Parchalanadigan, ifloslantiruchi
Download 63.29 Kb.
|
Sekin parchalanadigan
Pestitsidlar (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman), zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham P.ga kiritiladi. P. tirik organizmlar hujayralariga kirib ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini oʻzgartiradi. Hujayraning oqsil va boshqa moddalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ularni choʻkmaga tushiradi, fermentlar faolligini zaiflashtiradi, modda almashinuvi jarayonini buzadi va hujayrani halokatga olib keladi.
P. qoʻllanish obʼyekti, organizm ichiga kirish yoʻli, taʼsir qilish harakteri va kimyoviy tarkibiga koʻra tas-niflanadi. Qanday zararli organizmga qarshi ishlatilishi, yaʼni qoʻllanish obʼyektiga qarab, P. quyidagi turlarga boʻlinadi: insektitsidla — hasharotlarni qirib tashlaydigan vositalar; antifidantlar — oʻsimliklar va materiallarni zararkunandalardan saqlaydigan moddalar; akaritsidlar — oʻsimlikxoʻr kanalarga; nematitsidlar — oʻsimlik nematodalariga; limatsidlar — shilliqkurtlarga; rodentitsidlar— kemiruvchilarga; fungitsidlar— zamburugʻlar qoʻzgʻatuvchi kasalliklar-ga:bakteritsidlar — bakteriyalarga; gerbitsidlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari orasidagi begona oʻtlarga; arboritsidlar — buta va chala buta oʻsimliklarga qarshi qoʻllaniladigan vositalar; attraktantlar — hasharotlarni jalb qiluvchilar, repellentlar— hasharot va qushlarni choʻchitadigan moddalar, algitsidlar — suvoʻtlarga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar va h.k. Kompleks taʼsir kuchiga ega boʻlgan P. ham bor. Mas, urugʻlikni dorilashda ishlatiladigan P. fungitsid, bakteritsid, insektitsid va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin. P.ning organizm ichiga kirish yoʻli va taʼsir qilish harakteriga koʻra tasniflashga zararkunandalarning oziklanishi asos boʻladi. Masalan, kemiruvchi ogʻiz apparatiga ega boʻlgan hasharotlar (chigirtkalar, qoʻngʻiz lichinkalari va yetuk shakllari, kapalak qurtlari)ga moddalar ularning ogʻzi orqali ichiga tushganida, sanchib-soʻruvchi ogʻiz apparatli hasharot (oʻsimlik bitlari, qandalar)ga esa zaharli vositalar ular tanasiga tekkanida, yaʼni teri qoplami orqali (sirtdan taʼsir qiluvchi P.) taʼsir kidali; bugʻ yo gaz holidagi zaharli kimyoviy moddalar nafas yoʻllari orqali, shuningdek, oʻsimlik yoki hayvon shirasi bilan oziklanadigan hasharotlar toʻqima-siga osongina singib, zaharlaydi. P. begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashda eng samarali usullardan hisoblanadi. P. organik va noorganik birikmalarning turli sinflariga mansub. Ularning koʻpchiligi sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Eng muhim P. xlororganik va fosfororganik birikmalar, karbamin kislota hosilalari, oʻsimliklardan olinadigan (piretroidlar), triazinlar ki-radi. Anorganik P.dan mis, oltingugurt va boshqa elementlarning birikmalarini koʻrsatish mumkin. Xlororganik P. universalligi bilan afzaldir. Ular juda koʻp tur zararkunandalarni yoʻq qiladi, taʼsir kuchi uzoq muddat saqlanadi va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kam. Xlororganik P.ning kamchiligi ularning tashqi muhit, tuproq, oʻsimlik va suvda kimyoviy jihatdan barqarorligi, yaʼni uzoq vaqtgacha parchalanmay saqlanib turishidir. Bu esa preparat qoldiklarining oʻsimlik mahsulotlari va hayvon organizmi tarkibida yigilib qolishga olib kelishi mumkin. DDT kabi juda barkaror preparatlardan foydalanish man qilingan. Fosfor organik P. yukrri biologik aktivlikka ega. Bu birikmalar oʻsimlik ichiga singib kirish va zahar kuchini ancha vaqt saqlab turish xususiyati bilan boshqalardan aj-ralib turadi. Baʼzilari barg yoki ildiz orkali singib, oziq moddalari eritmasi bilan birga oʻsimlik tomirlari sistemasi boʻylab tarqaladi. Bundan oʻsimlik shirasi bilan oziklangan zararkunandalar zaharlanib nobud boʻladi; bu birikmalar ichdan taʼsir qiluvchi preparatlar deb ataladi. Boshqa guruh moddalari oʻsimlik toʻqimalariga yuza singib, tomirlar orqali tarqalmaydi va qisman singuvchi preparatlar deb ataladi. Bular organizm ichida tana yuzasidagiga nisbatan koʻproq barqaror saqlanadi va bargning ishlov berilmagan orqa qismidagi zararkunandalarni ham nobud qiladi. Fosfororganik P.ga mansub insektitsidlar, fungitsidlar, nematotsidlar va gerbitsidlar bor. Deh-qonchilikda bunday insektitsid va akaritsidlardan fosfamid (BI-58), fozalon, karbofos, zolon va boshqalardan koʻp foydalaniladi. Sintetik piretroidlar bir necha tur oʻsimlik gullaridan olinadigan piretrum moddasining analogi-dir. Keyingi yillarda piretroidlardan koʻpgina oʻsimliklarni zararkunan-dalardan himoya qilishda koʻp foydalanilmoqda. Bu birikmalar tanlab taʼsir qilish xususiyatiga ega. Ulardan juda kam (bir gektarga bir necha gramm taʼsir qiluvchi modda hisobida) sarf qilinganida ham zararkunandalarga samarali taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekistonda sintetik piretroidlardan ambush, simbush, ripkord, sumitsidin, detsis va boshqalarni qoʻllashga ruxsat berilgan. Ol-tingugurtli P. oddiy oltingugurt (oltingururt kukuni, kolloidli oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va boshqalar) asosida ishlab chiqariladi; bundan tashqari, oltingugurtli organik birikmalar ham mavjud. Download 63.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling