Пастельная Пузыри Базовая Простая Презентация
Download 2.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Auditlecture
Tayyorladi: BET-80 guruh talabasi Alisher Yulchiboyev Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari va ularning vazifalari 4-bob. Auditorlik tashkiloti. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 27-modda. Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. Auditorlik tashkiloti vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Auditorlik tashkilotlariga tadbirkorlik faoliyatining ushbu Qonun 32 va 33-moddalarida nazarda tutilgan turlaridan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas. Auditorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etsa, qonunchilikda nazarda tutilgan istalgan tashkiliy- huquqiy shaklda, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno, tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin: auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi kamida to‘rt nafar auditordan iborat bo‘ladi; auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan shakllantiriladi; ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo‘lgan ulush kamida ellik bir foizni tashkil etishi kerak (bundan auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba xo‘jalik jamiyati tashkil etilgan hollar mustasno); auditorlik tashkilotiga faqat o‘zi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi kerak. Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas. Ushbu moddaning oltinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kun muddatda vakolatli davlat organini bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni ko‘rsatib o‘tilgan sanadan e’tiboran uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etishi yoxud auditorlik faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Ushbu moddaning oltinchi qismi talablariga nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlari o‘tkazish taqiqlanadi. Auditorlik tashkilotining filiali tashkil etilganda filial rahbari auditor bo‘lishi kerak. Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasi bo‘lishi va bu nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olmasligi kerak. O‘zi haqidagi ma’lumotlar Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas. Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan taqdirda, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 28-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari Auditorlik tashkiloti: auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqishni amalga oshirishga; auditorlik tekshiruvini o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil tarzda belgilashga; auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq hujjatlarini to‘liq hajmda olishga, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirishga; xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilingan auditorlik tashkiloti tanlovlarida ishtirok etishga, shuningdek tanlov shartlari bilan tanishib chiqish va o‘z takliflarini taqdim etishga; xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan, audit qo‘mitasidan auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelgan masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar olishga; uchinchi shaxslardan axborotning yozma tasdiqnomalarini olishga; auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishni rad etishga; auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etish uchun boshqa mutaxassislarni ekspert sifatida jalb etishga; auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga turdosh xizmatlar ko‘rsatishga, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish, taftish komissiyasi (taftishchi) vazifalarini, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish mustasno; o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashishga haqli. Auditorlik tashkiloti qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 29-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari Auditorlik tashkiloti: ushbu Qonun, auditorlik faoliyatining standartlari va Professional buxgalterning odob- axloqi kodeksi talablariga rioya etishi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; auditorlarga (auditorga) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) tegishli ulush kamida ellik bir foiz bo‘lishini ta’minlashi (bundan auditorlik tashkilotini — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba xo‘jalik jamiyatini tashkil etish hollari mustasno); shtatida asosiy ish joyi auditorlik tashkiloti bo‘lgan kamida to‘rt nafar auditor mavjud bo‘lishini ta’minlashi; auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi; auditorlik faoliyatini faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi; auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida mustaqillikni ta’minlashi; auditorlik xizmatlari buyurtmachisining talabiga ko‘ra auditor (auditorlar) sertifikatini, auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisini ko‘rsatishi; auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir auditning xalqaro standartlari talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlariga asos bo‘lgan qonunchilik hujjatlari normalari haqidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan taqdim etishi; auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi; auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi; o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda o‘z rasmiy veb-saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi; auditorlik tashkilotlari renkingini o‘tkazish uchun axborot taqdim etishi; buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to‘g‘risida yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniq tasdiqlovchi faktlar haqida xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatini va korporativ boshqaruv uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni, audit qo‘mitasini yozma shaklda xabardor qilishi; auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o‘rnatishi va unga rioya etishi; auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishga monelik qilmasligi; o‘z pochta manzili va elektron manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida, auditorlik tashkilotining rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o‘zgarganligi haqida vakolatli davlat organini besh kunlik muddatda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi; Oldingi tahrirga qarang. o‘z veb-saytini yuritishi va uni faol holatda saqlab turishi; (29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuniga asosan o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) har yili 20-yanvarga qadar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart. Auditorlik tashkilotining zimmasida qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 30-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida ularga moliyaviy hisobotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risidagi noto‘g‘ri yakunni o‘z ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun auditorlik tashkiloti rahbari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Ma’lumotlari Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tashkilot tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 5-bob. Auditorlik tashkiloti tomonidan xizmatlar ko‘rsatish 31-modda. Auditorlik xizmatlarining turlari Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlari turidagi auditorlik xizmatlarini ko‘rsatadi. Auditorlik xizmatlari auditorlik tashkiloti va auditorlik xizmatlari buyurtmachisi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi. 32-modda. Auditorlik tekshiruvi Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotining auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy hisobotning hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Ishonchlilik deganda moliyaviy hisobot ma’lumotlarining aniqlik darajasi tushunilib, u ushbu hisobot asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida xolis xulosalar chiqarish imkonini beradi. Auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan majburiy tarzda va tashabbus shaklida o‘tkaziladi. Auditorlik tekshiruvini davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan foydalangan holda o‘tkazish faqat ularni himoya qilish choralari ko‘rilganidan keyin qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Qonun talablaridan farq qiladigan tartibda amalga oshiriladigan tekshiruv auditorlik tekshiruvi bo‘lmaydi 33-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari Auditorlik tashkilotlari quyidagi turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin: buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish; yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish; buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo‘yicha maslahat berish; auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob- kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish; moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish; buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish; buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy axborotning axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin. E’tiboringiz uchun rahmat ! Download 2.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling