Parfyumeriya-kosmetika sanoati
Download 14.59 Kb.
|
PARFYUMERIYA
PARFYUMERIYA-KOSMETIKA SANOATI — atir sovun, efir moyi, sintetik xushboʻy moddalar ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi (q. Parfyumeriya, Kosmetika). Sharq mamlakatlarida atir, mushk, surma, mushk-anbar, upa-elik kabi mahsulotlarni tayyorlash qadimdan yoʻlga qoʻyilgan. Ulardan xotin-qizlar, erkaklar pardoz-andoz va gigiyena vositasi tarzida keng foydalanganlar. Attorlar bu mahsulotlar bilan butun Sharq mamlakatlari boʻylab savdosotiq ishlarini olib borishgan. P.-k. s. sanoat tarmogʻi tarzida 17-a. oxirida Fransiyada, keyinchalik Italiya, Buyuk Britaniya va b. davlatlarda paydo boʻlgan. Oʻzbekistondagi P.-k. s. korxonalarida odekolon (xushboʻy suvlar), sovgʻa yigʻmalari, upa, tish poroshogi, gigiyenik va profilaktik tish pastalari, krem, losyon, shampun va b. kosmetik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tarmoqdagi eng yirik korxo-na Toshkent parfyumeriya-kosmetika f-kasi 1942-y. koʻchirib keltirilgan Krasnodar parfyumeriya f-kasi asosida tashkil qilingan. F-ka dastlab bir xil flakonlarda odekolon, qogʻoz pa-ketlarda upa va tish poroshogi ishlab chiqargan. Mavjud sexlarning rekonstruksiya qilinishi va yangi sexlar qurilishi i. ch. hajmini oshirishga, yuqori navli parfyumeriya mahsulotlari, sovgʻa yigʻmalari va chiroyli qulay qutichalarda buyumlar i. ch. ga imkon berdi. Korxona 120 nomda parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari ishlab chikardi. 1985-y. da f-ka «Lola» parfyumeriya-kosmetika f-kasi deb nomlandi. 90-y. lardan boshlab Oʻzbekistonda oʻtkazilgan iqtisodiy islohotlar davo-mida P.-k. s. ning ayrim korxonalari xususiylashtirildi yoki mahalliy hokimiyat organlari tasarrufiga oʻtkazildi. 1997-y. martda «Lola upa» korxonasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2001-y. dan Toshkent sh. da Rossiyadagi «Kalina» konsernining shoʻba korxonasi — «Palladavostok» faoliyat olib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda P.-k. s. korxonalari yirik i. ch. quvvatlariga ega boʻlgan, oʻz mahsulotlarini butun dunyoga sotadi. «Eyvon prodakts», «Prokter end Gembl» (AKSH), «Oreal», «Lankom» (Fransiya), «Sardli», «Maks Fektor» (Buyuk Britaniya), «Shvarskof Xengel» (Germaniya), «Adam» (Italiya), «Siseydo» (Yaponiya) firmalari ayniqsa mashhur. Bu firmalarda 500 dan ziyod kosmetika va 700 dan ziyod parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqariladi. Download 14.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling