87
Parmalanadigan material qattiqligi va cho’zilishdagi
mustahkamlik
chegarasining ortib borishi bilan surish kuchi va burovchi moment ortib boradi.
Masalan, qattiqligi Brinell bo’yicha 120—140 dan 260—280 gacha bo’lgan kulrang
cho’yanni parmalashda surish kuchi P
o’
ga va burovchi moment
M ga kiritiladigan
tuzatish koeffitsienti 0,8—1,21 atrofida bo’ladi.
Parma uchidagi 2φ burchak ortgan sari surish kuchi kamayadi, burovchi moment
esa ortib boradi. Buning sababi
shundaki, parmaning diametri o’zgarmagani holda
parma uchidagi burchak 2φ o’zgarishi bilan kesib olinadigan
qatlamning eni va
qalinligi o’zgaradi. Kesik eni va qalinligining o’zgarishi (ortishi)
esa parmaning
kesuvchi qirralariga ta’sir etuvchi kesish kuchlining o’zgarishiga (ortishiga) sabab
bo’ladi, bu xol burovchi momentning ortishiga olib keladi.
Vintsimon ariqcha qiyalik burchagi ω ning 25—30° gacha ortishi bilan oldingi
burchak γ
N
ortadi, kesib olinayotgan qatlamning
plastik deformatsiyalanishi
kamayadi va parmaning oldingi yuzasi bo’ylab qirindi chiqish jarayoni osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: