Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana16.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
#577
1   2   3   4   5   6   7

XULOSA VA TAKLIFLAR 

O‘zbekistonda demografik rivojlanishning  xozirgi davrdagi tendensiyalarini 

tadqiq qilish natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi: 

1.

 



Umumjahon 

jarayonlariga 

muvofiq 

rivojlanayotgan 

hozirgi 

O‘zbekistonda,  keyingi  ikki  o‘n  yillikda  demografik  vaziyatda  sezilarli  miqdoriy 

va  sifat  o‘zgarishlari  yuz  berdi.  Avvalombor,  demografik  o‘sish  kamaydi,  hozirgi 

kunda  aholining  o‘rtacha  yillik  o‘sishi  1,1  -  1,6%  ni  tashkil  qilmoqda,  vaholanki, 

bu ko‘rsatkich o‘tgan asrning 70 - yillarida 3,0-3,2% ni va 90 - yillar boshida 2,2 - 

2,3%  ni  tashkil  qilardi.    Keyingi  o‘n  yilda  respublikada  tug‘ilishning  yig‘indi 

koeffitsienti  dunyoning  o‘rtacha  ko‘rsatkichidan  past  bo‘lib  kelmoqda  (muvofiq 

ravishda  2,3  va  2,5).  O‘zbekiston  aholisi  kontratsepsiya  vositalaridan  foydalanish 

darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga yaqinlashib qoldi. 

Xuddi shunday vaziyat O‘zbekistonda ham yuz bermoqda. Keyingi 20 yilda 

aholi  o‘limi  6,2  promilledan  4,6  promillegacha  pasaydi.  Ayniqsa,  aholining  eng 

kam  ta’minlangan  ijtimoiy  demografik  guruhlarida  ijobiy  siljishlar  yuz  berdi. 

Hozirgi paytda O‘zbekistonda onalar o‘limi darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari 

ichida eng past ko‘rsatkichga egadir. 



Aholi  o‘limining  kamayib  borishi  hozirgi  kunda  O‘zbekistonda  eng  muhim 

ijtimoiy  -  demografik  ijobiy  o‘zgarish  hisoblanadi.  Uning  darajasi  nafaqat 

demografik  vaziyatni  holatini,  balki  davlatning  ijtimoiy  iqtisodiy  rivojlanishi  va 

uning  fuqarolarining  sog‘lig‘i  holatini  belgilab  beradi.  Transformatsiya  davrining 

murakkab  sharoitlariga  qaramasdan,  respublikada  o‘lim  darajasining  izchil 

kamayib  borishi  va  aholi  o‘rtacha  umr  ko‘rish  darajasining  oshib  borishi 

kuzatilmoqda.  Go‘daklar,  bolalar  va  onalar  o‘limining  kamayib  borayotganligi 

Harakat  dasturida  tanlangan  milliy  darajadagi  faoliyatning  ustivor  yo‘nalishi 

hisoblanadi.  O‘zbekistonda  u  ijtimoiy  siyosatning  asosiy  ustivorligi  hisoblanib, 

yuqoridagi  ko‘rsatkichlar  2-3  barobar  qisqargan.  SHu  bilan  birgalikda 

Respublikada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib bormoqda (keyingi 20 

yilda u 3,6 yoshga ko‘paydi). 

2.  O‘zbekistonda  oilalarning  bolalar  soniga  ko‘ra  tarkiblanishi  shuni 

ko‘rsatadiki  ko‘p bolalik deb  hisoblanadigan 5-8 ta bolalik bo‘lgan oilalar  ulushi 

kamayib bormoqda, ularning hissasi xozirgi kunda 23,3 foizni tashkil qiladi (2008 

yil), 3-4 bolalik oilalar esa 38, 1 foizni, 1-2 bolalik oilalar 36,5 foizni tashkil qiladi. 

Mustaqillik 

yillarida  O‘zbekistonda  oilalar  tarkibida 

yuz  bergan 

o‘zgarishlarni  tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  nikohga  kirganlar  soni  yildan  yilga  oshib 

bormoqda.  Nikohlarning  mutloq  soni  oshib  borayotganligiga  qaramasdan,  har 

yuz ming  aholiga  nikohga  kirganlar  koeffitsienti  bilan  hisoblaydigan  bo‘lsak, 

nikoh  koeffitsienti  1995  va  2000  yillarda  kamayib,2005  yilga  kelganda  osha 

boshlagan,  va  2014  yilga  kelib  yana  kamaygan.  Buni  aholi  o‘rtasida  tug‘ilish 

darajasining  o‘zgarib  turishi,  tug‘ilganlarning  ma’lum  yillardan  keyin  nikoh 

yoshiga  kirib  kelishi  bilan  izohlash  mumkin.  20g‘25  yil  oldin  tug‘ilish  darajasi 

yuqori bo‘lgan bo‘lsa, nikohga kiruvchilar soni ham oshib boradi va aksincha. 

Keyingi  yillardagi  aholining  migratsiya  xarakatlari  mazmuni  shuni 

ko‘rsatadiki (1.3.1-jadval), 2008  yildan boshlab ko‘chib  yuruvchilar soni (ko‘chib 

keluvchilar  soni  ham,  ko‘chib  ketuvchilar  soni  ham)  yildan  yilga  kamayib  bordi. 

2013 yilda 2012 yilga nisbatan ko‘chib ketuvchilar soni 21,0 ming kishiga, ko‘chib 

keluvchilar  soni  esa  14,7  ming  kishiga  kamaygan.  Migratsiya  saldosida  ham 



o‘zgarishlar  yuz  berib,    2005  yildagi  –  101,6  ming  kishi  saldodan,  2013  yilda  - 

33,8 ming kishi saldogacha qisqargan.  

O‘zbekiston  Respublikasining  tarkibiy  qismi  bo‘lgshan  Xorazm  viloyati 

aholisining migratsiya xarakatlarida ham shunday tendensiya namoyon bo‘lmoqda. 

Faqat, farq qiluvchi tomoni shundaki, ko‘chib keluvchilar soni 90-yillarga nisbatan 

kamaygan bo‘lsada, 2005 yildan keyingi davrda viloyatga ko‘chib keluvchilar soni 

5,7  ming  kishidan  7,3  ming  kishigacha  ko‘paygan.  Migratsiyaning  minus  saldosi 

ham  viloyat  uchun  kamayib  bormoqda.  Masalan,  2013  yilda  2012  yilga  nisbatan 

minus  saldo  –  2319  dan  –  322  gacha  kamaygan.  Bu  holat  shu  bilan  izohlanadik, 

xozirgi  kunda  ko‘chib  yuruvchilarning  ko‘pchiligi  ishchi  kuchi  migrantlar 

hisoblanib,  mamlakat  va  viloyat  iqtisodiyotida  ishchi  o‘rinlari  ko‘plab 

ochilayotganligi tufayli ilgari ish izlab MDH mamlakatlariga ko‘chib o‘tganlar, o‘z 

yurtlarida ishlash uchun qaytmoqdalar.  

4. Aholining salomatligini yaxshilash demografik vaziyatni qulaylashtirishning eng 

muhim omillaridan hisoblanadi. Tug‘ilish darajasi barqarorlashib, va hatto pasayib 

borayotgan  bir  sharoitda  aholi  o‘rtasida  kasallanish  va  o‘lim  hodisalarini 

kamaytirish demografik rivojlanishning oqilona yo‘nalishiga imkoniyat yaratadi. 

           Mamlakatimizning  demografik  xususiyatlarini  e’tiborga  olgan  holda 

«Sog‘lom  ona  –  sog‘lom  bola»  dasturini  izchil  amalga  oshirish  bilan  sog‘lom 

avlodni voyaga etkazish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza 

qilish,  tibbiy  xizmat  sohasi  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  sog‘lom 

bolalar  tug‘ilishi  va  ularni  tarbiyalash  bilan  bog‘liq  masalalar  yuzasidan  aholi 

o‘rtasida  tushuntirish  hamda  maslahat  ishlarini  kuchaytirish  uchun  yanada  qulay 

shart-sharoitlar  yaratish  mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  demografik  siyosatining 

asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan hisoblanadi. 

Mustaqillik  yillarida  mintaqaning  demografik  rivojlanishi  xususiyatlarini 

o‘rganib chiqish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: 

- mamlakatimizda aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan, 

yillik o‘sish sur’atlari pasaymoqda. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi 

Quyi Amudaryo mintaqasi hududlarida    ham    namoyon    bo‘lib    bordi; 



         -  aholi  soni  o‘sib  borish  sur’atlarining  nafaqat  Quyi  Amudaryo  mintaqasida 

balki  butun  O‘zbekiston  miqyosida  kamayib  borishi  birinchi  navbatda  tug‘ilish 

ko‘rsatkichlarining  pasayishi  bilan  bog‘liqdir.  Tug‘ilish  ko‘rsatkichlarining 

pasayishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda; 

         -  tug‘ilish  darajasining  pasayib  borishi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy,  siyosiy 

o‘zgarishlar  (bozor  munosabatlariga  o‘tilishi,  shaharlashuv  darajasining  oshishi, 

aholi  ma’lumotlilik  darajasining  oshib  borishi,  ayollarning  ijtimoiy  ishlab 

chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan bog‘liqdir; 

        - mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash borasidagi sa’i-harakatlar natijasida 

aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta 

muvaffaqiyatlarga erishildi; 

          -  ekologiyaning  yomonlashuvi  tufayli  o‘limga  olib  keluvchi  sabablar 

tarkibida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  yuqumli  va  parazitar  kasalliklar,  nafas 

olish  organlari  kasalliklari  va  havfli  o‘sma  kasalliklari  umumiy  O‘zbekiston 

ko‘rsatkichlariga,  shu  jumladan  Xorazm  viloyati  ko‘rsatkichlariga  nisbatan  ham 

ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi; 

         -  mintaqada,  xuddi  butun  O‘zbekistondagi  kabi,  mustaqillik  yillarida 

go‘daklar  o‘limi  koeffitsienti  3  -  4  barobarga  kamaygan.  Go‘daklar  o‘limiga  olib 

keluvchi  sabablar  ichida  perinatal  holatlardan  o‘lim  yuqori  darajada  saqlanib 

qolmoqda. 

        -  onalar  va  bolalarning  reproduktiv  salomatligini  muhofaza  qilish, 

profilaktikaga  asoslangan  sog‘liqni  saqlash  tizimini  ustuvor  rivojlantirish,  tibbiy 

xizmat  sohasi  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  sog‘lom  bolalar  tug‘ilishi 

uchun  yanada  qulay  shart-sharoitlar  yaratish  mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston 

demografik siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari bo‘ldi. 

 

 



 

 


Xorazm  viloyatida  yaqin  15  yil  ichida,  ya’ni  2030  yilgacha  aholi  soni 

qanday  sur’atlarda  ko‘payib  borishi,  unga  ta’sir  qiluvchi  demografik  jarayonlar: 

tug‘ilish, umumiy o‘lim va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarib borishini 

aniqlashda  men  demografik  bashoratning  ekstrapolyasiya  usulidan  foydalandim. 

ekstrapolyasiya  usuli  bashorat  davrida  bevosita  yaqin  yillarda  yuz  bergan 

demografik  jarayonlar  tendensiyasi  saqlanishi  va  rivojlanishini  ehtimol  tutadi. 

Bashorat  ssenariysi  ham,  aynan  mana  shunga,  ya’ni  kuzatilayotgpn  tendensiyalar 

yaqin  kelajakda  ham  saqlanib  qoladi  degan  gepotezaga  asoslanadi.  CHunki  butun 

demografik  tarix  tomonidan  shu  narsa  tasdiqlanganki,  demografik  jarayonlar 

yuqori  inersiyaga  ega  hisoblanadi.Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishimda  men  Viloyat 

demografik  rivojlanishi  bashoratining  umumiy  natijalari  to‘g‘risida  gapirib 

o‘taman.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy  islohotlar  demografik 

rivojlanishidagi  ijobiy  tendensiyalarning  saqlanib  qolishi  ehtimolligi  yuqoriligini 

belgilab  beradi.  YAqin  istiqbolda  aholi  sonining  o‘sish  sur’atlari  pasayish 

tendensiyasi  davom  qiladi,  ya’ni  xozirgi  1,8  foizlik  yillik  o‘sish  sur’atlari  sekin 

asta pasayib bashorat davrining oxiriga borib 1,2-1,3 foizga tushadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 

 

1.



 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  “Mamlakatimizni 

2013-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2014-yilga 

mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlari”ga 

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 

2.

 



O‘zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2014  yilda 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilga  mo‘ljallangan 

iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan 

Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 

3.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  2012  yilningasosiy 



yakunlari  va  2013  yilda  O‘zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning 

ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisidagi  “Bosh  maqsadimizda    keng  ko‘lamli  islohotlar 

va  modernizatsiya  yo‘lini  qat’iyat  bilan  davom  ettirish”  mavzusidagi 

ma’ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: “O‘qituvchi” NMIU. 

- 2013. 


4.

 

Karimov  I.A.  O‘zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo‘lida.  –  T.: 



O‘zbekiston, 1995. -  264-b.  

5.

 



I.Karimov.  “O‘zbekiston  XX  asr  bo‘sag‘asida:  havfsizlikka  tahdid, 

barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari.  Toshkent:  “O‘zbekiston” 

1997. 

6.

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  BMT  sammiti 

Mingyillik rivojlanish  maqsadlariga bag‘ishlangan  yalpi  majlisidagi  nutqi // 

Xalq so‘zi, 2010 yil 22 sentyabr, 1-2-b.             

7.

 



O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2010. –  40 b. 

8.

 



O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi // www.lex.uz 

9.

 



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 martdagi “Aholi 

sonining  tanlama  statistik  kuzatuvini  tayyorlash  va  o‘tkazish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori // www.lex.uz. 

10.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2007  yil  15  maydagi 

“Mehnat  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  chet  ellarga  ketayotgan 

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarini  hisobga  olishni  takomillashtirish 

to‘g‘risida” 97-sonli qarori // 

www.lex.uz

11.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  19  iyuldagi  “Haq 

to‘lanadigan  jamoat  ishlarini  tashkil  qilish  to‘g‘risida”gi  353-son  qarori  // 

www.lex.uz. 

12.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligining  1999  yil  24  apreldagi  “Ishsiz 



shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni 

tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomi // www.lex.uz 

13.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012  yil  20  apreldagi 



“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik 

muhitining  holati  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  indikatorlarini  har 



chorakda  baholash  tizimini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  117-sonli  qarori  //  www. 

lex.uz. 


14.

 

 Ata-Mirzaev    O.B.  Narodonaselenie  Uzbekistana:  istoriya  i  sovremennost. 



Tashkent: Ijtimoiy fikr, 2009. – 209 s. 

15.


 

Djunaydullaev  D.A.  O‘zbekiston  mintaqalarida  aholi  migrasiyasi  va  uni 

tartibga  solishni  takomillashtirish.  Iqtisod  fanlari  nomzodi  ilmiy  darajasini 

olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati. Toshkent, 2012. 24 b.  

16.

 

Klupt M..A. Demografiya regionov Zemli. – SPb.: Piter, 2008. s.18.  



17.

 

Mambetullaeva  S.M.,  Kamalova  G.N.,  Atadjanova  A.D.  Analiz  vliyaniya 



negativnyx ekologicheskix  faktorov  na  uroven zabolevaemosti  naseleniya  v 

usloviyax  Respubliki  Karakalpakstan.  Vestnik  Karakalpakskogo  otdeleniya 

Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. Nukus – «Ilim»- 2011. № 1. s.41.  

18.


 

 Mo‘minov  X.I.  Buxoro  viloyatida  mehnat  bozorini  shakllantirish  va  uning 

faoliyatini rivojlantirish. – T.: O‘zR FA iqtisodiyot instituti, 2008. – b.89. 

    19.  Sadullaev  A.  Quyi  Amudaryo  mintaqasining  demografik  rivojlanishi.       

Monografiya. Urganch-2014. 147  b 

20.


 

 Soliev  S.,  Nazarov  M.  O‘zbekiston  qishloqlari.  (Qishloq  joylar 

geografiyasi). Toshkent-“Fan va texnologiya”-2009. 

21.


 

Statisticheskiy  ejegodnik  regionov  Uzbekistana.  Statisticheskiy  sbornik. 

Tashkent 2013. 

22.


 

Naselenie Uzbekistana. Statisticheskiy sbornik. Tashkent 2013. 

23.

 

O‘zbekistonda  ming  yillik  maqsadlari  bo‘yicha  Asosiy  doklad.  –  PROON, 



ABR, Toshkent, Sentyabr, 2004 y. 

24.


 

Obzor rezultativnosti ekologicheskoy deyatelnosti. Uzbekistan. Vtoroy obzor. 

OON. Nyu-YOrk i Jeneva, 2010 god. 

25.


 

Xorazm viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi 



ma’lumotlari.  

 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling