Paremiologiya yunoncha: paroimia


Download 101.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.04.2023
Hajmi101.65 Kb.
#1349191
Bog'liq
Paremiologiya - Vikipediya



Paremiologiya
Paremiologiya (yunoncha: paroimia —
hikmatli soʻz, zarbulmasal va ... logiya) —
1) maʼlum bir tildagi avloddan avlodga
ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham
va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy
umumlashma sifatida paydo boʻlgan
maqol, matal, aforizm kabi hikmatli
iboralarni — paremalarni oʻrganadigan
fan sohasi; 2) muayyan tilda mavjud
boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi
hikmatli iboralar — paremalar tizi-mi.


Paremalar avloddan avlodga faqat
ogʻzaki holdagina oʻtib kelganligi, xalq
ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlganligi
uchun adabiyotshunoslikning oʻrganish
obʼyekti hisoblanadi, chunki ularning
aksariyati koʻpincha sheʼriy shaklga
oʻxshaydi va ularda oʻxshatish, antiteza,
anafora, alliteratsiya, kinoya, piching kabi
bir qancha tasviriy vositalar qoʻllanadi.
Shu bilan birga paremalar soʻzlardan
tuzilib, maʼlum bir fikrni ifodalovchi
gaplardan iborat boʻlgani uchun
tilshunoslikning ham oʻrganish
obʼyektidir. P. ana shoʻ 2 jihatni oʻzida
birlashtiradi. Paremalarning kelib
chiqishi, tarixan rivojlanishi va maʼno
xususiyatlarini oʻrganuvchi P.


frazeologiya bilan chambarchas bogʻliq.
P. tilda mavjud boʻlgan turli xil barcha
iboralarni oʻrganadi, frazeologiya esa
uning bir qismi sifatida faqat koʻchma
maʼnoli turgʻun birikmalarni oʻrganadi.
Shu jihatdan ular oʻzaro farqlanadi.
Oʻrganish obʼyektining birligi, yaʼni bir
necha soʻzdan tashkil topgan turgʻun,
barqaror birikmalarni tekshirish P. bilan
frazeologiyaning oʻxshash, umumiy
tomoni hisoblanadi. Paremalarni toʻplash,
oʻrganish Mahmud Koshgʻariy ("Devonu
lugʻotit turk") va Gulxaniy ("Zarbulmasal")
zamonlaridan to hozirgi kunlargacha
davom etib kelmoqda.


Ad:. Berdiyorov H., Rasulov R., Uzbek
tilining paremiologik lugʻati, T., 1984.
Abduvahob Madvaliyev.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Paremiologiya&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 16:28 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Paremiologiya&oldid=285271
5" dan olindi 

Download 101.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling