Past yoki sovuq ob-havo sharoitlarida ishlab chiqarish sifatini ta’minlashning o’ziga hos xususiyatlari Reja
Sanitariya va davolash-oldini olish tadbirlariga doir qonuniyat
Download 90.15 Kb.
|
Past yoki sovuq ob-havo sharoitlarida ishlab chiqarish sifatini -fayllar.org
4. Sanitariya va davolash-oldini olish tadbirlariga doir qonuniyat. Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shahslar xususida mehnat qilish qonuniyatida ish kunini chegaralash mehnat ta'tilini davomiyligini ko'paytirish, nafaqaga birmuncha erta muddatlarda chiqarishni ko'zda tutadi. Zaharlar ta'siri yuqori bo'lgan qator korxonalarda ayollar va o'smirlarning ishlashiga ruxsat etilmaydi.
Ish zonasidagi zararli moddalar YQOD belgilangan. Ular zavodlar, fabrikalar va boshqa muassasalar uchun majburiydir. O'zbekiston Respublikasida kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalar bo'lgan 89 obyekt bor bo'lib, 6 ta kimyoviy xavfli shaharlar Samarqand, Chirchiq, Farg'ona, Navoiy, Angren, Olmaliq mavjud. Bu shaharlarda quyidagicha miqdorda zaharli moddalar saqlanadi: Chirchiqda-1050 tonna ammiak saqlanadi; Olmaliqda-2500 tonna amiak va yana shuncha sulfat kislota. Angren—14 tonna xlor. Farg'ona—700 tonna ammiak. Samarqand—1000 tonna amiak. Navoiy-137 tonna xlor, 2000 tonna nitril akril kislotasi, 96 tonna fosgen va bulardan tashqari amiak va sinil kislotalar bor. Bu kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalarning saqlanishi ularni saqlashda ko'zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlarini ko'rib qo'yilganligi uchun uncha katta xavf manbasi bo'lmasada, lekin biron bir avariya sodir bo’lsa yoki tabiiy ofatlar: masalan, yer qimirlashi yoki toshqinlar bo'lishi natijasida bu zaharli mdddalar saqlanayotgan idishlar va boshqa saqlash anjomlariga zarar yetkazilishi natijasida bu idishlar o'z zich yopilganligini yo'qotib iqo'ysa, unda zaharli moddalar oqib ketishi ro'y beradi va bu zaharli moddalar suv havzalariga borib quyiladi va ularning hududimizdagi daryolar suviga qo'shilib ketishi juda katta maydonlarni zaharli moddalar bilan zaharlashga sababchi bo'ladi. Shuni ham eslatib o'tish joizki, bu zaharli moddalar saqlanayotgan shaharlarning aksariyati daryolarning boshlanish qismida joylashgan va bunda Chirchiq daryosining uzunligi 174 km ni va Sirdaryo uzunligi 2790 km ni tashkil qilishi hisobga olinsa, bu moddalarning ta'sir doirasini tasavvur qilish mumkin. Bu zaharli moddalarning asosiy xususiyatlari va ta'sir darajasi bilan tanishamiz. Ammiak-o'tkir hidli rangsiz gaz hisoblanadi. 33-35°C haroratda rangsiz suyuqlikka aylanadi. Suvda yaxshi eriydi. Suyultirilgan holatda suvda kamroq eriydi. Ammiakning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Saqlanayotgan hajmlar qizdirilganda ham portlaydi. Odam uchun xavfli hisoblanadi. Havo tarkibida yo'l qo'yiladigan zichlik; miqdori 0, 02 mg/Ln 30 min davomida odam organizmiga 7 mg/1 miqdori yig'ilsa bu halokatli miqdor hisoblanadi. Zaharlanish belgilari—yuqori nafas yo'llariga qitiqlovchi ta'sir ko'rsatadi, ko'krakda kuchli keskin og'riq paydo; bo'ladi, yo'tal tutadi, nafas olish qiyinlashadi, ko'z va terming kuyib qolish hollari ham uchraydi, shuningdek, isitmalash va o'pkaning shishib ketishi kuzatiladi. Xavfsizlik chora-tadbirlari shamol esayotgan tomonda turish pastqam joylarda turmaslik va zararlangan zonaga xavfsizlik vositalari bilan ta'minlangan holatda kirish. Shaxsiy muhofaza vositalari sifatida filtrlovchi protivogaz, muhofazalovchi xalat va kostyumlardan, rezina etik va qo'lqoplardan foydalaniladi. Yordam ko'rsatish usuli sifatida zaharlangan kishini toza havoga olib chiqish, suniy nafas oldirish og'iz va burunni hamda terilarni 2% li sodali suv bilan yuvib tashlash tavsiya etiladi. Xlor-ko'kish-sarg'ish rang va keskin bo'g'uvchi hidga ega bo'lgan hamda havodan 2,5 marta og'ir bo'lgan gaz hisoblanadi. 6—7 atmosfera bosimda suyuladi. 1 kg, suyuqaxlor bug'lanib 316 1 gazga aylanadi. Suvda yaxshi eriydi. Zaharlash ta'siri ammiaknikiga o'xshash. Havoda xlorning yo'l-qo'yiladigan zichlik miqdori 0, 001 mg/1. Odam organizmida 0,1— 0,2 mg/1 yig'ilishi o'limga olib keladi. Muhofazalanish usullari ammiak bilan bir xil tartibda. Nitratakril kislotasi ingsiz, yoqimsiz hidli gaz. Suvda eriydi. Parlarif liavodan og'irui bo'lganligi uchun pastqam joylarda to'planadi. Yengil alangalanuvchi gazi hisoblanadi. Odam uchun xavfli. Parlari odam nafas olish organlari shilimshiq sqatlamini va terini shikastlaydi. Uning parlari nafas bilam inson organizmiga kirsa fojiali holatlar bo'lishi mumkin. Tekkan joyini kuydiradi. Yonganda yanadg zaharli gazlar ajraladi. Zaharlanish belgilari: bosh og'riydi, bosh aylanadi, odam kuchsizlanadi, ko'ngil aynaydi va qusuqi keladi, nafas yetishmaydi, tutqanoq tutishi va hushdan ketish kabi hollar o'lim bilan dugashi mumkin. Muhofaza vositalari: tashqaridan havo oluvchi protivogaz, RPG67A iepiratori, muhofaza kostyumlari, rezina etik, qo'lqoplar va filtrlovchi protivogazning A, M va BKF markalari. Yonib ketganda o'chirish uchun quruq qumdan foydalanish tavsiya etiladi. Fosgen—rangsiz uchuvchi aerozollar bo'lib chirigan olma va chirigan pichan hidiga ega. Organizmga par holatida ta’sir ko’rsatadi. Havo tarkibidagi zichlik miqdori 0,5 mg/l bo’lgan gazdan 10 min davomida nafas olish o’limga olib keladi. Download 90.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling