Parallel ulash
Download 219.32 Kb.
|
Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. 54-rasmda tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi. Ketma-ket ulashni o’rganamiz. 1. Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi. Asboblar ketma-ket ul- angan zanjirning istalgan nuqtasida tok kuchi bir xil bo’Iadi. Agar shunday bo’lmaganda edi, elektr zaryadlar biror joyda to’planib qolardi. Bu suvquvur tarmog’idagiga o’xshaydi: bir joydan qancha suv oqib o’tsa. boshqa joydan ham shuncha suv oqib o’tishi kerak. Zanjirning hamma nuqtalarida tok kuchi bir xil bo’lishiga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Ketma-ket ulangan zanjirning turli joylariga ampermetrlar ulaymiz. Bu 55-rasmda uchta ampermetr yordamida ko’rsatilgan. Bu ampermetrlar bir xil tok kuchini ko’rsatadi. Shunday qilib, I1 = I2 = I3 = … In . (1-formula) Download 219.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling