Paradokslar va sofizmlar Reja: Argumentatsiya nazariyasining umumiy xarakteristikasi


Download 17.86 Kb.
Sana08.08.2023
Hajmi17.86 Kb.
#1665834
Bog'liq
Paradokslar va sofizmlar


Paradokslar va sofizmlar
Reja:
1. Argumentatsiya nazariyasining umumiy xarakteristikasi.
2. Isbotlash va raddiyada vujudga keladigan xatolar. Sofizmlar. Paralo-gizmlar. Paradokslar.
Paradoks (qad. yun. παράδοξος — „kutilmagan“) shunday iddao (yoki iddaolar toʻplami) ki, agar u toʻgʻri boʻlsa, mantiqqa zid keladi. Paradoks, odatda, undagi iddaoning oʻz-oʻziga, yoki iddaolarning bir-biriga qarama-qarshi boʻlishidan kelib chiqadi.
Paradoks (yun. paradoxos — kutilmagan, gʻalati) — koʻpchilik tomonidan kabul etilgan anʼanaviy fikr, tajribaga oʻz mazmuni yoki shakli bilan keskin zid boʻlgan, kutilmagan mulohaza, muhokama. Har qanday P. "shubhasiz toʻgʻri" (asoslimi, asossizmi, bundan qatʼi nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek koʻrinadi. "P." terminining oʻzi ham dastlab antik falsafada x,ar qanday gʻalati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan.
Mantiqda P.lar formal mantik, qoidalariga rioya qilib fikr yuritishda baʼzan yuzaga keladi. Mantikda P.larni haqiqatdan chekinish, deb bilish oʻrinlidir. Shuning uchun antinomiya, aporiya, ziddiyatth P.ning sinonimlari deb hisoblash mumkin. P. bir-birini istisno kdluvchi ikki fikrni bab-baravar isbot kilish mumkinligini bil-diradi. Mantikiy P.lar, odatda, man-tiqiy asoslari toʻla aniklanmagan na-zariyalarda uchraydi.
Har qanday bilim to`g`ri deb tan olinishi uchun asoslanishi zarur. Bilimlarni asoslash,to`g`ri tafakkurni ta`minlashga qaratilgan mantiqiy operatsiyalar argumentatsiya nazariyasida o`z ifodasini topadi.
Argumentatsiya nazariyasining strukturasini isbotlash,raddiya isbotlash va raddiya qoidalari, bunda vujudga keladigan xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari tashkil etadi.
- 2 -
Isbotlash – fikrning kengligini asoslab berishga qaratilgan mantiqiy operatsiyalar yig`indisidir. Uning strukturasini tezis, argumentlar va namo-yish tashkil etadi.
Tezis – chin isbotlanishi kerak bo`lgan hukmdir.
Argumentlar – tezisni asoslab beradigan va avval chinligi isbotlangan hukmlardir. Argument vazifasini faktlar (statistik ma`lumotlar, ilmiy ma`lumotlar va hokazo), ta`riflar (fan tomonidan to`g`riligi tan olingan hukmlar), aksiomalar (isbot talab etilmaydigan xulosalar), fan qonunlari va teoremalar, sitatalar o`taydi.
Tezis va argumentlar o`rtasidagi mantiqiy bog`lanish namoyish deyiladi.
Isbotlash bevosita va bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Bevosita isbotlashda to`g`ridan to`g`ri tezis asoslab beriladi.
Bilvosita isbotlashda antitezisning noto`g`riligini ochib berish orqali tezisning chinligi asoslanadi. Uning ikki turi mavjud. Apagogik isbotlashda antitezisdan kelib chiqadigan oqibatlarning haqiqatdan yiroqligi ko`rsati-ladi. Dizyunktiv isbotlashda tezisga muqobil bo`lgan barcha variantlar aniq-lanadi va ularning xatoligi asoslab beriladi.
Isbotlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Tezis aniq ifodalangan bo`lishi zarur.
2. Isbotlash jarayonida bir tezis qolib boshqasini isbotlab ketish mumkin emas.
3. Tanlangan argumentlar tezisni isbotlash uchun yetarli bo`lishi,chin bo`lishi,tezisga aloqador bo`lishi shart.
- 3 -
Raddiya – fikrning xatoligini ochib berishga qaratilgan mantiqiy operatsiyalar yig`indisidir. Uning uch usuli mavjud.
Tezisni rad etish - raddiyaning eng keng qo`llanadigan usulidir. Te-zisning xatoligini asoslab berish uchun zaruriy faktlardan foydalanish, un-dan kelib chiqadigan oqibatlar va xulosalarning noto`g`riligini ochib berish, antitezisning to`g`riligini isbotlash mumkin.
Argumetlar tanqidida tezisni isbotlash uchun tanlangan argumentlar-ning xatoligi asoslab beriladi.
Namoyishning noto`g`riligini ko`rsatish uchun tanlangan argumentlar te-zisga daxldor emasligini ochib berish kerak.
Raddiya ahloq doirasida amalga oshirish kerak. Tezisni rad etish o`rniga shaxsni tanqid qilish mantiqqa to`g`ri kelmaydi.
- 4 -
Ma`lum qoidalarga rioya etmasdan isbotlash yoki rad qilishga urinish qator xatolarni yuzaga keltiradi. Bu xatolar quyidagilardan iborat:
1. Tezisga doir xatolar:
a) tezisni almashtirish. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish o`rniga boshqa tezisga murojaat eta boshlanadi;
b) shaxsga murojaat. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish o`rniga shaxs-ning fazilatlari muhokama eta boshlanadi.
2. Argumentga doir xatolar:
a) asoslarning noto`g`riligi. Bunda tezisni isbotlash uchun xato argument-lardan foydalaniladi.
b) aylanma fikr. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish uchun argumentdan, argumentning haqqoniyligini ko`rsatish uchun esa tezisdan foydalaniladi.
3. Namoyishga doir xatolar:
a) yolg`ondakam aloqadorlik. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish uchun unga daxldor bo`lmagan argumentdan foydalaniladi.
b) shartli ravishda to`g`ri bo`lgan argumentdan foydalanish. Bunda ma`lum me`yorda, aloqada, sharoitdagina to`g`ri bo`lgan fikr mutlaq haqiqat sifatida talqin etiladi. (masalan, aroq kam me`yordagina sog`liqqa foyda, uni sog`liqqa butunlay foyda keltiradi, deb bo`lmaydi).
Yuqorida tilga olingan xatolarga ongli va ongsiz ravishda yo`l qo`yilishi mumkin. Ongli ravishda yo`l qo`yilgan xatolarga sofizmlar, ongsiz ravishda yo`l qo`yilgan xatolarga esa paralogizmlar deyiladi.
Ba`zi mulohazalarning na to`g`riligini, na noto`g`riligini asoslab bo`-ladi. Bunday mulohazalarga paradokslar deyiladi (shahar hokimi).
- 5 -
Isbot qilingan va tanqidga dosh bergan fikrlardan gipotezalar tuziladiki, ularning to`g`ri yoki noto`g`riligini vaqt ko`rsatadi. Gipoteza – tabiat,jamiyat,inson va uning tafakkuriga doir hodisa va voqealar haqidagi ilmiy asoslangan farazdir. Uning uch turi mavjud:
Umumiy gipotezalar butun obyekt,narsalar sinfi haqidagi farazni aks ettiradi.
Juz`iy gipotezalar obyektning bir bo`lagiga doir fikrni jamlaydi.
Xususiy gipotezalar obyektning bir elementi haqidagi farazni ifodalaydi.
Gipotezalarning shakllanishi jarayoni besh bosqichni o`z ichiga oladi:
1. Mavjud nazariyaga „sig`magan” faktlar guruhini aniqlash;
2. Gipotezani ifodalash.
3. Gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash;
4. Gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarni fan qonunlari va tajriba natijalari bilan solishtirish.
5. Gipotezani nazariyaga aylantirish.
Fan qonunlari va tajriba natijalari bilan asoslanmagan gipotezalar nazariya darajasiga ko`tarilmaydi.
Download 17.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling