Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari
Download 198.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
YOpiq kyuretaj. Kyuretajni sifatli amalga oshirishning asosiy sharti shundan iboratki,
mutaxassis cho‘ntakdagi parchalanish qoldiqlarini olib tashlanganligi, cho‘ntakning ildizlari va devorlariga qayta ishlov berishning to‘liqligini nazorat qilish sharoitiga ega bo‘lishi kerak. Aniq klinik manzaraga: cho‘ntakning chuqurligi, suyakning emirilish darajasi, destruksiya turi – tekis (gorizontal) yoki notekis (suyakning gorizontal kamaygan joyi vertikal dekstruksiya o‘choqlari bilan qo‘shilib, suyak cho‘ntaklari mavjud bo‘ladi) shifokor xirurgik qayta ishlov berish (kyuretaj) usulini tanlaydi. Agar suyakga dastlabki ochishlarsiz qayta ishlov berishga ishonch bo‘lsa, yopiq kyuretaj tavsiya etiladi. Uni cho‘ntaklarning chuqurligi unchalik katta bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. Biroq taktil sezgilarni hisobga olgan holda to‘laqonli ishlov berish shubhalidir. SHunday qilib, yopiq kyuretajni amalga oshirish sifati ko‘proq shifokorning amaliy ko‘nikmalarining darajasiga bog‘liq bo‘ladi. YOpiq kyuretajda shifokor tomonidan cho‘ntaklarga sifatli ishlov bera olmaslik holatlariga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin: 4 mm dan ortiq chuqurlikdagi cho‘ntaklar, suyak cho‘ntaklarining mavjudligi, jarayon ildiz qismlariga tarqalishi – bifurkatsiyalar, trifurkatsiyalarning jalb etilishi. Milkning qalinligi ham ahamiyatga egadir. CHunki yopiq kyuretaj —jarohatli muolaja bo‘lib, cho‘ntakning yupqalashgan devorlari uni o‘tkazishga mutloq qarshi ko‘rsatma hisoblanadi. YOpiq kyuretaj amalga oshirilayotgan istalgan holatda shifokor shuni anglashi zarurki, cho‘ntaklar devorlari va ildiz yuzalariga qayta ishlov berishning sifati juda o‘rta miyona bo‘lib, bunda tish va milk bog‘lamining shakllanishiga umid bog‘lamasa ham bo‘ladi. Eng yaxshi holatda jarayonni to‘xtatishga va mustahkam epitelial qatlamning hosil bo‘lishiga erishilsa, bu ham yomon natija bo‘lmaydi. Bemorni yopiq kyuretajni o‘tkazishga tayyorlash va parodontdagi yallig‘lanish holatlarini bartaf etish lozim. Download 198.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling