Parmanov edu 2023 yakuniy takrorlash uchun testlar bazasi 4
-sinf odam va uning salomatligi Hazm va Nafas olish mavzulari bo’yicha aralash testlar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
4-QISM TAKRORLA pagenumber (1)
8-sinf odam va uning salomatligi Hazm va Nafas olish mavzulari bo’yicha aralash testlar
Biologiya tayyorlov kursi Parmanov H 2-Variant 1. Tishning ildizi (a), koronkasi (b) va bo’yinchasi (c) uchun mos javoblarni ko’rsating. 1) jag’ alveolalarida; 2) milkdan chiqib turadi; 3) milkning ichida joylashadi. A) a – 2; b – 1; c – 3 B) a – 1; b – 2; c – 3 C) a – 3; b – 1; c – 2 D) a – 1; b – 3; c – 2 2. Tish ildizining tish alveolasiga biriktiruvchi qism (a) va tish bo’shlig’i (b) qanday ataladi? A) a – koronka; b – dentin B) a – periodont; b – pulpa C) a – dentin; b – koronka D) a – pulpa; b – periodont 3. Tishning emal qavati (a) va dentin qavati (b) tarkibiy qismlarini moslab ko’rsating. 1) 28 % organik moddalardan iborat; 2) 72 % anorganik moddalardan iborat; 3) 96 – 97 % anorganik moddalardan iborat; 4) 96 – 97 % organik moddalardan iborat. A) a – 1,2; b – 3 B) a – 4; b – 1,2 C) a – 3; b – 1,2 D) a – 1,2; b – 4 4. Tishning qaysi qavati tarkibi jihatidan suyakka o’xshaydi? A) dentin B) pulpa C) emal D) sement 5. Koronkasi ponasimon (a) va koronkasi kubsimon (b) bo’lgan tishlarni ko’rsating. A) a – qoziq; b – kichik oziq B) a – kurak; b – kichik oziq C) a – qoziq; b – katta oziq D) a – kurak; b – katta oziq 6. Koronkasi ikki qirrali (a) va kubsimon(b) bo’lgan tishlarni ko’rsating. A) a – qoziq; b – kichik oziq B) a – kurak; b – kichik oziq C) a – qoziq; b – katta oziq D) a – kurak; b – katta oziq 7. Bir ildizli (a) va ikki yoki uch ildizli (b) bo’ladigan tishlarni moslab ko’rsating. A) a – katta oziq; b – kichik oziq B) a – kurak; b – qoziq C) a – kichik oziq; b – katta oziq D) a – kurak; b – katta oziq 8. Koronkasining chaynash yuzasida bir nechta bo’rtiqlari mavjud bo’ladigan, ikki yoki uch ildizli tishlarni ko’rsating. A) kichik oziq B) qoziq C) kurak D) katta oziq 9. Chaynash yuzasida bo’rtiqlari bo’ladigan (a) va bo’lmaydigan (b) tishlarni ko’rsating. 1) kichik oziq; 2) qoziq; 3) kurak; 4) katta oziq. A) a – 3,4; b – 1,2 B) a – 2,4; b – 1,3 C) a – 1,4; b – 2,3 D) a – 1,2; b – 3,4 *10. Katta yoshli sog’lom odamning yuqori jag’ida jami nechta bir ildizli tishlar mavjud? A) 8 ta B) 4 ta C) 12 ta D) 6 ta 11. Quyida sog’lom katta yoshli insonning jag’laridagi tishlarning joylashishi tartibi ifodalangan. Agar A – kurak tishlar, B – qoziq tishlar, C – kichik oziq tishlar va D – katta oziq tishlar bo’lsa, shu insonning yuqori jag’i chap tomonidagi bir ildizli va pastki jag’i o’ng tomonidagi koronkasi ponasimon tishlar yig’indisi nechtaga teng bo’ladi? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta *12. Nafas olish jarayonining ixtiyoriy (a) va ixtiyorsiz (b) boshqarilishini ta’minlaydigan nerv sistemasi qismlarini ko’rsating. A) a – bosh miya yarimsharlari po’stloq qismi; b – bosh miyaning chakka miya qismi. B) a – bosh miya yarimsharlari po’stloq qismi; b – bosh miyaning uzunchoq miya qismi. C) a – bosh miya yarimsharlari po’stloq qismi; b – bosh miya yarimsharlari po’stloq qismi. D) a – bosh miyaning uzunchoq miya qismi; b – bosh miya yarimsharlari po’stloq qismi. 13. Yo’talish (a) va aksirish (b) impulslarining paydo bo’lishi dastlab nafas olish sistemasining qaysi qismidagi nerv retsptorlarning qo’zg’alishi natijasida hosil bo’ladi? A) a – alveolalardagi; b – bronxlardagi B) a – hiqildoqdagi ; b – traxeyalardagi C) a – burun bo’shlig’idagi; b – kekirdakdagi D) a – bronxlardagi ; b – burun bo’shlig’idagi *14. Odamdagi aksirish refleksining ketma – ketligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 1) nafas olish markazi; 2) nafas chiqarish muskullari; 3) retseptorlar; 4) harakatlantiruvchi nervlar; 5) sezuvchi nervlar; 6) kuchli nafas chiqarish. 34 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling