Палеолит даври


Toshkent vohasi (Burgulik madaniyati)


Download 496.99 Kb.
bet22/39
Sana19.06.2023
Hajmi496.99 Kb.
#1612881
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Toshkent vohasi (Burgulik madaniyati) Toshkent vohasining ilk temir davri moddiy madaniyati Burgulik madaniyati misolida yaxshi o‘rganilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki moddiy topilmalar 1940 yili Terepojkin A. I. tomonidan Ohangoron daryosining O‘rta oqimida Burguliksoyyoqasidan topib o‘rganilgan.. Hozirgacha bu madaniyatga oid 10 dan ortik manzilgohlar 50ga yaqin uy-joylari ma’lum. Bu madaniyat dastlab X.Duke tamonidan mil.av.IX-VII sanalangan. Keyinchalik YU.F. Buryakov va M.I.Filanovichlar olib borgan tadqiqotlari ushbu madaniyat mil. av IV asrga qadar davom etganligi qayd etilgan. Burgulik I mil.av. IX-VII, Buruglik II mil.av. VI-IV asrlar bilan sanaladi. Burgulik madaniyati sohiblarining manzilgohlari kair va limonli sug‘orish usuli uchun qulay bo‘lgan kichik soy bo‘ylarida joylashgan. ularning yirik manzilgohlaridan biri hozirgi Tuyabo‘g‘iz suv ambori hududida, Ohongaron daryosining ikkala sohilida joylashgan erto‘la uy-joylardan iborat. Keyinchilik Ohangaron va CHirchiq vohalaridagi ko‘pgina manzilgohlarning quyi qatlamlaridan Burgulik madaniyatiga oid erto‘la uylar aniqlandi. SHunday uylar Kanka, SHoshtepa, va boshqa yodgorliklarning quyi qatlamlarida uchrab ushbu manzilgohlar ularning ustida shakllangan.
Burgulik madaniyatiga oid yirik, O‘rtacha va kichik uy-joylar xos bo‘lib, yiriklari loy devor orqali xonalarga ajratilgan. Ular aylana yoki cho‘ziq shaklidagi erto‘lalardan iborat. Suniy sug‘orishning sodda usullari uchun qulay bo‘lgan joylarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sug‘orish usuli ko‘rfaz shaklidan iborat. Dehqonchilikda bug‘doy, arpa ekishgan. Vohaning keng dashtlari va tog‘oldi hududlari chorva uchun yaylov vazifasini o‘tagan. Haydab boqiladigan chorvochilik mavjud bo‘lib, yirik va kichik tuyoqli chorva mollari boqilgan. Toshkent vohasining CHotqol-Qurama tog‘ tizmalari turli ma’danlaga boyligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Xo‘jalikning boshqa bir turi metallarga ishlov berish va ulardan qurol yarog‘, uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash va zargarlik yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning boshqa bir turi to‘qimachilik bo‘lgan. Sapol idishlarning bir qismi mato qolipda ishlangan bo‘lib, ularning ichki tomonida matoning izlari saqlanib qolgan.
Bu erda bronzadan yasalgan mehnat qurollari va qurol-yarog‘lari, o‘rog‘, pichoq, igna, bigiz, qoshiq, sovut, komon o‘qi uchlaridan iborat. Bunday buyumlar shaklida ko‘ra O‘rta Osiyoning shimolmiy xududlarida bir paytda rivojlangan madaniyatlariniki bilan o‘xshash. Sopol idishlari qo‘lda yasalgan bo‘lib, tagi dumoloq, bir qismi jigar randagi naqshlar bilan bezatiladi. Burgulik madaniyatining so‘ngi bosqichiga kelib vohada urbanizatsiya jarayoni shakllanadi.
Burglik madaniyati Toshkent vohasida mil. av. I ming yillikning boshlarida shakllanadi. Bu madaniyatga oid dastlabki moddiy topilmalar 1940 yili Terepojkin A. I tomonidan Burguliksoydan topib tekshirilgan. Hozirgacha bu madaniyatga oid 10 ortiq yodgorlik aniqlangan. Burglik madaniyatining ikki bosqichi Burgulik I (mil. av. IX-VII asrlar) Burgulik II (mil. av. VII-III asrlar) mavjud. Bu erdagi yodgorliklarning ko‘pchiligi daryo bo‘ylarida joylashib ba’zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra ulardan ba’zilarining atrofida chuqur va keng qandaklar qazilgan bo‘lgan.
Uylari loydan ba’zilarida esa xom g‘isht ishlatilgan. Erto‘lalarning eshigi daryo tomon qurildi. Yirik xajmdagi erto‘lalar paxsadan qilingan yupqa devorlar bilan xonalarga ajratilgan yoki bitta eshikdan kiruvchi bitta erto‘ladan iborat bo‘lgan.
Burgulik madaniyatining so‘ngi bosqichida urbanizatsiya jarayoni qayd qilinadi. Buning yaqqol misoli sifatida Oxangaron daryosi bo‘yidagi Kanqa ko‘rish mumkin. Maydoni 6,5 ga iborat ellinlar qurilish an’anasi asosida to‘rtburchak shaklda barpo qilingan. Sitadel va shahar mudofaa devori hamda xondaklarga ega. Ular daryoga tutashtirilgan. SHahar mudofaasi o‘ta murakkab. Mudofaa devorlari ikki qator (tashqi 2,7 m, ichki 4,5 m, koridor 2,2 m) dan iborat bo‘lib, eniga 9 m. ni tashkil etadi. Devor yarim aylana shakldagi mudofaa burjlari bilan kuchaytirilgan. SHaharga yagona darvoza orqali kirilgan. Darvozada ham burjlar mavjud. YU. F. Buryakovning fikriga ko‘ra Kanxaning qurilishi voha ijtimoiy hayotidagi taraqqiyot ta’sirida emas, aksincha Salavkiylar davlatining shimolda qal’a barpo etishi natijasida shakllangan sivohasiga kelib joylashishi va ta’siri natijasidir. Burgulik madaniyati sohiblarining asosiy mashg‘ulot dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Ular metallarga ilov berishni ham bilganlar. Kulolchilik idishlari qo‘lda qilingan. Tagi dumaloq, ba’zilarida naqshlar uchraydi. To‘qimachilik ham mavjud bo‘lgan.

Download 496.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling