Parasimpatik nerv tizimi. Uning ichki a'zolar faoliyatiga ta'sir ko'rsatishining xarakteri
Download 0.75 Mb.
|
Parasimpatik nerv tizimi. Uning ichki a\'zolar faoliyatiga ta\'sir ko\'rsatishining xarakteri
Parasimpatik nerv tizimi. Uning ichki a'zolar faoliyatiga ta'sir ko'rsatishining xarakteri23-03 guruh talabasiSharipova NazokatParasimpatik nerv sistemasi. Parasimpatik nerv sistemasi o'rta miya, uzunchoq miyadan va orqa miyaning dumg'aza qismidan boshlanadi. Parasimpatik nervlar markaziy nerv sistemasidan III (ko'zni harakatlantiruvchi nerv), V (yuz nervi), IX (til - halqum nervi) va X (adashgan nerv) juft bosh miya nervlari tarkibida chiqadi. Ko'zni harakatlantiruvchi nerv tarkibidagi parasimpatik tolalar ko'z soqqasining silliq muskullariga borib, ko'z qorachig'ini toraytiradi. Uzunchoq miyadan yuz nervi tarkibida chiqadigan parasimpatik tolalar jag' osti va til osti so'lak bezlari, og'iz va burun bo'shlig'i shiliq pardasida joylashgan bezlar hamda yosh bezini innervatsiya qiladi.
Nerv sistemasining tuzilishi va funktsional birligi-nerv hujayrasi (neyron)dir. Neyron hujayra tanasi va o'simtalardan iborat. Tashqi va ichki ta’sirotlarga javoban organizmda sodir bo'ladigan funktsiyalar refleks deb ataladi. Masalan, ovqat yeganda so'lak ishlanishi, chiroq yoqilganda ko'z qorachig'i torayishi, oyoq kaftini qitiqlaganda oyoq panjasi va barmoqlar bukilishi va boshqalar. Refleks markaziy nerv sistemasi ishtirokida ro'y beradi.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling