Pardayev Jamshid 19-03 guruh talabasi, Analitik kimyo fanidan nazorat ishi I, II, III guruh kationlari nh4+
Kationlarni ochish uchun amalga oshirilgan reaksiya tenglamalari
Download 68.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqI, II, III guruh kationlari aralashmasi analizi
Kationlarni ochish uchun amalga oshirilgan reaksiya tenglamalari:
K+ kationini ochish: buning uchun maxsus(spetsefik) reaksiyadan foydalanamiz, eritmadan 1-2 tomchi olib, reagent NGNK - Na3[Co(NO2)6] eritmasidan 2-3 tomchi olib tomizganimizda (pH=4-5) sariq rangli cho`kma - K2Na[Co(NO2)6] hosil bo`ldi. Eritmada qanday anion mavjudligini bilmaganim uchun ion ko`rinishida yozaman. To`liq ion: 2K+ + 3Na++ [Co(NO2)6]3- →K2Na[Co(NO2)6]↓ + 2Na+ Qisqa ion: 2K+ + Na++ [Co(NO2)6]3- →K2Na[Co(NO2)6]↓ Pb2+ kationini ochish: Dastlab 6N HCl eritmasi(guruh reagent) ta`sir ettirganimizda oq cho`kma hosil bo`ldi, bu cho`kma boshqa cho`kmalar bilan aralashgan holda bo`lganligi uchun uni ajratish uchun issiq suvda erish xususiyatidan foydalandim va KJ(reagent) eritmasi ta`sirida ‘’oltin yomg`iri’’ reaksiyasi(maxsus usul) yordamida Pb2+ kationi borligini aniqladim. To`liq ion: Pb2+ + 2H+ + 2Cl- → PbCl2↓+ 2H+ Qisqa ion: Pb2+ + 2Cl- → PbCl2↓ PbCl2↓(issiq suvda eriydi) Molekulyar: PbCl2(issiq) + 2KJ→ PbJ2↓ + 2KCl To`liq ion: Pb2+ + 2Cl- + 2K+ + 2J- → PbJ2↓ + 2K+ + 2Cl- Qisqa ion: Pb2+ + 2J- → PbJ2↓ Ba2+ kationini ochish: guruh reagent H2SO4 eritmasidan qo`shib cho`kma holatiga o`tkaziladi, cho`kma aralash bo`lganligi uchun uni dastlab eritmaga o`tkazamiz. Cho`kma mineral kislotalarda erimaganligi uchun uni Na2CO3 ning to`yingan eritmasi bilan ishlov berganimizda mineral kislotalarda eriydigan karbonat ko`rinishiga o`tkazdim. Hosil bo`lgan cho`kmaga 2N li sirka kislota qo`shib eritmaga o`tkazdim va eritmadan oz miqdorda olib bariy kationi uchun maxsus reaksiya ya`ni buffer eritma(natriy atsetat) ishtirokida kaliy bixromat eritmasi qo`shganimda sariq rangli kristall hosil bo`ldi. Ba2+ + H2SO4 → BaSO4↓+ 2H+ BaSO4↓+ Na2CO3 → BaCO3↓+ Na2SO4 Molekulyar: BaCO3↓ + 2CH3COOH → Ba(CH3COO)2 + CO2↑+ H2O Ion: BaCO3↓ + 2CH3COO- + 2H+ → Ba2+ + 2CH3COO- + CO2↑+ H2O Molekulyar: Ba(CH3COO)2 + K2Cr2O7 → BaCr2O7↓ + 2CH3COOK To`li ion: Ba2+ + 2CH3COO- + 2K+ + Cr2O72- → BaCr2O7↓ + 2CH3COO- + 2K+ Qisqa ion: Ba2+ + Cr2O72- → BaCr2O7↓ Qolgan jarayonlar bormaganligi uchun reaksiya tenglamalarini keltirmadim. Izoh: Kationlarni laboratoriya o`qituvchisi berdi. Download 68.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling