Parchinlash tug’risidagi, tushuncha parchin mexanizmlari turlari
Download 74.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqParchinlash turlari, qo`lda parchinlash va parchinlash mexanizml
Parchinlash — list metall hamda prokat materiallardan yasaladigan konstruksiya elementlaridan parchin mixlar yordamida ajralmas birikma hosil qilish. Parchin mix — tana va kallakdan iborat mahkamlash detali. P. quyidagi amallarni oʻz ichiga oladi: parchin mix oʻrnini ochish (parmalash yoki oʻyish); parchin mixning yashirin kallagiga uya ochish (zenkerlash yoki shtamplash); parchin mixni teshikka oʻrnatib, ikkinchi tomonidan kallak hosil qilish (presslash yoki urish). P. bolgʻalar, presslar va avtomatlar yordamida bajariladi. P. bolgʻasi — zarb beruvchi pnevmatik mashina. Parchin mixda kallak hosil qilish uchun ishlatiladi.
P. mashinasi parchinlash presslari vaavtomatlarigaboʻlinadi. P. presslarida parchin mixning ikkinchi kallagi hosil qilinadi. Parchin mix tanasi ikki shtamp orasiga oʻrnatiladi. Mashina puansoni (zarb berish detali) bir marta yurganda shtamp bir yoki bir nechta parchin mixni parchinlaydi. P. avtomatlarida barcha operatsiyalar; buyumlar sirtini tekislash, ularni si-qish, teshik parmalash va zenkovkalash, parchin mix oʻrnatish, P., buyumni sil-jitish va boshqa bajariladi; bunda mexa-nizmlar avtomatik tarzda boshqariladi. P.da qoʻllaniladigan parchin mixlarning yarim doiraviy, yashirin, silindrik, konus kallakli xillari bor. Ularning oʻlchamlari davlat standartlarida belgilab qoʻyiladi. Standart parchin mixlardan tashqari maxsus: naychali, portlovchi va boshqa parchin mixlar qoʻllaniladi. Poʻlat, mis, latun, alyuminiy va boshqa materialdan tayyorlanadi. Parchin mix materiali biriktiriladigan detallar materiali bilan bir xil olinadi. P. kemasozlik, vagonsozlik, samolyotsozlik va boshqa sohalarda qoʻllaniladi. Sandiqsozliksa sandiqning yuz tomo-niga gulli naqsh chiqarish, tunuka bilan ishlash ham P. deyiladi.[1] Adabiyotlar 1.N.Makienko, A.Umronxujaev «Chilangarlik», Toshkent, «Mexnat», 2003 y. 2.J.Ramazov va boshqalar «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan amaliyot mashg‘ulotlari», o‘quv qo‘llanma, Toshkent, «O‘qituvchi», 1992 y. 3. E.I.Krupiskiy «Slesarlik ishi», Toshkent,«O‘qituvchi»,1989 y. 4.G.V.Kramarenko «Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko‘rsatish», Toshkent, «O‘zbekiston», 1998 y. Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling