"Pandora qutisi" Pandora afsonasi bilan bog’liq mifologik artefakt. Yunon shoiri Gesiod o’zining "Asarlar va kunlar" she’rida "Pandora qutisi" ni eslab o’tgan


Download 12.77 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi12.77 Kb.
#1273650
Bog'liq
Pandora qutisi


“Pandora qutisi” – Pandora afsonasi bilan bog’liq mifologik artefakt. Yunon shoiri Gesiod o’zining “Asarlar va kunlar” she’rida “Pandora qutisi” ni eslab o’tgan. Afsonaning asl variantida eslab o’tilgan idish aslida katta saqlash idishi hisoblangan. Lekin, keyinchalik u “quti” deb noto’g’ri talqin qilingan.
Hozirgi zamonda “Pandora qutisi” katta va kutilmagan muammolarning manbasi yoki qimmatbaho ko’rinishga ega, ammo ichida lan’at yashiringan sovg’a kabi ma’nolarga ega idioma sifatida qo’llaniladi.
Gesiodning so’zlariga ko’ra Prometey Olimp tog’idan o’t o’g’irlaganida, Zevs javob tariqasida o’zi yaratgan Pandorani Epitemeyga sovg’a qilgan. Chunki, Epitemey Prometeyning ukasi bo’lgan. Pandora o’zining ixtiyorida bo’lgan Epitemeyning uyidagi idishni ochishi natijasida kasallik, o’lim va boshqa ko’plab aniq ta’riflanmagan baxtsiz hodisalar bilan birga dunyoga chiqdi. Pandora tezda qutini yopishga harakat qiladi, ammo qutining ichida faqat bir narsa, “Umid” qolgan edi. Qutining ichida qolgan “Umid” ni aldamchi yoki o’zini oqlamaydigan kutish deya talqin qilish ham mumkin.
Download 12.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling