Палеолит даври
Download 0.96 Mb.
|
Ïàëåîëèò äàâðè
Oltintepa. Bronza davriga kelib dehqonchilik taraqqiyotining yuksalishi natijasida dehqon jamoalari manzilgohlari soni, yirik manzilgohlar tuzilmari murakkablashadi. Janubiy Turkmanistonning shunday manzilgohlaridan Oltindepa, Nomozgohdepa, yodgorliklaridir. Ulareneolit davrida eneolit davrida shakllanib, rivojlangan bronza davridan ilk shahar darajasiga o‘sib chiqadi. Oltintepa yodgorligi nisbatan yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, umumiy maydoni 30 gektar. Manzilgoh qalin mudofaa devori bilan o‘ralib, manzilgohga o‘lchami 2,2 x 6 metrdan iborat minorasifat inshoot joylashgan darvoza orqali kirilgan. Darvoza yo‘laklari hayvon kuchi bilan tortiladigan arava va piyodalar uchun alohida joylashgan. Manzilgohga umumiy darvozadan boshlanadiga yo‘l orqali kirilib, unga kesishgan yo‘lakchalar orqali mahallalarga bo‘lingan. Bu erda joylashgan mAhallalar ahOli jamiyatdagi mavqe bilan bo-liq holda joylashgan Ulardan nufuzli tabaqa vakillar, davladmand va hunarman ahOli vakillariga tegishli mahallalar ajralib turadi Ularning uy-joy imoratlari mavqeiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Manzilgohning bir qismida zinasimon inshoot joylashgan bo‘lib, u Mesopotamiya zikkuratlarini eslatadi. Bu inshshotdan topib o‘rganilgan moddiy topilmalar mahalliy aholining ibodatxonasi bo‘lganligidan dalolat beradi. U shuningdek observatoriya (osmon jismlarini kuzatuvchi inshoot) vazifasini ham bajargan. Bu yodgorlikning bir qismida kulollar mahallasi joylashgan. Uning maydoni 2 ga. Undan 50 dan ortiq kulolchilik xumdonlarning o‘rni ochib o‘rganilgan. SHuningdek, oltindan yasalgan san’at namunalari, xususan oltindan yasalgan buri va buqaning boshi, qimmatbaho toshlardan yasalgan turli taqinchoqlar. Tosh va metallardan yasalgan muhrlar ko‘plab uchraydi. Uy-joylari aholining turli tabaqa vakillariga tegishli bir va bir necha xonali hovlilardan iborat. Ularning qabrlaridagi kuzatuv buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlarida ham aholi o‘rtasida tabaqalanish bo‘lganligi kuzatiladi. Oltintepa Janubiy Turkmaniston jamoasining ilk va rivojlangan bronza davri ma’muriy markazi vazifasini bajarib, ilk shahar shaklidagi manzilgoh hisoblanadi. Bu manzilgohda tabaqalanish jarayoni barcha sohalarda namoyon bo‘lishi, g‘oyaviy markaz hisoblangan ibodatxonaning mavjudligi, xususiy mulkdan darak beruvchi muhrlarning paydo bo‘lishi, ixtisoslashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi, yozuv va boshqa belgilariga ko‘ra ilk shahar shaklidagi manzilgohlar sirasiga kiradi. U ma’lum bir vohaning nafaqat ma’muriy, balki sovdo-ishlab chiqarish va madaniy markazlar ham hisoblanishgan. Bu erda fil suyagi va lazurit toshidan ishlangan turli buyumlar uzoq o‘lkalar bilan savdo aloqalari olib borilganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi II ming yillikning boshlariga kelib vohada ekologik holatning buzilishi tufayli ilk shahar bo‘lgan Oltintepa manzilgohi inqirozga uchraydi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling