Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari
Download 198.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osteometriya
- Biopsiya materiallarini morfologik tekshirish
Maxsus tekshirish usullari. Parodont patologiyasi bo‘lgan bemorni tekshirishda
rentgenologik tekshirish usuli majburiy hisoblanadi. Bu usul jag‘lar alveolyar o‘simtalarining suyak to‘qimalaridagi patologik o‘zgarishlarni namoyon bo‘lish darajasi hamda ushbu o‘zgarishlarning xarakterini aniqlash imkoni beradi. Qator kamchiliklariga qaramay, og‘iz ichi rentgenografiyasi parodont patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tekshirishning eng ko‘p tarqalgan usuli bo‘lib qolmoqda. Parodontning holati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun barcha tishlovning rentgen suratlarini amalga oshirish zarur bo‘ladi (5 – 6 suratlar – ikkala jag‘ning frontal, premolyar va molyar tishlari). Rentgenografiya usullari ichida panoram rentgenografiya va ortopantomografiyalar eng yaxshi usullardan hisoblanadi. Osteometriya – pastki jag‘ suyak to‘qimasi zichligini ultratovushning o‘tish vaqti asosida tekshirish. Ultratovush tarqalishining fizik xususiyatlari suyak to‘qimasining zichligidan ultratovushning o‘tish tezligiga bog‘liqligi bilan tavsiflanadi: zichlik qanchalik katta bo‘lsa, ultratovushning o‘tish tezligi shuncha kam bo‘ladi. Biopsiya materiallarini morfologik tekshirish (milk bioptatlari, parodontal cho‘ntaklarning tarkibi) eozinofil granulema, kollagenozlar, parodontning idiopatik shikastlanish shakllari kabi kasalliklarda yanada aniqroq tashxis qo‘yish uchun qimmatli ma’lumotlarni beradi. Morfologik tekshiruvlar asosiy tashxis qo‘yish usullaridan hisoblanadi. Parodontning etiologiyasi, patogenezi, klinik manzarasi va davolash. Parodont yallig‘lanishining asosiy etiologik omili bu mikrob omilidir. Milk oldi sohasida to‘planuvchi mikroblar tomonidan ajraluvchi kislotalar, fermentlar va toksinlar ma’lum vaqt davomida so‘lakning himoyaviy hujayra va zardob komponentlari hamda milk suyuqligi ta’sirida neytrallanib turiladi. Mikrobli karashlarning ko‘payishi, ularning yuzasini minerallashuvi va so‘lak tarkibidan noorganik tuzlarning tushib qolishi oqibatida faol mikrob qatlamining ust tomoni tishning qattiq karashlari bilan ishonchli ravishda so‘lakning ta’siridan himoyalanadi. Uning tarkibida parodontopatogen sifatida baholanib, atrofdagi to‘qimalarga agressiv toksik ta’sir etuvchi mikroorganizmlar ham paydo bo‘ladi va intensiv ravishda ko‘payadi. Ularning shikastlantiruvchi imkoniyatlari himoyaviy to‘kima mexanizmlari, qonning hujayra va zardob komponentlari ustidan enga boshlashi bilan, klinik tomondan aniqlanuvchi yallig‘lanish reaksiyasi paydo bo‘ladi. Download 198.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling