Pardaqanotlilar (Hymenoptera) turkumi Reja
Download 1.23 Mb.
|
Pardaqanotlilar turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy о tlar
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bu turkum katta va eng yuqori takomillashgan hisoblanib, 80 mingtacha turi ma’lum. O’zbekiston sharoitida uchraydigan turlari ko’p va xilma-xil ekologik gruppalarga mansub. Bularda bir juft pardasimon oldingi qanotlari bor. Bosh qismi juda harakatchan o’rnashgan, og’iz organlari xartumcha shaklida so’rishga yoki yalashga moslashgan. Ko’krak qismi hajmli, kuchli taraqqiy etgan. Lichinkalari oyoqsiz, ayrim turlarda boshi reduksiyalashgan. G’umbagi ancha turlarida soxta pilla ichida bo’ladi. Tanasi har xil kattalikda, bosh bo’limi ko’pincha sharsimon, ko’krak bilan ingichka bo’yin orqali birlashgan. Uning katta qismini fasetkali ko’zlari ishg’ol etadi va ko’p turlarida, erkak individlarida birbiriga yondoshgan. Mo’ylovlari asosan ikki tipdadir. Ko’p bo’g’imli-uzun va uch bo’g’imi kalta. Zax yerlarda zig’ir uzun oyog’i - Tipula paludosa Mg. turi sabzavot ekinlarini zararlaydi. Chivinlar - Culicidae oilasi. Bularni 2 mingtacha turi ma’lum. Mo’ylovlari ingichka, 15 bo’g’imli, kalta tukdor. Lichinka hamda g’umbaklari harakatchan bo’lib, ular suvda rivojlanadi. Ularning ko’plari yetuk davrida qon so’rib oziqlanadi. Aedes avlodining vakillari 50 xil transmissiv kasalligini tarqatadi. Bitta urg’ochi chivin har qon so’rganida 3 mg, bir soat davomida 5-7 mingtasi 100-200 g. qon so’radi. Pashshachalar - Simuliidae oilasi. Bu chivinlar umumiy ko’rinishdan pashshachalarga o’xshash bo’lib, ular mayda tanasi tig’iz, yelka qismi ko’tarilgan, mo’ylovlari qisqa 2-ki bo’g’imli. Og’iz apparati sanchuvchi tipda tuzilgan. Lichinikalari oqar suvda yashaydi. Ular odamlar va uy hayvonlarning ba’zi kasalliklarni tarqatadi. Zahkashlar - Ceratopogonidae oilasi. Bularga eng mayda (ba’zan 1 mm dan kichik) qon so’rarlar kiradi. Bosh qismi engashgan emas, mo’ylovlari boshidan uzunroq, 13-14 bo’g’imli. Lichinkalari oqmaydigan suvda yoki zah yerlarda, to’kilgan barglar ostida va shunga o’xshash joylarda yashaydi. Adabiyоtlar: 1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966. 2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966. 3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y. 4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y. 5. E.I.Lukin «Zoologiya» Moskva 1989 6. B.А.Kuznеtsov, A.Z.Chеrnov, L.N.Katonova «Kurs zoologiya». M.1989 y. 7. A.M.Muhammadiеv «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1970. 8. S.A.Murodov, N.Axmеdov «Talabalarning bilimini rеyting va tеst bilan aniqlash» bo’yicha «Zoologiya va tut ipak qurti biologiyasi» fanlaridan o’quv uslubiy qo’llanma. T: 1997. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling