Passiv va aktiv radioelektron elementlar parametrlarini va alsu kodli signallarni tanib olish uchun universal qurilma
-rasm. ALSU kodlarini aniqlash uchun qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
InnoRailway-Xalikov
5-rasm. ALSU kodlarini aniqlash uchun qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
UMD-1 turidagi universal qurilmani qo‘llash sxemasi Railway transport: topical issues and innovations, 2022 №1 31 Железнодорожный транспорт: актуальные задачи и инновации , 2022 №1 ALSU kodli signallarini yangi temir yo‘l yoki mavjud uchastkalarida testdan o‘tkazish uchun qo‘shimcha yoki asosiy qurilma sifatida kod signallarini aniqlash uchun asboblar to‘plamini qo‘llash mumkin. Rels zanjirlaridan signallarni qabul qilish uchun qabul qilish g‘altagi orqali amalga oshiriladi. Elektr yurituvchi kuch ko‘rinishda cho‘lg‘amlanib olingan kodli signallar filtrda qabul qilinadi. Filtr ALSU kodining birini ajratadi. Filtr shunday sozlanganki, buzilgan signalni ichidan kodli signallarni ajratib olish imkonini beradi. Kuchaytirgich kodli signallarni kuchaytiradi va klemmalar orqali UMD-1 qurilmasiga uzatiladi. UMD-1 qurilmasi signallarni qabul qilgan holda ALSU kodli signalni hisoblaydi va qurilma monitorida tasvirlaydi. Ushbu qurilma qabul qilingan kodli signalning ishorasi ishonchli bo‘lishi uchun bir necha marta (6-8 soniyalar ichida) tekshiradi hamda avvaldan dasturlangan algoritm ketma-ketligida qayta ishlaydi. Xulosalar. Shunday qilib, ATmega328 mikrokontrolleri negizida modernizatsiya qilingan tranzistor tester (UMD-1 universal qurilmasi) quyidagi imkoniyat, xususiyat va afzalliklarga ega: avtomatik uzishni nazoratlash zanjiri, integralli mo‘tadillagich, signallar generatori, inkremental enkodera zanjiri orqali tezkor va ravon boshqarish, 1 Hz ÷ 8 MHz chastotalarni o‘lchash, yuqori tok va kuchlanishlardan mikrokontrollerni himoyalash, 100 V gacha doimiy tok voltmetri, aktiv, passiv va kombinatsiyalashgan elektron elementlarni o‘lchash va raspinovkalash, zaryadlash moduli va kuchlanishni o‘zgartirishli akkumulyator manbasi, mikrosxemalarning ikki qatorli paketi, ustki qatlamda montajlanadigan korpuslar turidagi radioelektron elementlarni ulash uchun universal raz’yom. Tadqiqotlar asosida ALSU kodli signallarni kontaktsiz aniqlovchi asboblar komplekti ishlab chiqildi. Ushbu qurilma ko‘chma, qo‘llashda sodda, binoning ichki qismi va ochiq temir yo‘l joylarida qo‘llashga mo‘ljallangan, shuningdek relsdan izolyatsiyalangan yengil konstruksiyaga mahkamlanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling