Параклинические методы исследования в неврологии и нейрохирургии


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1177471
  1   2   3
Bog'liq
01 Taqdimot c6d195f9bda97960f2262020e3084e4c



NEYROXIRURGIYADA
TEKShIRISh USULLARI


REJA
• 
Lyumbal punksiyaga kursatma. Likvor tarkibi normada va 
patologik xollarda
• 
Radiologik tekshirish usullari
• 
Neyrovizualizatsiya
• 
EEG
• 
Elektromiografiya
• 
Ultratovushli tekshirish usullari


LIKVOR TARKIBI
Bosh va orqa miyaning suyuqlig‘ini qorinchalar ichida joylashgan qon tomirlar chigali ishlab 
chiqaradi. Likvor asosan qattiq pardaning vena sinuslari bilan tutashgan to‘rsimon pardaning 
o‘siqchalari va yuqori yoysimon vena sinusining devorida joylashgan Paxion
granulyatsiyalari orqali so‘rilib ketadi. Katta kishilarda likvorni umumiy hajmi 120-150 ml 
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda 15-20 ml, bir yoshdagi bolalarda esa likvorni hajmi 
- 30-50 ml ga yetadi. Bolalarning yoshlari katta bo‘lgan sari likvor hajmi ko‘payib boradi va 
60-120 ml ni tashkil qiladi. Likvorning normal holatdagi tarkibi quyidagicha bo‘ladi: likvor 
rangsiz, tiniq, bemorni yotgan holatida, likvor bosimi 100-200 mm, o‘tirganda esa 250-350 
mm. suv ustuniga teng bo‘ladi. Likvorning solishtirma og‘irlig‘i 1000-1007; Ph-7,4-7,6; 
oqsillar - 0,2-0,3 mg foiz yoki promili foiz, hujayralar - 3-7 (limfotsitlar), qand -42-60 mg foiz 
(2,3-3,3 milimol), xloridlar - 230-730 mg foiz, kaliy - 14 mg foiz, natriy - 320-350 mg foiz, 
kalsiy - 6 mg foiz, magniy - 2,7 mg foiz, fosfor - 1,2 mg foiz.


Likvor sirkulyatsiyasi


ORQA MIYa BO‘ShLIG‘INING PUNKSIYaSI QUYIDAGI HOLLARDA 
DAVOLASh MAQSADIDA QILINADI:
• 
1) Bosh miyaning turli xildagi patologik jarayonlarida, jumladan uning jarohatlanishida, gidrotsefaliyada,
meningoenseflitda, o‘smalarda miya qutisi ichida likvor 
bosimi oshib ketadi, ya’ni gipertenziya bo‘ladi. Bunday 
bemorlarda bosh og‘rig‘i kuchayadi va qusish bo‘ladi. Bosh miya qutisining ichidagi bosimni kamaytirish maqsadida, 
ko‘rsatmasini e’tiborga olgan holda bemorlarga orqa miyaning bo‘shlig‘i punksiya qilinadi va turli hajmda likvor chiqarilib 
bosim tushiriladi. Qisqa vaqtli bo‘lsa ham bemorlarda qusish to‘xtaydi va bosh og‘rig‘i kamayadi.
• 
2) Bosh va orqa miya jarohatlanishida, ayniqsa ular lat yeganda ko‘pchilik bemorlarda subaraxnoidal bo‘shlig‘iga qon quyiladi. 
Davolash maqsadida orqa miya bo‘shlig‘i punksiya qilinadi. Qon aralash 5-10 ml likvor chiqarib tashlanadi va endolyumbal 
bo‘shliqqa shuncha hajmda kislorod yuboriladi. Yuborilgan kislorod fagotsitozni tezlashtirishda
ishtirok etadi.
• 
3) Meningit va ensefalitlarda orqa miyaning bo‘shlig‘i punksiya qilinadi. Yiringli likvordan 8-10 ml chiqarib o‘rniga 
antibiotiklar yuboriladi. Agarda yiringli meningit bo‘lsa endolyumbal bo‘shlig‘iga penitsillin yuboriladi. Tuberkulyoz meningiti 
bo‘lsa streptomitsin yuboriladi.
• 
4) Bemorlar bosh va orqa miyaning jarohatlanishini, meningit va ensefalitlarni o‘tkazganlaridan keyin ko‘pincha
miya sathida yopishqoqlar va chandiqlar, ya’ni araxnoiditlar yoki surunkali leptomeningitlar vujudga keladi.
Bunday holatlarda orqa miyaning bo‘shlig‘i punksiya qilinib, endolyumbal bo‘shliqqa lidaza yuboriladi.
• 
5) Bosh miyaning jarohatlanishidan keyin paydo bo‘ladigan surunkali leptomeningitlari bor bemorlarning bir qismida 
tutqanoq huruji bo‘ladi. Bunday bemorlarga davolash maqsadida pnevmoenseflografiya qilinadi.


ORQA MIYaNING SUBARAXNOIDAL BO‘ShLIG‘INI PUNKSIYa
QILIShGA MONELIKLAR:
• 
1) Bosh miyaning jarohatlanishi natijasida 
bosh miyaning shishi
taraqqiy qilgan bo‘lsa;
• 
2) Miya qutisining orqa chuqurchasida gematoma yoki hajmli
o‘smalar o‘sayotgan bo‘lsa;
• 
3) Miyaning chakka bo‘lagida hajmli holat mavjud bo‘lsa;
• 
4) Gidrotsefaliyaning yopiq xili bo‘lsa;
• 
5) Bel-dumg‘aza sohasida yotoq yara yoki yallig‘lanish 
belgilari 
orqa 
miya bo‘shlig‘ining punksiya qilinadigan yerida bo‘lsa, orqa 
miya bo‘shlig‘ini punksiya qilish hayot uchun xavfli hisoblanadi.


,
LYuMBAL PUNKSIYa KILISh 
METODIKASI
Punksiyani yotgan holatida qilinadigan bo‘lsa bemorning
oyoqlarini tizza bo‘g‘imlarida bukib, sonlarini maksimal holatda 
qorniga yaqinlashtiriladi. Boshini oldinga egadi. Bel sohasiga 
antiseptik dorilar bilan ishlov beriladi. Oldiniga teri spirt bilan, 
so‘ngra 3-5 foizli yod eritmasi bilan
artiladi. Punksiya qilish joyini aniqlash uchun ikkala yonbosh 
suyaklarini qanotidan o‘tqazilgan to‘g‘ri chiziq (Yakobson
chizig‘i)ning umurtqalarga nisbatan kesishib o‘tadigan yeri IV va
V bel umurtqalarning oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Orqa miya 
bo‘shlig‘ining punksiyasi IV va V, yoki III va IV bel umurtqalarining 
orqa qirrali o‘siqlari oralig‘ida
bajariladi





RADIOLOGIK TEKShIRISh 
METODLARI
• 
Bosh suyaklari (kraniografiya) va umurtka
pogonasi (spondilografiya) rentgenografiyasi ;
• 
Kompyuter tomografiya (MSKT yeki RKT);
• 
Magnitn-rezonans tomografiya (MRT)
• 
Magnitn-rezonans spektroskopiya (MRS)
• 
Pozitron emission tomografiya (PET)
• 
Bir fotonli emission kompyuter tomografiya
• 
Serebral angiografiya
• 
Mielografiya


KOMPYuTER TOMOGRAFIYa

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling