Paramagnitiklar va ferromagnitiklar
Download 161.7 Kb.
|
Fizika mustaqil ish10
Paramagnetizm (para... va magnetizm) — tashqi magnit maydoniga kiritilgan jismlarning shu maydon yoʻnalishiga moye yoʻnalishda magnitlanish xossasi. Magnit qutbi yaqiniga joylashtirilgan har qanday paramagnit jism shu qutbga tortiladi. Tashqi magnit maydoni boʻlmagan (N=0) da paramagnetiklar magnitlanmaydi.
"P." terminini fanga M. Faradey kiritgan (1845). U ferromagnitdan boshka barcha moddalarni magnit xossalari boʻyicha diamagnit va paramag-nit modsalarga ajratgan. P. zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega boʻlgan jismlar uchungina xos boʻlib, bu momentlar tashqi maydon boʻlmaganda tartibsiz, yaʼni j=0 boʻladi. Tashqi maydon boʻlganda maydon yoʻnalishida moslanadi. Metallda xususiy magnit (spin) momentiga va elektr oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elektronlarning mavjudligi shu metallning paramag-nit xossasini ifodalaydi. Tashqi magnit maydoni taʼsirida bu elektronlar magnit momentining yoʻnalishi maydon yoʻnalishi bilan bir xil boʻladi. Atom yadrosi ham xususiy magnit momentiga ega. Yadro magnit momenti elektron magnit momentidan taxminan 1000 marta kichik. Atom yadrosining paramag-nit qabulchanligi elektron qabulchanligidan taxminan 106 marta kichik. Paramagnit modda kucheiz tashqi magnit maydoni taʼsirida juda kucheiz, lekin juda past (mutlaq nol gradusga yaqin) temperaturalarda, shuningdek, oʻta yuqori tashqi magnit maydoni (>105 E) taʼsirida kuchli magnitlanadi. Kucheiz maydonga paramagnit moddaning mag-nitlanganligi j maydon kuchlanganligi oʻsishi bilan quyidagi qonun boʻyicha oʻsadi: j=%ff, bunda paramagnit qabulchanligi x~ Yu~5 dan 10~3 gacha qiymatlarni oladi. Agar maydon kuchli boʻlsa, paramagnit zarrachalari magnit mo-mentlarining yoʻnalishi tashqi magnit maydoni yoʻnalishidek boʻladi (magnit toʻyinishi roʻy beradi). Oʻzgarmas kuchlanishli maydonda temperatura T ortishi bilan magnit qabulchanlik Kyuri qonuni boʻyicha kamayadi. Turli moddalarning P.ini oʻrganish atom, ion, molekula, yadrolarning magnit momentini, murakkab molekulalarning tuzilishini oʻrganishda, materiallarning strukturasini taxlil qilishda juda muhim.[1]
Download 161.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling