon Beruniy asarlarida keltirilgan. Birok, P. yaxlit fan sifatida 19-asrning oʻrtalaridan tarkib topa boshladi. Biostratigrafiya maʼlumotlari asosida nisbiy geoxronologik shkalaning ishlab chiqilishi, fatsiyalar haqidagi taʼlimotning vujudga kelishi, ingliz geologi Ch. Layel tomonidan aktualizm metodining asoslanishi, turli paleo-geografik haritalarning tuzilishi P.ning vujudga kelishiga asos boʻldi. 20-asrning 30-yillaridan paleogeografik rekonstruksiyalar foydali qazilmalarni qidirib topishning zaruriy asosi boʻlib qoldi. Fatsiyalar haqidagi taʼlimot (U. Tvenxofel, D. V. Nalivkin) takomillashdi. Xilma-xil tad-qiqot usullari yaratilib, buning na-tijasida P.da bir necha yoʻnalishlar paydo boʻldi; ular Yerning oʻtgan zamonlardagi tabiiy-geografik sharoitlarini turli tomondan oʻrganadi. Paleoekologik yoʻnalish choʻkindi jinslar tarkibi va boshqa xususiyatlari hamda ulardagi organik qoldikdarni tadqiq etadi; oʻtgan geologik davrning hayvonot va oʻsimlik dunyosi, suv havzalari, ularning qoʻshni dengizlar bilan bogʻliqligi, iqlim sharoiti, shoʻrlik darajasi va boshqa xususiyatlarini oʻrganadi. Paleobiogeografik yoʻnalish ayrim geologik davrlardagi zoogeografiya va flora provinsiyalari hamda oblastlarini belgilab beradi. Paleobiogeofafik, litologik-geokimyoviy va boshqa maʼlumotlar paleoiqlim rekonstruksiyalarida foydalaniladi. Terrigen-mineralogik yoʻnalish muayyan tarkibli chaqiq choʻkindilarning joydan- joyga koʻchish yoʻllari, toʻplanish oblastlari va kelib chi-qishini aniqlash imkonini beradi. Geokimyoviy yoʻnalish qad. suv havzalari shoʻrligi va fizikkimyoviy xususiyatlari hamda ularning evolyusiyasini oʻrganadi. Shuningdek, autigen mi-nerallar Cl, F, V, Br, Ca. Mg, Sr kabi elementlar konsentratsiyami, gilli va karbonatli jinslarda temir oksidi [Gʻe(Gʻe2O3)]ning miqdoriga asoslanib, qad. davrlar atmosferasining tarkibini aniklaydi. Dinamik P. qadimgi suv havzalari, koʻl, daryolar harakatini oʻrga-nadi, oqimlarni, choʻkindilar toʻplangan muxit xususiyatlarini tekshiradi. 30-yillardan paleotektonik usul keng tarqaldi. Bu usul fatsiyalarni ajratish, qad. yotqiziqlar qalinligi, formatsiyasini aniklashga asoslangan. P.ning maxsus tarmoqlaridan biri paleovulkanologiyadir. U vulkanli oblastlarning paleo-geografik rekonstruksiyasi bilan shugʻullanadi. Paleogeomorfologiya qad. rel-yeflarni oʻrganadi. 1968-yildan okeanlar tubida burgʻilash oʻtkazila boshlashi okeanlar P.sini toʻgʻridan-toʻgʻri aniklashga imkon berdi. P. yordamida Oʻzbekiston hududining koʻp qismi mezozoy erasining kello-vey, Oksford, alb, turon, senon asrlarida va eotsenda dengiz suvi bilan qoplanganligi aniqlandi. Bu yerlar, ak-sincha, yura davrining boshlari va oʻrtalarida, boʻr davrining neokom, senoman va turon asrlari 2yarmida quruqlik boʻlgan. Toshkent atrofi, Qizilqum choʻli, Amudaryo etaklari, Orol dengizi oʻrni va Ustyurt platosida tarqalgan turon asri qumtoshlaridan topilgan dinozavr skeletlari va ulkan daraxtlarning toshga aylangan ta-nalari hamda quyi va oʻrta yura davrlarida hosil boʻlgan konlar oʻsha davrlar botqoqlik, oʻrmonlar va togʻlar bilan oʻralgan laguna va koʻllar, sayoz daryolar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. Markov K. K., Paleogeografiya, 2 izd., M„ 1960; Ruxin L. B., Osnovi obshey paleogeografii, L., 1962; Geologiya, paleontologiya, paleogeografiya [Sbornik trudov], M., 1973; Popov V. I., Litologiya kaynozoyskix molass Sredney Azii, t. 1-3, T., 1954-56; Babayev A. G., Akramxodjayev A. M., Paleogeografiya neftegazonosnix melovix otlojeniy Uzbekistana, T., 1960. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Adabiyot Manbalar Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Paleogeografiya&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentyabr 2022, 16:24 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Paleogeografiya&oldid=28525 42 " dan olindi Download 140.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling