Parkent tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida


Download 18.34 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1123481
Bog'liq
Xulosa





Parkent tumani hokimining “Parkent tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi yuzasidan


M A’ L U M O T N O M A

O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida Qonuniga asosan, Geografik obyektlarning nomlariga doir talablarGeografik obyektga berilayotgan nom:geografik obyektga eng xos bo‘lgan belgilarni aks ettirishi;mazkur geografik obyekt joylashgan erdagi geografik obyektlar nomlarining mavjud tizimiga mos tushishi mahalliy aholining fikrini hisobga olishi;qoida tariqasida, ko‘pi bilan uchta so‘zdan iborat bo‘lishi;mazkur geografik obyekt joylashgan erdagi geografik obyektlar nomlarining mavjud tizimiga mos tushishi;mahalliy aholining fikrini hisobga olishi; PUSHKINA ko'chasi - Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) ayrim odamlarning, jamoat arboblarining, siyosiy arboblarning ismi-sharifini berishga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi, bundan O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar mustasno.


O‘zbekiston Respublikasi doirasidagi viloyatlar, tumanlar, shaharlarga;Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar doirasidagi shaharchalar, qishloqlar, ovullarga;bir tuman, shahar doirasidagi, tarkibida tumanlar mavjud bo‘lgan shahar yoki aholi punkti doirasidagi bir nechta turdosh geografik obyektga. 41-modda.
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mahalliy aholining fikri hisobga olinadi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni besh ish kunidan kechiktirmay o‘z rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Takliflarning muhokamasini o‘tkazish muddati geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. Mahalliy aholi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan o‘z fikrini og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib bildirishi mumkin. Bunda shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan aholidan kelib tushgan fikrlarni umumlashtiradi hamda bu fikrlarni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tegishli komissiyaga kiritadi, mazkur komissiya xulosa tayyorlash chog‘ida bu fikrlarni hisobga oladi.
Takliflarning muhokamasini o‘tkazish muddati geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni besh ish kunidan kechiktirmay o‘z rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. 9-modda. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish tumanlar hokimlarining taklifiga ko‘ra xalq deputatlari viloyatlar
Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. 15-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga ilova qilinadigan hujjatlar. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishni amalga oshiruvchi organlarga kiritiladigan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: geografik obyektlarga nom berish yoki ularning nomlarini o‘zgartirish zarurligining, maqsadga muvofiqligining asosi; geografik obyektning taklif etilayotgan nomi; Oldingi tahrirga qarang. tegishli geografik obyekt joylashgan hududda yashovchi mahalliy aholining fikrini o‘rganishga oid hujjatlar;(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)kartografiya materiallari;geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar hamda xarajatlarning manbalari;tegishincha respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalarining xulosasi; ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq o‘tkazilgan davlat ekspertizasining xulosasi. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga geografik obyektlarning o‘ziga xos xususiyati hamda belgilangan maqsadi hisobga olingan holda boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin. 20-modda.
Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish Oldingi tahrirga qarang. Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. (20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi: geografik obyektlarning nomlarini belgilash, normallashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; geografik obyektlar nomlarining rasmiy kataloglari va ma’lumotnomalarini tayyorlash hamda nashr etish. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Geografik obyektlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining taklifiga ko‘ra nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish mazkur organlarning faoliyatini moliyalashtirish nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Geografik obyektlarga xo‘jalik boshqaruvi organlarining taklifiga ko‘ra nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek mazkur organlar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Tuman hokimining mazkur qaror loyihasi ID-70417 (V-1) ID-70419 (V-1) kodlari bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga qo‘yilganligi inobatga olinib tashkilot va muassasalarda o'rganib chiqilib, O'zbekiston Respubikasining amaldagi qonunchiligi va qonunchilik texnikasiga muvofiq holda tayyorlangan.
Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling