Pape mashe usulida o'yinchoq yasash reja
Download 1.89 Mb.
|
Pape-mashe usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
Sho‘r xamir.
Sho‘r xamir maktagacha ta’lim tashkilotlarida loy ishi mashg‘ulotlarida loy o‘rnini bosuvchi o‘qitish vositasi sifatida foydalaniladi. Sho‘r xamir bilan ishlash katta-yu kichikning asab tizimini yaxshilaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda motorikasini rivojlantiradi. Bosh miya faoliyatini yaxshi rivojlanishiga ko‘maklashadi. Tuz xamir, dunyoning barcha xalqlari amaliy san’at tarixida qadimdan beri ma'lum haykaltaroshlik uchun materialdir. Bu tarkibi uchun ko'p retseptlar, shuningdek ular bilan ishlash uchun turli metodlar bor. Mustahkam va ishonchli tuz xamir moddiy tannarxi arzon. Noyob sovg'alar va aksessuarlar yaratish uchun qulay. Inson bolaligidan tuzli xamirdan narsalar yasash ijodiy faoliyatini boshlashi mumkin. Sho‘r xamir tayyorlash: -2 stakan un -1 stakan mayda tuz -2 st. qoshiq limon soki -2 stakan suv -1 st.qoshiq o‘simlik yog‘i -tortga ishlatiladigan ranglardan -rezinali perchatka Chinniday oppoq xamir qorib olinadi. Xamir yasayotgan o‘yinchoqlarimizga ketadigan hajmda keragicha kattalikdagi zuvalachalarga bo‘lib olinadi. Xamirdan turli narsalar yasash uchun tortga qo‘shiladigan iste’mol ranglardan qo‘shib, mushtlab rang aralashtirilib olinadi. Rangni narsa, predmet, hayvon, hashorot, qushlarni yasab bo‘lingahdan keyin har bo‘yasa bo‘ladi. Sho‘r xamirdan narsalar yasash jarayoni boshqa ijodiy faoliyat turi kabi oddiydan murakkabga qarab ishlanadi. Avval oddiy oson narsalar yasaladi. Keyin murakkab narsalar yasashga bosqichma-bosqich o‘tiladi. Mustahkamlash uchun savollar: Loy nima? Loy haqida gapirib bering. Plstilin qachoq ixtiro qilingan? Pape-mashe qanday usul? Sho‘r xamir qanday tayyorlanadi? Chinni xamir qanday tayyorlanadi? Chinni xamirning bola rivojlanishida qanday turadi? Chinni xamirdan o‘yinchoqlar yasaganmisiz? Yasaganlar uchun: Sizga chinni xamirning nimasi yoqqan? Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling